METODIK XIZMAT KO'RSATISH BO'LIMI (Jizzax viloyati PMM)

@jizzax_metodik_xizmat


Jizzax viloyati pedagoglarining savollariga javob beramiz, murojaat uchun: @metodistga_murojaat_bot

METODIK XIZMAT KO'RSATISH BO'LIMI (Jizzax viloyati PMM)

22 Oct, 08:59


❇️ METODIK TUR

2024-yil  21-oktabr kuni Pedagogik mahorat markazi Metodik xizmat koʻrsatish boʻlimi metodistlari E.Muqimov va M. Zokirovalar tomonidan taʼlim darajasi yuqori boʻlmagan G'allaorol tumani 37-sonli umumtaʼlim muassasalariga metodik yordam tashkil qilindi.
⚡️ Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligining 2024-yil 7-avgustdagi  246-sonli buyrug'iga asosan "Kasbiy rivojlanish kuni" va "Kasbiy rivojlanish soati" tadbirlarini tashkil etishning ahamiyati, 2024-yil 7-fevraldagi 32-sonli buyrug'iga asosan ommalashtirishning yangi tartib qoidalarining mazmuni hamda yangi baholash tizimi toʻgʻrisida batafsil ma'lumot berildi.
⚡️Fanlar kesimida dars tahlili olib borildi va kerakli metodik tavsiyalar berildi. 🪐 Shuningdek, seminar tashkil etilib, pedagoglarga darslarni sifatli olib borishda samarali interaktiv metodlar koʻrsatib oʻtildi.

METODIK XIZMAT KO'RSATISH BO'LIMI (Jizzax viloyati PMM)

21 Oct, 10:44


2024-yil 21-oktabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining 2024-yil 5-yanvardagi "Umumta’lim muassasalarida uzluksiz metodik xizmat ko‘rsatish ishlarini yanada takomillashtirish to‘g'risida" gi 8-sonli buyrug‘iga asosan Jizzax viloyati Pedagogik mahorat markazi Metodik xizmat ko‘rsatish bo‘limi kimyo fani metodisti Maqsud Jabborov tomonidan Biologiya o‘qituvchilari kursi tinglovchilari uchun Metodist soati tashkil etildi.
Metodist soatida Maqsud Jabborov ta’limdagi so‘nggi yangiliklar, xususan, biologiya darslarida loyihaviy ta’limdan foydalanish, uning ahamiyati, loyihaviy ta’lim orqali o‘quvchilarda shakllanadigan ko‘nikmalar haqida batafsil ma’lumotlar berdi.
Metodist soati biologiya fani oʻqituvchilarida katta qiziqish uygʻotdi va oʻzlarning pedagogik faoliyatida foydalanish uchun tavsiyalar ham berildi.

METODIK XIZMAT KO'RSATISH BO'LIMI (Jizzax viloyati PMM)

20 Oct, 04:32


2024 yining 19-oktabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining 2024-yil 5-yanvardagi  "Umumta’lim muassasalarida uzluksiz metodik xizmat ko‘rsatish ishlarini yanada takomillashtirish to‘g'risida" gi  8-sonli buyrug‘iga asosan Jizzax viloyati Pedagogik mahorat markazi Metodik xizmat ko‘rsatish bo‘limi biologiya fani metodisti Axmedova Nargiza tomonidan Biologiya o‘qituvchilari kursi tinglovchilari uchun  Mahorat darsi tashkil etildi.
Mashg‘ulotlar davomida Biologiya fanida keltirilgan amaliy mashg'ulotlar guruhlar aro hamkorlikda bajarildi va tinglovchilar tomonidan izohlar bilan fikrlar almashinildi.
Mashg‘ulot davomida biologiya fani oʻqituvchilarida katta qiziqish uygʻotdi va oʻzlarning pedagogik faoliyatida foydalanish uchun tavsiyalar ham berildi.

METODIK XIZMAT KO'RSATISH BO'LIMI (Jizzax viloyati PMM)

19 Oct, 06:51


📣📣📣 Metodist soati_

2024-yil 19-oktabr kuni Jizzax viloyati Pedagogik mahorat markazi Ingliz tili fani kursi tinglovchilari uchun Metodik xizmat ko‘rsatish boʻlimi Ingliz tili fani metodisti M.Zokirova tomonidan Metodist soati  tashkil etildi. 

