Milliy rassomlik va dizayn instituti | RASMIY |

@mrdi24yangiliklar


Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn institutining rasmiy Telegram sahifasi

• Toshkent shahri, Mirobod tumani, Mironshoh ko‘chasi, 123-uy

Ijtimoiy tarmoqlarda biz:
https://myurls.co/mrdimanaviyat

Milliy rassomlik va dizayn instituti | RASMIY |

22 Oct, 16:14


🔴 Ma'lumki, kuni kecha O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilganligining 35 yilligi munosabati bilan Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn institutida “Yuragim to‘ridagi so‘lmas gulim – ona tilim!” mavzusida adabiy-ma'rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.

Tadbir jarayonlaridan lavhalarni e'tiboringizga havola etamiz...

📱 Telegram 📱 Facebook

Milliy rassomlik va dizayn instituti | RASMIY |

22 Oct, 07:20


🇨🇳 🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦

🔹 Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti hamda Xitoy Xalq Respublikasining Madaniyat va turizmni rivojlantirish agentligi o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi.

🔻 Ikki davlat o‘rtasida san’at, madaniyat va turizm sohalarida kutilayotgan natijalarni o‘z ichiga olgan memorandumga muvofiq, xalqaro doiradagi seminar va forumlarda ishtirok salmog‘ini oshirish, qo‘shma ko‘rgazma va namoyishlar uyushtirish, professor-o‘qituvchilar, soha mutaxassislari va talabalar almashinuvini yo‘lga qo‘yish hamda yangi iste’dodlarni kashf etish kabi ustuvor vazifalar belgilandi.

📱 Telegram 📱 Facebook

Milliy rassomlik va dizayn instituti | RASMIY |

22 Oct, 07:13


🇨🇳 🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦

🔴 Ma’lumki, Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti Yevropaning bir qator nufuzli oliy ta’lim muassasalari bilan o‘zaro hamkorlik aloqalarini o‘rnatib badiiy ta’lim, ilmiy va ijodiy yo‘nalishlardagi ishlarni samarali yo‘lga qo‘yib kelmoqda.

🔴 Navbatdagi qadamlar Markaziy va Sharqiy Osiyo hududida joylashgan Xitoy Xalq Respublikasi bilan hamkorlik munosabatlarini mustahkamlash bo‘lmoqda. Kuni kecha institutga Xitoyning Pekin shahrida joylashgan Madaniyat va turizmni rivojlantirish agentligi direktori o‘rinbosari Ma Dongmi boshchiligidagi delegatsiya a’zolari tashrif buyurishdi.

🔹 Tashrif avvalida ikki davlat o‘rtasida madaniy aloqalarning innovatsion yo‘nalishlarini tadbiq etish, ijodiy salohiyat nuqtai nazaridan professor-o‘qituvchilar almashinuvini yo‘lga qo‘yish kabi masalalarni ilgari surgan muzokaralar o‘tkazildi.

📱 Telegram 📱 Facebook