Haniyf

@haniyfmediauz


“Haniyf” kanalimiz imkon qadar
xalqimizning diniy qarashlarini
kengaytirish maqsadida ochilgan.

Haniyf

22 Oct, 04:04


Imom Molik rohimahulloh:
“Sunnat Nuhning kemasiga oʻxshaydi, kim unga minsa
najot topadi, kim undan
ortda qolsa gʻarq boʻladi”.

Yana aytdilar: “Agar kalom ilmi
ilm boʻlganida edi, sahobalar va
tobeinlar u haqida gapirishgan
boʻlishardi, xuddi ahkomlar haqida
gapirganlaridek, lekin u (ilm kalom)
botildir va botilga yoʻllaydi”.


@haniyfmediauz

Haniyf

19 Oct, 08:55


Nuh Al Jome rohimahulloh:
Abu Hanifa rohimahullohga aytdim:
A’roz va Ajsam (falsafaviy gaplar)
haqidagi gaplarni chiqargan
insonlar haqida nima deysiz?
Imom Azam javob berdilar:
Bularning barchasi falsafachilar
gaplaridandir, sunnatni va salaflar
yoʻlini mahkam tutinglar, (dinda)
yangi chiqarilgan ishlarning
barchasidan saqlaninglar albatta
ular bid’atdir”.

@haniyfmediauz

Haniyf

16 Oct, 04:01


Umar Ibn Al Hattob roziyallohu
anhu hajarul asvadni oʻpib aytdilar:
“Men seni zarar ham, foyda ham
bermaydigan tosh ekanligingni
bilaman, Rosululloh seni oʻpayot-
ganlarini koʻrmaganimda edi
seni oʻpmagan boʻlardim”.


Mana shu sahobi ikromlarning
aqidalari edi, hatto hajarul asvadni
ham sunnatga ergashibgina
oʻpishgan va u ham bir tosh deb
e’tiqod qilishgan. Xozir esa
insonlar Alloh taologa qayoqda
yoʻq toshlaru daraxtlarni va
maqbarayu mozorlarni teng qilib
olishmoqda va ulardan baxt, omad,
farzand, vahokazolar soʻrab
ulkan gunoh, eng katta zulm
boʻlgan shirk eshigini ochishyabti.
Bularning barchasi ilmsizlik,
jaholat va qur’on sunnatga
ergashmaslik natijasidir.

@haniyfmediauz

Haniyf

14 Oct, 03:50


Biror ichimlik ichayotgan kishi
shu ichimligini uch nafas bilan
( uch boʻlib ) ichishi mustahab
hisoblanadi. Shuningdek har bir
nafasini oxirida "Alhamdulillah"
deyishi va har nafasininig avvalida
"Bismillah" deyishligi ham mustahab
amaldir.

@haniyfmediauz

Haniyf

13 Oct, 04:13


Moʻminlar amiri, Rosululloh
sollallohu alayhi va sallamning
kuyovlari boʻlgan Ali Ibn Abu
Tolib roziyallohu anhu dedilar:
“Agar din ray (fikr) bilan boʻlganida
edi, maxsining ostiga mash tortish
uning ustiga mash tortishdan
koʻra haqliroq boʻlar edi, lekin
men Rosululloh sollallohu alayhi
va sallamni mahsilarinining ustiga
mash tortayotganlarini koʻrganman”.

@haniyfmediauz

Haniyf

07 Oct, 03:50


Faqih sahobalardan boʻlgan
Abdulloh Ibn Umar roziyallohu
anhu dedilar:
“Insonlar modomiki sunnatga
ergashishar ekan toʻgʻri yoʻlda
davom etadilar”.

yana aytdilarki: “Har bir bid’at
zalolatdir, agar uni insonlar yaxshi
deb hisoblasalar ham”.


@haniyfmediauz

Haniyf

06 Oct, 08:13


Rosululloh sollalohu alayhi
va sallam aytdilar:
“Sizrlarning biringiz moʻmin
boʻlmaydi toki men unga
farzandidan va otasidan va
insonlarning barchasidan
suyukliroq boʻlmagunimcha”.

Muslim rivoyati.

@haniyfmediauz

Haniyf

05 Oct, 03:48


Rosululloh sollalohu alayhi
va sallam dedilar:
“Menga eng suyuklirogʻingiz,
va qiyomat kuni menga majlis
e’tiboridan eng yaqinrogʻingiz,
xulqlari yaxshirogʻingizdir”.

Imom Termiziy rivoyati.

