Imperia CG

@imperia_cg


Kompyuter grafikasini Imperia CG bilan o'rganing. Video darslar mavjud.

Admin: @imperiacg

Shaxsiy blog: @barzuibrohimov

YouTube:
https://www.youtube.com/c/BarzuIbrohimov

Imperia CG

29 Aug, 12:11


Rigging nima? Animatsiya qilishning universal qadamlarini bilasizmi? Quyidagi darsni ko'ring va bilib oling.

Blenderda Animatsiyani 0 dan boshlayotganlar va o'z bilimlarini mustahkamlamoqchi bo'lganlar uchun:

https://youtu.be/bedXI85A0qY

Imperia CG

25 Aug, 11:04


Ushbu videoda Blenderdagi Asset Library va Asset Browser imkoniyatlaridan samarali foydalanish orqali loyihalaringiz, 3D modellar va materiallardan qayta foydalanishni bir necha barobarga tezlashtirishni o'rganasiz 😎

https://youtu.be/IVCnOBKm9lU

Imperia CG

04 Aug, 13:16


Blender 4.2 dagi eng katta o'zgarish bu shubhasiz Eevee realtime render engini bo'lsa kerak. Undagi eng asosiy o'zgarishlarni quyidagi videoda ko'rib o'rganing:

https://youtu.be/Ejce8kz7z8o

Imperia CG

31 Jul, 13:39


Ushbu rasmdagi narsa sizga tanish emasmi?

Ha, bu o'sha Blenderda yasalgan "donut". Lekin bu shunchaki oddiy donut emas, bu 7 ta oskar olgan "Hammasi hamma joyda va bir vaqtning o'zida" deb nomlangan filmdagi donut. Ushbu film haqiqatda qiziqarli va uning 7 ta oskar ga loyiq ko'rilganligi buni yaqqol isbotlaydi.

Biz uchun eng qizig'i esa, ushbu kinodagi aksariyat effektlar (VFX) bizning sevimli Blender va After Effects dasturlarida yasalgan.

Buyuk ishlar qilish uchu dunyodagi eng kuchli dasturni qidirish shart emas. Shunchaki bizning video kurslarimizni oling, Blender va After Effects dasturlarini mukammal o'rganing va antiqa g'oyangizni amalga oshiring. 😎

Video kurslar haqida batafsil ma'lumot:
☎️ +998909833340
πŸ“± @imperiacg

Imperia CG

18 Jul, 06:13


After Effects kursi haqida to'liq malumot!

https://youtu.be/zp73HPHBnE0?si=yB7OsMd0aRTACTD0

Imperia CG

16 Jul, 20:50


Blender 4.2! πŸ’ͺ😎
https://youtu.be/jTVG5kdHRQQ?si=poXtyegq61BSbsM5

Imperia CG

09 Jul, 17:37


Blender 4.2 ning chiqish kuni yaqin (16 - iyul).

Zo'r yangiliklardan biri. Endi addonlar va temalarning ko'pchiligi Blender bilan birga yuklanmaydi. Bu keraksiz addonlarning va temalarning kompyuterdan ortiqcha joy egallashini oldini oladi.

Xo'sh addonlar va temalarni qayerdan olamiz. Shunchaki nastroyka (Preferrences) ga kiramiz va Get Extensions qismiga o'tamiz. (Edit > Preferences > Get Extensions).
va barcha addonlar va temalarni internetdan yuklab olaveramiz (ajoyib temalar topdim, masalan Midnight Blue).

Xullas judayam qulay o'zgarish. Yana boshqa yangiliklar ham bor, barchasi Blenderda ishlashni yanada oson, tez va sifatli qilishga yordam beradi. Blenderni tanlab adashmaysiz, qisqasi 3D sohasidagi eng zo'r dastur.

Blender 4.2 beta versiyani quyidagi link orqali yuklab olish mumkin:
https://builder.blender.org/download/daily/

πŸ‘‰πŸ»Blender bo'yicha video kurslarimizπŸ‘ˆπŸ»

Imperia CG

30 Jun, 11:56


Adobe After Effects bo'yicha o'zbek tilidagi eng yirik va eng to'liq video kurs tayyor!

Ushbu video kursimizda Adobe Korporatsiyasining eng mashhur dasturlaridan biri - After Effects dasturini 120 dan ortiq darslarda mukammal tarzda o'rganasiz.

