Umid Ikromboev

@frilanserblogi


Umid Ikromboev

21 Oct, 01:01


Shogirdlik 4.0 da o'qigan o'quvchimning natijalari ⚡️

Umid Ikromboev

21 Oct, 00:03


Yangi kitob o'qishni boshladim.

Bu kitob diqqatni nazorat qilish, "conscious" [to'g'ri tarjimasini topa olmadim, bilsangiz sharhlarga yozib qoldiring] qarorlar qabul qilishga yordam beradi.

Aziz akaning kurslarida o'qiganimda shu kitobni maslahat bergan edilar.

"conscious" so'zini [to'g'ri tarjimasini topa olmadim, bilsangiz sharhlarga yozib qoldiring]

Umid Ikromboev

19 Oct, 15:18


Xisobotlarni o'zimdan o'zim o'ylab topmadim.

Artem Oblinov — agentlik qurish bo'yicha kurs. Narxi 3.300$. Har kuni xisobot yuborar edim.

Semen romanyuk — Dizayn bo'yicha kurs. Narxi: 500$. Har kuni xisobot yuborar edim.

Oles Timofeev — digital marketing. Har darsdan so'ng xisobotlar yuborar edik.

Пушистый снайпер — target bo'yicha kurs. Kurs narxi: $700. Har darsdan so'ng xisobot yuborar edik.

Timofey Toropov — zapuks bo'yicha mentorlik. Kurs narxi: $6.600. Har haftalik xisobotlar.

Agar xisobotlar samarasiz bo'lganida bu kurslarda bu tizim bo'lmagan bo'lar edi.

Umid Ikromboev

19 Oct, 15:18


Har kuni 2.5 oy davomida har bir o'quvchi xuddi shunday ko'rinishda xisobot tashlaydi.

Bu xisobot:

1. Progressni ko'rsatadi.
2. Zaif joylarini ko'rib tura olaman.
3. Qaysi bosqichdaligini ko'ra olaman.
4. Ularda rejalashtirish ko'nikmasi rivojlnadi.
5. Intizom rivojlanadi.
6. Dizayndan tashqari, shaxsiy xayotida ham "transformatsiya" bo'ladi.
7. O'zini erishayotgan natijalarini xujjatlashtiradi va orqaga qarab nimalar qilgan, nima natijaga olib chiqganini ko'ra oladi.

Umid Ikromboev

19 Oct, 15:13


9 ta o'quvchi real loyihalar olishga ulgurishdi. (3 tasi jadvalda yo'q)

Hozir har bir o'quvchi bilan 1:1 onlayn uchrashuvlarni o'tkazib loyiha topish yo'llarini ko'rib, kerakli maslahatlarni berdim.

Yuqoridagi jadval ichida "O'quvchilarni progresining trekeri" ko'rsatilgan. Har bir o'quvchini muammolari, qilgan loyihalari, ishlap topgan pulini ko'rib tura olaman.

Keyingi haftani oxirigacha 100% o'quvchilarda loyiha bo'ladi.

Umid Ikromboev

18 Oct, 11:36


Orzuingizdagi narsani xarajatiga ham tayyormisiz?

Egalik qilish narxi (цена владения) degan narsa bor. Shuni ko'pchilik tushunmaydi, o'ylamaydi.

Yaqinda bir tanishim Mersedes Benz GT 43 sotib oldi. Zo'r moshina, hammani olgisi keladi. "Mandayam bo'sa edi deyishadi". Lekin u moshinani xarajatini, hamma orzu qilayotgan odamlar kotara olmaydi. U xarajati haqida olgandan keyin o'ylashni boshlashadi.

Misol uchun yaxshi joydan 98-100 benzin quyish kerak. 100 km ga 44 litr benzin ketadi. Oyiga 1000$ dan ko'p pul ketadi. Yuvish uchun yana 100$. Remont ham arzon emas.

Bu faqat moshinani xarajati. Bunaqa ulovda yurgandan keyin shunga yarasha ehson ham qilish kerak. Odamlar sizdan yordam so'rab kelishlariga tayyor bo'lish kerak. Chunki bunaqa moshina olish "Mana mani pulim ko'p" degan narsani bildiradi.

Narsa olishdan oldin, unga egalik qilish narxini ham xisoblash va unga tayyor bo'lish kerak.

Umid Ikromboev

18 Oct, 10:09


Bu post g'olibi @Bahodir_Mexriddin

Nima uchun? Bahodirdan olgan insaytlarim.

1. O'sish ko'rsatkichi kamida 3x-4x bo'lishi.
2. O'quvchilar soni cheklangan bo'lishi kerak — premiumligini ko'rsatish uchun.
3. Qabul uchun imtixonlar — eng zo'rlarni tanlash uchun.
4. Premium community g'oyasi.
5. Eng yangi updatelar bo'lishi. Shunday bo'lim yoki kanal ochish g'oyasi keldi.
6. Real keyslar — o'zi dasturimizda bor.
7. 24/7 savollarga javob berish. Ai yoki yordamchini yo'lga qo'yish.
8. Eng top ekspertlar bilan mastermindlar .
9. Natijalarni treking qilish.
10. Kursda 1 yilgacha support bo'lishi .

