SamDChTI Kechki fakultet

@kechki_fakultet_rasmiy


@Shakhboz_karshiev

SamDChTI Kechki fakultet

22 Oct, 13:45


#Ishga_marhamat

Rasman 2025-yil uchun Work and travel dasturi uchun qabul ochilganligini e'lon qildi


Work and travel dasturida qatnashish uchun akademik talab:
👉 Unversitet yoki Texnikum talabasi bo'lish!

Biz bilan 31-oktabrgacha shartnoma qiladigan bo'lsangiz 10% lik chegirmaga ham ega bo'lasiz va undan tashqari o'zingiz bilan kelgan har bir do'stingiz uchun ham 10% chegirma taqdim etiladi!

Sharof World Edu 2025-yilgi Work and Travel dasturi uchun 10 ta grand dasturini ham e'lon qilgan, bunda barcha xarajatlar firma tomonidan qoplab beriladi!

☎️ Murojat uchun:
+998943664114 @sharofworld1
+998941264114 @sharofworld2
@ferienjob2022

Batafsil: 👇👇👇
https://www.instagram.com/reel/DAr_TfONFQn/?igsh=MXNld2l3MXFtZ2luMw==

SamDChTI Kechki fakultet

22 Oct, 08:57


#21_oktabr #SamDCHTI_30_yoshda

SamDCHTI Kechki ta'lim fakulteti tyutorlari hamda talabalari ishtirokida, 21-oktabr – O’zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun munosabati bilan bayram tadbiri o'tkazildi.

Ko'tarinki ruhda o'tkazilgan tadbirda davlat tilini madh etuvchi she'rlar hamda ajoyib kuy qo'shiqlar yig'ilganlarga hush kayfiyat baxsh etdi.

SamDChTI Kechki fakultet

22 Oct, 07:27


#OAVda_chiqishlar

Axborot 24 | 21-oktabr – O'zbek tili bayrami kuni munosabati bilan Samarqand davlat chet tillar institutida tahsil oluvchi xorijlik talaba intervyusi


SamDCHTI Axborot xizmati
👉
@samdchtijamoasi

SamDChTI Kechki fakultet

21 Oct, 14:32


#Bayram_tabrigi

Assalomu alaykum, qadrli ustozlar, aziz hamkasblar, hurmatli talabalar!
Barchangizni 21-oktabr – Oʻzbek tiliga davlat tili maqomi berilganining 35 yilligi ayyomi bilan tabriklayman.

Qadimiy boy tarixga ega bo’lgan goʻzal va betakror ona tilimiz ota-bobolarimizning oʻz tiliga boʻlgan mehr-u muhabbati, e’tibori va ijodkorligi bilan asrlar davomida sayqallanib, chiroy ochib, goʻzal ibora va tashbehlar, hikmatli soʻz va naqllar bilan boyidi. Quvonarlisi, ona tilimiz bizgacha ana shu javohir-u goʻzalliklari bilan yetib keldi.

Bugun bizning vazifamiz ajdodlarimiz mehri va ijodkorligi bilan dunyoga tengsiz boʻlgan ona tilimizning umriga umr, boyligiga boylik, goʻzalligiga go’zallik qo’shishdan iboratdir. Mana shu ezgu maqsad yoʻlida olib borayotgan ishlaringiz maqtovga arzirli, e’tirofga sazovor, desak mubolagʻa boʻlmaydi.

Qadrli hamkasblar!

Buyuk ajdodlarimiz oʻz ona tilini sevish, uni qadrlash bilan birga, boshqa tillarni ham oʻrganishi natijasida ilm-fan olamida buyuk kashfiyotlar qilishgan. Har ikkala Uygʻonish davriga asos solishgan. Bugun bizdan davr talab qiladigani – yoshlarimizni ana shu ajdodlarimizga izdosh qilib tarbiyalash, ularning ishlariga davomchilarni yetishtirish, qalbida ona tiliga mehri ummon bo‘lgan avlodni kamolga yetkazishdir.

Hurmatli jamoadoshlar!

Barchangizni ona tilimizning bugungi ayyomi bilan qutlayman. Oʻzligimizning asosi boʻlgan ona tilimizning umri boqiy bo’lsin! Barchangizga sihat-salomatlik buyuk va ezgu maqsad yo’lidagi ilmiy-pedagogik faoliyatingizga omad, xonadoningizga totuvlik tilayman.

Hurmat bilan B.Xoliqov,
Samarqand davlat chet tillar instituti rektori

SamDChTI Kechki fakultet

21 Oct, 14:29


#21_oktabr #SamDCHTI_30_yoshda #Milliy_kontent

Samarqand davlat chet tillar instituti Kechki ta’lim fakulteti koordinatori Elvira Tursuntosheva 21-oktabr – O’zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun munosabati bilan talabalarning o’zbek tiliga bo’lgan munosabatni o’rganish maqsadida so’rovnoma o’tkazdi.

