Kamola Abduvaliyeva |Rasmiy|🇺🇿

@kr_abduvaliyeva


Alfraganus university' matbuot bo'limi boshlig'i, shoira, radio boshlovchi

Kamola Abduvaliyeva |Rasmiy|🇺🇿

19 Oct, 18:32


Sevsam faqat Seni sevayin Tangrim,

Sevsam faqat Seni sevayin Tangrim,
Ishqimni tushurma yuzsizlaringga,
Mayli muhabbatdan to’lmasin kamim,
Bol so’rab intilmay tuzsizlaringga.

Sevsam faqat Seni sevayin Tangrim,
Ortiq dil bermayin ta’magirlarga,
Ruhim seni desin toki jon-tanim,
Meni duchor qilma dili kirlarga.

Sevsam faqat Seni sevayin Tangrim,
Uvolga ketmasin nurdek tuyg’ular,
Har damda bandam deb turgan Sen bo’lsang,
Kim ular, ayt axir, menga kim ular?

Sevsam faqat Seni sevayin Tangrim,
Sog’insam vaslingni sog’inib yig’lay!
Gunohdir bevafo yorni deganim,
Hiyonatdan emas, sig’inib yig’lay!

Sevsam faqat Seni sevayin Tangrim,
Xushimni olmasin ishqi yolg’onlar,
Sendan boshqasiga ehtiyojim yoq,
Atrofimda mudom sohta insonlar…

Kamola Abduvaliyeva she’ri

@KR_Abduvaliyeva

Kamola Abduvaliyeva |Rasmiy|🇺🇿

17 Oct, 18:15


Sen yo’q kunlarimga qaytgim keladi.

Men Seni tanimas edimku avval,
Taqdir nega menga o’yin qiladi,
Nahot tuyg’ularni sen etasan hal?
Sen yo’q kunlarimga qaytgim keladi.

Borimni tikardim seni bilmasam,
Taqdir yozuvimni U hal qiladi,
Qaniydi men seni aslo ko’rmasam,
Sen yo’q kunlarimga qaytgim keladi.

Sen kelib ozodlik qadrin angladim,
Yurak erkinlikni orzu qiladi,
Imkoni bormikin buni bilmadim
Sen yo’q kunlarimga qaytgim keladi.

Allohga iltijo qilsam har safar,
Taqdirdan shikoyat aytgim keladi,
Charchadim, toliqdim bilsang shu qadar
Sen yo’q kunlarimga qaytgim keladi.

Men qadrin angladim kop tuyg’ularni,
Qadrsiz hislarga rahmim keladi,
Qaniydi bir imkon tug’ilsa agar,
Sen yo’q kunlarimga qaytgim keladi.

@KR_Abduvaliyeva

@KR_Abduvaliyeva

Kamola Abduvaliyeva |Rasmiy|🇺🇿

17 Oct, 18:01


Sen shunchaki so’zlaysan,
Ichimda qular dunyo,
Anglamaysan sezmaysan,
Maydaman qumdek go’yo!

Sen shunchaki so’zlaysan,
Ayriliq, hijron, dardni,
Judolikdan bezmaysan,
Yoki diling karaxtmi?

Sen shunchaki so’zlaysan,
Nazdingda bari oson,
Tushunmaysan, bilmaysan,
Bizda yo’q zarra imkon.

Sen shunchaki so’zlaysan,
Ichimda bo’lar isyon,
Vaqt yetaklab kelmoqda
Qara bir olam armon…

Sen shunchaki so’zlaysan
Ichimda qular dunyo…

Kamola Abduvaliyeva she’ri

@KR_Abduvaliyeva

Kamola Abduvaliyeva |Rasmiy|🇺🇿

17 Oct, 16:25


PREMYERA

So’zim so’z!


Gar biroz burilsa yo’limdan izing,
Bir onga uzilsa ko’zimdan ko’zing,
Menga shart bo’lmaydi oshanda izming,
So’zim so’z ketaman, qaytmayman keyin.

Bag’ringni ilitsa o’zga bahorlar,
Qalbingni quvnatsa o’zga dildorlar,
Boshimga kelsa ham hattoki dorlar,
So’zim so’z ketaman, qaytmayman keyin.

Ishon sog’inchlarga qilmayman rahm,
Shu on metin kabi kuchayar sabrim,
Qaytara olmaydi yo’limdan hech kim,
So’zim so’z ketaman, qaytmayman keyin.

Ko’z yumsang umidvor nigohlarimga,
Ko’z yumsang baridan ogohlarimga,
Qaramay o’zimning dil ohlarimga,
So’zim so’z ketaman, qaytmayman keyin.

