O'zbekiston Milliy Universiteti | Rasmiy

@milliy_universitet_rasmiy


ɴᴀᴛɪᴏɴᴀʟ ᴜɴɪᴠᴇʀsɪᴛʏ of ᴜᴢʙᴇᴋɪsᴛᴀɴ
ᴀʙɪᴛᴜʀɪʏᴇɴᴛ ᴠᴀ sᴛᴜᴅᴇɴᴛʟᴀʀ ᴜᴄʜᴜɴ sᴏ'ɴɢɪ , ishonchli ᴠᴀ ᴍᴜʜɪᴍ ʏᴀɴɢɪʟɪᴋʟᴀʀ ʙɪᴢᴅᴀ

Guruhimiz: @Milliyuniversitut_N1

Reklama @Abu_Frenck

Murojaat uchun: @Tgaloqabot

O'zbekiston Milliy Universiteti | Rasmiy

20 Jan, 23:24


⚡️Bugun 1-kurs talabalari qanday ahvolda ?

1-kurs Talabalarga yuboramiz
😅

Barchaga yuboring
⭕️ @Milliy_Universitet_Rasmiy

O'zbekiston Milliy Universiteti | Rasmiy

20 Jan, 23:01


❗️Nega 56,7 ball davlat OTMlariga topshirganlar uchun ahamiyatli?
 
Sababi hatto ajratilgan kvota o'rinlariga balli yetsa ham, 56,7 dan kam ball to'plagan abituriyent talaba bo'lolmaydi. 
 
✔️ Davlat granti bo‘yicha minimal o‘tish bali – 68,0 ball (maksimal 189 ballning 36 %); 
 
To‘lov-kontrakt bo‘yicha minimal o‘tish bali – 56,7 ball (maksimal 189 ballning 30 %) etib belgilangan. 

Demak, 56,7 balldan kam to'plaganlarda fatatgina super-kontrak orqali talaba bo'lish imkoni bor.
 
Barchaga yuboring
⭕️ @Milliy_Universitet_Rasmiy

O'zbekiston Milliy Universiteti | Rasmiy

20 Jan, 22:06


Ikkinchi kun natijalari e’lon qilindi

2024-yil 15-iyul kuni o‘tkazilgan oliy va professional ta’lim muassasalariga o‘qishga kirish test sinovi natijalari e’lon qilindi.

Abituriyentlar o‘z natijalarini 3 xil usulda bilishlari mumkin:

1️⃣ my.uzbmb.uz saytining “Natijani olish” bo‘limidan pasport seriyasi va raqami hamda shaxsiy identifikatsiya raqamini kiritgan holda.

2️⃣ mandat.uzbmb.uz sayti orqali abituriyent qayd varaqasi yoki abituriyent ruxsatnomasida ko‘rsatilgan abituriyentning ID raqamini kiritgan holda.

3️⃣ Bilimni baholash agentligining quyidagi telegram botlariga abituriyent qayd varaqasi yoki ruxsatnomasida ko‘rsatilgan abituriyentning ID raqamini yuborgan holda:

👉 @e_dtm_mandatbot
👉 @e_dtm_mandat1bot
👉 @e_dtm_mandat2bot
👉 @e_dtm_mandat3bot
👉 @e_dtm_mandat4bot


Barchaga yuboring
⭕️ @Milliy_Universitet_Rasmiy

O'zbekiston Milliy Universiteti | Rasmiy

20 Jan, 22:04


Super-kontrakt narxlari (yo’nalishlar kesimida)
#abituriyent

Mazkur faylda 2023/24- o’quv yili uchun yo‘nalishlar kesimida tabaqalashtirilgan (super) to‘lov-kontrakt miqdorlari bilan tanishishingiz mumkin.

Faylda kunduzgi, sirtqi, masofaviy va kechki ta’lim uchun super-kontrakt miqdorlari berilgan. Shuningdek, 15-oktyabrgacha 100% to’lov qilganda beriladigan 10 foizlik chegirma ham ko’rsatilgan.

P.S.: ushbu super-kontrakt narxlari “perevodchilar” uchun ham taalluqli.