Nega aynan Adobe After Effects?

- After Effect dasturi dunyoda film va televedeniye, digital marketing, web design va video montaj sohalarining eng asosiy qurollaridan biridir.

- After Effects dasturi film sanoati, motion grafika va vizual effektlar sohasida texnik va innovatsion yutuqlari uchun 2019-yilda Oscar (Academy Award) mukofoti tomonidan tan olingan.

- Deyarli barcha dunyoga mashhur filmlar, video o'yinlar reklamalari, 2D animatsion filmlar vizual effektlarda, Title animatsiyalarida, 2D motion grafikada, UI animatsiyasida, Compozitsiya va Color Correction va Storytelling qilishda After Effects dasturidan to'liq yoki qisman foydalanishadi. Misollar, Coco, Iron Man, Avatar, Bladerunner 2049 va boshqalar.

πŸ‘‰πŸ»Kursda aynan nimalar o'rgatiladi? NarxiπŸ€”? πŸ‘ˆπŸ»

Imperia CG

14 Jun, 07:25


Barchangizga kirib kelayotgan Qurbon Hayiti bayrami muborak bo'lsin! πŸ‘

❕Video kurslarimizga chegirmalarni e'lon qilamiz.

Ayni paytda bizda:
Blender 3D bo'yicha 3 ta
Unreal Engine 5 bo'yicha 1 ta
After Effects bo'yicha 1 ta (iyun oyi oxirida yetkazib beriladi) videokurs mavjud.

Jami 5 ta videokurslarimizni quyidagi chegirmada sotib olishingiz mumkin.

Istalgan 1 ta videokurs:
1 200 000 so'm
599 000 so'm

Istalgan 2 ta videokurs:
2 400 000 so'm
1 199 000 so'm

Istalgan 3 ta videokurs:
3 600 000 so'm
1 499 000 so'm

Istalgan 4 ta videokurs:
4 800 000 so'm
1 599 000 so'm

Barcha 5 ta videokurs:
6 000 000 so'm
1 999 000 so'm

❕Shoshiling, chegirma faqat 3 KUN davom etadi (15, 16, 17 - Iyun, 2024).

Hoziroq buyurtma berishingiz mumkin!
☎️ +998909833340
πŸ“± @barzu @imperiacg

⚠️ Videokurslar online yetkazib beriladi.

Imperia CG

21 Apr, 07:02


Motion Graphics (Moushn Grafika) nima?

JAVOB:πŸ‘‡

https://youtu.be/IjGgNAjqDR8

Imperia CG

10 Apr, 04:31


Assalomu alaykum, Ramazon hayiti muborak bo'lsin. Barchangizga sog'lik - salomat, oilaviy baxt va omad tilaymiz. Keyingi Ramazon oylariga eson omon yetib olish barchamizga nasib qilsin.

Shu o'rinda eslatib o'tamiz, bugun video kurslarimizga belgilangan chegirmalarning oxirgi kuni.

@imperiacg
@imperia_cg

Imperia CG

31 Mar, 15:12


Ko'pchilik qiziqadigan turdagi animatsiyani yasab ko'rsatdik. Endi siz ham bularni yasay olasiz.

Agarda Blenderda ishlashga qiynalsangiz Blender bo'yicha videokurslarimizni katta chegirmalarda hoziroq sotib oling va o'rganing: πŸ‘‰πŸ» Ma'lumot πŸ‘ˆπŸ»

Marhamat videoni pastdagi link orqali YouTube kanalimizda tomosha qiling va o'rganing:

https://youtu.be/Glu6r9evWYA

Imperia CG

29 Mar, 08:10


Blenderda yana bir ajoyib ish.

Muallif: Andrew Stevenson

Blender bo'yicha o'zbek tilidagi eng to'liq videokurslarni katta chegirmada hoziroq sotib oling va o'rganishni boshlang:
πŸ‘‰πŸ» Ma'lumot πŸ‘ˆπŸ»

@imperia_cg

Imperia CG

26 Mar, 19:00


Blender 4.1 da ham juda yaxshi o'zgarishlar bo'libti.