♻️ Metodist   soatida "Bugungi kun o'qituvchisi qanday bo'lishi kerak" nomli taqdimoti tinglovchilarda qiziqish uyg'otdi, "KRK " va "KRS" va ommmalashtirishning yangi tartib qoidalari haqida ma'lumotlar berildi.

⚜️Shuningdek,  "Win your scores" va "Find the words" metodlari tinglovchilar bilan birgalikda o'tkazildi.

METODIK XIZMAT KO'RSATISH BO'LIMI (Jizzax viloyati PMM)

19 Oct, 04:23


"Jizzax ovozi" gazetasining 2024-yil 19-oktabr kungi 40-soni mutolaa uchun tavsiya etiladi.

Qadring baland boʻlsin, ona tilim!

Har bir millatning oʻz ona tili boʻlgani kabi bizning ona tilimiz ham uzoq tarixga ega. Ajdodlarimizning bebaho merosi mustaqilligimiz sabab qadr topmoqda
Bu yil oʻzbek tiliga davlat tili maqomi berilganiga 35 yil toʻladi.
Ushbu quvonchli shodiyona bilan Pedagogik mahorat markazi metodik xizmat koʻrsatish boʻlimi metodistlari Nigora Xasanova va Goʻzal Kamoljonova aziz yurtdoshlarimizni tabriklaydi.

Ayyomingiz bardavom boʼlsin, azizlar!

🌏Rasmiy sahifalarimiz
📱
Telegram 💻Facebook   📨Bot

METODIK XIZMAT KO'RSATISH BO'LIMI (Jizzax viloyati PMM)

19 Oct, 03:59


2024 yining 18-oktabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining 2024-yil 5-yanvardagi  "Umumta’lim muassasalarida uzluksiz metodik xizmat ko‘rsatish ishlarini yanada takomillashtirish to‘g'risida" gi  8-sonli buyrug‘iga asosan Jizzax viloyati Pedagogik mahorat markazi Metodik xizmat ko‘rsatish bo‘limi biologiya fani metodisti Axmedova Nargiza tomonidan Biologiya o‘qituvchilari kursi tinglovchilari uchun  Mahorat darsi tashkil etildi.
Mashg‘ulotlar davomida Biologiya fanining nazariy va amaliy asoslari   haqida ma’lumotlar berildi va tinglovchilar tomonidan taqdimotlar tayyorlanib almashinildi.
Mashg‘ulot davomida biologiya fani oʻqituvchilarida katta qiziqish uygʻotdi va oʻzlarning pedagogik faoliyatida foydalanish uchun tavsiyalar ham berildi.

METODIK XIZMAT KO'RSATISH BO'LIMI (Jizzax viloyati PMM)

19 Oct, 03:36


⚡️Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining topshirigʻi bilan:

Umumtaʼlim muassasalarida “Tabiiy fan (science)“, “Tarbiya” va “Informatika va axborot texnologiyalari” fanlarini boshlangʻich sinflarda “Boshlangʻich taʼlim” oʻqituvchilari, “Tabiiy fan (science)ni 5-6-sinflarda esa “Geografiya”, “Biologiya” va “Fizika” oʻqituvchilari, 5-11-sinflarda “Tarbiya” fanini, Tarix, Milliy istiqlol gʻoyasi va huquq mutaxassisligiga ega fan oʻqituvchilari dars oʻtishlariga:

“Tabiiy fan (science)“ va “Tarbiya” fanidan dars berayotgan boshlangʻich taʼlim, shuningdek, fizika, geografiya, biologiya, tarix, davlat va huquq asoslari fanidan amaldagi malaka toifalariga mos ravishda haq toʻlanishiga rozilik berildi.

Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 2-avgustdagi 425-son qarori bilan belgilangan, oliy malaka toifa (bosh oʻqituvchi lavozimi)ga ega boʻlganidan soʻng oliy malaka toifani 15-yil davomida saqlab kelgan va uzluksiz ish stajiga ega boʻlgan pedagog kadrlar navbatdagi majburiy attestatsiyaga jalb etilmaslik tartibi 2022-yil 2-avgustga qadar 15 yillik uzluksiz ish stajiga hamda oliy malaka toifaga ega (bunda oliy toifaga ega boʻlganlik davri muhim emas) boʼlgan pedagoglarga nisbatan tatbiq etilmaydi.

