Abdulhamid Yoqubov

@abdulhamidyakubov


Topilma va asl boyligim bilan boʻlishaman
.
.
@abdulhamid_yakubo

Abdulhamid Yoqubov

11 Oct, 20:12


Sartaroshxonam (Barbershop) bo’lsa qanday rivojlantirar edim?

Bir kun Izzatakani yonlariga borganimda xayolimga bir fikr keldi

Agarda man shu joyda sherik yoki marketolog boʻlsam qanday rivojlantirari edim

Darrov bron’ uchun forma yasadim

Ogʻriqli joylarini aytdim, va defitsit berdim

Natijada 4 ta bron’ tushdi

250K soʻmdan, bir odam oʻrtacha oyiga 2 marta soch oldiradi

Vaholangki storisimni 500 tagina odam koʻrgandi

Endi faraz qiling, ba’zi odamlarni storisini 100K lab odam koʻradi

Bu yerda kalit narsa, bitta sotuvni emas, LTV’(bir mijozning umri davomida sizga toʻlaydigan puli) hisoblash


Masalan 4 ta mijoz 1 yil davomida oʻrtacha 250x4x2x12= 24 000 000 soʻm olib keladi

Muhimi reklamadan pulni ayamaslik kerak) LTV:CAC > 3:1 boʻlsa boʻlgani


Xulosa: Influencer’lar bilan ishlagan boʻlar edim, chunki bu sohada ishonch birinchi oʻrinda

#tactics

@cashvertising_abdulhamid

Abdulhamid Yoqubov

11 Oct, 15:24


Instagram & Shaxsiy brendni rivojlantirish hamma uchun qiziq va man uchun og'riqli mavzu

Instagramimni kuzatganlar biladi 😅)

Oxirgi 1 yil ichida 7 xil yo'nalishda 1 000 000 dan ziyod umumiy obunachi olib kirib ularni monetizatsiya qilibmiz

Shuning uchun hozir 5 ta odam uchun bepul strategiya qilib berishga qaror qildim

Strategiyaga ega bo'lish uchun quyidagi formani to'ldiring

https://forms.gle/HyaimdVHa4ud7GKQ8

@abdulhamidyakubov

Abdulhamid Yoqubov

30 Sep, 19:38


15 ta bog'liqliklar

1. Harakatlar o'z oqibatlariga ega
2. Kamtarlik to'g'ri yo'lga yetaklaydi
3. Shukur ko'proq ne'matga narsaga olib boradi
4. Har kim harakat qilgan narsasini oladi
5. Qo'l ostidagilarga adolat qilish, o'zingiz adolatga uchrashingizga sabab
6. Iymon halovatga olib boradi
7. Yaxshilik qilish yaxshilikni jalb qiladi
8. Har bir yomonlik bilan yaxshilik bor, teskarisi ham
9. Bir narsaga ishonganlarning birlashuvi kuch || Bo'linishi zaiflik
10. Rostgo'ylik ruhiy muvaffaqqiyatga olib boradi
11. Yaxshilik qilish omadsizliklarning oldini oladi
12. Me'yorni ushlash muvaffaqqiyatga olib boradi, har narsada
13. Qiyinchiliklar inson ruhiyati o'sishiga sabab bo'ladi (albatta har bir inson boshida bor)
14. Tavakkal - muvaffaqqiyatning asosiy omili
15. Generosity multiplies wealth

#philosophy

@abdulhamidyakubov

Abdulhamid Yoqubov

23 Sep, 16:26


O'rganish kerak bo'lgan, vaqt ta'sir o'tkaza olmaydigan ba'zi narsalar:

- mikroiqtisodiyot
- matematika
- o'yinlar nazariyasi (Game Theory) ⚠️
- sotuv/ta'sir o'tkazish

@abdulhamidyakubov

Abdulhamid Yoqubov

14 Sep, 20:18


Nima uchun pulni yaxshi koʻrgan odam koʻp daromad qila olmaydi?

Javobi oddiy, $50-100K topmoqchi boʻlgan odam bir kun kelib $10K bilan risk qilishiga toʻgʻri keladi

Xoh reklama, xoh xodimlar, xoh joylashuv uchun

$10K topish uchun 1000$ bilan risk qilishiga toʻgʻri keladi

Pulni loyihadan koʻproq yaxshi koʻrgan odam esa buni sarflamaydi

Toʻgʻri bu investitsiyalarni yoʻqotishi mumkin

Daje ehtimoli kattaroq, lekin oʻzi yaxshi koʻrgan ish uchun sarflashga tayyor boʻladi

Qarshi fikrlar boʻlsa, kommentda kutaman, oʻqish juda qiziq

@abdulhamidyakubov

Abdulhamid Yoqubov

30 Aug, 14:26


Oʻlchab boʻlmaydigan narsani boshqarib boʻlmaydi

Yuqoirda koʻrib turganingiz sogʻlik boʻyicha statistikalarim

1. Haftalik uyqu koʻrsatkichlarim, odatda 3:30 soat foydali, qayta tiklanishga yordam beradigan uyquda boʻlarkanman, qolganlari yengil uncha sifatsiz

