Alisher Tojiyev

@alisherahmatovich


IT doktor, investor va ko‘plab ijtimoiy loyihalar asoschisiman. Kanalimda IT va shu sohada biznes yuritish haqida yozib boraman.

Bog'lanish - @u2b3kbot
YouTube - https://shorturl.at/Cj8it
Instagram - https://shorturl.at/sjBCZ

Alisher Tojiyev

15 Oct, 15:03


Dunyodagi eng yirik texnologik va startap shousi — Gitex Global’da sohasining TOP’lari bilan fikr alishishda davom etmoqdamiz.

Xalqaro miqyosda serverlar planirovkasini ishlab chiqadigan va yetkazib beradigan, mingdan ortiq turli mahsulotlarni yetkazish bilan shug’ullanuvchi BRITICOM tashkiloti bilan og’zaki kelishuvga erishdik.

@AlisherAhmatovich

Alisher Tojiyev

14 Oct, 14:53


Ko’rib turganingiz — MySQL vitse-prezidenti (o’rtada) va UIC Group
CEO’si Murodxo’ja Muratov (chapda).

Biroz hazil tariqasida yozdim, sababi faxrlanganimdan ko’tarilgan kayfiyatimni sizlar bilan ham bo’lishmoqdaman.

Bugun GITEX Global — Dubai, 2024 tadbirida texnologiyalar va startaplar haqida zo’r insaytlar oldik, zo’r mutaxassislar bilan suhbatlashdik.

@AlisherAhmatovich

Alisher Tojiyev

14 Oct, 11:42


Everything is AI, AI is everything.

Alisher Tojiyev

14 Oct, 11:36


Vazir oʻrinbosarimiz Oleg aka tomonidan Oʻzbekistondagi AyTi haqida bomba taqdimot qilib berdilar.

Faxrlanib ketdim.

Alisher Tojiyev

14 Oct, 10:33


Biz oxiri topdik)))

Alisher Tojiyev

10 Oct, 14:41


#ctf
9 va 10 - kunlarda bo'lib o'tgan CSS 2024 - Xalqaro kiber xavfsizlik sammitida TuranSec xodimlari faol ishtiroq etdi.

TuranSec jamoa a'zolari sammit doirasida tashkil etilgan CTF Blue team va Red team yo'nalishida qatnashdi hamda 'Shaptoli' jamoasi sifatida Blue team yo'nalishida 1-o'rinni qo'lga kiritdi🔥

Alisher Tojiyev

09 Oct, 10:47


Ayolim PhD ilmiy darajasini oldi, qizlaringizni va ayollaringizni olima qiling, shunda Inshaalloh kelajagimiz yanada nurli boʻladi.

Bugun bayram 🎉🎉🎉

Alisher Tojiyev

08 Oct, 14:15


Qulay, arzon va moslashuvchan xalqaro ERP tizimlaridan biri - Odoo haqida oldin ham yozganman.

UIC Group O'zbekistonda Odoo hamjamiyatining rasmiy hamkori hisoblanadi. Bir necha marotaba hakatonlar uyushtirildi, shu yo'nalishni tushungan mutaxassislarga esa eshigimiz doimo ochiq.

Mazkur tizim ishlashi, afzalligi va yangi IT hamjamiyat - Odoo Uzbekistan, unga qo'shilish haqida YouTube blogimda video joyladik:

https://youtu.be/OybzhfgBHns?si=gxHX-uiVpGFzxqdk

@AlisherAhmatovich

Alisher Tojiyev

04 Oct, 16:33


Telegram yaqin sharqda, xususan, Isroil, Livan va Eronda sodir bo'lgan so'nggi voqealar tufayli misli ko'rilmagan yuklamalarni boshidan kechiribdi. Hozirda barcha muammolar to'liq hal qilindi deya xabar bermoqda…

Pavel Du Rove

Alisher Tojiyev

04 Oct, 07:50


Тескари мақтанишлар

Авваллари мақтанган гапларимни яхшилаб тафаккур қилиб чиқдим.

Ҳозир ўйлаб қарасам худди шуни тескариси билан мақтанаётган эканман:

Аввал мақтанардим: Уйимда катта телевизорим бор
Ҳозир мақтаняпман: Уйимда телевизорим йўқ

Аввал: Миллионни янгисини кўрдим
Ҳозир: Миллионни янгисини кўрмадим

Аввал: Сўнгги русумли "iphone" олдим
Ҳозир: Iphone 16 чиққанди олмадим. Энди 15 оламан ;)

Аввал: инстаграм очдим
Ҳозир: Инстаграмимни ёпдим

Аввал: Дўстларим кўп
Ҳозир: Дўстларим кам. Ёлғизман

Аввал: Янги мусиқани эшитдим
Ҳозир: Янги мусиқани эшитмадим. Эшитмайман ҳам

Аввал: Кечаси билан кўчада айландик
Ҳозир: Кечаси билан ухладим

Аввал: Фалончини уриб, бурнини синдирдим
Ҳозир: Фалончи билан уришмай, ўзимни тийдим

Аввал: Дўстлар билан паркка бордик
Ҳозир: Паркка бир ўзим бордим

Аввал: Машинамга фалон сўм харажат қилдим
Ҳозир: Машинамга эҳтиёжсиз бир тийн ҳам харажат қилмадим

Аввал: Осон ишда ишлаяпман. Масъулият йўқ.
Ҳозир: Қийин ишда ишлаяпман. Масъулият кўп.

