Mom & Me | onalar blogi

@momandme_ertatalim_onalarblogi


Erta ta’lim, uyda ta’lim va onalar blogi

https://t.me/busybooks_uz erta ta’lim materiallari sotuv kanalim

Mom & Me | onalar blogi

22 Oct, 02:59


Ассаламу алайкум ва Рохматуллохи ва Барокатух!
Болаларимга кулимдан келганча тушунтиришга ва махоратимни ишга солишга харакат килдим. Эрталаб фарзандларим билан бирга уйнадик ва видео олишга телефоним хотираси етмади. Аммо завкли уйнадик узлари клейлашди ва узлари ажрата олишди. Кечга кайта видеога олдик. Шакарли махсулотларни кандай едирмасам екан деб уйлардим, бу марафон манфаатли булди деб уйлайман рахмат коттакон сизга Аллох рози булсин 🥰🥰🥰🥰🥰🥰 Фарзандларим 5ёш, 3ёш

Mom & Me | onalar blogi

20 Oct, 14:09


Haqiqatda bolalarda shirinliklarga qiziqishni oshirgan kattalar bo’ladi. Shirinlik bilan taqdirlash odatimizni boshqasiga almashtirish yetarli, aslida.

Shakardan butunlay voz kechish haqida gap ketmayapti, aslida muammo biz haftalik, hatto oylik qabul qilish miqdoridagi shakarni kuniga istemol qilayotganimizda!

Glyuten va shakarga asoslangan ovqatlanish ratsionidagi bolaning sog’lig’i achinarli darajada yomonlashishini ota-onalar anglasalar edi, hech qachon kichkintoylarini zararli soklar, bulochka yoki xo’rozqandlar bilan qarshi olishmasdi!

https://t.me/momandme_ertatalim_onalarblogi

Mom & Me | onalar blogi

19 Oct, 13:22


Assalomu alaykum Zarifa opa.

Alloh qodir qilgancha oilaviy tajriba qilib kordik 2.5 yosh farzandimiz bilan. Ayni damda bizda ham mana shu shakar muammo yuzaga chiqaytogandi. Xayrga davatingiz un ajriz ziyoda bolsin. Kamchiliklarimiz ko'p boldi, aybga buyurmaysizlar. Alloh barchamizga manfaatli qilsin.

Mom & Me | onalar blogi

19 Oct, 06:25


https://youtu.be/UewfeRZlwMI?feature=shared

Mom & Me | onalar blogi

18 Oct, 16:38


Assalomu alaykum. Nurmuhammadov Nozimjon 3,5 yosh. Shakar yema, shirinliklar ziyon derkanmanu ammo qanday ziyon qilishini yaxshilab tushuntirmagan ekanman. Marafon e'lon qilganingizdan keyin qanday tajriba qilsak ekan deb köp öyladim. Chunki öğlim tajribalarni yaxshi köradi. Iloji boricha bola tilida sodda qilib tushuntirishga harakat qildim. Xato va kamchiliklar bölsa uzr. Bizni ham izlanishga va yangiliklar qilishga ilhomlantirganingiz uchun tashakkur💐

P.s. Videoning hajmi katta bölib ketmasligi uchun sifatini pasaytirishga töğri keldi☺️

Mom & Me | onalar blogi

17 Oct, 16:22


Umarov Muhammadali 1yosh 10 oylik.
SHAKAR - OQ ZAHAR mavzusida videorolik tayyorladik. Imkon qadar shirinliklarni yomon tomonini tushintirib berishga harakat qildim. Hali farzandim yoshligi sababli diqqatini bir joyga uzoq muddat qaratib turolmaydi. Qo'ldan kelgancha qiziqarliroq qilib o'rgatishga harakat qildim va farzandim qisman bo'lsa ham shakarning zararli ekanligini tushinib yetdi☺️

Tashkillashtirgan marafoningiz uchun katta rahmat. Biz uchun ancha foydali bo'ldi👍💯

Mom & Me | onalar blogi

12 Oct, 13:31


❤️‍🔥❤️‍🔥❤️‍🔥

🔤🔤🔤 🔤 🔤🔤 onalar blogimizda erta ta’limga qiziquvchi onalar bisyor deb o’ylayman. Keling bir foydali marafon boshlaymiz!

Har 10 kunda 1 mavzu tanlanadi, shu mavzuda ba’zi materiallar yuklanadi, avvalo mustaqil izlanasiz, va farzandingiz bilan suhbat va amaliy dars tayyorlab videolavha shaklida bizga ulashasiz.

Kanalda ulashish uchun ko’pi bilan 10ta video qabul qilamiz, 26-oktabr kuni eng yaxshi 3 ta videolavhani birga aniqlaymiz!

G’oliblar online kitob do’konimizdan 200 ming so’m miqdordagi xarid vaucheri bilan taqdirlanadilar, qolgan qatnashchilar bir martalik 10% chegirmaga ega bo’ladilar!

