Otabek Jo'rayev

@djuraevotabek


Futbolga oid fikrlar, tahminlar, tahlillar, xabarlar, kinoyalar, smayliksizlar

Instagram |
https://www.instagram.com/djuraevo/

Otabek Jo'rayev

21 Oct, 18:28


Aytgancha, Neymar qaytdi Al-Ayn qaytishiga sal qoldi

@djuraevotabek

Otabek Jo'rayev

21 Oct, 18:15


Paxtakor muxlislari mendan xafa bo'lishmasin-u, ammo Ash-Shorta – Paxtakor uchrashuvi o'rniga Sport TV da Al-Ayn – Al-Hilol o'rtasidagi o'tishmani namoyish kerak edi

@djuraevotabek

Otabek Jo'rayev

21 Oct, 18:00


Ushbu hakam, Ma Ningni nazarda tutyapman, O'zbekistonning barcha jamoalarining ishtirogidagi o'yinlarini olib borishi kerak

@djuraevotabek

Otabek Jo'rayev

21 Oct, 15:16


Superligadagi 21-turdan so'ng vaziyat

Yana 15 ochko o'ynaladi. Nasafda raqiblaridan +7, +10 va +11 ochkoli ustunligi bor

Teoriyada qarshiliklar chempionlikni rasman 23-turdan so'ng qo'lga kiritishi mumkin. Medallar uchun kurash esa so'nggi turgacha davom etilsa kerak

@djuraevotabek

Otabek Jo'rayev

21 Oct, 07:55


Qatarning Ar-Raya nashri xabariga ko‘ra, yaqin orada Qatar futbolini yaxshi biladigan Xavi Qatar termasini boshqarishi mumkin

Xavi o'yinchi sifatida 4 mavsum davomida As-Sadd tarkibida to'p tepgan. Bundan tashqari ispaniyalik 2 mavsum davomida As-Saddda bosh murabbiy lavozimida ish olib borgan

4 turdan keyin Qatar 4 ochko bilan 4-o'rinda ketmoqda. Agarda ikki tomon bir biri bilan kelishib olishsa, demak 14-noyabrdagi uchrashuvda Qatar termasi Xavi qo'l ostida O'zbekistonga qarshi o'ynashi mumkin

@djuraevotabek

Otabek Jo'rayev

21 Oct, 02:46


To'qnashuvga raqiblar ajoyib formada kelishmoqda

Qaysi birining qo'li baland kelarkin

🕊️ – FCBarselona
🐳 – FCBayern
✍️ – FCDurang

@djuraevotabek

Otabek Jo'rayev

20 Oct, 18:59


Roberto Manchini Saudiya Arabistoni termasi bosh murabbiyi lavozimidan ozod etiadi. Buni tahmin qilish qiyin emas edi

Federatsiyaning qarori tushunarli, chunki 4 turdan keyin C guruhida SA milliy jamoasi o'zidan ancha zaif bo'lgan Indoneziya va Bahraynni mag‘lub eta olmay, bor-yo‘g‘i 5 ochko jamg‘ardi

Qatar 2022 da bo'lajak Jahon chempioni Argentina termasini mag'lub etgan SA termasi sobiq ustozi Erve Renarni yangi bosh murabbiy lavozimiga jalb qilgani haqidagi mish-mishlar ijtimoiy tarmoqlarda faol tarqalmoqda

Sir emas, menga Renard yoqadi. Ajoyib mutaxassis. Ammo u vaziyatni to'g'rilay oladimi?