@haniyfmediauz

Haniyf

02 Oct, 04:20


Rosululloh sollalohu alayhi
va sallam aytdilar:
“Moʻminlarning iymoni komilrogʻi,
xulqi yaxshirogʻidir”.


Imom Termiziy rivoyati.

@haniyfmediauz

Haniyf

30 Sep, 10:12


Moʻminmisiz, kofirmisiz,
taqvodormisiz, fosiq Allohga
isyon qiluvchimisiz, adolatlimisiz,
zolimmisiz, kuchlikmisiz, zaifmisiz,
mashur barcha taniydigan
insonmisiz yoki hech kim tanimaydigan bir bechoramisiz,
qoʻlingiz har yerga yetadigan boy
badavlatmisiz yoki bechora
kanbagʻalmisiz, sogʻlommisiz
yoki kasal, mayip majruhmisiz
yosh navqironmisiz yoki keksayib
moʻlkillab qolganmisiz? Kim
boʻlsangiz boʻling va qayerda
boʻlsangiz boʻling albatta oʻlim
sizga yetib boradi va bir kun
xozir yoki birozdan soʻng, bugun
yoki ertaga, baribir oʻlim
talvasasini tortasiz.
Bu duyoda topgan mol-mulkiz,
bola-chaqalaringiz, obroʻyingiz
uy-joylaringizu qoʻsh-qoʻsh,
ustma-ust sotib olgan ulovlariz,
barchasi bu dunyoda qoladi.
Faqat Allohning yuzini, jannatni
istab xolis qilgan amallaringiz
oxiratda Allohning izni bilan
foyda beradi unutmang.

“Har bir jon oʻlimni totguvchidir”.

Oli Imron surasi 185-oyat.

@haniyfmediauz

Haniyf

29 Sep, 12:49


Rosululloh sollalohu alayhi
va sallam dedilar: “Musulmon
insonni soʻkish fosiqlikdir,
uni urish esa kufr”


Muttafaqun alayhi.

@haniyfmediauz

Haniyf

29 Sep, 03:34


Alloh taolo jannatiy boʻlgan
bandalariga shunday ne’mat
beradiki bu buyuk ne’mat jannat
ahlini shodlantirsa, jahannam
ahli qattiq mahzun qiladi. Ushbu
ulkan ne’mat jannatda abadiy
qolishlik va oxirat hayotining
abadiyligidir.

@haniyfmediauz

Haniyf

29 Sep, 03:33


Haniyf pinned «Muhim tanbeh Xozirda ayrim shaxslar xususan ahli ilmlikni da’vo qiladigan kishilar oʻzlari bilib bilmay musulmonlarning oʻrtalarida xilof chiqishiga, ummatning birligi buzilishiga va oralarida adovat yuzaga kelishiga olib keladigan aqidani musulmonlar ichiga…»

Haniyf

28 Sep, 13:11


Allohning ahdini va o`z qasamlarini arzon bahoga sotadiganlar, albatta, ana o`shalarga oxiratda nasiba yo`qdir, qiyomat kuni Alloh ularga gapirmas, nazar solmas va poklamas. Ularga alamli azoblar bor.

Oli Imron surasi 77-oyat.

@haniyfmediauz

Haniyf

28 Sep, 08:01


Muhim tanbeh

Xozirda ayrim shaxslar xususan
ahli ilmlikni da’vo qiladigan
kishilar oʻzlari bilib bilmay
musulmonlarning oʻrtalarida xilof
chiqishiga, ummatning birligi
buzilishiga va oralarida adovat
yuzaga kelishiga olib keladigan
aqidani musulmonlar ichiga
singdirmoqdalar. Bu aqida
insonlarni oʻzlarining yoʻllaridan
ya’ni mazhablaridan boʻlmagan
musulmon birodarlariga nisbatan
gijgijlashlikdir. Bunday notoʻgʻri
tashviqotlarni eshitgan yoshu-
qari, erkagu-ayollarimiz oʻzining
bir musulmon dindoshiga uning
mazhabigina boshqaligi uchun
nafrat koʻzi bilan boqmoqda.
Vaholanki Alloh taolo bizlarni na
qur’onda va paygʻambarimiz na
hadislarida mazhabga mutaassib
boʻlishga buyurmagan.
Ahli sunna va al jamoa ulamolari
bir mazhabga ergashishlikdan
qaytarmaydilar va shu bilan
birga bir mazhabda mahkam
turib olasizlar deb ham fatvo
bermaydilar. Chunki bunday
soʻz ham naqlga, ham aqlga
toʻgʻri kelmaydi. Hatto toʻrt
mazhab asoschilari boʻlgan
mujtahid ulamolarimiz ham
mening yoʻlimga ergashinglar
deb aytishmagan. Bunga
ularning soʻzlaridan dallillar
keltiramiz va ushbu toʻrt yoʻl
ulamolarining eng avvalidagi
pogʻonada turadigan imomimiz
va mazhabimiz asoschisi Imom
Azam Abu Hanifa rohimahulloh
aytgan soʻzlaridan boshlaymiz.