Videolavha aniq dars formatida bo’lishi talab etilmaydi, mavzuga oid deb bilgan kontentingiz 3-4 daqiqa davom etishi, bolaning yoshiga mos va creative yondashib ochib berishga harakat qilishingiz yetarli!

Mavzu N1- SHAKAR OQ ZAHAR!

Bolajonlarga shakar haqida ularning tilida malumot berilishi va birga amaliy mashg’ulot maqsad qilinsin!

https://t.me/ZarifaBazarova ga videolavhalaringizni yuboring. Video qabul qilish 25-oktabrgacha davom etadi!

Mom & Me | onalar blogi

12 Oct, 12:26


Savol: farzandlarimga ko’p narsalar o’rgatgim keladi, ammo vaqt yetmaydi, yoki doimiylik yo’q, siz qanday qilib ulgurasiz?

Avvalo har bir bola uchun aniq reja yozilishi, tushunarli qilib devorda yopishtirilishi, ularga ham hammasi aniq ko’rinib turishi kerak!

Bundan tashqari reja imkonli bo’lishi kerak, ortiqcha yuklama (nagruzka) bo’lsa, tabiiyki hammasiga ulgurmaysiz!

Tajribamdan 3-7 yosh bolalar uchun kunlik uzog’i 2 soatli mashg’ulotlar rejalash mumkin, undan ortiq narsa kutmayman, qolgan soatlarda asosan erkin amaliy harakat, sayr, mehnat, chizish, bo’yash, oshxonada biror tamaddi tayyorlashadi.

Til erta ta’limning ajralmas qismi bo’lib, biz haftada 2 marta rus tili , 2 marta arab tili, 2 marta ingliz tili kuni belgilab olganmiz. Belgilangan kunda matematikasi ham, oqiydigan hikoyasi ham, ko’radigan multfilmlari ham, ishlaydigan workbooklari ham, imkon qadar muloqot ham hammasi shu tilda bo’lishi eng muhim qoida! Nimadan boshlash tanlovi boladan, kunlik miqdor qat’iy belgilangan, albatta ularning mehnati qadrlanadi, kun davomida istalgan payt savol so’rashganda batafsil javob beriladi!

Bazi universal darsliklarimizni (asosan ingliz tilida hamma fanlar amaliy mashqlar orqali berilgan WORKBOOKLAR) har kun 5 sahifadan bajarishadi, bu mutlaqo mustaqil ish, men tekshirib olaman xolos!

Bolalarga uyqu oldi ertaga ularni nima kutayotganini aytib qoysangiz juda yaxshi eslab qolisharkan, 2 ta vazifa va 1 ta mukofot qoidasiga amal qilaman, oxirida ularga yoqadigan ishni aytsam xursand bo’lib uxlashadi. Ertasiga esimdan chiqsa ham o’zlari eslatishadi:)

Rejalarni har oy uchun alohida tuzaman, manbalar va darsliklar aniq belgilansa reja o’xshaydi. Manba bo’lmasa, onada qat’iyat va bolaga rag’bat berilmasa, reja uzoqqa bormaydi. Oylik reja bajarilgani haqida hisobot qilamiz, va bolalarni playground yo biror joyga aylantirishga olib borib nishonlaymiz!

Ona nimani sevsa, bola ham shuni sevadi!

O’zingizda yo’q narsani uyda bolangizdan talab qilmang.
Ilmni, kitobni, tartibni, kiyimni, xullas nimani sevsangiz, bolangiz ham o’shanga muhabbatli bo’ladi, onasini korib qizini ol dermidi, o’g’lini ham (onasiga qarab) kuyov qilish mumkin, ishanavering!🤭

Mom & Me | onalar blogi

11 Oct, 19:33


O’sha damlarga yana qaytdim…
👉 Mom and Me | onalar blogi 👈

Mom & Me | onalar blogi

09 Oct, 14:09


Mana qanday ta’lim berish kerak
👉 Mom and Me | onalar blogi 👈

Mom & Me | onalar blogi

30 Sep, 15:50


https://youtu.be/pl1r_CC6BMk?si=GHXx6SCevJLwlk4U

Mom & Me | onalar blogi

29 Sep, 16:38


#pikr

Farzandlarimiz ham xuddi shu gullarga o’xshab turlicha, biri tez, biri esa sekin o’sadilar, va bu mutlaqo tabiiy holat!

“Bog’imiz” aynan shu turfa xilligi bilan go’zal va betakror bo’ladi!

👉 Mom and Me | onalar blogi 👈

Mom & Me | onalar blogi

29 Sep, 15:59


#eslatma

Ba’zi ota-onalar farzandlarining xilma-xillligini qabul qila olishmaydi, ularni ko’p solishtirishadi. Holbuki, hammamiz har xil xarakter, tip va turli mizajda yaratilganmiz.

Eng avval shu haqda o’rganaylik, ilm hosil bo’lgach, qabul qilishimiz oson bo’ladi, zora toshbaqadan yugurishni, burgutdan emaklashni, qarg’adan bulbuldek sayrashni talab qilishni to’xtatarmiz!

👉 Mom and Me | onalar blogi 👈