Vazirlar Mahkamasining “Xorijiy tillarni oʻrganishni ommalashtirishni samarali tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2021-yil 19-maydagi 312-son qarorining 9-bandida keltirilgan talablar ikkinchi xorijiy til pedagoglarga nisbatan tatbiq etilmasligi belgilandi.

💰15% oshgan holda hisoblovchi oylik bot

O‘qituvchilar uchun barcha hujjatlar shu kanalda!✅️
👇👇👇👇👇👇👇
https://t.me/uqituvchiga_hujjat

METODIK XIZMAT KO'RSATISH BO'LIMI (Jizzax viloyati PMM)

18 Oct, 11:05


2024-yil 16-oktabr kuni Jizzax viloyati Pedagogik mahorat markazi tarbiya fani kursi tinglovchilari uchun “Metodik xizmat ko‘rsatish” boʻlimi tarbiya fani metodisti D.Xolboʻtayeva tomonidan “Metodist soati” tashkil etildi.                                                                                                             Metodist  soatida  D. Xolboʻtayeva tomonidan Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining 2024-yil 7-avgustdagi Umumiy o'rta ta'lim muassasalari o'qituvchilari uchun “Kasbiy rivojlanish kuni” va “Kasbiy rivojlanish soati” tadbirlarini bosqichma-bosqich joriy etish to'g‘risida” gi 246-sonli buyrugʻi haqida tushuncha berildi. O‘quv   mashg‘uloti  davomida   kurs   tinglovchilari   ishtirokida   “Ortiqchasini top”,“Soat millari ” va  “Oʻz oʻrningni top” metodlari va “Kim lider” inerjayzerlari qiziqarli tashkil etildi.

METODIK XIZMAT KO'RSATISH BO'LIMI (Jizzax viloyati PMM)

18 Oct, 10:18


   METODIST SOATI

♻️2024-yil 17-oktyabr kuni Jizzax viloyati Pedagogik mahorat markazi musiqa madaniyati kursi tinglovchilari uchun Metodik xizmat ko‘rsatish bo‘limi musiqa madaniyati fani metodisti Nigora Xasanova tomonidan  Metodist soati tashkil etildi.
📖Mashg'ulot davomida umumta'lim muassasalarida yangi baholash tizimini amaliyotga joriy etishning ahamiyati, o'qituvchilarning ilg'or tajribasi va faoliyati davomida qo'llab kelayotgan zamonaviy metodikalari, ish tajribalarini ommalashtirish yuzasidan kerakli tavsiyalar berildi.
🔰 "Loyihaga asoslangan ta'lim" ni amaliyotga joriy etish maqsadida topshiriqlar bilan ishlandi.
⚡️Metodist soatida dars samaradorligini oshirishga qaratilgan zamonaviy interaktiv metodlar amalda qo‘llandi.
🎼 Maktab darsligida berilgan musiqiy asarlar tinglovchilar tomonidan  ijro qilindi.
✍️ Shuningdek, kurs tinglovchilari o'zlarini qiziqtirgan barcha savollarga javob olishdi.

🌏Rasmiy sahifalarimiz
📱
Telegram 💻Facebook   📨Bot

METODIK XIZMAT KO'RSATISH BO'LIMI (Jizzax viloyati PMM)

18 Oct, 10:03


📣📣📣METODIST SOATI

2024 yining 18-oktyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining 2024-yil 7-avgustdagi "Umumiy o‘rta ta’lim muassasalari o‘qituvchilari uchun 
«Kasbiy rivojlanish kuni» va «Kasbiy rivojlanish soati» tadbirlarini bosqichma - bosqich joriy etish to‘g‘risida" gi 246-sonli buyrug‘ining mazmun mohiyati bo'yicha Jizzax viloyati Pedagogik mahorat markazi Metodik xizmat ko‘rsatish bo‘limi Informatika va AT fani metodisti Shohruh Abduqayumov tomonidan informatika o‘qituvchilari kursi tinglovchilari uchun Metodist soati tashkil etildi.
Metodist soatida dars samaradorligini oshirishga qaratilgan zamonaviy interaktiv metodlar amalda qo‘llandi.

🌏Rasmiy sahifalarimiz
📱
Telegram 💻Facebook   📨Bot