So’ng seni bezovta qilmayman abad,
Qilmayman qo’ng’iroq va yozmayman xat,
Mendan olislasa olislasin baxt,
So’zim so’z ketaman, qaytmayman keyin.

Izimni yerlardan qirib ketaman,
Yo’lingdan yo’limni burib ketaman,
Yodlarni birma-bir terib ketaman.
So’zim so’z ketaman, qaytmayman keyin.

Sezilsa hiyonat, uyg’onsa shubha,
O’ylab o’tirmayman qo’yaman nuqta,
Xushyor bo’l besh kunlik qaytar dunyoda
So’zim so’z ketaman, qaytmayman keyin.

Kamola Abduvaliyeva she’ri

@KR_Abduvaliyeva

Kamola Abduvaliyeva |Rasmiy|🇺🇿

14 Oct, 05:21


O’g’lim

Sher bo’lsang bo’lginu, quyon bo’lmagin,
Arslon bo’l, tulkilar tomon bo’lmagin,
Yo’lbars bo’l o’ljasin ushlamay qo’ymas,
Sherlarga erlikdan berib qo’ygin dars!

O’g’lim bitta gapir, so’zla va bajar,
Rostgo’y bo’l boshingga kelsada hanjar,
Itlar galasida itga aylanma,
Sirtmoqqa tushmagin, ipsiz boylanma!

O’g’lim g’ururingni qilgin himoya,
Oringni asrasang bo’lmas nihoya,
Butun gapir faqat, dadil so’zlagin,
Yigitning manoli ko’zi kifoya!

Dushmanlar yonida egma qaddingni,
Do’stga ham ovoza qilma dardingni,
Kuchli bo’l hayotda kuchlilar g’olib,
Hech qachon bosh egma, yurmagin nolib!

Sirtlonlar yoningda hadikda tursin,
Saflarda yo’lbarslar ortingda yursin,
Sher bo’lsang na’rangdan titrasin dunyo,
Naxanglar ming metr uzoqda yursin!

Og’lim Temurbeksan, Mirzo Bobursan,
Cholponsan qoningda mardlar jur’ati,
Manguberdi kabi mard jangchi bo’lgin,
Yor bo’lsin ularning boqiy qudrati!

@KR_Abduvaliyeva

Kamola Abduvaliyeva |Rasmiy|🇺🇿

14 Oct, 05:17


Дугонам, қадрдоним Ёзувчилар уюшмаси аъзоси Гулнозахон Тожибоеванинг каналини тавсия қиламан.

Унда ўзбек ва жаҳон болалар адабиёти янгиликлари, Халқаро танловлар, мутахассислар томонидан ёш категорияси бўйича тавсия этилувчи болалар учун фойдали китоблар, дунё миқёсида айнан болалар китобхонлигига доир қизиқарли маълумотлар, мақолалар, бир нечта тилдаги электрон китоблар ҳамда Гулнозанинг ижодига доир маълумотларни кузатиб борасиз.

https://t.me/gulnoztojiboyeva

Kamola Abduvaliyeva |Rasmiy|🇺🇿

14 Oct, 05:15


ONANG BO’LSA

Davralarda so’z bermaysan,
Zo’rlarining zo’riga ham,
Zoriqmaysan, qaramaysan,
Kimlarningdir qo’liga ham.
Sindirmaydi omadsizlik,
Yashagaysan bo’lmay qaram.
Gar uyingda poyi jannat,
duogoying onang bo’lsa!

Narvonsiz ham tushirasan,
Ko’kda uchgan yulduzlarni.
Qo’ygin jo’ram onam degin,
Unut o’sha gul yuzlarni.
Ilohiy kuch asrab kelar,
Sen bor kecha kunduzlarni,
Gar uyingda poyi jannat,
duogoying onang bo’lsa!

Kaftlarini ochsa yetar
Hadik yengmas jur’atingni,
Menman degan sheryuraklar
Ko’rib qo’rqar qudratingni,
Davralarning to’ridasan,
ko’z-ko’z qilib savlatingni,
Gar uyingda poyi jannat,
duogoying onang bo’lsa!

Yoshing qirqmi, ellikdami,
Onang uchun bolasan sen,
18 yosh navqironsan,
Shaxzodaga bo’lasan teng,
Borki quvonch Senikidir,
Baxtiyorsan dunyoda eng,
Gar uyingda poyi jannat,
duogoying onang bo’lsa!

Xizmatiga tayyor turgin,
Shay bo’l neki ahvoldasan,
Ko’ngilsizlik yuz bermagay,
hotirjamsan har yo’lda San.
Qadriga yet, poyin o’pgin,
Qolmay desang armonda San
Ko’nglin xushla, yuzlarin o’p,
Gar uyingda onang bo’lsa!

