Googol Facts 🧩

@googol_facts


Author & Publisher: @sarvar_sandjarovich

Googol Facts 🧩

22 Oct, 09:34


Andre Jak Garneren va parvozdagi ayollar

1797-yil 22-oktabr kuni Andre Jak Garneren ilk marta havo apparatidan parashutda sakrashni amalga oshirgan.

Keyinchalik, uning turmush o'rtog'i Janna Lyabross 1799-yilda xuddi shu ishni qaytargan ilk ayolga aylangan. Oradan 10 kun o'tib, Andre Jak Garnerenning jiyani Eliza Garneren xuddi shu ishni takrorlagan. 1821-yilda esa, Eliza Garneren daryo ustida havo sharidan parashutda sakragan ilk ayolga aylangan.

Ammo Andre Jak Garnerenning ayollar bilan bog'liq muvaffaqiyati bu bilan cheklanib qolmaydi.

1804-yilda Andre Jak Garnerenning apparatida ilk rus ayoli - Praskovya Gagarina havoga ko'tariladi.

Googol_facts 🧩

Googol Facts 🧩

21 Oct, 08:59


Allonim

Ba'zan yozuvchilar asarning muallifini ko'rsatishda, o'zlarining asl ism-shariflari o'rniga real hayotda mavjud yoki avval mavjud bo'lgan insonning ism-sharifidan taxallus sifatida foydalanishadi. Bu holat allonim yoki geteronim deb ataladi.

Allonim so'zi, yunoncha "boshqa" va "nom" so'zlari qo'shilishidan paydo bo'lib, "boshqa nom" degan ma'noni anglatadi. Shuningdek, allonim ma'nosida qo’llaniladigan geteronim so'zi - "begona nom" degan ma'noni anglatadi.

Masalan, 1945-yilgi adabiyot bo'yicha Nobel mukofoti sovrindori Lusila Godoy Alkayaga mashhur italyan yozuvchisi Gabriele D'Annunsio va fransuz yozuvchisi Frederik Mistralning, mos ravishda, ism va familiyasidan o'ziga Gabriela Mistral allonimini taxallus qilib olgan.

Googol_facts 🧩

Googol Facts 🧩

19 Oct, 06:33


Oq patqalam harakati

Oq patqalam - qadimgi Britaniya imperiyasi mamlakatlarida qo'rqoqlikning ramzi hisoblanadi. Bu bilan bog'liq, tarixdagi eng mashhur voqealardan biri Birinchi jahon urushi davrida sodir bolgan.

Oq patqalam qo'rqoqlik timsoli sifatida xo'rozlar janggidan olingan: Dumida oq pati bo'lgan xo'roz, qo'rqoq va nimjon hisoblangan. Ijtimoiy ma'daniyatga esa, oq patqalam tushunchasi Alfred Meysonning "To'rt patqalam" romani orqali kirib kelgan: Unda urushda qatnashishdan bosh tortgan yigitga, bo'lajak kelini oq patqalam sovg'a qiladi va to'yni bekor qiladi.

Oradan 10 yil o'tib, vitse-admiral Charlz Fitsjerald oq patqalamni Birinchi jahon urushiga ko'proq erkaklarni jalb qilish harakatining timsoli qilib oladi. Buning uchun, uning tashabbusi bilan ayollardan iborat "Oq patqalam to'dasi" ham tuziladi. To'da a'zolari ko'chalarda armiyaga bormay va urushga qatnashishdan bosh tortib yurgan erkaklarga oqpatqalam sovg'a qilishadi.

Hattoki, ma'lum vaqt Charlz Fitsjerald tashabbusi bilan "Oq patqalam ordeni" joriy etilib, erkaklarlar tantanali "taqdirlanganlar".

Googol_facts 🧩

Googol Facts 🧩

18 Oct, 05:55


2Pakalipsis

Tarixdagi eng mashhur hip-hop ijrochilaridan biri, Tupak Shakur AQSh hukumatining hatti-xarakatlariga bo'lgan munosabatini hech qachon yashirmagan.