Bilmayman. Endi yo'qdek ko'rinmoqda. Va men hozir Saudiya Arabistoni Jahon chempionatiga chiqish haqida gapirmayapman

Uning birinchi taklifi paytida men saudiyaliklar o'z kuchlarini sezilarli darajada oshirishi haqida ko'p marta va qayta-qayta ogohlantirganman. Tahminlarim to'g'ri bo'lib chiqdi. Hozir o'sha davrga nisbatan vaziyat ancha o'zgardi

Saudiya Arabistoni Pro-ligasining eng yaxshi to'purarlari ro'yxatiga e'tibor bering. Birinchi 10 talikda faqat bitta mahalliy o'yinchi bor. Mahalliy ikkita futbolchi kuchli yigirmatalikka kiradi. «A nima bo'libdi?» degan o'rinli savolni berishingiz mumkin. Bir paytlar Yevropaning top ligalarida ham shunga o'xshash vaziyatlar bo'lgan, bu esa ularning milliy jamoalariga kuchli o'yin ko'rsatishiga to'sqinlik qilmagan

Xo'p, unda boshqa omillarga o'tamiz

Al-Hilol terma jamoaga asosiy futbolchilar yetkazib beruvchi klub bo‘lgan. Osiyoning eng kuchli jamoasining asosiy tarkibi bilan tanishing. Startda faqatgina 3 ta saudiyalik bor! Termani o'yinchilar bilan ta'minlagan Al-Ittihod va Al-Qodisiya o'rtasidagi o'yinda mahalliy futbolchilarning atigi uchdan bir qismi maydonga tushdi! Ya'ni milliy jamoaning asosiy tayanchini tashkil etuvchi mahalliy futbolchilar amaliyotsiz qolishmoqda

SA futbol federatsiyasi buni juda yaxshi tushunadi. Shu bois ba'zi futbolchilar amaliyotni olish uchun Yevropa chempionatlariga o'tishdi. Biroq, SA termasining asosiy o'ng qanot himoyachisi Saud Abdulhamid Romadagi holati bizning Eldornikidan nisbatdan battar. U atigi 2 ta o'yinda maydonga tushdi. U ham Yevropa ligasi uchrashuvlarida

Markaziy yarim himoyachi Faysal Al-G'amdi Belgiyaning Beersxot jamoasida 3 marta to'p surgan. Uning jamoadoshi Marvan As-Saxavi 3 ta uchrashuvda 2 ta gol urgan bo'lsa-da, ta'kidlab o'tish lozim – Beersxot Jupiler Pro-ligasining eng so'nggi o'rinda ketayotgan autsayder

Umuman olganda, saudiyaliklar ichki chempionatini Disneylendga aylantirdilar. Ko'plab futbol yulduzlari uchun bu chempionat jozibali bo'lib qoldi. Biroq, mahalliy futbolchilarni o'sha loyihasiga qo'shish bo'yicha o'ylangan choralar ko'rilmasa, Saudiya Arabistoni termasining Osiyo futboli elitasidan tushib ketishiga katta ta'sir qiladi. Nazarimda, bu уже sodir bo'lmoqda

@djuraevotabek

Otabek Jo'rayev

20 Oct, 13:11


❗️ Superliganing 21-turi doirasidagi barcha derbi zo'r tarzda o'tdi

Sizga qaysi biri ko'proq yoqdi

🏆 – Voha derbisi
💯 – Toshkent derbisi
❤️ – Vodiy derbisi
😎 – Men Kelishilganligani kuzatmayman

@djuraevotabek

Otabek Jo'rayev

20 Oct, 12:25


O'zbekiston chempionati haqida, qisqacha

Superliga yakunlanishiga 5 tur qolganida Neftchi va Navbahor chempionlik uchun matematik imkoniyatdan mahrum bo‘ldi

Mana senga N seriya!

@djuraevotabek

Otabek Jo'rayev

20 Oct, 12:04


Kutilganidek, Messi Inter Mayami tarixidagi eng yaxshi to'purariga aylandi

Ushbu mavsumning o'zidayoq Luis Suares ham Kampanadan o'tib oladi

@djuraevotabek

Otabek Jo'rayev

19 Oct, 16:55


Superligamizda ro'y bergan yoqimli hodisa

Metallurg o'yinchilari O‘zbekiston Kubogini qo‘lga kiritgan andijonlik futbolchilarga faxriy yo‘lak tashkil qilishdi. Mardlar, bekobodliklar!

