QIZIRIQ 24

@goldmediaqiziriq


ENG SO‘NGI YANGILIKLAR FAQAT BIZDA.
MUROJAAT VA REKLAMA UCHUN
👇👇👇👇👇👇
@elmurodmuqimov
MUROJAAT UCHUN TELEFON:+998915739292

QIZIRIQ 24

22 Oct, 15:10


Bugun Surxondaryo viloyati hokimligi, Markaziy bank viloyat boshqarmasi hamda Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi viloyat boshqarmasi hamkorligida Termiz shahridagi Matbuot uyida banklar faoliyati, tizimda mavjud muammolar hamda ularning yechimlari yuzasidan OAV vakillari va blogerlar ishtirokida matbuot anjumani o‘tkazildi.

Tadbirda Markaziy bank viloyat boshqarmasi boshlig‘i Azamat Radjabov va tijorat banklarining viloyat filiallari boshqaruv raislari ishtirok etdi. Dastlab, Markaziy bank rahbari va tijorat banklari boshqaruv raislari tizimda joriy yilning o‘tgan davrida banklar faoliyati, tadbirkorlik loyihalarini qo‘llab-quvvatlash borasidagi ishlar haqida axborot berdi.

Shundan so‘ng, jurnalist va blogerlarning savollariga javoblar berildi hamda takliflari ko‘rib chiqildi. Shuningdek, aholi tomonidan ko‘tarilayotgan masalalar o‘rtaga tashlanib, yechimi yuzasidan ko‘rilayotgan choralar haqida axborotlar berildi.

Matbuot anjumanidan keyin tashkil etilgan press-turda ishtirokchilar Termiz xalqaro savdo markazi – “Airitom free zone”, u yerda tashkil etilgan tijorat banklari filiallari faoliyati bilan tanishishdi.

Ma’lumot uchun, bugungi kunda vohamizda 13 ta tijorat banklari va ularning 16 ta filiallari hamda 98 ta minibank va bank xizmatlari ko‘rsatish markazlari faoliyat yuritib kelmoqda.

https://t.me/goldmediaqiziriq

QIZIRIQ 24

22 Oct, 08:19


Erkin savdo zonasidagi narxlar bilan tanishib chiqdik.

https://t.me/goldmediaqiziriq

QIZIRIQ 24

22 Oct, 07:38


Markaziy osiyoda yagona boʻlgan erkin savdo zonasidamiz.

https://t.me/goldmediaqiziriq

QIZIRIQ 24

22 Oct, 06:56


Eng dolzarb muamolardan biri bankomatlarda pul vaqtida qoʻyilmasligi va bank xodimlariga bankomatda pul yoqligi xaqida ma’lumot berilgach qancha vaqtda bankomatlarga pul qoʻyilishi kerak?
Markaziy bankning Surxondaryo filiali boshqarma boshligʻi toʻliq javob berib oʻtdi.

https://t.me/goldmediaqiziriq

QIZIRIQ 24

22 Oct, 06:22


DIQQAT QIDIRILMOQDA!

Ushbu fuqaroni topilishida ko‘maklashgan fuqarolar 5 000 000 (besh million) so‘m pul mablag‘i bilan mukofotlanadi hamda ma’lumot bergan shaxslarning shaxsiga oid ma’lumotlari sir saqlanishi kafolatlanadi.

Surxondaryo viloyati Sho‘rchi tumani “Tamadun” mahallasida yashovchi, 1996 yil tug‘ilgan G‘aniev Muxtorbek Xaydarovich 2024 yil 2 sentabr kuni yashash manzilidan noma’lum tomonga chiqib ketib, bedarak yo‘qolgan.
Ushbu shaxs haqida ma’lumotga ega bo‘lgan fuqarolardan quyidagi telefon raqamlariga murojaat qilishlari so‘raladi.

Tel: 102,
+998-91-511-00-02, +998-91-575-01-01

Surxondaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasi.

https://t.me/goldmediaqiziriq

1,947

subscribers

5,189

photos

1,902

videos