Masalan, o'zining debyut albomida Tupak AQSh hukumatining ijtimoiy siyosati, aholining kambag'alligi va qora tanlilarga nisbatan munosabatni qattiq tanqid ostiga oladi va uni "2pakalipsis. Bugun" deb nomlaydi.

"2pakalipsis. Bugun" - bu rejissor Frensis Ford Koppola tomonidan 1979-yilda Vyetnamdagi urush haqida suratga olingan "Apokalipsis. Bugun" filmi nomiga allyuziya edi.

O'sha paytdagi AQSh vitse-prezidenti Den Kueyl tomonidan ta'qiqqa uchrashiga qaramay, albom o'sha davrdagi: Nas, Eminem, The Game va boshqa mashhur ijodkorlarning ijodiga katta turtki bo'ladi.

Googol_facts 🧩

Googol Facts 🧩

17 Oct, 11:48


Bir yershonim bahosi

Avvalida aktyor Aleksandr Demyanenko gavdalantirgan Shurik obrazining ssenariy bo'yicha ism-sharifi Vladik Arkov edi. Ammo senzura, Vladik qisqartmasi tomoshabinlarda Vladlen ismi bilan assotsatsiya bo'lishidan qo'rqib uni almashtirishni buyuradi.

Gap shundaki, Vladlen ismi Vladimir Lenin ism-familiyasidan yasaladigan o'ziga xos yershonim edi.

Googol_facts 🧩

Googol Facts 🧩

16 Oct, 12:55


"Yo'qotilgan" Nil

Piramidalarning qurilishi eng sirli mavzulardan biri. Ayrim gipotezalar ularning qurilishini qadimgi dunyoning eng rivojlangan sivilizatsiyalari bilan bo'glasa, ayrim gipotezalar ularni o'zga sayyoraliklar tomonidan bunyod etilgan deb izohlaydi... Haqiqatdan, bunday katta toshlarni qadimda odamlar qanday harakatlantirishgan? Nil orqali olib kelishganmi?
Ancha vaqt, bunday savollar olimlarni aqldan ozdirar edi. Ammo...


Shimoliy Karolina Universiteti tadqiqotchilari bunga izoh topishganga o'xshaydi. Gap shundaki, tadqiqotchilar sun'iy yo'ldoshdan olingan rasmlar va yer namunalarini o'rganishlari natijasida, bundan ming yillar avval Nilning yana bir tarmog'i mavjud bo'lganligini aniqlashdi.

Axramat, ya'ni o'sha tarmoqning taxminiy yo'nalishi (chapdagi ingichka ko'k chiziq) haqiqatdan ham, deyarli barcha piramidalarning yonidan oqib o'tgan va qadimda odamlar toshlarni Axramat bo'ylab turli hududlardan tashib kelishgan. Keyinchalik, cho'ldagi qumbo'ronlari natijasida Axramat qurib ketgan.

Eng qizig'i, "Axramat" so'zi arabcha - “piramida” degan ma'noni anglatadi.

Ma'lumot uchun, olimlar so'nggi yuz yilliklar davomida Nil sharqqa qarab siljiganini qayd etishgan.

Googol_facts 🧩

Googol Facts 🧩

15 Oct, 07:17


Pyachenza “jigar”i

Garuspitsiy - Qadimgi Rimda hayvonlarning ichki a’zolari orqali folbinlik qilish amaliyoti bo’lib, u bilan shug’ullanuvchilar - garuspiklar deb atalgan.

Folbinlik uchun ,asosan, qora qo’chqorning yuragi yoki o’pkasi ishlatilgan. Lekin, asosiy “atribut” bu - jigar edi.

Jigarning holati va tuzilishi insonning taqdirini belgilab berar, uning 16 ta belgilangan nuqtalari esa, Qadimgi Rimning 16 ta ma’budlariga taqqoslangan edi. Pyachenza shahridan topilgan mil. avv. II asrga tegishli bronza jigarda, o’ziga xos “astrologik xarita”ni ko’rishimiz mumkin. Hozirda, u Farneze saroyida saqlanadi.

Bundan tashqari, 1887-1888-yillarda Rim yaqinidagi Faleriy shahrida olib borilgan qazishmalar natijasida, mil.avv IV asrga tegishli, loydan yasalgan “astrologik” jigar topilgan.