Barchaga yuboring
⭕️ @Milliy_Universitet_Rasmiy

O'zbekiston Milliy Universiteti | Rasmiy

20 Jan, 22:02


Imtihon natijalari qachon e'lon qilinadi?

Hamma abituriyentlar necha ball olganini ertasi kuni bilib olishlari mumkin bo’ladi.

Bugun bo’lib o’tgan test sinovlarining ilk kuni natijalari ertaga kechki payt e’lon qilinadi.

❗️Barcha test sinovlari to’liq yakunlanib bo’lgandan soʻng, abituriyentlarga yo’nalish tanlash imkoniyati beriladi. Ungacha esa yo’nalish tanlashni imkoni bo’lmaydi.

Barchaga yuboring
⭕️ @Milliy_Universitet_Rasmiy

O'zbekiston Milliy Universiteti | Rasmiy

20 Jan, 21:57


⚡️Abituriyentlar diqqatiga!

📆 Ma'lumki, 2024-2025-o‘quv yilida oliy va professional ta’lim muassasalariga o‘qishga kirish test sinovlari 14-iyuldan boshlanadi.

Test sinovlari kuniga 2 smenada tashkil etiladi. 1-smena soat 08:00 da, 2-smena 15:00 da boshlanadi. Abituriyentlardan test sinovlari boshlanishidan kamida bir yarim soat oldin belgilangan hududga yetib kelishlari talab etiladi.

Test sinovlarida ishtirok etish uchun onlayn ro‘yxatdan o‘tgan abituriyentlarga “Abituriyent ruxsatnomasi” my.uzbmb.uz sayti orqali berilmoqda.

🖨️ Test sinovlari boshlanishiga sanoqli kunlar qolganligi bois abituriyentlardan o‘zlariga tegishli “Abituriyent ruxsatnomasi”ni yuklab olishlarini hamda chop etib qo‘yishlarini so‘raymiz.

Abituriyentlar ruxsatnomada belgilangan manzildagi binoda, ko‘rsatilgan sanada va smenada test sinovlarida ishtirok etadi. Abituriyentlarga boshqa hudud, kun va smenada test sinovlarida ishtirok etishga ruxsat etilmaydi.

📑 Abituriyentlar test sinoviga pasport (ID-karta) va abituriyent ruxsatnomasi bilan belgilangan vaqtdan kechikmagan holda kelishlari lozim.

‼️Pasport nusxasi yoki boshqa hujjatlar bilan kelgan, shuningdek, kechikib kelgan abituriyentlar test sinovlariga kiritilmaydi!

Barchaga yuboring
⭕️ @Milliy_Universitet_Rasmiy

O'zbekiston Milliy Universiteti | Rasmiy

20 Jan, 21:55


⚡️Abituriyent ruxsatnomasi chiqdi!

Ruxsatnomani my.uzbmb.uz saytidagi shaxsiy kabinetingiz orqali yuklab olishingiz mumkin.

Barchaga yuboring
⭕️ @Milliy_Universitet_Rasmiy

O'zbekiston Milliy Universiteti | Rasmiy

20 Jan, 21:40


Abituriyent imtihonga formada borishi kerakmi? Roʻmol mumkinmi ?

Imtihon uchun aniq belgilangan forma mavjud emas. Abituriyent imtihon kuni o'ziga qulay istalgan kiyimda borishi mumkin.

🧕 Masalan, imtihonga qizlar ro'molda borishiga ham hech qanday to'sqinlik yoki cheklovlar mavjud emas! Oldingi yillardagi imtihonlarda ham qizlar ro'mol bilan imtihonda qatnashishgan.

Eslatma, video 2021-yilga tegishli.

Abituriyentlarga yuboring
!

#abituriyent  #qabul2024

Barchaga yuboring
⭕️ @Milliy_Universitet_Rasmiy

O'zbekiston Milliy Universiteti | Rasmiy

20 Jan, 21:37


Абитуриентга билим муҳимми ёки омад?

1994 йил - биринчи марта ўқишга топширганимда, ўқишдан йиқилганман. “Тест натижалари тахтаси” олдида (142 балл олиб) “чизиқ”нинг тагида биринчи бўлиб турганимни кўриб “ах, омадим келмабди-да, шунга...” деб ўйлаганим ҳали ҳануз ёдимда.

