ENGLISH FOCUS🎯

@englishfocusuz


Kurslarga ro’yxatdan o’ting: 👉https://englishfocus.uz/reg

Murojaat uchun: @englishfocus_admin
Tel: (90) 8162262

Reklama bo'yicha: @englishfocusads

🗣 O'quvchilar fikri: @englishfocus_otzivlar

ENGLISH FOCUS🎯

22 Oct, 11:48


⁉️ Buni avval bilarmidingiz?

• 7 days ➡️ 1 week

• 14 days ➡️ 1 fortnight

• 30 or 31 days ➡️ 1 month

• 365 days ➡️ 1 year

• 366 days ➡️ 1 leap year

• 12 months ➡️ 1 year

• 1 year ➡️ Anniversary

• 10 years ➡️ 1 decade

• 25 years ➡️ Silver jubilee

• 50 years ➡️ Golden jubilee

• 60 years ➡️ Diamond jubilee

• 75 years ➡️ Platinum jubilee

• 100 years ➡️ 1 century

🔎 Muloqot vaqti qanchalar so’z boyligimiz ko’p bo’lsa, insonlarga ta’sir o’tkazishimiz shunchalar oson bo’ladi. Muzokaralar, bahs-munozaralarda qatnashganmisiz hech?

🤔 Bahslarda g’olib bo’lish, insonlarga yaxshi ta’sir o’tkazish uchun muloqot hiylalarini ishga soling. Ulardan biri sinonim va antonimlardan ustalik bilan foydalanish. Ifodalamoqchi bo’lgan so’zingizni faqat bir xil yo’l bilan ishlatmang, uni sinonimlaridan foydalaning.

🖇 Bu usul nafaqat muloqotda, balki, IELTSning Writing, Reading va Speaking skillarida ham juda qo’l keladi. Buyog’iga postlarda vocabularyni boyitish uchun sinonim va antonim lug’atlardan ko’paytirib boramiz.

Siz bekorga bu yerda emassiz, shu postni ohirigacha o’qidingizmi, demak, English Focusdan «мощный» ilm egasi bo’lib chiqishingiz kerak. Maqsadlarga English Focus bilan birga erishing🤝

@englishfocusuz

ENGLISH FOCUS🎯

22 Oct, 11:48


Idiomalardan qanchalik ko’p foydalansiz?

📌 Pardon my french - I apologize for using offensive language - Haqoratomuz so'zlarni ishlatayotganim uchun uzur so'rayman

E.g: Everything he said is bullshit. Pardon my french.

📌 Cat got your tongue - Can't you speak? - Gapira olmaysanmi? / Tilingni mushuk yeganmi?

E.g: You're being very quiet. Cat got your tongue?

📌 It's all greek to me - I don't understand - Men tushunmayman.

E.g: I tried reading that book, but it was all Greek to me.

📌 Finger licking good - Extremely tasty - Juda mazali / Barmog'ingizni yalaydigan darajada mazali.

E.g: My mom makes the best burger! It's finger licking good!

📌 Kick the bucket - To die - Vafot etmoq

E.g: Did you hear that her grandfather kicked the bucket?

Yuqoridagi idiomalarni daftaringizga yozib, yod oling. Ulardan foydalanib gaplar tuzing va albatta ularni suhbat jarayonida qo'llang.

Ushbu ma'lumotlarni do'stlaringizga jo'natish ham esdan chiqmasin!
@englishfocusuz

ENGLISH FOCUS🎯

22 Oct, 10:33


🗣Ingliz tili turli xil sinonim va antonimlarga boy til. Siz bu tilda gapirayotganingizda bir so'zni 2 marotaba takrorlashingizga hojat yo'q, siz shunchaki o'sha so'zning sinonim yoki antonim variantidan foydalanishingiz mumkin.

Shunday ekan, keling, bugun barchamiz ko'p ishlatadigan so'zlardan biri "charchadim, men charchadim" ni sinonimlarini o'rganamiz🔍.