2. Strain - sarflagan kuch(energiyam) oʻrtacha 6, futbol oʻynasam 15

3. Recovery - qayta tiklanish, 70% dan yuqori boʻlsa oʻzimni yaxshi his qilyapman

Agar recovery tushib ketsa, qisqa uyqu, masaj, muzdek dush taklif qilyapti bu dastur

Uyqu boʻyicha ham tavsiyalar beradi

Qiziq, yaxshi narsa, oyiga 30$ ekan

@abdulhamidyakubov

Abdulhamid Yoqubov

19 Aug, 18:34


17-21 yoshlar orasida juda koʻp hollarda yigit qizni yaxshi koʻrib qoladi

Ba’zilari gaplashadi ham

Maktab/univer’da esa doim qizlar ichida TOPlari boʻladi 3-4 ta

Hamma taniydi gaplashishni xohlaydi

Tabiiyki bizning qahramonlarimizni u qizlar mensishmaydi, yoki juda tez tashlab ketishadi

Chunki u qizlarga krutoy, baquvvat, $ koʻp yigitlar yoqadi

Endi boshlagan bolada boʻlsa bu narsalar qayoqda, faqat ish

Shu holatda 3 ta narsani bilishingizni xohlar edim

1. Oʻsha TOP qizlar doim boylarning farzandlariga tegadi, odatda (ishonmasangiz akalaringizdan soʻrang)

2. Ular 17-21 yoshda oʻz qiymati boʻyicha peak’da boʻladi, yani yosh, chiroyli qomatli, tiniq yuzli, siz esa 25-35 da

3. Agar siz rad etilgan, yoki ajralgan boʻlsangiz, umuman aloqani uzib tashlang, unfollow, block, ishlang, motivatsiyaga aylantiring

Bir kun kelib sizga ham yuqoridagidaka xabar kelishiga tilakdoshman 🤝

@abdulhamidyakubov

Abdulhamid Yoqubov

13 Aug, 17:13


Hamma qobiq ichida yashaydi

Ish bilan Buxoro, Navoi, Samarqanddamiz

Navoiy juda ajoyib joy ekan

Deyarli hamma davlat ishi yoki katta zavodlarda ishlaydi 144 000 odam yashaydi

Bittagina kon metallurgiya zavodda 45 000 odam ishlaydi

Oʻquv markazlar 90% davlat universitetiga tayyorlaydi, davlat univerlaridan mutaxassislar chiqishadi

Juda koʻpchilikning orzusi, katta zavodlarda TOP managementga kirish

16 ga kirgan bolani tasavvur qiling endi

Oʻzini ishini tashkil qilish juda kam odamning xayoliga keladi

Hamma klassim usul bilan ketadi odatda

Shaxsan man buni qandaydir ijtimoiy qobiq deb hisoblayman

Keyin oʻylab qoldim, balki man ham shu qobiqda boʻlsamchi?

Faqat kattaroq

Bundan chiqishni yagona yoʻli - oʻqish

Kitob oʻqinglar akalar, dunyo qarash uchun kamida

⚠️ Eslatma: Ular baxtliroqdek tuyildi

⚠️⚠️ Bu oʻta subyektiv fikrlar

@abdulhamidyakubov

Abdulhamid Yoqubov

07 Aug, 12:31


$100K haqida

Keling shu sonni dekompozitsiya qilib koʻramiz

$100K = $500x200 ya’ni $500 foyda qoladigan mahsulotni 200 ta odamga sotish

Yoki $200 qoladiganni 500 ta odamga

Yuqorida $400lik mahsulotni sotib olamiz degan odamlarning arizalari

Albatta hammasi olmaydi

Lekin 4300 ta odamdan qanchadir qismi baribir oladi)

Demak bizda murojaatlar soni, mahsulot va murojaatni sotuvga aylantirish kerak

Qani koʻramiz yuqoridagidan qanchasini jamoamiz bilan sotuvga aylantira olarkinmiz

Hozircha 56 tasi bron’ qildi)

@abdulhamidyakubov

Abdulhamid Yoqubov

20 Jul, 16:07


Ko'p sport turlarida har xil belgbog'lar bor

Oq, qora, sariq, qizil ...

Bulardan ikkitasi manga juda ham katta signal, beradi

Qora - qora odatda sport ustasining belbog'i u yilllarda davomida sohibi o'z ustida ishlab shu yergacha yetib kelganini bildiradi

Ikkinchisi oq, oq belbog' uni taqqan odamning yangi narsani 0 dan boshlashga jur'at qilganini bildiradi

Ikki jarayon ham juda murakkab, lekin ikkisi ham qadrli

Siz ham qaysidir sohada hali oq belbog’ sohibi boʻlsangiz boʻshashmang

Ustingizda ishlashdan toʻxtamang

I’m proud of it

Shaxsan oʻzimam boshlavordim 😅, yangi narsa, bir oy boʻldi

@abdulhamidyakubov