Umid Ikromboev

17 Oct, 07:21


Yaqinda dodam bilan birga bir tanishini uyiga ko'rishga bordik.

Uylarini oldiga to'xtadim, eshikni 5 daqiqa taqillatib turdim. Hech kim chiqmadi. Uyda odam bo'lmasa kerak deb dodamga aytdim.

Yo'q yana chaqir dedilar. Hech kim chiqmadi.

Keyin o'zlari ulovdan tushib taqillatdilar. Hech kim chiqmadi.

Bir qarasam qo'shnini uyiga kirib ketyaptilar. Yomg'ir qattiq yog'ayotgan payt.

Qo'shnini uyiga kirib, ular bilan tanishib chaqirib berishlarini so'radi.

Ular ham uydan turib chaqirdi, hech kim chiqmadi. Keyin telefon raqamini topib telefon qildirdilar.

Yomg'irda chaqirganimiz eshitilmagan ekan birozdan so'ng ular uyidan chiqdi.

O'shanda katta ish bo'ladimi, kichik ish bo'ladimi hamma joyda qat'iyatli bo'lish kerak degan darsni ulardan oldim. Ular hech qachon alohida o'tirib dars bermaganlar. Faqat o'zlari o'rnak bo'lgan.

Qat'iyatlilik — judayam kam insonlarda bo'lgan xislat. Birdaniga taslim bo'lmaslik, oxirigacha borishni ifodalaydigan xislat.

Umid Ikromboev

17 Oct, 05:32


Kuchim umuman qolmadi, bo’ldi deganingizda endi 40% kuchingizni ishlatgan bo’lasiz.

Goggins

Umid Ikromboev

17 Oct, 04:18


Tasavvur qilib ko’ring, mani kursim $10.000 turadi.

Sizda pul bor. Shu pulni to’lashingiz uchun bu qanday kurs bo’lishi kerak? Ichida nimalar bo’lishi kerak?

Eng zo’r javob uchun shogirdlik dasturiga 90% chegirma beraman. Faqat 1 ta odamni tanlayman.

Umid Ikromboev

17 Oct, 01:30


O'qigan kitoblarim ichidagi eng qiziqarli va zo'r kitoblardan.

Eng tez tugatgan kitobim ham shu bo'ldi. 3 kun ichida tugatdim.

Bugun olgan xulosalarim bilan bo'lishaman.

100% hamma o'quvchilarimga o'qish uchun vazifa qilib berdim.

Umid Ikromboev

13 Oct, 01:26


Experts Secrets kitobidan:

Har bir ekspertda quyidagi mahsulotlar matritsasi bo'lishi kerak:

1. Lidmagnitlar
2. Qog'ozli kitob
3. Obuna tizimiga ega dastur
4. Onlayn kurs
5. Seminar yoki workshop
6. Master-mind guruh
7. One-on-one (individual mentorlik)

Umid Ikromboev

13 Oct, 01:25


Alisher Isaevning B2B sotuv mavzusidagi treningda Data365 jamoasi bilan qatnashdik.

Treningdan olingan asosiy insaytlar:

1. Mahsulot yoki xizmatni sotmoqchi bo'lsangiz — mijoz haqida gapiring, o'zingiz haqingizda emas.
2. Shunday taklif bering-ki, har uchrashuvdan so’ng mijoz sizga qo’ng’iroq qilishi kerak.
3. Siz hamma bilan emas, filtrdan o’tgan potensial mijozlar bilan ishlashingiz kerak. Kim sizning mijozingiz ekanligini aniq bilishingiz kerak.
4. Linkedin platformasini rivojlantiring, barcha katta tadbirkorlar o'sha yerda.
5. 2 ta narsa sotishga yordam beradi.
- Compelling
- Og'riq
6. Tekinga ishlab bo'lsa ham TOP mijozingiz bo'lishi kerak.

Umid Ikromboev

10 Oct, 05:17


Bitta zo'r fakt aytaman.

Ijod bilan shug'ullanadigan odamlar, (dizayner, arxitektor, rejisyor) mutaxassisligining bir bosqichiga yetgandan so'ng umuman boshqa sohadoshlarining ishlarini kuzatish, o'rganish va ulardan g'oya olishdan to'xtashadi.

$5.000 gacha daromad qiladigan dizaynerlarning 99% boshqalardan ko'chirishadi, chunki hali o'zi o'ylab topadigan darajaga kelishmagan bo'ladi.

Rossiyadagi 15 yildan ortiq tajribaga ega eng TOP dizaynerlar qatoriga kiradigan odamning kursini olganman. Ismi Pavel, u bir darsida boshqa odamlarning dizaynlarini maksimal darajada kam ko'rishga xarakat qilaman deb aytgan. Ko'rganda ham faqat trend uchun ko'radi.

Sababi...

Agar siz doim boshqalardan ko'chirsangiz, o'zingizning shaxsiy yo'nalishingizni yoqotib qo'yishingiz yoki umuman topa olmasligingiz mumkin deydi.

O'z sohangizda aynan shu darajaga yetishishni maqsad qilish kerak. Boshqalar sizdan ko'chirsin, siz ulardan emas.