🔖I'm beat
I'm pooped
I'm done
I'm spent
I'm tired out
I'm knackered
I'm bushed
I'm dead-tired
I'm dead on my feet
I'm running on empty
I'm running on my fumes
I'm tired to the bone
I'm exhausted
I'm worn out
I'm sleepy
I'm fatigued
I'm weary
I'm dragging
I'm dog tired
I'm flat out tired

📖Yuqoridagi iboralarning barchasi I'm tired ya'ni charchadim ma'nosini bildiradi, 🖋ularni daftaringizga yozing va yod oling.

Bu iboralardan do'stlaringiz, yaqinlaringiz bilan suhbat jarayonida ham foydalaning, ana shundagina ular yodingizda qoladi.

📲 Ha, aytgancha, ushbu ma'lumotlarni do'stlaringizga jo'natish esdan chiqmasin!

@englishfocusuz

ENGLISH FOCUS🎯

22 Oct, 09:24


📖 READING ORQALI SO‘Z BOYLIGINI OSHIRISH

Ingliz tilida so‘z boyligini oshirishning eng samarali usuli bu reading orqali so‘z boyligini oshirishdir. Quyida bor yo‘g‘i bir necha qadamlar bilan uni amalga oshirishni tushuntiramiz.

🛠 Kerakli narsalar: daftar, ruchka, flamaster (highlighter), mobil lug‘at ilovasi, internet.

1. O‘zingiz qiziqqan mavzularni tanlab internetdan maqolalar izlang. Misol uchun siz agar sportga qiziqsangiz sport haqida, biznesga qiziqsangiz biznes haqida, san'at yoki dizaynga qiziqsangiz shular haqida maqolalar izlang. Ular sizning ingliz tili darajangizga mos bo‘lishi kerak.

2. Kuniga o‘rtacha 30daqiqa o‘sha topgan mavzularingizdan eng qiziqarlisini tanlab uni o‘qishni boshlang, yangi so‘zlar topsangiz uni ustini flamaster (highlighter) bilan yurgizib chiqing.

3. Topgan so‘zingizni lug‘atdan foydalanib tarjima qilib daftarga yozishni boshlang. Umumiy matn konetkstini tarjima qilib chiqing.

4. Tarjimani ma'nolarini chunib olganingizdan so‘ng ushbu matnni 5 martta takrorlab o‘qing!

Ushbu usul bilan siz bir o‘q bilan ikki quyonni urasiz. Nega deysizmi? Chunki siz ham ingliztilidan o‘zbek tiliga tarjima qilishni o‘rganyapsiz va so‘z boyligingizni ham oshiryapsiz. Ho‘sh maqola yoqdimi? Unday bo‘lsa ingliz tili o‘rganayotgan do‘stlaringizga yuboring!

@englishfocusuz

ENGLISH FOCUS🎯

22 Oct, 09:23


Siz ideal o’quvchimisiz?

@englishfocusuz

ENGLISH FOCUS🎯

22 Oct, 09:22


🎥 Fonetika bo'yicha "mini kurs" 3-qism.

Ushbu darsni o'zlashtirish sizni talaffuzingiz va ingliz tilida to'g'ri o'qish qobiliyatini oshiradi.

Keyingi darslarni kuzatib borish uchun bizga obuna bo'ling!

@englishfocusuz

ENGLISH FOCUS🎯

21 Oct, 12:16


🎥 Fonetika bo'yicha "mini kurs" 2-qism.

Ushbu darsni o'zlashtirish sizni talaffuzingiz va ingliz tilida to'g'ri o'qish qobiliyatini oshiradi.

Keyingi darslarni kuzatib borish uchun bizga obuna bo'ling!
@englishfocusuz

ENGLISH FOCUS🎯

21 Oct, 12:15


🎥 Fonetika bo'yicha "mini kurs" 1-qism.

Ushbu darsni o'zlashtirish sizni talaffuzingiz va ingliz tilida to'g'ri o'qish qobiliyatini oshiradi.

Keyingi darslarni kuzatib borish uchun bizga obuna bo'ling!

