Blockchain Texno @blockchaintexno Channel on Telegram

Blockchain Texno

@blockchaintexno


O'zbekistonda birinchi Bitcoin, kripto-aktivlar va blockchain texnologiyalar haqidagi OAV.

Blockchain Texno axborot berish bilan chegaralanadi. Nashr hech qanday moliyaviy investitsiya asoslariga ega emas.

Aloqa: [email protected]

Blockchain Texno (Uzbek)

Blockchain Texno Telegram kanalini salomlashamiz! Bu O'zbekistonda birinchi Bitcoin, kripto-aktivlar va blockchain texnologiyalar haqidagi OAV. Kanalimiz orqali siz kriptovalyuta va blockchain sohasidagi eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'lishingiz mumkin. Agar siz blockchain texnologiyalari va kripto-aktivlardagi yangiliklardan xabardor bo'lishni istasangiz, bizning kanalimiz siz uchun. Biz qat'iyat bilan moliyaviy investitsiyalardan gapirmaymiz, ammo yangiliklar va texnologiyalar haqida ma'lumotlar taqdim etamiz. Agar sizda savollar bo'lsa, [email protected] pochtasiga murojaat qilishingiz mumkin. Sizni kanalimizda ko'rishni unutmang, yangiliklar bilan doimiy xabardor bo'lishingiz uchun kanalimizga obuna bo'ling.

Blockchain Texno

16 Nov, 10:57


Birjalarda Bitcoin zaxiralari 2018-yilning noyabridan beri eng past darajaga tushdi. Bu holat, bozordagi taklifni keskin kamaytirib, sotib olish bosimini kuchaytiradi. Tezkor sotuvga chiqariladigan Bitcoinlar kamaygan sari, talab oshishi mumkin, bu esa narxlarning ko‘tarilishiga olib kelishi ehtimolini kuchaytiradi.

Bizni kuzatib boring !!!
YouTube | Instagram | Website | Donate

Blockchain Texno

16 Nov, 09:31


XRP tokeni narxi 2,5 yil ichida birinchi marta 1 dollardan oshdi!

Bizni kuzatib boring !!!
YouTube | Instagram | Website | Donate

Blockchain Texno

16 Nov, 07:30


📈 Kripto-aktivlar narxi sezilarli ravishda oshmoqda.

Bizni kuzatib boring !!!
YouTube | Instagram | Website | Donate

Blockchain Texno

15 Nov, 20:03


Agar AQSh Bitcoinni o‘zining strategik zaxiralariga kiritadigan bo‘lsa, uning narxi 500 000 dollarga yetishi mumkin, deb aytmoqda tahlilchilar.

So‘nggi statistik ma’lumotlarga ko‘ra, institutsional investorlarning 57 foizi kripto aktivga investitsiyalarini oshirishni rejalashtirgan.

Bundan tashqari, Donald Tramp o‘zining kelajakdagi ma’muriyatida kripto aktivni qo‘llab-quvvatlovchi shaxslarni tayinlayotgani haqida ma’lumotlar tarqalmoqda.

Bizni kuzatib boring !!!
YouTube | Instagram | Website | Donate

Blockchain Texno

15 Nov, 15:19


🪙 Elon Muskning Dogecoinni manipulyatsiya qilgani bo‘yicha sud jarayoni yakunlandi.

Dogecoin sarmoyadorlarining sud ishidan voz kechishi bilan Elon Muskga nisbatan manipulyatsiya ayblovlari bo‘yicha sud jarayoni tugatildi. Sarmoyadorlar Muskni Dogecoin narxini ataylab manipulyatsiya qilishda ayblashgan edi.

Sud jarayonining tugashi Dogecoin va boshqa kriptovalyutalar atrofidagi spekulyatsiyalarni kamaytirishi va narxlarning oshishiga olib kelishi mumkin. Shuningdek, bu Elon Muskning moliyaviy innovatsiyalarga e'tiborini yanada oshirish imkonini beradi.

Bizni kuzatib boring !!!
YouTube | Instagram | Website | Donate

Blockchain Texno

15 Nov, 09:44


☄️ Major tokenining Bybit birjasida listing bo‘lishi e’lon qilindi. Shu bilan birga, bu token avvalroq OKX va Bitget birjalarida ham listing qilinishi e'lon qilingan.

Bizni kuzatib boring !!!
YouTube | Instagram | Website | Donate

Blockchain Texno

15 Nov, 08:17


SEC raisi Gari Gensler SECni tark etishi mumkinligi haqida xat yozib qoldirdi.