Kamola Abduvaliyeva she’ri
@KR_Abduvaliyeva rasmiy

Kamola Abduvaliyeva |Rasmiy|🇺🇿

13 Oct, 08:10


БИЗ СЕВГАН ФИЛЬМЛАР

"Ўтган кунлар" , 1969 йил

Постановкачи режиссёр Йўлдош Аъзамов
Собир Муҳамедов (Абдулла Қодирий романи асосида)

Саньат дарғалари

Буюк асар...
Буюк актёрлар ижроси ...
Буюк фильм...

Ролларда :
Ўлмас Алихўжаев
Гулчеҳра Жамилова
Гулчеҳра Саъдуллаева
Ҳамза Умаров
Аббос Бакиров
Марям Ёқубова
Наби Раҳимов
Ҳамидулло Наримонов ва бошқалар

@KR_Abduvaliyeva

Kamola Abduvaliyeva |Rasmiy|🇺🇿

12 Oct, 05:04


Озгина табассум 🙃

Чапдаги суратда АҚШ президенти Жо Байден 80 ёшини оиласи даврасида нишонламоқда.

Ўнгдаги суратда эса, биздаги туманларнинг биридаги Хадича холани 1ёшли неварасини ақиқасига тузаган дастурхони..

Меҳмондўст халқимдан айланай... 🤭

@debat_2022

Kamola Abduvaliyeva |Rasmiy|🇺🇿

06 Oct, 04:43


https://t.me/AFU_Kiberxavfsizlik

Kiberxavfsizlikka qiziquvchi barchani klubga taklif qilamiz! Tez ulanib olamiz yaqinda Kiberzakovat o’ynimiz bor!

Kamola Abduvaliyeva |Rasmiy|🇺🇿

05 Oct, 13:16


Aziz yomg'ir 🥰

Kamola Abduvaliyeva |Rasmiy|🇺🇿

01 Oct, 14:23


Inbazarga ishga ketayotgan men 🤣

Kamola Abduvaliyeva |Rasmiy|🇺🇿

01 Oct, 04:12


Barcha tabriklar uchun rahmat, faqat xatosiz yozinglar-a? ☺️

Hammangizni yaxshi ko’raman!!!

@KR_Abduvaliyeva

Kamola Abduvaliyeva |Rasmiy|🇺🇿

30 Sep, 12:04


Quchog’imga sig’magan gullar,
Orzu qildi seni ne hurlar,
Kimda havas, kimdadir hasad,
Poyimizga sochilsa durlar!

Quchog’imga sig’magan gullar,
Keltirdilar Seni mard qo’llar,
Shaxzodalar men uchun tanlab,
Izxor bilan bag’rimga yo’llar!

Quchog’imga sig’magan gullar,
Biri alvon, biri qirmiz rang,
Qo’shilishib gullaydi dillar.
Gulga gul ham yarashdi, qarang!!!

Kamola Abduvaliyeva she’ri

@KR_Abduvaliyeva

Kamola Abduvaliyeva |Rasmiy|🇺🇿

30 Sep, 08:36


🟤BAYRAM SHUKUHI

O’zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri K.Sharipov tomonidan Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar sohasidagi ko’p yillik samarali mehnati hamda o’z xizmat vazifasiga bo‘lgan sadoqati uchun beriladigan maxsus TASHAKKURNOMA bilan taqdirlandim.

Bu eng avvalo ustozlarim mehnati so’ng siz aziz talabalarning e’tirofidir.

Vazir qo’lidan tashakkurnoma olish katta baxt va ulkan mas’uliyatdir!

@KR_Abduvaliyeva

Kamola Abduvaliyeva |Rasmiy|🇺🇿

25 Sep, 16:01


Yol’onmi, arzonmi, armonmi dunyo,
Yaxshi bo’lganga ham yomonmi dunyo?
Yugursang yurganga teng qilar dunyo,
Ag’yorga bag’rini keng qilar dunyo!

Sinovmi, sirtmoqmi, sabrmi dunyo,
Yoki bir hikoya, ta’birmi dunyo,
Ichimda qulatar umidlarini,
Hayot deb atalmish qabrmi dunyo?

Kamola Abduvaliyeva she’ri

@KR_Abduvaliyeva

Kamola Abduvaliyeva |Rasmiy|🇺🇿

25 Sep, 15:39


Ba’zan hammasiga qo’l siltab qalbing taskin topadigan joyga ketging kelar ekan…

Kamola Abduvaliyeva |Rasmiy|🇺🇿

24 Sep, 14:38


Ichingda zirqiragan bir yer bor, ammo birovga ko'rsatib, "mana bu yerim og'riyabti" deyolmaysan
Chunki u yerni faqat Alloh biladi..🫀