CHDPU Gumanitar fanlar fakulteti | Rasmiy

@gumanitaryoshlari


Axborot xizmati xodimlari:
@Samadovich_98
@Pulatov_571

Tijoriy hamkorlik va reklama uchun: @GFF_hamkor

CHDPU Gumanitar fanlar fakulteti | Rasmiy

21 Oct, 08:12


📌 Qishki o'qishni ko'chirishga kimlarga ruxsat beriladi?

Xuddi yoz oyidagi kabi qishda ham o‘qishni ko‘chirish mumkin. Faqat bir davlat OTMidan boshqasiga.

Kimlarga ruxsat bor?

👉 talaba oila qurishi munosabati bilan
turmush o‘rtog‘i doimiy yashaydigan hududdagi oliy ta’lim muassasasiga o‘qishini ko‘chirish uchun;
👉 davlat organlarining xodimlari ish joyi o‘zgargan taqdirda uning turmush o‘rtog‘i yoki voyaga yetmagan farzandi o‘qishini ko‘chirish uchun (tegishli vazirlik (idora) rahbarining tavsiyasi asosida).

Prezidentning 279-sonli qarori 7-bandiga muvofiq uzrli sabablarga koʻra oʻqishni koʻchirish toʻgʻrisidagi arizalarni qabul qilish boʻyicha hududiy Ishchi guruhlar faoliyati yoʻlga qoʻyildi.

Hududiy ishchi guruhlarga quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:

👉
o‘qishni ko‘chirish bo‘yicha ariza (ariza blankasi hududiy ishchi guruhi tomonidan beriladi va talaba tomonidan joyida to‘ldiriladi);
👉 talabaning reyting daftarchasi yoki belgilangan shakldagi akademik ma’lumotnoma yoki transkript nusxalari (bittasi bo‘lsa yetarli);
👉 shaxsni tasdiqlovchi hujjat (pasport yoki ID) nusxasi;
👉 yuqorida qayd etilgan uzrli sabablarni asoslovchi tegishli hujjatlar.

Qishki o'qishni ko'chirish uchun arizalar dekabr-yanvar oylarida olinadi.

Bizning ijtimoiy tarmoq kanallarimiz:

Instagram | Fecebook | Telegram

CHDPU Gumanitar fanlar fakulteti | Rasmiy

21 Oct, 06:26


#Ona_tilim_faxrim

Chirchiq davlat pedagogika universiteti Gumanitar fanlar fakulteti O‘zbek tili bayrami nishonlandi!

21-oktabr — O‘zbek tili bayrami kunida, bizning fakultetimizda ajoyib kayfiyat hukm surmoqda!


Bugun Gumanitar fanlar fakultetining shijoatli yoshlari tyutorlar bilan birgalikda bayramni tantanali kutib oldilar. Ushbu tadbirda ustozlar va talaba yoshlar birga bo‘lib, O‘zbek tilining go‘zalligini va ahamiyatini nishonlashdi.

Tadbir davomida O‘zbek tili haqidagi qiziqarli savollar va tarqatma materiallar taqdim etildi. Har bir ishtirokchi o‘z bilimini sinab ko‘rdi va yangi ma’lumotlarga ega bo‘ldi!

Til bayrami barchamizga muborak bo‘lsin! Keling, o‘z tilimizni yanada sevib, uni rivojlantirishda birgalikda harakat qilaylik!

O‘zbek tilini hurmat qilamiz, uni kelajak avlodlarga yetkazamiz!

Kanalimiz: Gumanitaryoshlari

CHDPU Gumanitar fanlar fakulteti | Rasmiy

21 Oct, 04:20


21-oktabr — O‘zbek tili bayrami kuni!

Til — millatning o‘zligi, g‘ururi, iftixori, qalbi demakdir. Xalqning eng nodir xazinasi, mamlakat tamaddunining xolis guvohi ham ona tili hisoblanadi.

CHDPU Gumanitar fanlar fakulteti jamoasi ona tilimizga davlat tili maqomi berilgan sana — O‘zbek tili bayrami kuni munosabati bilan yurtdoshlarimizni samimiy muborakbod etadi!

Milliy ozodligimiz ramzi — boy va betimsol ona tilimiz mangu yashasin!

Kanalimiz: Gumanitaryoshlari

CHDPU Gumanitar fanlar fakulteti | Rasmiy

20 Oct, 09:52


🎗Tabrik🎗

Bugun Chirchiq davlat pedagogika universiteti Gumanitar fanlar fakulteti "Tarix" kafedrasi oʻqituvchisi Kamoliddinov Farrux Burxoniddin o‘g‘lining tavallud ayyomlari.

Shu munosabat bilan Gumanitar fanlar fakultet jamoasi, professor-o'qituvchilari va talabalari nomidan chin ko'ngildan tabriklaymiz. Sizga uzoq umr, sihat-salomatlik, oilaviy baxt va kelgusi ishlaringizda ulkan muvaffaqiyatlar tilab qolamiz. Ilmingiz yanada ziyoda bo'lsin. Farzandlaringiz baxt-u kamolini ko'rish nasibi ro'zi aylasin. O'ylagan ezgu niyatlaringizga doimo yetib yuring.

Gumanitar fanlar fakulteti jamoasi nomidan dekan yuridik fanlari nomzodi, dotsent R.A.Ikramov.

Kanalimiz: Gumanitaryoshlari