Xatda u, SEC va AQSh hukumati uchun qilgan xizmatlarini eslab, barcha SEC xodimlarga ham minnatdorchilik bildirgan.

Shuningdek, AQShning 18 ta shtat prokurorlari AQSh kongressi respublikachilar bilan birga AQSh Qimmatli qog‘ozlar birja komissiyasi raisi Gary Gangslar va boshqa komissarlarga nisbatan ish ochdi.

Aniqlanishicha, Gary Gangsler kripto aktivlarni tartibga solishdan haddan oshib ketib, bir qator AQSh qonunchiligini buzgan.

Bizni kuzatib boring !!!
YouTube | Instagram | Website | Donate

Blockchain Texno

15 Nov, 07:54


#Qiziqarli_fakt

Dogecoin yaratuvchisi Billy Markus (internet taxallusi "Shibetoshi Nakamoto") 2015-yilda o'zidagi barcha Dogecoinlarni 10 ming dollarga sotib yuborgan edi.

U Twitter'da 2021-yilda bu haqda yozib, bu pullarga Honda Civic avtomobili sotib olganini aytgan.

Hozirda Dogecoin bozor kapitallashuvi (54,2 milliard dollar) butun boshli Hondo kompaniyasidan (40.23 milliard dollar) qimmat turadi.

Bizni kuzatib boring !!!
YouTube | Instagram | Website | Donate

Blockchain Texno

15 Nov, 06:15


🪙DOGE kapitali 53 milliard dollarga yetib ayni vaqtda S&P 500 indeksidagi ba'zi yirik kompaniyalarning kapitalidan oshib ketdi.

DOGE allaqachon Volkswagen, Ford, Adidas va Nasdaq'ni ortda qoldirgan.

Bizni kuzatib boring !!!
YouTube | Instagram | Website | Donate

Blockchain Texno

14 Nov, 15:47


🪙 Davomli ravishda narxi oshib turgan Bitcoinning narxi tushishni boshladi.

Bizni kuzatib boring !!!
YouTube | Instagram | Website | Donate

Blockchain Texno

14 Nov, 12:46


📣 Hurmatli obunachilar!

🥳 Bu safar o'zbek fond bozorida anchadan buyon faoliyat yuritib kelayotgan, shuningdek, katta muvaffaqiyatga erishgan, tajribali investor bilan suhbat o'tkazdik!

🎥 Quyida siz mahalliy fond bozordagi holat va mutaxasisimizning tajribalari bilan yaqindan tanishishingiz mumkin!

https://www.youtube.com/watch?v=8kvcqR-hrS0

Blockchain Texno

14 Nov, 09:14


Pepe memetokeni narxi kecha Robinhood platformasi va Coinbase birjasida listing qilishini e'lon qilinganidan beri, 70 foizdan oshiqqa o'sdi.

Bizni kuzatib boring !!!
YouTube | Instagram | Website | Donate

Blockchain Texno

14 Nov, 09:06


📊 Yirik altcoinlarda qo‘rquv va ochko‘zlik indeksi:

SOL, XRP va DOGE tokenlari haddan tashqari ochko‘zlik zonasida harakat qilmoqda. Bu hodisa ehtiyotkorlikka chorlovchi signal bo‘lishi mumkin.

Bizni kuzatib boring !!!
YouTube | Instagram | Website | Donate

Blockchain Texno

14 Nov, 08:32


Britaniya hukumati shu oyda kripto-industriyani tartibga solish rejasini e'lon qilishni rejalashtirmoqda. Hukumat Tramp saylovda g'alaba qozonganidan so'ng, mahalliy IT va kripto startaplar AQShga ko'chib ketishidan xavotirda.

Avvalo, staking faoliyatini tartibga solish va stablecoinlardan foydalanishga ruxsat berish rejalashtirilgan.

Bizni kuzatib boring !!!
YouTube | Instagram | Website | Donate

Blockchain Texno

14 Nov, 05:30


Yirik investorlar birjalarga katta miqdorda USDT o'tkazishda davom etishmoqda. So‘nggi 24 soat ichida Kraken, Bitfinex va boshqa kriptobirjalarga qariyb 1,25 milliard USDT yuborilgan.

Bizni kuzatib boring !!!
YouTube | Instagram | Website | Donate

Blockchain Texno

13 Nov, 18:59


🚀 Bitcoin bozor kapitallashuvi 1,84 trillion dollarga yetib, bu bo'yicha Saudiya Arabistonidagi eng yirik neft kompaniyasi Saudi Aramconi ortda qoldirdi.