SamDCHTI Axborot xizmati
👉
@samdchtijamoasi

SamDChTI Kechki fakultet

20 Oct, 16:49


VOLONTYORLAR KLUBI

Samarqand davlat chet tillar institutida Yoshlar ittifoqi BT Kengashi va Volontyorlar assotsiatsiyasi bilan hamkorlikda “Volontyorlar klubi” tashkil etilmoqda.

Agar siz chet tillarini bilsangiz, tashkilotchilikda o'z tajribangizni oshirishni, xalqaro tadbirlarda volontyor sifatida ishtirok etishni xohlasangiz unda bu imkoniyat aynan siz uchun!

Sizni volontyorlar klubida nimalar kutmoqda?
- Chet tillarini amaliyotda qo'llash imkoniyati;
- Kreativ jamoa;
- Respublika va xalqaro loyihalarda ishtirok etish ;
- Jamoa bilan ishlash va muloqot ko’nikmalari.

Ushbu havola orqali ro’yxatdan o’ting:
🔗  Havola

📅 Ro'yxatdan o’tish muddati: 1-noyabr

Keling, birgalikda yuksalish va o'zgarishga hissa qo'shaylik!

Ijtimoiy sahifalarimiz⬇️
Telegram | Instagram | Facebook

SamDChTI Kechki fakultet

20 Oct, 07:23


#Diqqat #Tanlov

"Qizlar ibosi - millat libosi" shiori ostida institutimizning faol, qobiliyatli va uddaburon qizlari o'rtasida ochiq tanlov e'lon qilinadi !!!

Tanlovda qizlar to'rtta shart bo'yicha bellashadilar:
1-shart: TANISHTIRUV
2-shart: TEZKOR SAVOL-JAVOB
3-shart: PAZANDALIK MAHORATI
4-shart: ERKIN MAVZU

Saralangan g'oliblar tanlovning viloyat bosqichiga yo'l olishadi hamda ishtirokchilar diplom va tashakkurnomalar bilan taqdirlanishadi.

Tanlov sanasi: 23-oktabr
Ro'yhatdan o'tish muddati: 21-oktabr

Murojaat uchun:@mashhura1118
@shaxzoda_ismailova
SamDCHTI Xotin-qizlar kengashi
👉 @samdchtieduuz👈

SamDChTI Kechki fakultet

19 Oct, 17:45


#Ishga_marhamat
#E_lon

"Urfon academy" oʻquv markazi administratorlikka ishga taklif etadi


Talablar:
👉 19 yoshdan katta boʻlish
👉Word, Excel dasturlarida ishlay olish
👉Sinov muddatidan oʻta olganda kamida 1 yil ishlay olish
👉Ish vaqti 08:00 dan 17:00 gacha
Ingliz yoki rus tillarini bilish ustunlik beradi.

❗️Biz bilan nimalarga erishasiz?

🔹Jamoamiz bilan doimiy shaxsiy rivojlanish
🔹Turli xil konferensiya, treninglarda kasbiy rivojlanish
🔹Muntazam to'lanadigan va 3 million so'mdan kam bo'lmagan oylik daromad.

❗️ Iltimos, avvalo, oʻzingizni hurmat qilgan holda talablarni yaxshilab oʻqib chiqing. Bu e'lon talaba-qizlar uchun.

📍 Manzil: Samarqand shahar Sartepo massivi, Turkiston koʻchasi 157-uy.

Murojaat uchun:
Tel:
+998901680109
@urfon_manager

SamDChTI Kechki fakultet

19 Oct, 09:15


#Saylov_2024 #SamDCHTI_30_yoshda

Men Samarqand davlat chet tillar instituti Yoshlar Ittifoqi BT "Besh tashabbus loyihalar" koordinatori Mamatova Farzona saylovda ovoz berishga tayyorman.

Siz-chi?
Siz tayyormisiz?
#Ovozbering

SamDCHTI Axborot xizmati
👉
@samdchtijamoasi

SamDChTI Kechki fakultet

19 Oct, 09:12


#Samarqand

Samarqand shahri kuni munosabati bilan o’tkazilgan bayram tadbirlarida fakultetimiz professor-o’qituvchilari hamda koordinator va talabalari faol ishtirok etishdi.

SamDChTI Kechki fakultet

19 Oct, 07:43


#Saylov_2024 #SamDCHTI_30_yoshda

Men Samarqand davlat chet tillar instituti Yoshlar Ittifoqi BT "Intellektual loyihalar" koordinatori Mamarajabova Sug’diyona saylovda ovoz berishga tayyorman.

Siz-chi?
Siz tayyormisiz?
#Ovozbering

SamDCHTI Axborot xizmati
👉
@samdchtijamoasi