Muhibbb @muhibbullokh Channel on Telegram

Muhibbb

@muhibbullokh


#𝐁𝐢𝐬𝐦𝐢𝐥𝐥𝐚𝐡
— Uch soattan beri bekorchi ma’lumot o’qib, reels ko’rib o’tirgan kishi sut to’kilib ketgan videoni ko’rib “Essiz, isrof”, deya izoh qoldiribdi.

Instagram: instagram.com/muhibbulloh_uz

Audio va video: @Muhibb_Tv

Muhibbb (Uzbek)

Muhibbb kanalini tanishing! Bu kanalda muhabbat, ishq va hayotning eng essiz va isrofli voqealari sizni kutmoqda. Uch soattan beri bekorchi ma'lumot o'qib, reels ko'rib o'tirgan kishi sut to'kilib ketgan videoni ko'rib, "Essiz, isrof" deya izoh qoldiribdi. Agar siz esa hali bu voqealarni kuzata olayotgan bo'lsangiz, to'g'ri manzilga yetib, bu jihoz ustida kuchli hisoblashuvlar ko'rish mumkin. Kanalda eng zamonaviy yangiliklardan bir xabardor bo'ling va muhabbat va ishqning ajoyib dunyasiga tushib keting. Sizga muhibbulloh_uz profilidan yaxshi ko'rishganlaringizni almashishingiz mumkin. Audio va video dasturlarini esa @Muhibb_Tv kanalida topishingiz mumkin. Muhibbb kanalida sizni o'zga hechqaysi ijoyibliklar, ilhomlantiruvchi voqealar va sezilarli hikoyalar kutmoqda. Siz ham Muhibbb jamoasiga qo'shiling va xayrlashishlar, ilhomlantiruvchi voqealar bilan mustaqil hayot sotib oling!

Muhibbb

23 Nov, 04:50


#Najoh

Me:
— Qara, sen bilan 22 yil baxtli hayot kechiribmiz.

U:
— Birgalikda yashayotganimizga endi 4 yil bo’ldi-ku.

Me:
— Shudaa, undan oldin 22 yil baxtda yashaganmiz..

@Muhibbuna

Muhibbb

19 Nov, 17:15


#Manzil

— Bilaman, ko’p narsa so’ramayapsiz! Shunchaki noto’g’ri manzildan so’rayapsiz..

@Muhibbullokh

Muhibbb

18 Nov, 14:19


— Bir kishi ayb qilsa, o’zining yuziga emas, yuzlab kishiga tarqatib yurish @axloqdan emas..

Muhibbb

18 Nov, 05:16


#Shakl

Yangi marralarga erishish yangi odatlarni kasb qilish lozim!

— Agar avval qilib yurgan ishlaringiz (odatlaringiz)ni bajarishda davom etadigan bo’lsangiz, eski natijalarni olaverasiz;
— Hech narsaga o’zgartirish kiritmasangiz, hech narsa o’zgarmaydi ham;

Yangi shaxsiyat shakllanishi uchun yangicha ijobiy odatlar zarur!

@Muhibbullokh

Muhibbb

17 Nov, 15:08


#Oshiq

— Sen shunday bir kitobning muallifasi bo’lgin-ki, undan ko’zini uza olmay mutolaa qiladigan va har qayta o’qiganda yangi ma’nolar kashf qiladigani men bo’lay..

@Muhibbullokh

Muhibbb

16 Nov, 12:17


#Aqlvator

Nimani doimiy takrorlasangiz, shunga erishasiz!

Kundalik odatlaringizda yaxshi yoki tomon tarafga bir foiz og’ish dastlab ahamiyatsiz bo’lib tuyuladi, ammo umr davomida bunday onlar jamlanib kim bo’lib yetilishingizga dastak bo’ladi.

Shunday ekan:
— Hozirda qanchalik muvaffaqiyatli yoki muvaffaqiyatsiz ekaningiz muhim emas;
— Odatlaringiz muvaffaqiyat tomonga elityaptimi yoki yo’qligiga e’tibor qarating;

Muvaffaqiyat hayotda bir marta bo’ladigan hodisa emas, balki kundalik odatlar natijasi, yig’indisidir.

