𝐌𝐈𝐋𝐋𝐈𝐘 𝐒𝐄𝐑𝐓𝐈𝐅𝐈𝐊𝐀𝐓||𝐁𝐄𝐏𝐔𝐋 𝐃𝐀𝐑𝐒𝐋𝐀𝐑 @milliy_sertifikat_esse Channel on Telegram

𝐌𝐈𝐋𝐋𝐈𝐘 𝐒𝐄𝐑𝐓𝐈𝐅𝐈𝐊𝐀𝐓||𝐁𝐄𝐏𝐔𝐋 𝐃𝐀𝐑𝐒𝐋𝐀𝐑

@milliy_sertifikat_esse


Milliy sertifikat olib, òz faningizning mutaxassisi bòlishni xohlasangiz, biz bilan qoling!

Milliy Sertifikat Esselari | Be'pul Darslar (Uzbek)

Milliy sertifikat olib, òz faningizning mutaxassisi bòlishni xohlasangiz, biz bilan qoling! "Milliy Sertifikat Esselari" Telegram kanalimiz sizga be'pul darslar, maqolalar va yordam beradi, jismoniy madaniyat va san'at sohalari ustida malakangizni oshirib, milliy sertifikatga ega bo'lish imkoniyatini yaratadi. Kanalimizda yangi darslar haftada bir marta joylashtiriladi va siz o'z vaqtingizga qulayroq tanishasiz. Bu kanal sizga o'zingizning potensialini maksimal darajada ishlatishda yordam beradi. Agar sizning maqsadingiz o'z faningizda rivojlanish va milliy sertifikat olish bo'lsa, "Milliy Sertifikat Esselari" kanaliga obuna bo'ling va o'z bilim va ko'nikmalaringizni rivojlantiring.

𝐌𝐈𝐋𝐋𝐈𝐘 𝐒𝐄𝐑𝐓𝐈𝐅𝐈𝐊𝐀𝐓||𝐁𝐄𝐏𝐔𝐋 𝐃𝐀𝐑𝐒𝐋𝐀𝐑

23 Nov, 04:23


2-3-noyabrda bòlgan Milliy sertifikat imtihoni natijalari katta ehtimol bilan bugun yoki dushanba kuni èlon qilinadi.

Kanalda bòling, ilk xabarlar shu yerda beriladi.

https://t.me/milliy_sertifikat_esse

𝐌𝐈𝐋𝐋𝐈𝐘 𝐒𝐄𝐑𝐓𝐈𝐅𝐈𝐊𝐀𝐓||𝐁𝐄𝐏𝐔𝐋 𝐃𝐀𝐑𝐒𝐋𝐀𝐑

23 Nov, 03:51


#MS Adabiyot
Yuzung ochkim, quyosh sadqang bo‘lib, boshingdin  aylansun, 
Yangi oy yuz tavoze ko‘rguzub, qoshingdin aylansun.

Ushbu baytda qo’llangan she’riy san’atlarni toping. 
A) talmeh, tanosub
B) tashxis, sa’j 
C) tashbeh, tanosub
D) tanosub, tashxis.

𝐌𝐈𝐋𝐋𝐈𝐘 𝐒𝐄𝐑𝐓𝐈𝐅𝐈𝐊𝐀𝐓||𝐁𝐄𝐏𝐔𝐋 𝐃𝐀𝐑𝐒𝐋𝐀𝐑

22 Nov, 18:50


#MS Grammatika
Tinchlik deya yurak-bag'ri kuyuk eldir bu,
Yaratganning qoshida eng suyuk eldir bu,
O'tmishi ham, ertasi ham buyuk eldie bu,
Menga qanday yashamoqni o'rgatmagil sen!

She'riy parchadagi otlar haqidagi Noto'g'ri mulohazani toping.

A) otlar ega, aniqlovchi, kesim vazifalarida kelishi kuzatilgan.
B) sodda yasama ot uchraydi.
C) sodda otlar kesim vazifasida kelgan.
D) otlarning tuzilishiga ko'ra ikki turi qatnashgan.

𝐌𝐈𝐋𝐋𝐈𝐘 𝐒𝐄𝐑𝐓𝐈𝐅𝐈𝐊𝐀𝐓||𝐁𝐄𝐏𝐔𝐋 𝐃𝐀𝐑𝐒𝐋𝐀𝐑

22 Nov, 11:01


O‘g‘lim, so‘ramasman sendan mol-dunyo,
Uy ham qurib berma, mayli, alomat.
Mayli, ko‘zlarimga bo‘lmagil ziyo,
Yonimda yursang, bas, sog‘-u salomat.