“Нафис санъат лицейи”да ўқиб, йиқилганим алам қилдими ё кўпчиликнинг юзидаги истехзоли қарашми, ишқилиб, кейинги йилга яхшилаб тайёргарлик кўрдим.5-синфдан то 11-синф дарсликларигача қайта ва қайта “конспект” қилиб чиқдим. Инглиз тилидан билимим пастроқ эди, бу фан китобларини ўн мартача такрор ва такрор “конспект” қилиб чиқдим-ов?

“Тест” куни аудиторияга кириб, тест китобига қарасам, “конспект” қила-қила миямга сингиб қолган нарсалар! Ярим соатда тестни ечиб бўлдим. Бекорчиликдан ёнимда ўтирган беш қизнинг тестини ҳам ечиб бердим.Ишонасизми, олти йил ўқиш мобайнида “университетда энг катта баллни олган йигит” деган обрў ва ҳалиги беш курсдошим сабаб қўлимга дафтар-ручка олишга эҳтиёж бўлмади.

Абитуриентлар!
Сизга айтар сўзим шу:
Абитуриентга билим муҳим, омаднинг ўзи билими кучли одамни қидириб-топиб келади!

Зотан, “ОМАД ҲАМИША КУЧЛИЛАР ТОМОНИДА БЎЛАДИ!”

© Қадамбой Отабоев

Barchaga yuboring
⭕️ @Milliy_Universitet_Rasmiy

O'zbekiston Milliy Universiteti | Rasmiy

20 Jan, 21:35


❗️ 2024-2025-o‘quv yili uchun abituriyentlarni onlayn ro‘yxatga olish yakunlanishiga 3️⃣ soat qoldi

Ro‘yxatdan o‘tish uchun sayt manzili: my.uzbmb.uz

👨🏻‍💻 Ro‘yxatdan o‘tishning so‘nggi muddati: 25-iyun (bugun) soat 23:59

📆
To‘lovni amalga oshirishning so‘nggi muddati: 26-iyun (ertaga) soat 23:59.

Barchaga yuboring
⭕️ @Milliy_Universitet_Rasmiy

O'zbekiston Milliy Universiteti | Rasmiy

20 Jan, 21:35


❗️ Bugun oliy va professional ta'lim muassasalariga ro‘yxatdan o‘tishning so‘nggi kuni!

Bugun (25-iyun kuni) oliy va professional ta’lim muassasalariga o‘qishga kirish test sinovlarida ishtirok etish uchun abituriyentlarni onlayn ro‘yxatga olish yakunlanadi.

👨🏻‍💻 Abituriyentlar bugun 23:59 ga qadar my.uzbmb.uz sayti orqali onlayn ro‘yxatdan o‘tishlari, shuningdek, kiritilgan ma'lumotlarini o‘zgartirishlari mumkin.

📆 Shuningdek, to‘lovdan ozod qilinganlar toifasiga kirmaydigan abituriyentlar 26-iyun kuni soat 23:59 ga qadar to‘lovni amalga oshirishlari mumkin bo‘ladi.

Barchaga yuboring
⭕️ @Milliy_Universitet_Rasmiy

O'zbekiston Milliy Universiteti | Rasmiy

20 Jan, 21:32


🟢 CEFR PRO 1.0 umumiy hisobda 27 ta B2+ natijalarni olib keldi Alhamdulillah !!!

🔥 Endi O'zbekistonda yagona dasturga ega bo'lgan 3 oylik CEFR PRO 2.0 ga yaqinda start beraman🚀

📌 Kursning 1 - oyi to'liq chuqurlashtirilgan grammatika bo'ladi (dtm ga ham tayyorlansa bo'ladi)
📌 Kursning 2 - oyi to'liq writing va speaking (barcha tushish ehtimoli bo'lgan savollarni qamrab oladi)
📌 Kursning 3 - oyi to'liq reading va listening (barcha tushgan savollar va tushish ehtimoli bor savollar)

❗️yaqinda boshlaymiz, ko'prog'ini kuting !!!

👇👇👇👇👇👇👇👇👇