MATEMATIKA FAKULTETI RASMIY KANALI®

@mech_math6_1


MATEMATIKA FAKULTETI RASMIY KANALI®

22 Oct, 09:58


Adiblar xiyobonida sport tadbirlari o‘tkazildi

🟢Bugun, 22-oktyabr kuni poytaxtimizda joylashgan Adiblar xiyobonida O‘zbekiston Milliy universiteti Matematika, Biologiya hamda Geografiya va geoaxborot tizimlari fakultetlari talaba-yoshlari ishtirokida sport tadbirlari tashkil etildi.

🟢Tashkil etilgan mazkur sport tadbiri doirasida arqon tortish, stol tennisi va boshqa sport turlari bo‘yicha musobaqalar tashkil etildi.

🟢Atoqli adiblar haykallari qad rostlagan xiyobonda bu kabi tashabbuslarning amalga oshirilishi talaba-yoshlarning nafaqat jismonan chiniqishi, balki ajdodlarimiz faoliyati va ijodiga bo‘lgan qiziqishlarining oshishiga, ulardagi vatanparvarlik jihatlarining yuksalishiga xizmat qiladi.

MATEMATIKA FAKULTETI RASMIY KANALI®

21 Oct, 09:57


🇺🇿 21-oktabr – O‘zbek tili bayrami kuni

Til — millatning o‘zligi, g‘ururi, iftixori, qalbi demakdir. Xalqning eng nodir xazinasi, mamlakat tamaddunining xolis guvohi ham ona tili hisoblanadi.

MATEMATIKA FAKULTETI RASMIY KANALI®

21 Oct, 08:22


#LIVE

Ayni vaqtda O‘zbekiston Milliy universitetida “Stoxastik analiz” mavzusida xalqaro konferensiya o‘tkazilmoqda.


Mazkur nufuzli anjuman O‘zbekiston Fanlar Akademiyasining Matematika instituti hamda Malayziyaning 4 ta universiteti: Monash, Putra, Milliy hamda Malayziya Xalqaro Islom universitetlari hamkorligida tashkil etilmoqda.

Unda Xitoy, Rossiya, Turkiya, Saudiya Arabistoni, Ukraina, Birlashgan Arab Amirliklari, Quvayt va boshqa mamlakatlardan olimlar qatnashmoqda.

Ma’lumot o‘rnida, O‘zbekiston Milliy universiteti professor-o‘qituvchilari malayziyalik olimlar bilan ko‘p yillar davomida hamkorlik qilib keladi. Xususan, Ehtimollar nazariyasi va matematik statistika sohasida ham aloqalar yaxshi yo‘lga qo‘yilgan.

Biz shu yerdamiz:
🌐 Veb-sayt 🕊Telegram 📱Facebook 📱Instagram 📺YouTube Talabalar kanali