Ushbu she’riy parchadagi vergulning qo‘llanish sabablari haqidagi to‘g‘ri izoh(lar)ni aniqlang.

1. Ushbu she’riy parchada vergul bog‘langan qo‘shma gap qismlari o‘rtasida qo‘llangan.

2. Ushbu she’riy parchada vergul undalmani boshqa gap bo‘laklaridan ajratish uchun qo‘llangan.

3. Ushbu she’riy parchada vergul kiritmalarni boshqa gap bo‘laklaridan ajratish uchun qo‘llangan.

A) 1, 3 B) 2, 3 C) 1 D) 1, 2

𝐌𝐈𝐋𝐋𝐈𝐘 𝐒𝐄𝐑𝐓𝐈𝐅𝐈𝐊𝐀𝐓||𝐁𝐄𝐏𝐔𝐋 𝐃𝐀𝐑𝐒𝐋𝐀𝐑

22 Nov, 08:15


#MS Grammatika
Har uchala gapda ham qatnashgan fe’l shakllarini
aniqlang.

I. Quyosh yuzung ko‘rub yerga yiqildi,
Adoqing tufrog‘ini surma qildi.
II. Lozim siza har tilni biluv ona tilidek,
Bilmakka oni g‘ayrat eting, foida kondir.
III. Qaraysan, yiroqda bir yo‘lchi tanho,
Na ortga burilar, na chiqar sasi.


1) harakat nomi; 2) o‘timsiz fe’l;
3) xabar maylidagi fe’l;
4) III shaxsdagi fe’l; 5) sof fe’l;
6) o‘zlik nisbatdagi fe’l.

A) 1, 3. B) 2, 5
C) 4, 6. D) faqat 5

𝐌𝐈𝐋𝐋𝐈𝐘 𝐒𝐄𝐑𝐓𝐈𝐅𝐈𝐊𝐀𝐓||𝐁𝐄𝐏𝐔𝐋 𝐃𝐀𝐑𝐒𝐋𝐀𝐑

22 Nov, 04:58


She'riy parchaning qofiyasini tahlil qiling va yozing.

Men netib ishqida oqil bõlayu farzona
Kim, parivashlar erur hasratidin devona.

a)Qofiyadosh sõzlardagi raviyni yozing.

b) Qofiyaning qaysi turi shakllantirilgan?

𝐌𝐈𝐋𝐋𝐈𝐘 𝐒𝐄𝐑𝐓𝐈𝐅𝐈𝐊𝐀𝐓||𝐁𝐄𝐏𝐔𝐋 𝐃𝐀𝐑𝐒𝐋𝐀𝐑

21 Nov, 13:01


#ибрат

Финларда биринчи синф

Финландияга кўчиб ўтгач ўғлимни биринчи синфга олиб бордим. Рус анъаналарига мувофиқ уни тайёрладим, ҳар ҳолда биринчи синф.

Мактаб олдида 14 август куни соат 9:00 да йиғилиш керак. Дастлабки шок ҳолатим, ўқувчилар ҳуддики уйда нима кийишса, ўша кийимда келишган. Костюм шим, галстук тақиб, гулчамбар кўтариб олган ўғлим ҳамманинг кўз ўнгида таклиф қилинган санъаткорга ўхшаб қолди.

Ўқитувчини гул билан биздан бошқа ҳеч ким табрикламади. Шарлар, куй-қўшиқлар умуман йўқ. Мактаб директори чиқиб ким қайси синфга боришини айтди ва шу билан бизнинг биринчи сентябрь ниҳоясига етди.

Барча чет элликлар: ҳиндлар, яҳудийлар, руслар, украинлар ва бошқалар бир синфда ўқишади. Дарсни фин ўқитувчи ва уч нафар таржимон олиб боради.

Иккинчи шок: ота-оналардан мактабга тайёргарлик учун ҳеч нарса талаб этилмайди. Мактаб попкасидан тортиб кепкагача мактаб таъминлайди. “Сизнинг фарзандингиз жуда ажойиб, биз у билан тил топишиб кетишимизга ишончим комил” ҳамма ўқитувчининг тилида шу гап.

Ўқитувчиларнинг ягона сўрови фарзандингиз билан етарлича вақт ўтказаяпсизми? Агар жавоб йўқ бўлса, сизни мактаб психологи билан учрашувга таклиф қилишади.

