4PREP Academy

@fourprepacademy


Assalomu alaykum,
Siz 4Prep o'quv markazining rasmiy sahifasidasiz!

Bu yerda:
– Til o'rganishning oson usullari;
– Xalqaro ta'lim va grantlar;
– Ingliz tili va matematikadan individual darslar haqida yoziladi.

Dream big. Start now!

+998909555577

4PREP Academy

22 Oct, 12:42


Eng eng va yana eng ko'p kelgan savollar yosh borasida

– Yoshim 23+, o'qishga topshira olamanmi?

– O'qishga topshirishingiz mumkin, ammo viza suhbatda katta ehtimol bilan rad javobi berilishiga tayyor bo'ling! Nega? Chunki VO sizni har qanday holat, sabab va asoslaringizga qaramasdan o'qishga ketayotganingizga ishonmasligi va ishlab, Amerikada qolib ketishni reja qilyapsiz, degan xulosa qiladi va rad javobini beradi. Shu sabab ham katta yoshda topshirishni tavsiya qilmaymiz.

– 9-sinfman, o'qishni bitirmasdan Amerikaga ketsam bo'ladimi?

– Universitet uchun yo'q, ammo maktab o'quvchilari uchun bir qancha dasturlar mavjud. Universitetga esa faqatgina maktabni bitirgach yoki 11-sinfda o'qiyotgan vaqtda universitetlarga hujjat topshirish mumkin, ammo baribir maktabni bitirmasdan o'qishni boshlay olmaysiz!

🧐 Yana qanday savollar sizni qiziqtiryapti? Yozing, javob beramiz!

Telegram | Instagram

4PREP Academy

22 Oct, 04:04


Salom, 4PREP!

Bugungi kunni savol javoblar bilan o'tkazishga nima deysiz?

Qabul bo'yicha sizni qiziqtirgan savollarning barchasiga javob beramiz!

Qani, go🔥

4PREP Academy

19 Oct, 08:01


🇺🇸 Amerika Universitetlariga Service Fee to'lamasdan ariza topshirishning yo'li! 🎓

Ko'plab AQSh universitetlari ariza topshirishda service fee talab qiladi, ammo biz sizga bu to'lovlarsiz topshirishning yo'llarini aytamiz! 🤑

💡 Mana sizga 2 asosiy maslahat:

1. FEE WAIVER so'rang! Ko'pgina universitetlar xalqaro talabalarga ariza to'lovidan ozod etish imkoniyatini beradi. Buning uchun, universitetga yoki qabul bo'limiga yozib, "fee waiver" so'rashingiz mumkin. 📩

2. To'g'ri universitetlarni tanlang! Ba'zi universitetlar ariza uchun umuman to'lov olmaydi. Bu universitetlar ro'yxatini olishni xohlasangiz 🔥 dan jo'nating va keyingi postda aynan shunday universitetlar ro'yxati bo'ladi!

Telegram | Instagram

4PREP Academy

18 Oct, 11:30


150🔥 va qanday qilib service fee to'lamasdan ariza topshirish haqida zo'r post chiqadi 🤩

Tekinga topshirishni xohlaysizmi😎

4PREP Academy

18 Oct, 10:01


🎓 Top 10 Amerika universitetlariga ariza topshirish narxi qancha?💸

🔥 Agar siz ham eng nufuzli universitetlarda o‘qishni maqsad qilgan bo‘lsangiz, ularga ariza topshirish narxi haqida bilish siz uchun muhim. Keling, Top 10 universitetlarga ariza topshirish service fee'larini ko‘rib chiqamiz!

1️⃣ Harvard University – $85
2️⃣ Stanford University – $90
3️⃣ MIT (Massachusetts Institute of Technology) – $75
4️⃣ Princeton University – $70
5️⃣ Yale University – $80
6️⃣ Columbia University – $85
7️⃣ University of Chicago – $75
8️⃣ University of Pennsylvania – $75
9️⃣ California Institute of Technology (Caltech) – $100
🔟 Duke University – $85

💰 Jami: $820

Bu faqatgina ariza topshirish uchun kerak bo‘ladigan service fee'lar! Shunday qilib, 10 ta eng nufuzli universitetga ariza topshirish uchun $820 atrofida pul kerak bo‘ladi.

📩 Qo‘shimcha ma'lumot va grantlar olish imkoniyatlari haqida bilish uchun bizni kuzatib boring!

Telegram | Instagram

4PREP Academy

18 Oct, 04:00


Salom, 4PREP!

Kuzgi qabul haqida gaplashamiz! 11-sinf o'quvchisi uchun 10 ta universitetga topshirish narxi qanchaga tushadi👀

4PREP Academy

16 Oct, 11:08


Kuzgi semester uchun qabul ochilishini xohlaysizmi?

Videoda kuzgi semester haqida aytib o'tdik, orangizda kuzgi semesterga topshirishni xohlaydiganlar bormi?

Kuzgi semesterga qabul shartlari haqida gaplashamizmi 🔥

4PREP Academy

14 Oct, 13:32


Sizni o'zgartiradigan 5 kitob!