Googol_facts 🧩

Googol Facts 🧩

14 Oct, 09:45


Aviatsiyaning birinchi qurboni

Mutaxassisligi bo'yicha asli mexanik bo'lgan Ejen Lefevr, turli mamlakatlarda ish olib borgandan so'ng, 1909-yil vatani Fransiyaga qaytadi va o'sha paytda aka-uka Raytlar samolyotlari bilan savdo qiluvchi Ariel kompaniyasiga ishga kiradi.

Kompaniya direktori Mishel Klemanso (Jorj Klemansoning o'g'li) Ejenning ish tajribasiga yuqori baho beradi va ko'p o'tmay uni kompaniyaning Gollandiyadagi ko'rgazmali chiqishiga yuboradi. To'satdan, ko'rgazmali chiqishga tayyorgarlik ko'rgan uchuvchi Sharl de Lamberning onasi kasal bo'lib qoladi va u uyiga qaytadi. Tadbir qoldirilishini istamagan Gollandiya hukumati Mishel Klemansoni shartnoma bo'yicha jarimalar bilan qo'rqitishadi.
Ilojsiz holatda, uchuvchi sifatida samolyotga Ejen chiqadi. Ko'rgazmali chiqish muvaffaqiyatli o'tadi va shundan keyin u yana bir necha tadbirlarda uchuvchi sifatida ishtirok etadi.


1909-yil 7-sentabrda esa, Wright aeroplanining tajriba parvozida Ejen Lefevr aviahalokatga uchraydi va aviatsiyaning birinchi qurboni sifatida tarixda qoladi.

Googol_facts 🧩

Googol Facts 🧩

12 Oct, 07:50


Kanal dubulg'asi

La-Mansh yoki ingliz kanali Buyuk Britaniya va Fransiya qirg'oqlarini birlashtirib turuvchi o'ziga xos "ko'prik" hisoblanadi. Ikki davlat tarixida, u bilan bog’liq, ko'plab tarixiy voqealar va faktlar mavjud.

Masalan, tennisda sportchi bir mavsumning o'zida ham Uimbldon, ham Roland Garros turnirlarida g'alaba qozonsa, La-mansh sharafiga nomlangan - "Kanal dubulg'asi"ni qo'lga kiritadi.

Shu paytgacha, ushbu natijani Rod Leyver, Byorn Borg, Rafael Nadal, Rojer Federer, Novak Jokovich va amaldagi g'olib Karlos Alkaraslar qayd etishgan.

Googol_facts 🧩

Googol Facts 🧩

11 Oct, 08:15


Kabukicha “avtograf”

Ma’lumki, kabuki teatrida har bir namoyishdan avval, aktyorlarni uzoq vaqt davomida grim qilishadi. Har bir grim o’ziga xos va qaytarilmas ekanini hisobga olgan holda, tomoshabinlar namoyishdan keyin aktyordan - oshiguma ilinjida bo’lishadi.

Oshiguma bu, bir parcha oq mato bo’lib, namoyish so’nggida kabuki aktyorining yuzidagi grimidan olinadigan nusxa.

Oshiguma o’ziga xos avtograf hisoblanib, katta tomoshalardan so’ng, muxlislarda esdalik uchun qoladigan eng asosiy suvenirlardan biri.

Googol_facts 🧩

Googol Facts 🧩

08 Oct, 04:56


Ayollarsakesi

Mirin - hozirgi kunda soya va dasi bilan bir qatorda, zamonaviy yapon oshxonasining asosiy souslaridan biri hisoblanadi.

An'anaviy mirin tarkibi 50%gacha shakardan iborat bo'ladi va asosan, baliq, guruch va sabzavotlarni tayyorlashda ishlatiladi.

Ammo, mirindan sous sifatida foydalanish faqatgina XIX asrga kelib boshlangan.

XV-XVI asrlarda esa, mirinning tarkibiy qismi spirt, guruch va kodzidan iborat bo'lib, uning gradusi - 14ni tashkil etar edi. Shirin ta'm va xushbo'y hidga ega bu ichimlik, mahalliy ayollar tomonidan sevib iste'mol qilinar va shu sabab xalq orasida "Ayollar sake"si sifatida tan olingan edi.