Bizni kuzatib boring !!!
YouTube | Instagram | Website | Donate

Blockchain Texno

13 Nov, 18:44


📈 Trumpning g‘alabasidan so‘ng Bitcoin narxi 25 foizga ko‘tarilib, 93 000 dollarlik yangi tarixiy cho‘qqiga yetdi. Ammo bu o‘sishning chegarasi bor, chunki kripto bozorida jiddiy tuzatishlar amalga oshishi bilan narxlar tushishi holati doimo kuzatiladi. Bunga tayyor turish kerak.

Kripto aktivlarda katta o‘sish salohiyati doim bo‘lgan. Masalan, 2016-yilda Ethereum (ETH)ga kiritilgan 500 dollarlik sarmoya bugungi kunda taxminan 800 000 dollarga yetgan bo‘lardi. Shunga o‘xshab, 2020-yilda Solana (SOL)ga kiritilgan 500 dollar bugun 260 000 dollarga, 2021-yilda Avalanche (AVAX)ga sarflangan 500 dollar esa taxminan 390 000 dollarga yetgan bo‘lar edi.

Bu misollar shuni ko‘rsatadiki, kripto bozorida yuqori o‘sish imkoniyatlariga ega bo‘lgan yangi loyihalar hali ham mavjud. Bunday loyihalarni topish uchun esa tajriba va chuqur texnik bilimlar talab qilinadi. Shuningdek, yangiliklarni kuzatish va asosiy tendensiyalarni anglash muhim rol o‘ynaydi. Xabarlarni doim kuzatib boring.

Bizni kuzatib boring !!!
YouTube | Instagram | Website | Donate

Blockchain Texno

13 Nov, 18:36


🪙 Bitcoin narxi qisqa muddatga 93000 dollardan oshdi. Bu yangi rekord.

Bizni kuzatib boring !!!
YouTube | Instagram | Website | Donate

Blockchain Texno

13 Nov, 14:41


Ba'zi bozor tahlilchilar fikricha, Bitcoin 90 000 dollardan yuqori qarshilik zonasida uzoq vaqt turib bera olmaydi.

Sababi CNBC kabi mashhur media nashrlar Bitcoin narxi 90 000 dollarlik narxni buzib o'tganini dunyoga jar solishmoqda. Bu Bitcoin uchun yomon belgidir.

Bizni kuzatib boring !!!
YouTube | Instagram | Website | Donate

Blockchain Texno

12 Nov, 15:48


Bitcoin bozor kapitallashuvi bo'yicha kumush (Silver) ortda qoldirib, dunyodagi 8-eng qimmat aktiv bo'lib oldi.

Hozirda Bitcoinning bozor kapitallashuvi 1,73 trillion dollarga baholanmoqda. Bozor kapitallashuvini hisoblashda Bitcoinlarning hozirda mavjud umumiy soni (19,78 million) joriy Bitcoin narxiga (86 850 dollar) ko'paytiriladi.

Bozor kapitallashuvi bo'yicha eng qimmat aktiv 17,57 trillion dollar bilan hali ham oltin bo'lib turibdi.

Bizni kuzatib boring !!!
YouTube | Instagram | Website | Donate

Blockchain Texno

12 Nov, 14:52


🩸Oxirgi 24 soat ichida markazlashgan birjalarda 582,5 million dollar qiymatidagi ''buy'' va 487,2 millon dollar qiymatidagi ''sell'' pozitsiyalari likvidatsiya bo'ldi.

Bitcoin narxini hozirda 86 400 dollarni tashkil qilib, qoldirib ketgan FVG (Fair Value Gap) zonalari to'ldirish uchun qaytmoqda.

Bizni kuzatib boring !!!
Telegram | Instagram |Website

Blockchain Texno

12 Nov, 13:26


🚀 Kriptopediya: Kripto va Blokcheyn bilimlariga oson yo‘l

Kanalimizga obuna bo'ling va videoni tomosha qiling. Fikr va savollaringizni kutamiz! 🙌

🔗 Link:https: www.youtube.com/watch?v=R57Ct0vfCaM

#kriptopediya

Bizni kuzatib boring !!!
YouTube | Instagram | Website | Donate

Blockchain Texno

12 Nov, 13:05


Kecha kechqurun Binance birjasida ToTheMoon ismli Short pozitsiyadagi treydir 15,7 million dollarlik pozitsiyasi likvidatsiyaga uchrab, yo'q bo'lib ketdi.