(Davomi pastda👇)

@englishfocusuz

ENGLISH FOCUS🎯

21 Oct, 09:19


📁 Lug'at xaritasi namuna
Videoda eslatib o'tilgan shablon

Kanalimiz: @englishfocusuz

ENGLISH FOCUS🎯

21 Oct, 09:19


IELTS SPEAKING STUDY PLAN 2 MONTH

2 OYLIK IELTS GAPLASHISH QOBILYATI UCHUN REJA


Ma'lumot Mr.Keith dan olindi

Foydasi tegsa reaksiya bilan ko'rsating

Your discipline is your success

ENGLISH FOCUS🎯

21 Oct, 09:13


📌 Used to va Would

🏊 Used to – o’tgan zamonda odatga aylanib qolgan, lekin vaqtinchalik to’xtatilgan yoki umuman to’xtatilgan, hozirda yuz bermayotgan harakatlarni tasvirlashda ishlatiladi. Shuningdek, o’tgan zamonda o’z o’rniga ega bo’lgan, lekin, keyinchalik mavjud bo’lmagan holatlarni ham ifodalashda qo’llaniladi.

👫 He used to meet her after school every day and see her home
U har kuni maktabdan keyin uni kutib olar va uyiga kuzatib qo’yardi (Bu harakat o’tgan zamon uchun odatiy holat edi)


🎭 The theatre used to be in the centre of the town
Shahar markazida teatr bo’lardi. (teatr mavjud edi keyinchalik buzib tashlangan)


⚠️ So’roq va inkor gaplarda
He didn't use to do that. (= He never used to do that)
Did he use to do that?

⚠️ Used to qurilmasini be used to smth/doing smth va get used to smth/doing smth qurilmalari bilan adashtirmang. So’zlovchi ushbu qurilmalar orqali odatga aylanib bo’lgan, ko’nikib bo’lgan holatlarni tasvirlaydi.

Taqqoslang:


🕰 I am used to waking up at 5 AM every morning.
Men har tong soat 5da turishga ko’nikib qoldim. (endi uyqudan turishga qiynalmayapman)
I used to get up at 5 AM every morning when was I a child.
– Bolaligimda har tong soat 5 da turishga odatlangandim. (bu odat keyinchalik yo’q bo’lib ketdi)


🏓 Would used to kabi o’tgan zamonda takrorlanib kelgan ish-harakatlar va vaziyatlarni ifodalashda ishlatiladi. Biroq, mavjud bo’lgan bir martalik vaziyat haqida so’z borganda used to ishlatiladi.

Masalan:

⛳️ She would usually be happy when she returned home after a long trip
Uzoq safardan qaytgandan so’ng, odatda u hursand bo’lardi️. (har safar uzoq safardan so’ng)


🤷‍♂ When he spoke to me I wouldn't understand anything
– U gapirganida hech narsani tushunmasdim. (har safar gapirganida tushunmasdim)


❗️BIROQ:
🎬 There used to be five cinemas in the town
– Shaharda 5 ta kinoteatr bo’lardi. (ilgari bo’lgan – bu yerda biror holatni takrorlanishi kuzatilmayapti)


🚀 ULASHING!
@englishfocusuz

ENGLISH FOCUS🎯

21 Oct, 07:21


📹 Phrasal verbs in English Grammar with CARRY: ||#PhrasalVerbs

1.  Carry on – davom etmoq, davom ettirmoq
2.  Carry off – qiyinchilik bilan muvaffaqiyatga erishmoq, yutmoq
3.  Carry over – boshqa holatda ham davom etmoq
4.  Carry over – kechga surmoq, keyinga qoldirmoq
5.  Carry forward/over – keyingi hisob-kitob qoʻshmoq
6.  Carry someone through – qiyinchilikni yengib oʻtishi uchun yordam bermoq
7.  Carry something through – toʻlliq muvaffaqiyatga erishmoq
8.  Carry forward – birorta narsada muvaffaqiyatga erishmoq
9.  Carry out – amalga oshirmoq, bajarmoq

P/s: Qiyin bo'lmasa reaksiya qoldiramiz

@englishfocusuz