Учинчи шок: ҳамма ўзи нима ейишини мактаб сайти орқали бир кун олдин хабар беради, мусулмонлар чўчқа гўшти емаслиги мумкин, баъзи болаларга ёғли овқат мумкин эмас. Барчасини сиз ўзингиз олдиндан буюртма берасиз.

Форма деган нарса умуман йўқ, ким қандай хоҳласа, шундай кийим кияди. Партада ўтириш умуман мажбурий эмас, бола хоҳласа, гиламда ўтириб ҳам дарс ўтиши мумкин. Асосийси болага қулай бўлса, бўлди. Онасини эмсин, буларнинг ҳаммаси қанча туради, бунга пулим етадими, деган савол миямдан чиқмай қолди?

Тўртинчи шок: ҳаммаси текин, 0 доллар, 0 цент. Эшитяпсанми, Карл, ғирт текин! "Нега бундай?" деган савол билан ўғлимнинг ўқитувчисига мурожаат қилдим.

Унинг жавоби бешинчи шок бўлди.
— Ахир сиз солиқларни тўлаяпсиз-ку, бизда мактаблар мана шу солиқлар ҳисобига сизнинг фарзандларингизни ўқитади.

Мен ўзимнинг чириб кетган коммунистик советча ғояларим билан юрган эканман-да...

©️ Наталья Киреева

Нишонига тегадиган гаплар фақат бизда: @nishondagi_gaplar_tegadi

p.s. Таълимимизга "Фин моделини" киритмоқчи бўлганлар Наталья Киреевани шокка солган ҳолатларни эътиборга олишганми, олишадими!?
60 фоизга янгиланган Олий Мажлис депутатлари ва таълим вазирлиги бу ўйлаб кўришарлар, истасалар албатта...

https://t.me/milliy_sertifikat_esse

𝐌𝐈𝐋𝐋𝐈𝐘 𝐒𝐄𝐑𝐓𝐈𝐅𝐈𝐊𝐀𝐓||𝐁𝐄𝐏𝐔𝐋 𝐃𝐀𝐑𝐒𝐋𝐀𝐑

21 Nov, 11:29


#MS Grammatika
Qaysi gapda nuqtalar o‘rniga so‘z yasovchi, sintaktik shakl yasovchi va lug`aviy shakl yasovchi qo‘shimcha qo‘llanadi.

A) Eshitib va o‘qib o‘rgan… til vositasida amal… oshadi va uning imkoniyatlari chek…dir.

B) Bundan tashqari, til tufayli bil… avloddan avlod… og‘zaki yoki yozma tarzda qoldir…adi.

C) Shuning uchun esi o‘zida xalq, erk… o‘zida davlat til muhofazasi… muhtasham maqsad deb biladi, uni taraqqiy qildir… qayg‘usini bir on unutmaydi.

D) Shu boisdan ham tilga e’tibor berish, uni milliy boy… sifatida sevib-ardoq…sh, boyitish, kelajak nasllarga butun tarovati, zavq-shavqi bilan yet…ish bizning ajdodlar ruhi oldidagi ma’naviy burchimiz hisoblanadi.

𝐌𝐈𝐋𝐋𝐈𝐘 𝐒𝐄𝐑𝐓𝐈𝐅𝐈𝐊𝐀𝐓||𝐁𝐄𝐏𝐔𝐋 𝐃𝐀𝐑𝐒𝐋𝐀𝐑

21 Nov, 10:19


#MS Grammatika
Uyushgan bo‘lak va kiritma qatnashgan bog‘langan qo‘shma gapni aniqlang.

A) Bizning qadimiy va go‘zal diyorimiz nafaqat Sharq, balki jahon sivilizatsiyasi beshiklaridan biri ekanligi, o‘ylaymanki, bugun keng jamoatchilik uchun sir emas.

B) To‘g‘ri, insonning aqli uni yorug‘likka eltadi, lekin bir olim: “Inson aqli bilan atomni kashf etdi va bu bilan eng qabih ishga qo‘l urdi”, − deganida haq edi.

C) Tinchlik bizning eng bebaho va doimiy boyligimizdir, shuning uchun bu uni, albatta, qadrlashimiz kerak, hurmatli
o‘quvchilar.

D)Qiziq, sadaning tagida na qorovul, na rais bor, qizil choynak bilan to‘ntarib qo‘yilgan piyola esa raisning uzoqqa ketmaganini ko‘rsatardi.