Googol_facts 🧩

Googol Facts 🧩

03 Oct, 06:21


Eyron va ironiya

Qadimgi yunon komediyalarining eng asosiy qahramonlaridan biri - Eyron edi.

Aristofan va boshqa yunon satiriklarining asarlarida, Alazon bilan qarama-qarshi qilib gavdalanar va turli munozaralarda uni mag'lub etar edi.

Eyron hikoyalarda, haqiqiy ma'no yashirilgan va real voqelikka zid bo'lgan gaplar orqali masxara qilish uslubidan ko'p foydalangan.

Keyinchalik esa, shu ma'noni anglatuvchi uslubning nomi - "ironiya" terminining paydo bo'lishiga sabab bo'lgan.

Googol_facts 🧩

Googol Facts 🧩

16 Sep, 11:01


"Hammasi yaxshi, go'zal markiza" iborasi

Kompozitor Pol Misraki boshchiligida 1935-yilda yaratilgan pyesa syujetiga ko'ra, uzoqda bo'lgan markiza uyiga qo'ng'iroq qilib, qora tanli qul Maymunddan hovlisidagi holat haqida so'raydi va bor-yo'gi bitta ot o'lgani, qolgani esa "hammasi yaxshi, go'zal markiza" degan javobni eshitadi.

Keyinchalik, markiza suhbat jarayonida otning o'limiga - otxonadagi yong'in sabab bo'lgani, yong'in esa, o'z navbatida, markizaning eri o'z joniga qasd qilganidan so'ng, uning qo'lidan tushib ketgan shamlar natijasida vujudga kelganini eshitadi.

Pyesa natijasida paydo bo'lgan, "hammasi yaxshi, go'zal markiza" iborasi - haqiqiy holatini yashirish uchun o'ylab topilgan bema'ni bahonalar tasviri sifatida ishlatiladi.

Ushbu syujetga o'xshash holatlarga, turli makonlar va zamonlarda yaratilgan asarlarda duch kelishimiz mumkin. Xususan, G'afur G'ulomning "Shum bola" asarida ham taxminan shunday holatga guvoh bo'lamiz.

Googol_facts 🧩

Googol Facts 🧩

05 Jun, 05:04


Taxtib

Miloddan avvalgi II ming yillikda Qadimgi Misrda mavjud bo’lgan mahalliy jang san’ati.

Ushbu jang san'ati boshqa jangchiga qarshi kurashish uchun uzun tayoqdan foydalanishni taklif etgan. Shuning uchun, “taxtib”, ya’ni "tayoq raqsi" deb atalib, hozir ham yuqori Misr, Shimoliy Afrika va boshqa bir qator Arab mamlakatlarida mavjud.

Hozirgi kunlarda, taxtib jang san’atidan ko’ra ko’proq, festivallarda ijro etiladigan raqsga aylangan. Ilk qaydnomalarda, taxtib raqsini faqat erkaklar tomonidan ijro etilgani keltiriladi.

Googol_facts 🧩

Googol Facts 🧩

17 May, 06:07


Knife Angel

“Pichoq farishtasi” yoki “Zo'ravonlik va tajovuzga qarshi milliy monument” - zamonaviy britan haykali hisoblanib,
100 000ga yaqin pichoqlardan bunyod etilgan. Loyiha mualliflari - rassom Elfi Bredli va Ozuestri shaharchasidagi Britaniya metallurgiya markazi hisoblanadi. Haykal 2018-yilda qurilgan bo’lib, balandligi 8,2 metrni tashkil etadi.

Haykalni yaratishda, Ozuestri metallurgiya zavodida ishlab chiqarilgan, anonim ravishda insonlar tomonidan taqdim etilgan va politsiya tomonidan qo’lga kiritilgan pichoqlardan foydalanilgan. Ayrim pichoqlarda, ulardan jabrlanganlarning ism-shariflari o’yib yozilgan.

Pichoq farishtasi monumenti orqali sovuq qurollar yordamida amalga oshiriladigan jinoyatlarning halokatli oqibatlarini namoyish etish maqsad qilingan.

