Neueste Beiträge von Feruza Madrakhimova (@fmadraximova) auf Telegram

Feruza Madrakhimova Telegram-Beiträge

Feruza Madrakhimova
Urganch davlat pedagogika instituti rektori
@FeruzaMadraximova_bot
1,204 Abonnenten
4,506 Fotos
374 Videos
Zuletzt aktualisiert 26.02.2025 15:21

Ähnliche Kanäle

Manaviyat.edu.uz
64,211 Abonnenten

Der neueste Inhalt, der von Feruza Madrakhimova auf Telegram geteilt wurde.


#Yil_sarhisobi | #taqdirlash

🤩 Urganch davlat pedagogika institutida yil sarhisobiga bagʻishlangan tadbirda institut rektori Feruza Madraximova oʻtayotgan yil sarhisobi va kelgusi yil vazifalari xususida nutq soʻzladi.

Tadbirda yil davomida oʻz iqtidorini namoyon etgan talabalar va nomdor Davlat stipendiyasi boʻlgan talabalar va ularning Ota-onalari rektor tashakkurnomasi bilan taqdirlandilar.

**Davomi keyingi postda

©️Urganch davlat pedagogika instituti matbuot xizmati
🌐Web-sayt Telegram💬Facebook 🌐Instagram  🎞 YouTube

#Yil_sarhisobi | #Badiiy_qism

🤩 Urganch davlat pedagogika institutida yil sarhisobiga bagʻishlangan tadbirda institut rektori Feruza Madraximova oʻtayotgan yil sarhisobi va kelgusi yil vazifalari xususida nutq soʻzladi. Tadbirda yil davomida samarali mehnat qilgan bir guruh professor-oʻqituvchilar va xodimlar taqdirlandilar.

Tadbir yakunida institutning Musiqa taʼlimi yoʻnalishi professor o‘qituvchilari va talabalari tomonidan konsert dasturi namoyish etildi. Barchaga bayramona koʻtarinki kayfiyat ulashildi.

#Boshi_avvalgi_postlarda

©️Urganch davlat pedagogika instituti matbuot xizmati
🌐Web-sayt Telegram💬Facebook 🌐Instagram  🎞 YouTube

#Yil_sarhisobi | #taqdirlash

🤩 Urganch davlat pedagogika institutida yil sarhisobiga bagʻishlangan tadbirda institut rektori Feruza Madraximova oʻtayotgan yil sarhisobi va kelgusi yil vazifalari xususida nutq soʻzladi. Shuningdek, yil davomida samarali mehnat qilgan bir guruh texnik xodimlar taqdirlandilar.

**Davomi keyingi postda

©️Urganch davlat pedagogika instituti matbuot xizmati
🌐Web-sayt Telegram💬Facebook 🌐Instagram  🎞 YouTube

“Tamaddun, madaniyat va ma’rifat” g‘oyasi ostida ziyolilar forumi bo‘lib o‘tmoqda

Joriy yilning 3-15 dekabr kunlari Respublikamiz bo’ylab ma’naviy-ma’rifiy targ’ibot tadbirlari bo‘lib o‘tmoqda. Bugun, 4-dekabrda “Ma’rifat karvoni” loyihasining bir guruh respublika ziyolilardan iborat aʼzolari Xorazm viloyatiga yetib keldilar.

Mehmonlar ishtirokida Urganch davlat universiteti Madaniyat saroyida “Yangi O‘zbekistonda diniy-ma’rifiy sohada amalga oshirilayotgan islohatlar va bunyodkorlik ishlari” mavzusida ziyolilar forumi tashkil etildi. Forumda viloyat imom-xatiblari, mahalla oqsoqollari, ijodkor shoir va yozuvchilar ishtirok etishdi. Tadbirda Urganch davlat pedagogika instituti rektori Feruza Madraximova ishtirok etdi. Forumni Xorazm viloyati hokimi o‘rinbosari San'atbek Salayev ochib berdi.

Forum kunning ikkinchi yarmida “Yangi O‘zbekiston – islohotlar falsafasi” mavzusidagi anjuman bilan davom etadi.

©️Urganch davlat pedagogika instituti matbuot xizmati
🌐Web-sayt Telegram💬Facebook 🌐Instagram  🎞 YouTube

🌦🍁 Urganch davlat pedagogika institutida kuz yomg'iri

©️Urganch davlat pedagogika instituti matbuot xizmati
🌐Web-sayt Telegram💬Facebook 🌐Instagram  🎞 YouTube

Urganch davlat pedagogika instituti Kengashining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

Bugun, 28-noyabr sanasida Urganch davlat pedagogika instituti Kengashining navbatdagi 4-sonli majlisi bo‘lib o‘tdi. Unda institut rektori, Kengash raisi Feruza Madraximova hamda kengash aʼzolari ishtirok etdilar.

