HAYOT SIMFONIYASI 🕊

@hayot_simfoniyasi


"Hayot Simfoniyasi kanali" orqali siz tarbiyaviy aforizmlar, mushohadali fikrlar, qalbga yetib boruvchi mulohazalar va tabassum olamiga sayohat qilishingiz mumkin.


🔶 Admin: @hayot_simfoniyasibot

Bizdan uzoqlashmang!

HAYOT SIMFONIYASI 🕊

11 Jul, 07:58


Мен ниманидир ўзгартиришим кераклигини акс ҳолда бадали оғир бўлишини билиб турар эдим. Мен муваффақиятга эришиш учун ўзимга вада бердим. Бу вада муваффақият эмас қаттиқ меҳнат бўлганлиги учун ҳам мен ўз қарашларимни ўзгартирдим.

Г.Кордон

HAYOT SIMFONIYASI 🕊

06 Jul, 18:30


Banda borki gunohdan xoli emas, muhimi sodir etilgan xatoni tan olish, uni o’z vaqtida tuzatish. Bu ish esa faqat tavba bilangina amalga oshadi.

HAYOT SIMFONIYASI 🕊

06 Jul, 18:21


Kimki xulqini isloh qilish harakatiga tushgan ekan, u o’zni anglash sari qadam tashlayotgan odamdir.

HAYOT SIMFONIYASI 🕊

27 Jun, 11:15


#аччиқ_ҳақиқат

Mуваффақият сиз учун содир бўладиган нарса эмас, у сиз ва сизнинг ҳаракатларингиз туфайли рўй берадиган ҳодисадир.

@hayot_simfoniyasi

HAYOT SIMFONIYASI 🕊

28 Apr, 01:58


#sheriyat

Ey, zamonni ayblab soʻkuvchi inson,
Oʻyla oʻzingmisan beayb, benuqson?!

📌@hasanovablog

HAYOT SIMFONIYASI 🕊

25 Apr, 02:19


Duo oldi, mehnat qildi, ALLOH berdi…

HAYOT SIMFONIYASI 🕊

15 Apr, 16:20


Aytilishi kerak bo’lgan vaqtda aytilgan so’zlar katta kuchga ega.

@hayot_simfoniyasi

HAYOT SIMFONIYASI 🕊

04 Apr, 09:21


Agar ibodating seni o'zgartirmasa, ibodatingni o'zgartir.

#hikmat

(c)Dilshodqizi Nur

@hayot_simfoniyasi

HAYOT SIMFONIYASI 🕊

01 Mar, 01:57


Анас розияллоҳу анҳудан ривоят қилинади. Расулуллоҳ соллаллоҳу алайҳи васаллам:

"Ким жума куни тонгда бомдод намозидан олдин:

"Астағфируллоҳаллазий ла илаҳа илла ҳувал ҳаййул қоййум ва атубу илайҳ" (Аллоҳга истиғфор айтаман. Тирик ва қаййум сифатли Аллоҳдан бошқа илоҳ йўқ), деб уч марта айтса, гуноҳи агар денгиз кўпигича бўлса ҳам, Аллоҳ таоло кечириб юборади
", дедилар.

Ибн Сунний ривоятлари

Manba: Mehrob.uz

@hayot_simfoniyasi

HAYOT SIMFONIYASI 🕊

21 Feb, 18:47


#mushohada

FARISHTALAR

Xonadoningizda keksa odam bormi? Baxtli ekansiz! Dunyo tashvishlaridan to'yib ketsangiz, shularni ziyorat qiling: hayot abadiy emasligini o'ylab, taskin topasiz.

Xonadoningizda go'dak bormi? Siz ham baxtli ekansiz. Dunyo tashvishlaridan to'yib ketsangiz, go'dakni bag'ringizga bosing: hayot abadiy ekanini o'ylab, taskin topasiz...

- O'tkir Hoshimov

@hayot_simfoniyasi 🕊

HAYOT SIMFONIYASI 🕊

18 Feb, 06:59


#tahlil

Xatoni tan olmaslik, to'g'rilamaslik va undan xulosa chiqarmaslik yana bir xatoni boshlab kelaveradi. Bu odamni o'zini aldashga, o'zini oqlashga va ratsional yolg'on to'qishga o'rgatib qo'yadi.

Eng ko'p azoblovchi narsa boshqalarning yoki o'zimizning xatolarimiz emas, aksincha, shu xatolarga javob reaksiyamizdir.