Imom Abu Haniyfa: “Agar bir
hadis sahih boʻlsa u mening
mazhabim”.

Yana aytdilarki: “Biror kishiga
bizni soʻzimizni ushlashligi halol
boʻlmaydi,modomiki biz ana shu
soʻzni qayerdan olganimizni
bilmagunigacha”.


Imom Molik: “Men ham insonman
xato ham qilaman toʻgʻri ham
topaman! Fikrimga qaranglar
agar u qur’on va sunnatga muvofiq
kelsa uni olinglar, qur’on va
sunnatga toʻgʻri kelmaydiganini
tark qilinglar”.


Imom Shofeiy:
“Rosululloh sollallohu alayhi va
sallamdan bir sahih xabar kelgan
boʻlsayu, bu xabarga mening
soʻzim xilof chiqgan boʻlsa, men
tirikligimda ham, oʻlimimdan
keyin ham bu soʻzimdan qaytuvchiman”.

Imom Ahmad: “Menga ham taqlid
qilma! Molikga ham taqlid qilma,
Shofeiyga ham taqlid qilma,
Avzoiyga ham, Savriyga ham
taqlid qilma, balki ular olgan
yerdan ol”.
(ya’ni: qur’ondan va
hadisdan).

Aslidan barcha imomlarimiz
qu’on va sunnatga da’vat qilishgan
va ummatni mutaassiblikdan
qaytarishgan. Xozir esa koʻplar
Na imomlarimizning soʻzlariga
va na amallariga muvofiq ish
qilishmoqda.

Alloh holatimizni isloh qilsin.

@haniyfmediauz

Haniyf

27 Sep, 14:20


Rosululloh sollalohu alayhi
va sallam dedilar:
“Oishaning qolgan ayollarga
nisbatan fazli sariyd taomining
qolgan taomlarga nisbatan
afzalligiga oʻxshaydi”.


Sariyd: goʻsht,sabzavotlar,non
ziravorlar vaho kazolar qoʻshib
tayyorlanadigan arabcha
mashhur taom.

Ta’bir joiz boʻlsa toʻrt nafar ayoli
boʻlgan birimiz eng suyuklirogʻini
falonchi ayolim taomlar ichida
palovhon toʻra qanday afzal boʻlsa,
u men uchun shunday afzal
deganiga oʻxshaydi.

Ayollarimizga mehribon boʻlaylik
zero bu sunnatga muvofiq ish!

@haniyfmediauz

Haniyf

26 Sep, 04:12


Rosululloh sollalohu alayhi
sallam dedilar:
"Moʻmin kishini soʻkish buzuqlikdur”.
Ya’ni: moʻmin kishini xaqorat
qilish xaromd
ir!

Muttafaqun alayhi.

@haniyfmediauz

Haniyf

25 Sep, 09:13


Alloh ko‘zlarning xiyonatini (ya'ni, qarash harom qilingan narsaga o‘g‘rincha ko‘z tashlashni) ham, dillar yashiradigan narsalarni ham bilur.

(Gʻofir surasi 19-oyat)

@haniyfmediauz

Haniyf

25 Sep, 03:43


Rosululloh sollalohu alayhi
va sallam dedilar:
“Chaqimchi jannatga kirmaydi”

Muslim rivoyati.

@haniyfmediauz

Haniyf

23 Sep, 08:17


Sudxo‘r bo‘lgan kimsalar (Qiyomat Kunida qabrlaridan) turmaydilar, magar jin chalgan majnun kabi turadilar. Bunga sabab ularning: «Bay' (oldi-sotdi) ham sudxo‘rlikning o‘zi-ku?», deganlaridir. Holbuki, Alloh bay'ni halol, sudxo‘rlikni harom qilgan. Bas, kimga Parvardigoridan mav'iza — nasihat yetgach (sudxo‘rlikdan) to‘xtasa, u holda avval o‘tgani o‘ziga va uning ishi Allohga (topshiriladi). (Ya'ni, Alloh xohlasa afv qilar). Va kim (sudxo‘rlikka) qaytsa, o‘shalar jahannam egalaridir.

( Baqara surasi 275- oyat )

@haniyfmediauz