"Kelajak kasblari" loyihasi

@kelajakkasblari_uz


“Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlarga zamonaviy kasblarni egallashi, axborot texnologiyalarini o‘rganishi va ularni xorijiy tillarga o'qish xarajatlari subsidiya orqali qoplanadi.

Rasmiy Telegram bot: @kelajakkasblari_bot

"Kelajak kasblari" loyihasi

19 Oct, 08:22


Bugun kechroq telegram orqali onlayn muloqot qilsak nima deysizlar?

Zamonaviy kasblar va chet tillarini o'qitish yuzasidan muloqot qilsakchi?

Birinchi, "O'zbekiston o'quv markazlari forumi" mavzusini ham muhokama qilib olsak bo'ladi!

Qanday fikrlar, do'stlar?

"Kelajak kasblari" loyihasi

16 Oct, 15:07


⚡️Endi loyihani e'lon qilsam.

So'nggi yillarda o'quv markazlari shiddat bilan rivojlandi. Minglab yangi markazlarda xorijiy tillar hamda zamonaviy kasblar o'rgatilmoqda.

Prezident qarori bilan endi eng yaxshi o'quv markazlarini aniqlash, ularni rag'batlantirish va rivojlanishlari uchun, ayniqsa zamonaviy kasblarni o'qitishlari uchun yangi imkoniyatlarni muhokama qilishimiz zarur.

Maqsad millionlab yoshlarni global darajadagi mutaxassislarga aylantirish va O'zbekiston iqtisodiga hissa qo'shish.

Shu sababli hududlarning birida, (marhamat variantlar beringlar, balkim avvalo har bir hududda tashkil etib, keyin Respublika darajasida tashkil qilarmiz) "Birinchi O'zbekiston O'quv Markazlari Forumi" tashkil qilsak. Eng kuchli markazlarni bir joyga to'plasak, yangi tajribalarni muhokama qilsak. Ayniqsa, yoshlarimiz uchun katta grantlar e'lon qilsak, ularga bepul master-klasslar tashkil etib bersak. Qaror chiqaruvchilar bilan muloqot maydoni tashkil etsak, yangidan-yangi takliflar yuzaga chiqar edi. Katta netvorking markazini ham tashkil qilgan bo'lar edik.

Nima deysizlar, do'stlar? Yana qanday takliflaringiz bor?

"Kelajak kasblari" loyihasi

11 Oct, 13:49


⚡️Temurbek Adhamov tomonidan asos solingan “Lola animation” multfilm loyihasi ertaga Alisher Navoiy nomidagi kinosaroyida yopiq premyera o’tkazadi.

Ishonamanki, Lola animation nafaqat o’zbek xalqi uchun multfilmlar tayyorlaydi, shu bilan birgalikda xalqaro darajadagi multfilmlarni ommaga taqdim etadi. Menga ma’lum qilishlaricha, multfilmlar “5.1 Dolby Digital” formatda ovozlashtirilgan bo’lib, keyingi hafta oxirlarida ommaga taqdim etiladi.

Ko’proq ma’lumotni loyiha telegram kanali orqali olishingiz mumkin

"Kelajak kasblari" loyihasi

30 Sep, 03:58


"Kelajak kasblari" loyihasi meni qutqargan"

@kelajakkasblari_uz

"Kelajak kasblari" loyihasi

06 Sep, 06:03


⚡️"Kelajak kasblari" loyihasida "PDP academy" o'quvchilari daromad topishmoqda

Poytaxtimizdagi ushbu o'quv markazida 250 nafardan ortiq yoshlar ikkinchi mavsum doirasida ta'lim olishmoqda. Ularga dasturlashning "Python", "C#,.NET", "Frontend", "Flutter and Dart mobile", "Java Backend" kabi yo‘nalishlari doirasida yetuk dasturchi bo‘lib yetishishi uchun o‘z kasbining ustalari tomonidan darslar o‘tilmoqda.

Kurslarni yakunlab o‘z ish joylariga ega va daromad topishni boshlagan yoshlar haqida ma'lumotlarga ega bo‘lishingiz mumkin.

#kelajakkasblari #pdp #dasturlash

Bizning sahifalarimiz:
◾️Telegram | ◾️Instagram | ◾️ Facebook |◾️ YouTube

"Kelajak kasblari" loyihasi

30 Aug, 06:25


Farg‘ona viloyatida yoshlar daromad topishmoqda

⚡️"Kelajak kasblari" loyihasi doirasida "Raqamli texnologiyalar markazi direksiyasi"da 50 nafardan ortiq yoshlar dasturlash, dizayn, ijtimoiy tarmoqlar menejeri kabi yo‘nalishlarda ta'lim olishmoqda. Ushbu yoshlar zamonaviy kasblarni chuqur o‘rganib, bugungi kunda daromad topishni boshlagan. Ayrim yoshlar esa o‘quv markazining o‘zida dastlabki amaliyot jarayonlarini boshlagan.

#kelajakkasblari

Bizning sahifalarimiz:
◾️Telegram | ◾️Instagram | ◾️ Facebook |◾️ YouTube

"Kelajak kasblari" loyihasi

28 Aug, 05:22


Xorijiy tillar ta’limida yuksak natijalar!

💼“Kelajak kasblari” loyihasi doirasida yuqori natijalarni qo‘lga kiritib kelayotgan yoshlar haqida ma’lumot berishni davom etamiz.

Mamlakatimiz bo’ylab yoshlarimizga xalqaro sertifikatlarni qo‘lga kiritishda hamkorimiz “Registon” o‘quv markazi katta imkoniyatlar yaratmoqda. Loyiha doirasida ingliz tilini mukammal egallab, mahalliy va xorijiy darajadagi sertifikatlarga ega bo‘lgan yoshlarimiz, endilikda o‘z bilimlarini tengdoshlariga ulashib, nafaqat muvaffaqiyatga, balki daromadga ham erishmoqda. Batafsil quyidagi infografikamizda.

#kelajakkasblari

Bizning sahifalarimiz:
🕊Telegram 📱Instagram 📱Facebook 📺YouTube

"Kelajak kasblari" loyihasi

26 Aug, 06:01


⚡️Surxondaryo yoshlaridan navbatdagi natijalar

"Kelajak kasblari" loyihasida Surxondaryo viloyati yoshlari ham faol ishtirok etmoqda. Viloyatdagi "Billion school" o‘quv markazida bugungi kunda loyiha doirasida 200 nafardan ortiq yoshlar ta'lim olmoqda. Ingliz tilini puxta o‘rganib, milliy sertifikatlarda yuqori ballarni qo‘lga kiritishmoqda.

Yoshlarning natijalari bilan tanishib, loyiha natijadorligiga yana bir bor guvoh bo‘lishingiz mumkin.

#kelajakkasblari #surxondaryo

Bizning sahifalarimiz:
◾️Telegram | ◾️Instagram | ◾️ Facebook |◾️ YouTube