Аввал: Ишим зўр. Нафақага эрта чиқаман.
Ҳозир: Нафақага ҳеч қачон чиқмайман.

Аввал: Катта «окахон»лар билан вақт ўтказяпман
Ҳозир: Болалар билан вақт ўтказяпман

Аввал: Аёлим билан уришсам жойига ўтказиб қўяман
Ҳозир: Аёлим билан уришсам, капишонни кийиб, кўчага чиқиб кетаман

Аввал: Битта ҳам тўйдан қолмайман
Ҳозир: Битта ҳам тўйга бормайман

Сиз-чи?

@Ustoz_kundaligi

Alisher Tojiyev

02 Oct, 09:02


“IT Park va Texnopark kabi yirik loyihalarni rivojlantirish uchun kadrlar, hamkorlar kerak..”

“Boshqa tarafdan, hamma IT sohasini o‘qiyapti, lekin o‘quv markazini bitirib chiqqanlarni hech kim ishga olmayapti”.

“Stajyorlarni ishga oladigan IT kompaniyalarni qo‘llab-quvvatlash kerak. Aks holda qanchadan-qancha mutaxassis g‘oyasi bilan ishsiz qolib ketyapti”.


— “Yangi Hayot” televizion ko’rsatuvida Umidjon Ishmuhamedov, Sherzod Ahmadov, Qudrat Abdurimov va boshqa IT hamda texnologiyalar bo’yicha mutaxassislar, faollar bilan qizg’in suhbatda ishtirok etdik.

👉 Batafsil: https://youtu.be/j9HE_0yym-g?si=OFbPDSaGpLDLQ35d

@AlisherAhmatovich

Alisher Tojiyev

28 Sep, 10:17


O‘zbekistonda juda mashhur bo‘lgan Hamster Kombat oson pul yo‘qligini ko‘rsatdi.

Bu hafta xalqaro birjalarda Telegram’dagi «(Ch)Sichqonchaga bosish» o‘yini bo‘lgan Hamster Kombat tokeni savdosi boshlandi. Boshlanishida narxlar yomon bo‘lmagan bo‘lsa-da (Binance’da HMSTR $0,013 atrofida sotilgan), keyinchalik tez tushib ketdi.

Yangi aktivlar ko‘pincha birjaga chiqqandan so‘ng avval arzonlashadi, so‘ng narxlari ko‘tariladi. Lekin HMSTR holatida o‘sish qayerdan bo‘lishi aniq emas.

Hozirda token $0,006 (taxminan 86 so‘m) atrofida savdo qilinmoqda. Agar har kim 100 000 dan ortiq token olganida, bu yaxshi narx bo‘lar edi. Lekin bunday bo‘lishi mumkin emas, chunki millionlab dollar likvidlik kerak, va u mavjud emas. Shuning uchun ko‘pchilik 5 000 tokendan kamroq olgan.

Natijada, bir necha oylik vazifalarni bajarish va reklamalarni tomosha qilish $15-25 atrofida foyda keltirgan. Lekin O‘zbekistonda ularni ham olish imkoni yo‘q, chunki tokenlar faqat mahalliy kriptobirjalarda sotilishi va sotib olinishi mumkin. Hozircha HMSTR u yerda yo‘q, va qachon bo‘lishi ham noma’lum.

Shu paytda firibgarlar ham faol bo‘lib qolgan. Ular “Har bir hamster uchun $1 to‘laymiz. Faqat kartangiz raqamlarini va SMS orqali kelgan kodni yuboring”, deb alday boshlagan. Aslida esa ular shunchaki odamlarning pulini o‘g‘irlaydi.

Hamster Kombat inqilob qilolmadi. Pavel Durov buni blokcheyn va mini-ilovalarning yangi davri deb atagan edi. Ammo ko‘pchilik hech bo‘lmasa $100 topishni o‘ylagani uchun umidsizlikka tushdi.

Lekin bu hikoyadan bir saboq bor — oson pul yo‘qligi aniq bo‘ldi.

Skartarris kanalidan tarjima qilindi

Alisher Tojiyev

27 Sep, 09:16


Ehson qilmoqchi va yaxshi ishlarga hissa qo‘shmoqchi bo‘lsangiz:

hissa.uz platformamiz orqali xayrli ishlarga sherik bo‘lishingiz mumkin.

P.S. Iltimos, loyihani ommalashtirish va shaffof xayriya tizimini kengaytirishga ko’maklashing.

iOS va Android ilovalarni yuklash

#hissa

Alisher Tojiyev

26 Sep, 15:24


Navbatdagi loyihamiz esa barchaga ma’lum boʻlgan Uzbekistan’s Club loyihasi boʻlib, loyihaning navbatdagi epizodi va kreativ jurnalning 2-soni ommaga taqdim etildi.