🤩 Hamma narsani AI bilan bajarish imkoni ortayotgan bir vaqtda o'zingizni rivojlantirishingiz juda ham muhim. Quyidagi kitoblar esa sizga bu yo'lda yordam beradi va soft skill'laringizni yana-da rivojlantiradi.

😎 Yana ham zo'r kitoblarni ulashishimizni istaysizmi? Unda sizdan 🔥 lar va biz har dushanba hafta uchun eng yaxshi 5 kitobni ulashib boramiz.

Telegram | Instagram

4PREP Academy

14 Oct, 05:05


Salom, 4PREP!

Bugunning mavzusini siz tanlang!

👍 – Qabul darajasi yuqori bo'lgan universitetlar;

🔥 – Qabul darajasi o'rtacha, ammo yuqori ko'rsatkichlar talab qilmaydigan universitetlar.

Qay birini tanlaysiz?

4PREP Academy

13 Oct, 17:16


4 soatdan keyin dushanba bo'ladi...

Va siz yana o'qish/ishga shoshib uyg'onasiz. Maktabdan chiqib til kursiga borarsiz, balki. Ishdan hech ortmayotgan bo'lishingiz mumkin til o'rganish uchun. Ammo...

Ammo, vaqt o'tyapti va siz shunchaki o'zingizni aldayapsiz. Bugunni erta, ertani indinga qoldirib. Shu vaqtda boshqalar esa til o'rganyapti, speaking skillarini yaxshilayapti va rivojlanyapti.

Siz ham bor dangasaliklaringizni shu yakshanbaga qoldirib, dushanbadan yangi hayot boshlashingiz mumkin.

Hoziroq 4PREP ning ingliz tili kurslariga yoziling va o'zingizni biz bilan rivojlantiring!

Aytgancha, dangasalik qilishga doim vaqt topiladi, 4PREP'ning kurslariga esa qabul tez tugab qoladi!

@english4academy – Maqsadlilar tanlovi!

4PREP Academy

13 Oct, 08:12


Magistratura uchun GRE sertifikatini talab qilmaydigan sohalar

⚡️ Hozirgi kunda ko'plab universitetlar GRE sertifikatini optional shaklida talab qilishyapti, agar sizda ushbu sertifikat bo'lmasa qo'shimcha intervyudan o'tishingiz mumkin bo'ladi.

📌 Sertifikat talab qilmaydigan sohalar:

– texnika;
– biznes;
– ijtimoiy xizmat;
– ta'lim yo'nalishlari.


Deylik, siz bakalavrni lingvistika yo'nalishida tugatib, magistraturani Amerikada davom ettirmoqchi bo'lsangiz, siz GRE sertifikatisiz ham til sertifikati asosida o'qishga topshirishingiz mumkin, bo'ladi.

Telegram | Instagram

4PREP Academy

11 Oct, 16:30


ACT yoki SAT: Qaysi biri murakkab?

🔥 Ko'pgina abituriyentlar o'qishni rejalashtirgan AQSh universitetlariga hujjat topshirish jarayonida SAT yoki ACT testlaridan birini topshirishlari kerak bo'ladi. Lekin qaysi biri sizga mos va qaysi biri murakkabroq? Keling, ularni bir-biridan farqlariga nazar tashlaylik:

1. Testning tuzilishi:
- ACT: To'rtta bo'lim – Ingliz tili, Matematika, Reading, fan. Qo'shimcha writing bo'limi ixtiyoriy.

- SAT: Ikki asosiy bo'lim – Matematika va reading+ writing. Bu yerda fan bo'limi yo'q, lekin matematikada kalkulyatorsiz va kalkulyator bilan ishlatiladigan savollar mavjud.

2. Vaqt taqsimoti:
- ACT: Har bir bo'limda qisqa vaqt ichida ko'proq savollar.
- SAT: Savollar kamroq, lekin har bir savolga biroz ko'proq vaqt ajratiladi.

3. Matematika:
- ACT: Fanning murakkablik darajasi balandroq, va ba'zi savollar geometriya va trigonometriyani qamrab oladi.
- SAT: Matematikada asosiy urg'u algebra va ma'lumotlarni tahlil qilishga qaratilgan.

4. Fan bo'limi:
- ACT: Fanga oid bo'lim mavjud, bu yerda o'qish va ma'lumotlarni tahlil qilish qobiliyati sinovdan o'tadi.
- SAT: Fan bo'limi yo'q, lekin ba'zi matematik savollar fan mavzulariga oid bo'lishi mumkin.

5. Eng mosini qanday tanlash kerak?
- Agar tezkor qaror qilish va ko'p savollarga javob berish siz uchun oson bo'lsa – ACT
- Agar matematikada kuchliroq bo'lsangiz va vaqtni boshqarishda qiynalmasangiz – SAT

Murakkabligi har bir talabaning qobiliyatlari va kuchli tomonlariga bog'liq. Har ikkala test ham alohida ko'nikmalarni sinovdan o'tkazadi, shuning uchun ularni sinab ko'rish orqali qaysi biri sizga mos kelishini aniqlashingiz mumkin.

Savolingiz bormi? Hozir yozaqoling va biz sizga SAT yoki ACT bo'yicha batafsil maslahat beramiz!

Telegram | Instagram