Bizni chaqib olgan ilonning ortidan quvish oqibatida butun tanamizga zahar tarqaladi. Shuning uchun ilonni ta'qib qilishni emas, zaharni tanamizdan chiqarib tashlashni o'ylashimiz lozim.

"Muvaffaqiyatli insonlarning 7 ko'nikmasi" kitobidan

- Stiven R. Kovi

@hayot_simfoniyasi asl hayot maktabi 🕊

HAYOT SIMFONIYASI 🕊

05 Dec, 11:18


Aqiydamizni tuzatib olaylik.

Tabobat va undagi dori darmonlarni bir sabab oʻlaroq isteʼmol qilamiz.
Shifoni esa Olloh beradi.

Bu borada Ibroxim alayhissalomning aqiydasiga etibor bering.

Olloh taolo marhamat qilib aytadi:
"Agar ogʻrib qolsam uning (Ollohning) oʻzi menga shifo beradi".

Shuʼaro surasi, 80-oyat.

📌@hasanovablog

HAYOT SIMFONIYASI 🕊

01 Dec, 06:41


#fikrla

Inson maksimal zavqni mazali taomdan yoki chiroyli mashinadan emas, qiyinchiliklarni yengib o’tishdan, berilgan imkoniyatlarda o’zini sinab ko’rishdan va erishilgan natijalardan oladi.

“Mening kuchli tomonim” kitobidan.

@hayot_simfoniyasi

HAYOT SIMFONIYASI 🕊

01 Dec, 06:33


#foydali

Oshxona qaychisini yaxshi bilamiz, ammo uni shunchalik koʻp funksiya bajarishini bilarmidingiz?

Keling, birgalikda tomosha qilamiz.

📌 @hasanovablog

HAYOT SIMFONIYASI 🕊

15 Oct, 00:53


Bu ro’yxat Sizga tanishmi?

HAYOT SIMFONIYASI 🕊

15 Sep, 19:16


📿ISTIGʻFOR AYTING!

• Qachon-ki xato qilsangiz
Istig‘for ayting!
• Qachon-ki gunoh qilsangiz
Istig‘for ayting!
• Qachon-ki yomonlik qilsangiz
Istig‘for ayting!
• Qachonki g‘aflatda qolsangiz
Istig‘for ayting!
Shu payt Allohni o‘ta mag‘firatli ekanini ko‘rasiz.
• Agar sizga dunyolar tor bo‘lsa
Istig‘for ayting!
• Ishlaringiz yurishmasa
Istig‘for ayting!
• Boshingizga turli qiyinchilik va musibatlar tushsa
Istig‘for ayting!
• Ko‘nglingiz siqilsa
Istig‘for ayting!
• Boy bo‘lishni istasangiz
Istig‘for ayting!
• Qashshoqlikka yo‘liqsangiz
Istig‘for ayting!
• Farzand talabida bo‘lsangiz
Istig‘for ayting!

Istig‘for ayting!
Yeru osmonlarning Rabbisi sizni mag‘firat qilur.
Qanchadan-qancha yopiq eshiklar borki, ularning kaliti istig‘fordir: "Astag‘firullohal ’aziym va atuubu ilayh".

@Umr_Falsafasi 🍃

HAYOT SIMFONIYASI 🕊

23 Jun, 04:05


▪️Bir qadam qoʻyib katta narsalar kutamiz. Lekin natija yoʻq, biz esa norozimiz.

Bu dunyoning oʻz qonunlari bor. Ulardan biri vaqt. Ko’chat bir kunda daraxt boʻlmaydi. Bola bir kunda tug’ilib, katta boʻlib  qolmaydi. Bir kunda ilmli, bir kunda boy boʻlib qolmaysiz.

Toʻgʻri yoʻnalishdagi kichik-kichik davomiy qadamlar katta oʻzgarishlarga sabab boʻladi. Ming chaqirimlik yoʻl ham birinchi qadamdan boshlanadi!

OYBEK KOSIMOV

@hayot_simfoniyasi

HAYOT SIMFONIYASI 🕊

21 Jun, 05:06


Qanday mavzularda aforizm, status va iqtiboslar bo’lsin…

Fikringiz muhim yozib qoldiring😊👇

HAYOT SIMFONIYASI 🕊

20 Jun, 20:55


Mehring ila tirikman…

Mehribon insonlaringizga yuboring)

@hayot_simfoniyasi

HAYOT SIMFONIYASI 🕊

20 Jun, 15:57


Odatiy bo'lib qolgan narslar,
Kam qadrlanadi.

@hayot_simfoniyasi