Googol_facts 🧩

Googol Facts 🧩

29 Apr, 07:21


Laogay - xitoycha "GULAG"

"Laogay" so'zi - xitoycha "láodòng gǎizào" jumlasining qisqartmasi hisoblanib, "mehnat orqali tuzatish" degan ma'noni anglatadi. Xitoy Xalq Respublikasidagi mehnat orqali axloq tuzatish lagerlari tizimi shunday atalgan.

Laogay lagerlarida ,asosan, Xitoy hukumatiga nisbatan o'ta tanqidiy munosabatda bo'lgan insonlar saqlangan. Unda mahbuslar choy ishlab chiqarishdan tortib - ko'mir qazib olishgacha bo'lgan turli mehnat faoliyatlarini olib borishgan. AQSh va Yevropa davlatlariga Xitoy tomonidan eksport qilingan ko'plab tovarlar "Laogay"larda tayyorlangan.

Ma’lumot o’rnida, 1994-yilga kelib, "Laogay" - lager emas, qamoqxona deb yuritila boshlandi.

Googol_facts 🧩

Googol Facts 🧩

16 Apr, 10:15


Jallikattu - hind korridasi

Jallikattu salkam besh ming yillik tarixga ega an’ana. Uning ishtirokchilari - asosan, yosh hindlardir. Aslida, bu korridaning analogi hisoblanadi, biroq jallikattuda hayvonlar o'ldirilmaydi. Aksincha, bu tadbir ularga bo’lgan hurmat belgisi sifatida o’tkaziladi. An'anaga ko'ra, tamil ayollari shu tarzda o’zlariga umr yo’ldosh tanlaydilar.

Tamil tilidan “jallikattu” - “bir qop tanga” degan ma’noni anglatadi va bu tangalar yakunda g’olibning sovrini hisoblanadi.

Ma’lumot o’rnida, 2014-yilda Hindiston sudi jallikattuni ta’qiqlagan. Ammo oradan uch yil o’tib, marosim yana o’tkazilib kelinmoqda.

Googol_facts 🧩

Googol Facts 🧩

09 Apr, 15:16


Bismark shahri tarixi

Bismark shahri - 1872-yilda tashkil etilgan va dastlab Shimoliy Tinch okeani temir yo'lining bosh muhandisi Edvin Jonson sharafiga Edvinton deb nomlangan edi.

O'sha paytda, AQShga germaniyalik muhojirlarning oqimi boshlanayotgan edi. Ushbu muhojirlarni va nemis investorlarini jalb qilish umidida, shahar nomi 1873-yilda Otto fon Bismark sharafiga - Bismark deb o'zgartiriladi va reja ish beradi.

Masalan, hozirgi Bismark shahri aholisining deyarli 60%i nemis ko'chmanchilarining avlodlari hisoblanishadi.

Googol_facts 🧩

Googol Facts 🧩

08 Apr, 11:21


Qirol Klavdiy

Uilyam Shekspirning “Gamlet” pyesasi antagonisti - qirol Klavdiy, hikoyada o’z akasini o’ldirib, Daniya taxtiga o’tiradi va akasining xotini Gertrudaga uylanadi. Vaqt o’tib esa, o’zining jiyani Gamletning qo’lidan o’lim topadi.

“Qirol sher” multfilmi ijodkorlari Skar obrazini yaratayotganda, aynan, qirol Klavdiydan ilhomlanishgan.

Bundan tashqari, Skar va shoqollar to’dasini yanada daxshatliroq elementlar bilan boyitishda, Adolf Gitler xatti-harakatlaridan foydalanilgan.

Googol_facts 🧩

Googol Facts 🧩

05 Apr, 10:52


Salary

"Salary" so’zi, ya’ni “maosh” - lotincha “salarium” so’zidan olingan bo’lib, ildizi “sal” - “tuz” so’ziga borib taqaladi.

Qadimgi Rimda tuz ancha qimmat bo’lgan. “Salarium” esa, askarga tuz sotib olish uchun yetar bo’lgan mablag’ miqdorini bildirgan.

Googol_facts 🧩