Ingliz filologiyasi fakulteti

@englishphilologyfaculty


🇺🇿O’zDJTU Ingliz filologiyasi fakultetining rasmiy sahifasi

🇷🇺Официальная страница факультета английской филологии УзГУМЯ

🇬🇧Official page of the Faculty of English Philology of the UzSWLU

👉Fakultet YI rasmiy sahifasi https://t.me/YI_FILOLOGIYA

Ingliz filologiyasi fakulteti

22 Oct, 14:26


🇬🇧 🇺🇿 🟦🟦🟦

#ttj #inglizfilologiyasi #qizlarjonklubi #zakovat

🇺🇿 21 - oktyabr "O'zbek tiliga davlat tili " maqomi berilganligi munosabati bilan Ingliz filologiyasi fakulteti Qizlarjon klubi hamda Universitet zakovat klubi sardori bilan birgalikda 5- Talabalar turar joyida talabalarni vaqtini mazmunli o'tkazish maqsadida zakovat intellektual o'yini tashkil etildi.

📱O'yin natijalariga ko'ra
🥇- o'rin "Pi kvadrat" jamoasi
🥈- o'rin "Fintastic" jamoasi
🥉- o'rin "Diamond" jamoalari qo'lga kiritdi.

🎁 G'olib jamoalar sertifikat hamda esdalik sovg'alari bilan taqdirlandilar.

☑️ Ishtirok etgan barcha talaba-yoshlarga minnatdorchilik bildiramiz keyingi tanlovlarda omad tilaymiz.

🎀Biz siz bilan baxtli kelajak sari birga qadam tashlaymiz.

📱 Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring:
🌐@qizlarjon_klubi_uzswlu
🌐 |Instagram🌐|Facebook

Ingliz filologiyasi fakulteti

22 Oct, 10:47


#tadbir

Til – millatning boyligi va bebaho mulki!

Har yili 21-oktabr yurtimizda o‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun sifatida keng nishonlanadi.

Shu munosabat bilan Ingliz filologiyasi fakultetida "Til – millatning boyligi va bebaho mulki" mavzusida tadbir o‘tkazildi.

Tadbirni fakultet dekani Guli Ergasheva kirish so‘zi bilan ochdi va til hamda nutq masalasi qadimdan millat ma’naviyati va madaniyati takomilining bosh omillaridan biri bo‘lib kelganligini e’tirof etdi.

Bayram tadbirida iqtidorli talabalar tomonidan ijro etilgan o‘zbek tilini madh etuvchi she’r va g‘azallar, sahna ko‘rinishlari, raqslar iliq taassurot qoldirdi.

Bizning rasmiy sahifalarimiz:
Telegram | Instagram

Ingliz filologiyasi fakulteti

22 Oct, 07:19


4️⃣4️⃣4️⃣ 5️⃣5️⃣5️⃣

🎭 Teatrchilar — oʻz isteʼdodingizni koʻrsatish vaqti keldi

🏆 Talaba-yoshlarni teatr sanʼatiga qiziqishlarini yanada oshirish, boʻsh vaqtlarini mazmunli oʻtkazish va isteʼdodli talabalarni kashf qilish, ularni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash maqsadida Universitet Yoshlar Ittifoqi boshlangʻich tashkiloti tomonidan “Biz giyohvandlikka qarshimiz!” shiori ostida 🏆Talabalar teatr studiyalari: Rektor kubogi” koʻrik-tanlovi oʻtkazilmoqda.

🤔 Ko‘rik-tanlov 2 bosqichda oʻtkaziladi.

🗓 Fakultetlar saralash bosqichi
28 -oktyabr soat 11:00 da
Manaviyat va
ma'rifat markazi binosida bo'lib o'tadi.

🇺🇿 Qatnashish istagidagi talabalar Ingliz filologiyasi fakulteti Yoshlar Ittifoqi koordinatoriga murojaat qiling.
🌐@Mukhamatov_19

🏆 Universitet bosqichida g‘olib bo‘lgan jamoalar quyidagicha taqdirlanadi:

🥇-o‘rin - 5,000,000 so‘m;
🥈-o‘rin - 4,000,000 so‘m;
🥉-o‘rin - 3,000,000 so‘m.

🪄 Isteʼdodingizni koʻrsating!
🌟 Fakultetingiz sharafini munosib himoya qiling!
💸 Pul mukofotlariga ega boʻling!

Ro'yhatdan o'tish uchun so'ngi muddat 26 oktyabr soat 22:00 gacha.