𝐌𝐈𝐋𝐋𝐈𝐘 𝐒𝐄𝐑𝐓𝐈𝐅𝐈𝐊𝐀𝐓||𝐁𝐄𝐏𝐔𝐋 𝐃𝐀𝐑𝐒𝐋𝐀𝐑

21 Nov, 03:45


#siz_buni_bilasizmi

O'zbek tilida xatoliklar asosan 4 turga bo'linadi:
1. Imloviy.
2. Punktuatsion.
3. Paronimlik (so'z qo'llash bilan bog'liq uslubiy xatolik).
4. Kelishiklarni noto'g'ri qo'llash bilan bog'liq uslubiy xatolik.

Keling, ularga birma-bir to'xtalib o'tamiz.
1. 👉Imloviy xato - ko'pchilikka ayonki, noto'g'ri yozilgan so'zlar imloviy xatoliklar sirasiga kiradi. Masalan, ilim, mexr va hokazo.
2. 👉Punktuatsion xato - 10 ta tinish belgi bilan bog'liq bo'lgan xatoliklar tushuniladi. Masalan, Bizning qarorimiz shu, hasharda hamma faol qatnashsin. Yuqoridagi gapda shu ko'rsatish olmoshidan keyin ikki nuqta qo'yilishi kerak.
3. 👉Paronimlik (so'z qo'llash bilan bog'liq uslubiy xatolik)- bir so'z o'rnida shu so'z talaffuz va imlo jihatdan yaqin bo'lgan boshqa so'zni qo'llash tushuniladi. Masalan, Men kecha soat 22:00 da uhladim. Ushbu gapda uhlamoq(uh demoq)  va uxlamoq(yotib dam olmoq) so'zlarining ma'nosini ziyrak abituriyent allaqachon anglagan bo'lsa kerak.
4. 👉 Qo'shimchalarni noto'g'ri qo'llash bilan bog'liq uslubiy xatolik - so'zlashuv uslubida juda keng tarqalgan. Masalan, Oyimla uyga o'tiribdila gapini aslida Oyimlar uyda o'tiribdilar tarzida ishlatish maqsadga muvofiq. Yoki "buxoroli yigit" birikmasini "buxorolik yigit" tarzida qo'llashimiz kerak.
❗️❗️❗️Testlarda mana shu jihatlarga asosiy e'tibor berishimiz kerak.
Ayrim testlarda paronimlik xatolik, ayrim testlarda imloviy xatolik, ayrim testlarda esa punktuatsion xatolik so'raladi. Ayrim testlarda ham imloviy, ham punktuatsion xatolik so'raladi. Masalan, "Uning hayoli kimda ekanligini bilmayman" gapini ko'pchilik abituriyentlar e'tiborsizlik natijasida imloviy xatolik deb o'ylashadi.(Ayrim o'quvchilarimdan nega bu tarzda javob berdingiz deb so'rasam, -Ustoz xayoli so'zi xato yozilgan-ku deya javob berishadi).
Aslida "o'y" ma'nosida chuqur til orqa( ya'ni 'X') yozilishi to'g'ri. AMMO SHUNI YODDA TUTISHIMIZ KERAKKI, IMLOVIY XATOLIKKA HISOBLASHIMIZ UCHUN, O'ZBEK TILIDA SIZ IMLOVIY XATO DEB HISOBLAYOTGAN SO'ZNING YOZILISHI UMUMAN MAVJUD BO'LMASLIGI LOZIM. Vaholanki, hayoli (ibo, iffat) so'zining yozilish holati (garchi ma'nosi to'g'ri kelmasa ham) mavjud. Shuning uchun bu so'z paronimlarni xato qo'llash bilan bog'liq uslubiy xatolik sirasiga kiradi.
Ukam sher yodlash maxsadida kitob sotib oldi gapida ham imloviy xatolik, ham punktuatsion xatolik mavjud.
Men ilim olishga qiziqaman gapida esa ilim so'zi imloviy xatolik sirasiga kiradi, boisi ilim degan so'zning yozilish holati o'zbek tilida uchramaydi.

Yaqinlarga ulashib qo'ying! Endi siz bu bo'yicha xato qilishga haqli emassiz

https://t.me/milliy_sertifikat_esse

𝐌𝐈𝐋𝐋𝐈𝐘 𝐒𝐄𝐑𝐓𝐈𝐅𝐈𝐊𝐀𝐓||𝐁𝐄𝐏𝐔𝐋 𝐃𝐀𝐑𝐒𝐋𝐀𝐑

21 Nov, 03:09


🔥 "Tur va yana harakatlan!"