Ishonchim komilki, agar Kubokni hattoki OKMK (Metallurgning eng prinsipial raqibi) qo'lga kiritganida ular xuddi shunday harakat qilishardi

@djuraevotabek

Otabek Jo'rayev

19 Oct, 11:16


Uilsher – Gibbs – Kasorla – Uilsher – Kasorla – Jiru – Uilsher – Jiru – Uilsher

Ropa-rossa 11 yil oldin Arsenalning mazkur futbolchilari Norvichning atletlarini o'ynatib yuborishdi

O'ta go'zal gol!

@djuraevotabek

Otabek Jo'rayev

18 Oct, 12:47


Nasaf ham Surxonga qarshi asosiy tarkibni e'lon qildi

Ruziqul aka o'tgan asrning 50- va 60-yillarida Braziliya termasining ashadiy muxlisi bo'lgan bo'lsa ajab emas. 4-2-4 o'ta hujumkor sxemani tanlabdi

Ha, Braziliyaning o'sha paytdagi shiori: «Siz bizga imkon qadar gol kiritasiz, biz esa xohlaganimizcha gol uramiz»

@djuraevotabek

Otabek Jo'rayev

18 Oct, 12:41


Surxon Nasafga Qarshi jamoasining boshlang'ich tarkibini taqdim etdi. Bu detallarga mehr deb atalsa kerak

@djuraevotabek

Otabek Jo'rayev

17 Oct, 05:05


Rasmdagi futbolchilarni taniganlar bormi?

Ushbu jamoa ropa-rossa 30 yil oldin Hirosimada bo'lib o'tgan 1994 Osiyo O'yinlarida O'zbekistonga ilk va hozircha yagona g'alabani keltirgan

O'tgan kundek finaldagi Xitoyga qarshi uchrashuvni eslayman. Igor aka birinchi daqiqalarda hisobni ochdi. Keyin Lebedev bilan Azamat aka gol urdi. Nuqtani esa Shuhrat Maqsudov qo'ydi. Janubiy Koreyaga o'ta qiyin kechgan yarim final o'yinida Sheykin нереально turib berdi

Turnirdagi umumiy ko'rsatgichlar: 7 ta o'yinda 7 ta g'alaba, 23 ta gol kiritilgan, 7 ta gol o'tkazib yuborilgan. Raqiblarimiz: Saudiya Arabistoni, Malayziya, Gongkong, Tailand, Turkmaniston, Janubiy Koreya, Xitoy

O'ngdan chapga. Tepadagi qator: Andrey Fyodorov, Fevzi Davletov, Rustam Durmonov, Aleksandr Tixonov, Igor Shkvyrin, Yuriy Sheykin. Pastdagi qator: Sergey Lebedev, Azamat Abduraimov, Mirjalol Qosimov, Ilxom Sharipov, Farhad Magometov

Rasmga tushmaganlar: Abdukahhor Marifaliyev, Shuhrat Maqsudov, Abdusamat Durmonov, Ulug'bek Ruzimov, Stepan Atayan, Berdah Allaniyazov

Bosh murabbiy: Rustam Akromov

Ajoyib payt, zo'r jamoa edi! G'alaba uchun rahmat!

@djuraevotabek

Otabek Jo'rayev

16 Oct, 03:39


Lionel Messi xet-trik amalga oshirdi. Demak, endi u o'z milliy jamoalarining eng yaxshi to'purarlari ro'yxatida Ali Daeidan o'tib 2-o'ringa ko'tarildi:

1. Krishtianu Ronaldu – 133 ta gol
2. Lionel Messi – 112 ta gol
3. Ali Daei – 109 ta gol

KR va LM poygasi davom etmoqda!

@djuraevotabek