Kiberjinoyatchilikdan himoyalanish bo‘yicha tadbir tashkil etildi
Joriy yilning 22-noyabr kuni Toshkent shahar soliq boshqarmasining shaxsiy tarkib xodimlari uchun kiberjinoyatchilk va korrupsiya mavzularida tadbir tashkil etildi.
Tadbirda Ipoteka Bankning “Mehnat” filiali mas'ullari tomonidan bugungi kunda tobora rivojlanib borayotgan kiberjinoyatchilikni oldini olish, kompyuter, telefon kabi texnikalardan xushyorlik va extiyotkorlik bilan foydalanish borasida fikr va mulohazalari hamda kiber resurslardan qanday qilib himoyalanish borasida tushunchalar berildi. Shuningdek, tadbir davomida korrupsiya oyligi doirasida xodimlarga ish jarayonlarida ushbu holatlariga yo'l qo'ymaslik va shu jihatlarga jiddiy e'tiborda bo'lishi zarurligi aytildi.
Toshkent shahar soliq boshqarmasi Axborot xizmati
Telegram | Facebook | Youtube | Instagram