Bizni kuzatib boring !!!
YouTube | Instagram | Website | Donate

Blockchain Texno

12 Nov, 10:30


🇺🇸 ETFga kirgan pul oqimlari: 11-noyabr kuni taxminan 12,622 BTC va 31,552 ETH sotib olindi.

BTC ETF-larida $1,12 milliard kirim kuzatildi.

ETH ETF-larida esa $294,9 million kirim kuzatildi.

Bizni kuzatib boring !!!
YouTube | Instagram | Website | Donate

Blockchain Texno

12 Nov, 05:19


🪙 Bitcoin narxi 89000 dollardan oshib o'z rekordini yangiladi. Ayni vaqtda esa 88600 dollardan sotilmoqda.

Bizni kuzatib boring !!!
YouTube | Instagram | Website | Donate

Blockchain Texno

12 Nov, 02:31


📊 Binance va Coinbase birjalari spot BTC savdolarida katta sotish buyurtmalari 83-85 k va 87-90 k darajalarida oʻrnatilgan.

Ushbu narxlarga korrelyatsiyaga sabab bo'lishi mumkin bo'lgan, kitlar tomonidan qo'yilgan yirik sotish buyurtmalari qo'yilgan.

Bizni kuzatib boring !!!
YouTube | Instagram | Website | Donate

Blockchain Texno

11 Nov, 19:11


💰Yangi rekord! 1 Bitcoin = 87000 dollar!

Admin rekordlarni yozib charchadi, lekin Bitcoin narxi o'sishdan charchamadi 👀

Bizni kuzatib boring !!!
YouTube | Instagram | Website | Donate

Blockchain Texno

11 Nov, 18:45


💵 USDT nima va kompaniyaning daromad manbalari nimadan iborat?

Ko‘plab o‘quvchilardan kelgan savollar asosida USDT va Tether kompaniyasi haqida batafsilroq ma’lumot berishga qaror qildik. Stabilcoinlarning ahamiyati va Tetherning foyda manbalari haqida quyidagi maqolada bilib olishingiz mumkin.

Batafsil saytimizda o'qing

Bizni kuzatib boring !!!
YouTube | Instagram | Website | Donate

Blockchain Texno

11 Nov, 18:28


🪙 Bugun Tether kompaniyasi tomonidan qo‘shimcha ravishda yana 2 000 000 000 USDT bosib chiqarildi.

400 millon USDT qismi Binance birjasiga yuborildi. Bozorga chiqarilgan yangi USDTlar odatta altcoin sotib olish uchun ishlatiladi.

Bizni kuzatib boring !!!
YouTube | Instagram | Website | Donate

Blockchain Texno

11 Nov, 17:20


X Empire tokeni oxirgi bir hafta ichida 967 foizga oshdi va hozirda birjalarda 0,000395 sent narxda savdoda sotilmoqda.

Bizni kuzatib boring !!!
YouTube | Instagram | Website | Donate

Blockchain Texno

11 Nov, 17:11


Hashkey Capital kompaniyasi tahlilchilari ’’altcoinlar mavsumi’’ Bitcoin 80 000 dollarga ko‘tarilsagina boshlanishi mumkinligini avvalroq aytishgan edi.

Bitcoin dominatsiyasi ham yangi maksimumlarni yaratishdan tin olgan.

Tarixan, AQSh federal zaxirasi foiz stavkasini tushirishni boshlagan siklda BTC dominatsiyasi tushib altcoinlar davri kelgan. Navbatdagi, foiz stavka bo'yicha FOMC yig'ilishi 17-18 dekabr sanasida bo'lib o'tadi.

📊 Fedwatch Tool ma'lumotlariga ko'ra, 65,3 foiz ehtimollikda qayta moliyalashtirish stavkasi 0,25 foizga pasaytiriladi.

Bizni kuzatib boring !!!
YouTube | Instagram | Website | Donate

Blockchain Texno

11 Nov, 16:57


🪙 Bitcoin to'xtatmasdan oshmoqda. Narx 85000 dollarga yetdi.

Bizni kuzatib boring !!!
YouTube | Instagram | Website | Donate

Blockchain Texno

11 Nov, 16:42


Forklog ma'lumotlariga ko'ra, MicroStrategy kompaniyasi bugun yana 2 milliard dollar qiymatidagi 27 000 BTC sotib olib, umumiy BTC balansini 279 420 BTC ga yetkazdi.

Ushbu zaxiradagi Bitcoinlar o'rtacha xarid narxi 42 692 dollar tashkil qiladi.