Har bir inson hayotida bir vaqt kelib to‘xtab qoladi. Sababi nima bo‘lishidan qat'i nazar — charchoq, qo‘rquv yoki muvaffaqiyatsizlik. Ammo shuni unutmang: to‘xtash — bu yutqazish emas, balki nafas olish imkoniyatidir.

🔑 Nima uchun harakat qilish kerak?

1. Harakat hayotni o‘zgartiradi. Hatto kichik qadamlar ham yirik natijalarga olib keladi.


2. Qaytadan boshlash uchun hech qachon kech emas. Agar yiqilgan bo‘lsangiz, yana turish qo‘rquvdan kuchliroq bo‘lsin.


3. Harakatda baraka bor! Sizning har bir urinishingiz sizni kuchliroq qiladi.



✍️ Bugun o‘zingiz uchun qadam tashlang:

Orzularingizni eslang.

Ularni amalga oshirish uchun kichikroq bo‘lsa-da, bir qadam qo‘ying.

Asosiysi, o‘ziga ishonchni yo‘qotmang!


Esingizda bo‘lsin, harakatda davom etish muvaffaqiyat kalitidir. Bugun to‘xtab qolmang, ertangi kuningiz uchun bir qadam tashlang.

Tur va yana harakatlan! Sen bunga qodirsan!

https://t.me/milliy_sertifikat_esse

𝐌𝐈𝐋𝐋𝐈𝐘 𝐒𝐄𝐑𝐓𝐈𝐅𝐈𝐊𝐀𝐓||𝐁𝐄𝐏𝐔𝐋 𝐃𝐀𝐑𝐒𝐋𝐀𝐑

20 Nov, 18:03


BOYLIK TURLARI...

♻️ Ijtimoiy boylik: Yaxshi ijtimoiy aloqalar, yaqin do'stlar va mustahkam oila.

🏆 Sog'lik boyligi: Jismoniy va ruhiy sog'lik.

Vaqt boyligi: O'z qiziqishlariga, oilasiga va dam olishga yetarlicha vaqt ajrata olish.

🧳 Tajribaviy boylik: Hayotda turli tajribalarga ega bo'lish, sayohatlar, yangi ko'nikmalar o'rganish.

🏄‍♂️ Emotsional boylik: Pozitiv emotsiyalar, ijobiy hissiyotlar va stressdan xoli bo'lish.

https://t.me/milliy_sertifikat_esse

𝐌𝐈𝐋𝐋𝐈𝐘 𝐒𝐄𝐑𝐓𝐈𝐅𝐈𝐊𝐀𝐓||𝐁𝐄𝐏𝐔𝐋 𝐃𝐀𝐑𝐒𝐋𝐀𝐑

20 Nov, 17:46


Live stream finished (1 hour)

𝐌𝐈𝐋𝐋𝐈𝐘 𝐒𝐄𝐑𝐓𝐈𝐅𝐈𝐊𝐀𝐓||𝐁𝐄𝐏𝐔𝐋 𝐃𝐀𝐑𝐒𝐋𝐀𝐑

20 Nov, 17:25


Grammatika darsimizda siz bilan betakror ustozingiz
GULCHIROY TURDALIYEVA

𝐌𝐈𝐋𝐋𝐈𝐘 𝐒𝐄𝐑𝐓𝐈𝐅𝐈𝐊𝐀𝐓||𝐁𝐄𝐏𝐔𝐋 𝐃𝐀𝐑𝐒𝐋𝐀𝐑

20 Nov, 17:23


Muhayyoxonga tashakkur! Ilmingiz ziyoda bòlsin!🫶

𝐌𝐈𝐋𝐋𝐈𝐘 𝐒𝐄𝐑𝐓𝐈𝐅𝐈𝐊𝐀𝐓||𝐁𝐄𝐏𝐔𝐋 𝐃𝐀𝐑𝐒𝐋𝐀𝐑

20 Nov, 17:15


30 A

𝐌𝐈𝐋𝐋𝐈𝐘 𝐒𝐄𝐑𝐓𝐈𝐅𝐈𝐊𝐀𝐓||𝐁𝐄𝐏𝐔𝐋 𝐃𝐀𝐑𝐒𝐋𝐀𝐑

20 Nov, 17:11


29 A. A