Kengash avvalida Oliy attestatsiya komissiyasining xulosasiga ko‘ra ilmiy daraja va ilmiy unvon olgan professor-o‘qituvchilarga diplomlar topshirildi.

Kengash davomida “2024-yil — Yoshlar va biznesni qo‘llab-quvvatlash yili” davlat dasturining institutdagi ijrosi, “4+2” dasturi asosida amaliyotlarning tashkil etilish jarayonlari, mustaqil izlanuvchilikka va tayanch doktoranturaga qabul yakunlari hamda sohaga oid boshqa qator masalalar yuzasidan hisobot va axborotlar tinglandi.

©️Urganch davlat pedagogika instituti matbuot xizmati
🌐Web-sayt Telegram💬Facebook 🌐Instagram  🎞 YouTube

#talabaga_qulaylik

🤩 Talabalar turar joyining bir qavati amaliy va tasviriy san’at ixlosmandlari uchun ajratildi.

Urganch davlat pedagogika instituti rahbariyati talaba-yoshlarga yanada qulaylik yaratish maqsadida Talabalar turar joyining pastki qavatini amaliy va tasviriy san’at ixlosmandlari uchun ajratdi.

Ushbu qavatda Tasviriy san’at va muhandislik grafikasi yo‘nalishi talabalarining ijodiy ishlari ko‘rgazmalari “Galereya”si, o‘quv xonalari, “Laboratoriya” xonalari, “Amaliy san’at va tasviriy san’at muzey”i o‘rin olgan, shuningdek, tasviriy san’atga qiziquvchi yoshlar uchun “Hayot — ranglarda” to‘garak xonalari tashkil etilgan.

©️Urganch davlat pedagogika instituti matbuot xizmati

🌐Web-sayt Telegram💬Facebook 🌐Instagram  🎞 YouTube

O'quv va ilmiy faoliyat bo'yicha yig'ilish o'tkazildi

Urganch davlat pedagogika instituti rektori tomonidan o'quv faoliyat, ta'lim sifati, talabalarning amaliyot jarayonlari hamda doktorantura va mustaqil izlanuvchilikka qabul jarayonlarining yakuni bo'yicha yig'ilish o'tkazildi.

©️Urganch davlat pedagogika instituti matbuot xizmati
🌐Web-sayt Telegram💬Facebook 🌐Instagram  🎞 YouTube

#uchrashuv

🤩 UrDPIda serqirra ijodkor, telejurnalist, tarjimon, yozuvchi, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi Nur Ahmad va yoshlar uchrashuvi bo‘lib o‘tdi

Bugun Urganch davlat pedagogika institutida Xorazm vohasidan yetishib chiqqan taniqli telejurnalist, serqirra ijodkor, tarjimon va yozuvchi, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi Nur Ahmad va yoshlarning ijodiy uchrashuvi boʻlib oʻtdi.

Uchrashuvni institut rektori Feruza Madraximova ochib berdi hamda bugungi kunda Yangi Oʻzbekistonimizda ilm va ijodga qaratilayotgan eʼtibor va islohotlar borasida oʻz fikr-mulohazalarini bildirib, bu borada ijodkorlar va yoshlar uchrashuvlarini tashkil qilish ham alohida ahamiyatga ega ekanligini taʼkidladi.

Uchrashuv davomida ijodkorning hayot va ijod yoʻllari, "Oyning oʻn beshi" asarining mazmun-mohiyati, yozilish tarixi xususida fikr-mulohazalar bildirildi.

Ijodiy uchrashuvda, shuningdek, Oʻzbekiston yozuvchilar uyushmasi viloyat boʻlimi rahbari Gavhar Ibodullayeva, uyushma aʼzolari Qurbon Muhammadrizo, Abdulla Sobirov, telejurnalist Umarbek Shomurodov, Xorazm maqomlarining mohir ijrochisi, xonanda Gulbahor Jumaboyeva va boshq bir qator elimiz ardogʻidagi insonlar ishtirok etib, soʻzga chiqdilar.

©️Urganch davlat pedagogika instituti matbuot xizmati
🌐 Sayt Telegram💬Facebook 🌐 Instagram 🎞 YouTube

Rektor TTJdagi talabalar bilan muloqot qildi

Bugun Urganch davlat pedagogika instituti rektori Feruza Madraximova Talabalar turar joyidagi yoshlar bilan muloqot qilib, ularning sharoitlari bilan tanishdi. Talabalar bilan birga kechki ovqat tanovul qildi va ularning fikr-mulohazalarini tingladi.

©️Urganch davlat pedagogika instituti matbuot xizmati


🌐 Sayt Telegram 💬Facebook
🌐 Instagram 🎞 YouTube