@Muhibbullokh

Muhibbb

16 Nov, 07:00


#Manzil

— Bu shaharda “sen” yo’qsan, “men” ham yo’qman. Chunki “biz” bormiz..

@Muhibbullokh

Muhibbb

15 Nov, 04:09


#Turshak

U:

— Rosti, sizsiz hech qayerga borgim kelmay qolgan, negadir!

Me:
— Nima uchun bunday bo’lsa?

U:
— Sizsiz hamma narsa pullikdek tuyuladi..

@Muhibbuna

Muhibbb

11 Nov, 16:48


#Fano

— Bir kuni janozangizga kelib, qorinlarini to’qlab ketadigan insonlarning gapi bilan yashamang..

Eng katta sinov — iymonga keladigan sinovdir. Rasululloh alayhissalom ham shundan panoh so’raganlar. Gap-so’zlar orqali keladigan sinovlarni “sinov”, deb bo’lamaydi. Ular oyog’ingizga ilashib, maqsadingizga bo’lgan qadamlaringizni sekinlatadigan “zanjirlar” xolos.

@Muhibbullokh

Muhibbb

07 Nov, 15:55


— Metroga chipta olish uchun tartib saqlay olmay, yevropa madaniyatini orzu qilish @axloqdan emas..

Muhibbb

25 Oct, 11:31


#Sohib

— So’zlasam, tinglasang. Tinglasam, so’zlasang.
So’zlovchining finjoni to’la qolsin. Tinglovchiniki bo’shasa ham mayli.
Mohiyat qahvada emas, suhbatta-ku..

@Muhibbullokh

Muhibbb

23 Oct, 10:36


#Fano

Na zamon meniki, na makon mendan,
Ertadan, kechadan, kundan voz kechdim.
Na umr meniki, na bu jon mendan,
Men Seni ko‘ray deb mendan voz kechdim.

@Muhibbullokh

Muhibbb

15 Oct, 12:17


#Ajab

— Ne ajab-ki, bo’lmasang vaqt o’tmaydi, bo’lsang yetmaydi..

@Muhibbullokh

Muhibbb

11 Oct, 03:52


#Dars

— Arab tilida harflarni ikkita qilib o’qilishiga sabab bo’ladigan tashdid
(ّ ) belgisi.

@MuhibAcademy

Muhibbb

09 Oct, 12:32


#Band

Me:
— Seni bir kunda bir marta o’ylayman, shu ham 24 soat vaqtimni oladi-ya..

@Muhibbuna

Muhibbb

09 Oct, 10:07


Assalomu alaykum!

Sizning fikr-mulohazalaringiz biz uchun juda muhim. Arab tilini o'rganish uchun eng samarali usullarni yaratish maqsadida kichik bir so'rovnoma o'tkazmoqdamiz. So'rovnomani to'ldirib, bizga yordam bering!

Havola: So'rovnomani to'ldirish

Javoblaringiz darslarimizni yanada yaxshilashga hissa qo'shadi. Rahmat!

Muhibbb

08 Oct, 12:17


#Mahorat

Tilimizda aytish qiyin bo’lgan so’zlar. Siz ham sinab ko’rsangiz bo’ladi:

1. Sinxrofazotron.
2. Distrubyutor.
3. Gallyutsinatsiya.
4. Meni kechir(ing).
5. Men senga ishonaman.
6. Men seni yaxshi ko’raman.

@Muhibbullokh

Muhibbb

08 Oct, 06:43


#Hubb

— Senga bo’lgan muhabbatimni boshqalar ko’rib, eshitib: “Meni shunchalik sevganlar bo’lmadi”, deb tushkunlikka tushishdi. Aslida, sen va mendek sabrli va kechirimli bo’lish har bir juftlikning qo’lidan keladigan ish..

@Muhibbullokh

Muhibbb

05 Oct, 15:27


#Dard

Sen meni shunchaki yaratganing yo’q,
Shunchaki yashashni men odat qildim.

@Muhibbullokh

Muhibbb

04 Oct, 14:19


#Ochofat

U:
— O’zim ham kitob sotib ololaman, lekin siz olib beradigan kitoblarni o’qigim keladida..

@Muhibbuna

Muhibbb

03 Oct, 11:16


#Mazmun

Yashash — bu juda kam uchraydigan holat. Ko’pchilik shunchaki tirik xolos..

@Muhibbullokh