Blender 4.1 dagi barcha yangiliklar haqida quyidagi videoda (ingliz tilida):
https://youtu.be/PmIbMx_RM6k?si=x-nG3JyaRV4vutdo

Blenderni yuklab olish uchun esa quyidagi linkni bosing:
www.blender.org/download

Imperia CG

17 Mar, 19:27


O'zimni sirlarimni fosh qildim 😁

https://youtu.be/zvub6YV-qEo?si=sh-8Atz8l8SymQ5R

Imperia CG

16 Mar, 07:40


Bu odam Exterior renderlarni haqiqatdan buzvoradi

Blenderda tayyorlangan
Muallif: Samet Dereli

Blenderni bizning video kurslar yordamida o'rganishingiz mumkin.

@imperia_cg

Imperia CG

15 Mar, 20:13


Hammaga tungi salom.

Tez-tez fikrlarimni yozib post qo'yib turaman degandim. Ya'ni, texnologiyalar, hayot, baxt, pul topish kabi mavzularda fikrlarim bilan bo'lishib turmoqchi edim. Lekin bunday qilmayapman
Sababini tushuntirsam. Yaxshilab o'ylab qarasam, yozayotgan gaplarim qiziqarli, o'ylantiradigan gaplar, lekin ba'zilari shunchaki "aqlli gaplar" bo'layapti. Buning ustiga, hozir qayerga qaramang kimdir aql o'rgatayapti, o'qiyotgan kitoblarimdan qilgan xulosalarimni video shaklda YouTube ga qo'ymoqchi edim, qarasam YouTube bunaqa quruq xulosalarga to'la). Lekin eng qizig'i, odamlar shunaqa videolarni ko'p ko'radi, ya'ni bu birovlarni gapini gapirib boshqalarga "aql ulashish" va shu orqali kanalda "podpischik" yig'ishni yaxshi yo'li ekan. Xullas, kel shu ishni qilmay dedim. Bitta men qolibman aql ulashmayotgan. Faqat o'zim uchun o'qishga qaror qildim. O'qiganlarimni esa faqatgina kimdir so'rasa aytishim mumkin. 

Lekin..., lekin degan joyi bor. Men ba'zida fikrlarimni yozib turmoqchiman, ya'ni bular qanday fikrlar. Faqatgina o'zim amalda qilib ko'rgan va bemalol uddasidan chiqa oladigan narsalarim va aynan shularni qanday qilish mumkinligi haqidagina fikrlarimni yozib turaman. Faqatgina konkret foydasi tegishi mumkin bo'lgan ma'lumotlarnigina ulashib turmoqchiman. Qolganlari ichimda tura qolsin).

Bularning birinchisi ingliz tilini qanday qilib mustaqil o'rganish haqida bo'ladi. Chunki men ingliz tilini mustaqil o'rganganman. Yaqinda yana bitta tilni o'rganishni boshladim, 2024 - yil oxirigacha yaxshilab o'rganib olmoqchiman, ko'ramiz qanchalik o'rganaman. Bu til men uchun zaril emas, shunchaki bo'sh vaqtimni to'ldirish va miyani charxlab turish maqsadida o'rganayapman (masalan mashinada ketayotganda, ovqatlanayotganda, nimanidir kutib qolganda o'rganaman). 

Hozircha xayr, tuningiz ham kuningiz ham yaxshi o'tsin)

Bizni kuzatishda davom eting:

@BarzuIbrohimov
@imperia_cg

Imperia CG

11 Mar, 03:42


Barchangizga Ramazon oyi muborak bo'lsin! Bayram munosabati bilan videokurslarimizga chegirmalarni e'lon qilamiz.

Hozirda Blender bo'yicha 3 ta, Unreal Engine bo'yicha 1 ta kursimiz mavjud. Ularni quyidagi chegirmalarda sotib oling:

- Har bir kurs:
1 200 000
599 000 so'm!

- Har qanday 2 ta kurs:
2 400 000
999 000 so'm.

- Har qanday 3 tas kurs:
3 600 000
1 199 000 so'm.

Barcha kurslar birgalikda
4 800 000
1 599 000 so'm!

CHEGIRMA BUTUN RAMAZON OYIDA DAVOM ETADI!

Blender videokurslari haqida ma'lumot πŸ‘ˆ
Unreal Engine 5 videokursi haqida ma'lumot πŸ‘ˆ

Buyurtma uchun:
+990909833340
@imperiacg
@barzu

-- Kurslar online yetkazib beriladi --

Imperia CG

10 Mar, 19:41


O'zimga yoqmagan bir ikta joylarini tog'rilab chiqdim. Bo'ladi shuyam bizga

@imperica_cg @barzu