Latest Posts from Feruza Madrakhimova (@fmadraximova) on Telegram

Feruza Madrakhimova Telegram Posts

Feruza Madrakhimova
Urganch davlat pedagogika instituti rektori
@FeruzaMadraximova_bot
1,204 Subscribers
4,506 Photos
374 Videos
Last Updated 26.02.2025 15:21

The latest content shared by Feruza Madrakhimova on Telegram


#qutlov

Urganch davlat universiteti rektori Bahrom Ismoilovich Abdullayev O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Fan, taʼlim va sog‘liqni saqlash masalalari qo‘mitasi raisi etib saylandi.

Urganch davlat pedagogika instituti jamoasi nomidan Bahrom Ismoilovichni chin dildan tabriklaymiz. Kelgusi faoliyatiga mavaffaqiyat va zafarlar tilaymiz!


©️Urganch davlat pedagogika instituti matbuot xizmati

🌐 Sayt Telegram💬Facebook
🌐 Instagram 🎞 YouTube

Tarbiya - baxtda bezak, baxtsizlikda himoya.

Aristotel


🌐
@fmadraximova

🇺🇿🇺🇿🇺🇿🥰

#Oʻzbekiston_24 | #Maxsus_reportaj

Urganch davlat pedagogika instituti tomonidan “Globallashuv sharoitida pedagogika sohasidagi tadqiqotlar: muammo va yechimlar” mavzusida o'tkazilgan xalqaro ilmiy-amaliy anjuman "O'zbekiston 24" telekalining "Maxsus reportaj" dasturi orqali batafsil yoritildi.

©️Urganch davlat pedagogika instituti matbuot xizmati
🌐 Sayt Telegram💬Facebook 🌐 Instagram 🎞 YouTube

#Xalqaro_anjuman | #Badiiy_qism

Xalqaro anjuman yakunlangach, xorijlik mehmonlar uchun Musiqiy ta'lim yo'nalishidagi professor-o'qituvchilar va talabalar ijrosida konsert dasturi tashkil etildi.

©️Urganch davlat pedagogika instituti matbuot xizmati

🌐Web-sayt Telegram💬Facebook 🌐Instagram  🎞 YouTube

#Xalqaro_konferensiya

Urganch davlat pedagogika instituti tomonidan “Globallashuv sharoitida pedagogika sohasidagi tadqiqotlar: muammo va yechimlar” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy anjuman oʻtkazildi.

🎤 Rossiyaning Dogʻiston davlat pedagogika universiteti Oʻquv ishlari boʻyicha prorektori Ibragim Dibirov intervyusi

©️Urganch davlat pedagogika instituti matbuot xizmati
🌐Web-sayt Telegram💬Facebook 🌐Instagram  🎞 YouTube

#Xalqaro_anjuman | #Badiiy_qism

Xalqaro anjuman yakunlangach, xorijlik mehmonlar uchun Musiqiy ta'lim yo'nalishidagi professor-o'qituvchilar va talabalar ijrosida konsert dasturi tashkil etildi.

©️Urganch davlat pedagogika instituti matbuot xizmati

🌐Web-sayt Telegram💬Facebook 🌐Instagram  🎞 YouTube

#Xalqaro_konferensiya | #taqdirlash

Xalqaro ilmiy-amaliy anjuman yakunida Turkiyaning Bartin universiteti rektori Orhan Uzun, Rossiyaning Dogʻiston davlat pedagogika universiteti prorektori Ibragim Dibirov va Glazovsk davlat injener-pedagogika universiteti prorektori Yekaterina Kalininalarga Urganch davlat pedagogika institutining "Faxriy professori" unvonlari topshirildi.

Shuningdek, boshqa xorijiy va mahalliy mehmonlarga xalqaro anjumanda faol ishtiroki uchun tashakkurnomalar taqdim etildi.

©️Urganch davlat pedagogika instituti matbuot xizmati
🌐Web-sayt Telegram💬Facebook 🌐Instagram  🎞 YouTube

Sport - sogʻlik garovi!

🤩 UrDPIda professor-oʻqituvchilar va xodimlar ishtirokida sport musobaqalari tashkil etildi

Bugun, 2-noyabr kuni Urganch davlat pedagogika instituti kasaba uyushmasi tomonidan professor-o‘qituvchilar va xodimlardan iborat jamoalar oʻrtasida sport musobaqalari tashkil etildi. Musobaqada ayollar oʻrtasida volleybol, erkaklar oʻrtasida futbol oʻyinlari tarzida oʻtkazildi. Natijalar boʻyicha gʻolib jamoalarni institut rektori Feruza Madraximova taqdirladi.

Erkaklar oʻrtasida oʻtkazilgan futbol musobaqalari natijasi quyidagicha:

🥇1-oʻrin: Aniq va amaliy fanlar fakulteti;
🥈2-oʻrin: Filologiya va tarix fakulteti;
🥉3-oʻrin: UrDPI akademik litseyi
.

Ayollar oʻrtasida oʻtkazilgan voleybol musobaqalari natijasi quyidagicha:

🥇1-oʻrin: Boshlangʻich taʼlim fakulteti;
🥈2-oʻrin: Rektorat jamoasi;
🥉3-oʻrin: Pedagogika fakulteti
.

Gʻolib jamoalarni bugungi gʻalabalari bilan samimiy muborakbod qilamiz!

©️Urganch davlat pedagogika instituti matbuot xizmati
🌐Web-sayt Telegram💬Facebook 🌐Instagram  🎞 YouTube

📣 EʼLON!

🤩 Urganch davlat pedagogika institutida dars mashgʻulotlarining vaqtlari oʻzgartilmoqda

Ayni kunlarda kuz-qiz mavsumi sababli kunlar qisqarib, qorong'u tushayotganligi hamda oʻquv jarayonlarining ikki smenada tashkil qilinganligi munosabati bilan talaba-yoshlarga yanada qulaylik yaratish maqsadida joriy yilning 4-noyabr, dushanba kunidan boshlab UrDPIda dars mashg'ulotlari ertalab 8:30 dan boshlanadi.

Dars mashgʻulotlarining vaqtlari birinchi smena uchun quyidagicha tashkil qilinadi:

1-para: 8:30-9:50
2-para: 10:00-11:20
3-para: 11:30-12:50


Dars mashgʻulotlarining vaqtlari ikkinchi smena uchun quyidagicha tashkil qilinadi:

1-para: 13:00-14:20
2-para: 14:30-15:50
3-para: 16:00-17:20


©️Urganch davlat pedagogika instituti matbuot xizmati
🌐 Sayt Telegram💬Facebook 🌐 Instagram 🎞 YouTube