Microstrategy kompaniyasi keyingi 3 yil davomida (2024-2027) BTC sotib olish rejasini avvalroq taqdim qilgandi.

Bizni kuzatib boring !!!
YouTube | Instagram | Website | Donate

Blockchain Texno

11 Nov, 16:35


PancakeSwap birjasi qiymati 18 million dollar 8,990,496 ta CAKE tokenini yoqib yubordi. 

Ushbu markazlashmagan birja (DEX) BNB Chain tarmog'ida mavjud bo'lmagan '0x00000...' nomli hamyonga ushbu CAKE tokenlarini yuborgan. Shu usul orqali markazlashmagan birja o'z tokeni narxini qo'llab quvvatlab keladi.

Bizni kuzatib boring !!!
YouTube | Instagram | Website | Donate

Blockchain Texno

11 Nov, 15:31


👀 Bitcoin narxi 84000 dollardan oshib ketdi.

Bizni kuzatib boring !!!
YouTube | Instagram | Website | Donate

Blockchain Texno

11 Nov, 14:29


💸1 dona Bitcoin narxi 1 millard so‘mdan oshib ketdi.

1 milliard so'mga O'zbekistonda nimalar sotib olsa bo'ladi?:

- Har biri 5 ming so‘mdan 200 ming dona non.
- 100 ming so‘mdan 10 ming kg go‘sht.
- 20 ming so‘mdan 50 ming litr yog‘.
- 700 dona iPhone 16 Pro Max.
- Har biri 145 million so‘mdan 6 ta Chevrolet Cobalt.
- Toshkent markazida kvartira.

Siz nimalar sotib olgan bo'lar edingiz bu pulga?

Bizni kuzatib boring !!!
YouTube | Instagram | Website | Donate

Blockchain Texno

11 Nov, 13:58


🇺🇿O'zbekistonda esa 1 dona bitcoin mayning qilish uchun elektr energiyasi xarajati 360 million so'm ($28 100) ni tashkil etadi.

Bu qiymat mayning uskunasining samaradorligi va elektr energiyasi tariflaridagi o'zgarishlarga qarab farqlanishi mumkin.

⚠️ O’zbekistonda bu faoliyat uchun litsenziya talab qilinadi.

Bizni kuzatib boring !!!
YouTube | Instagram | Website | Donate

Blockchain Texno

25 Oct, 09:42


❗️Microsoft (MSFT) kompaniyasi BTC ga sarmoya kiritish masalasini ko‘rib chiqmoqchi.

AQSh Qimmatli qog‘ozlar birja komissiyasi (SEC) ma’lumotlariga ko‘ra sarmoya kiritish masalasi 10-dekabr sanasidagi aksiyadorlaring navbatdan tashqari umumiy yig‘ilish muhokama qilinadi.

Shuni hisobga olish kerakki, Microsoft kompaniyasi direktorlar kengashi asosiy a’zolari aksiyadorlarga sarmoya kiritishga qarshi ovoz berishni tavsiya qilgan.

Biroq, yakuniy qarorni oxir-oqibat aksiyadorlarning o‘zlari qabul qiladi.

Bizni kuzatib boring !!!
YouTube | Instagram | Website | Donate

Blockchain Texno

25 Oct, 08:40


Binance birjasi bugun 10:00 (UTC) vaqti bilan Moodeng tokeni fyucherslarni (COIN-M) ishga tushirishini e'lon qildi.

Bu xabardan so'ng, Moodeng token bir kun ichida 99 foiz narxi o'sdi.

Bizni kuzatib boring !!!
YouTube | Instagram | Website | Donate

Blockchain Texno

25 Oct, 08:31


Kripto-aktivlar bozorida "Likvidlik ovi" nima?

Likvidlik ovi - bu market-makerlar tomonidan kichik treyderning stop-losslarini urishga qilingan harakatdir. Treyderlar kuniga minglab o'z pozitsiyalarini stop-losslar bilan ochishadi. Bu stop-losslar yirik kitlar uchun "o'lja" vazifasini o'taydi.

Aktiv narxi ushbu stop-losslarga tegganidan so'ng, o'z narx harakatini o'zgartiradi. Bozor ataylab, mayda ishtirokchilarning stop-losslarini urish uchun harakat qiladi va market-maker kutgan tomonga ketadi.

Bu qanday ishlaydi?