#teatr #teatr_studiyalari #yoshlar_ittifoqi


Rasmiy sahifalarimizni kuzatib boring:
📱 Telegram|📱 Instagram

Ingliz filologiyasi fakulteti

22 Oct, 07:19


🎭 “Quvnoqlar va Zukkolar: Rektor kubogi” ko'rik tanlovi o‘tkazilmoqda

🎭 Talaba-yoshlarning boʻsh vaqtlarini mazmunli oʻtkazish, isteʼdodli, quvnoq va zukko talabalarni kashf qilish hamda ularni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash maqsadida Universitet Yoshlar Ittifoqi boshlangʻich tashkiloti tomonidan🏆Quvnoqlar va Zukkolar: Rektor kubogi” ko‘rik tanlovi o‘tkazilmoqda.

🤔 Ko‘rik-tanlov 2 bosqichda oʻtkaziladi:
🗓 Fakultet saralash bosqichi
24 oktyabr soat 11:00 da.
Manaviyat va ma'rifat markazi binosida.

🇺🇿 Qatnashish istagidagi talabalar Ingliz filologiyasi fakulteti Yoshlar Ittifoqi koordinatoriga murojaat qiling.
✈️@Mukhamatov_19


🏆 Universitet bosqichida g‘olib bo‘lgan jamoalar quyidagicha taqdirlanadi:

🥇-o‘rin - 5,000,000 so‘m;
🥈-o‘rin - 4,000,000 so‘m;
🥉-o‘rin - 3,000,000 so‘m.

🪄 Isteʼdodingizni koʻrsating!
🌟 Fakultetingiz sharafini munosib himoya qiling!
💸 Pul mukofotlariga ega boʻling!

📌Ro'yhatdan o'tish muddati chorshanba soat 22:00 gacha.

#qvz #QuvnoqlarVaZukkolar #yoshlar_ittifoqi #uzdjtu_yoshlari

Rasmiy sahifalarimizni kuzatib boring:
📱 Telegram|📱 Instagram

Ingliz filologiyasi fakulteti

22 Oct, 04:46


❤️‍🔥❤️‍🔥❤️‍🔥 💙💙💙

📚 Oʻzbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda 🇺🇿 Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Talaba va oʻquvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish markazi tomonidan 📚Kitob mening doʻstim” Respublika tanlovi oʻtkazilmoqda.

📝 Tanlov 4 bosqichda oʻtkaziladi:

— fakultetlararo (guruh) bosqichi;
— oliy ta’lim muassasasi (universitet) bosqichi;
— hududiy saralash bosqichi;
— yakuniy respublika bosqichi.

📄 Tanlovning fakultetlararo (guruh), oliy ta’lim muassasasi (universitet) va hududiy bosqichlari quyidagi 3 ta shart boʻyicha oʻtkaziladi:

“Bilimdon kitobxon” sharti (test shaklida);
“Annotatsiya mahorati” sharti;
“Kitobxonlik va mutolaa madaniyatini keng targʻib etish” sharti.

🎁 Tanlovning universitet va hududiy bosqichi gʻoliblari faxriy yorliq hamda qimmatbaho esdalik sovgʻalari bilan taqdirlanadi.

🏆 Tanlovning yakuniy respublika bosqichi gʻoliblari esa quyidagicha taqdirlanadi:

🥇-oʻrin - 8,000,000 (sakkiz million) so'm;

🥈-oʻrin - 6,000,000 (olti million) so'm;

🥉-oʻrin - 5,000,000 (besh million) so'm;

🏅-oʻrin - 3,000,000 (uch million) so'm;

🏅-oʻrin - 2,000,000 (ikki million) soʻm.

📊 Tanlovda ishtirok etish uchun siz fakultet bosqichida yuqori natija qayd etgan boʻlishingiz lozim.

🇺🇿 Universitet bosqichi 🗓25-oktyabr, juma kuni, 📍universitet bosh binosida (rektorat) boʻlib oʻtadi.

📑 Tanlov haqida batafsil ma’lumot olish uchun fakultetingizdagi ma’naviy-ma’rifiy ishlar boʻyicha dekan muoviniga murojaat qiling.

📚 Isteʼdodingizni koʻrsating!
💰 Gʻolib va sovrindorlar safida boʻling!

#kitob_mening_doʻstim #bilimdon_kitobxon #manaviyat_edu_uz #uzdjtu_yoshlari

🇺🇿 Yoshlar bilan ishlash, maʼnaviyat va maʼrifat bo‘limi
📱@uzswlu_mmb