Ko'pchilik treyderlar muhim texnik darajalarga (support va resistance zonalari, orderblock) stop-loss qo'yishadi. Market-makerlar buni yaxshi bilishadi va bozorda yirik pozitsiyalari bilan narxni ataylab shu darajaga yetkazishadi. Barcha stop-losslar "ovlangandan" so'ng, narx yana teskari yo'nalishda harakat qiladi.

Nima uchun bu sodir bo'ladi?

Market-makerlar market depth (bozor chuqurligi) ma'lumotlarini kuzatib, qaysi darajalarda ko'p stop-losslar borligini o'rganishadi. Ushbu sxema orqali narx birozdan so'ng qarama-qarshi yo'nalishga yurganda foyda olishadi.

Qanday himoyalanish kerak?

Bozorda likvidlik ovidan to'liq himoyalanish mushkul, lekin xavfni kamaytirish uchun bir necha usullar mavjud:

● Stop-losslarni noodatiy darajalarga qo'ying. Masalan, 1.1000 o'rniga undan biroz yuqoriroq 1.1012 darajasiga stop-loss darajasini qo'ying. Bu sizning stop-lossingizni "ommaviy ov"dan asraydi.

● Pozitsiyangizni bir nechta qismlarga bo'lib, har biriga turli darajalarda stop-loss qo'ying. Bu barcha pozitsiyangizni bir vaqtda yo'qotish xavfini kamaytiradi.

📊 Likvidlik ovi - bu bozorning tabiiy qismi. Uni tushunish va undan himoyalanishni bilish har bir treyder uchun muhim. Agar siz bozorda likvidlik ovini ko'ra olmas ekansiz, demak siz bozordagi doimo likvidlik ovi qurboni bo'lasiz.

Bizni kuzatib boring !!!
YouTube | Instagram | Website | Donate

Blockchain Texno

25 Oct, 07:59


Hashkey Capital kompaniyasi tahlilchilari ’’altcoinlar mavsumi’’ Bitcoin 80 000 dollarga ko‘tarilsagina boshlanishi mumkinligini aytishdi.

Ushbu kripto-investitsiya firmasining fikriga ko‘ra, hozirgi Bitcoin barcha vaqtlardagi eng yuqori ko‘rsatkichi (ATH) 73 679 dollarni buzish ’’altcoinlar mavsumini’’ boshlash uchun yetarli bo‘lmaydi.

Tarixiy ssenariyda, Bitcoin narxining ATH dan 18 foiz oshishi altcoinlar mavsumining boshlanishi ehtimoli ko‘proq bo‘lgan.

Bizni kuzatib boring !!!
YouTube | Instagram | Website | Donate

Blockchain Texno

25 Oct, 07:43


🇸🇻 Salvador prezidenti Nayib Bukele qo'shni Gonduras davlatida maktab qurish loyihasini moliyalashtirish uchun 2 BTC (134 000 dollar) xayriya qildi.

Bizni kuzatib boring !!!
YouTube | Instagram | Website | Donate

Blockchain Texno

25 Oct, 05:35


OKX birjasi Memefi o'yin tokenini premarketda listing qilishini e'lon qildi.

Bizni kuzatib boring !!!
YouTube | Instagram | Website | Donate

Blockchain Texno

25 Oct, 05:15


Arkham ma'lumotlariga ko‘ra, Tesla kompaniyasi umumiy qiymati 774 million dollar bo‘lgan 11 509 BTC miqdoridagi Bitcoin aktivlarini ushlab turibdi, ushbu aktivlar bilan so‘nggi o‘zgarishlar esa ularni yangi hamyonlarga o‘tkazganligi bo'lib kelmoqda.

Bizni kuzatib boring !!!
YouTube | Instagram | Website | Donate

Blockchain Texno

25 Oct, 05:11


☀️☀️☀️☀️☀️☀️☀️☀️

Eng katta kripto aktivlar kunni shu shaklda boshladi.

Bizni kuzatib boring !!!
YouTube | Instagram | Website | Donate

Blockchain Texno

24 Oct, 14:41


Kraken birjasi kelgusi yili o'zining blockchainini ishga tushirishni rejalashtirmoqda. Tarmoqning nomi Ink bo'ladi. Tarmoqning sinov versiyasi joriy yilda, asosiy versiyasi esa 2025-yilning birinchi choragida ishga tushirilishi kutilmoqda.

Bizni kuzatib boring !!!
YouTube | Instagram | Website | Donate

Blockchain Texno

24 Oct, 11:12


🪙 Bitwise investitsion kompaniyasi rahbari Jeff Park, agar Donald Trump 2024-yilgi AQSh prezidentlik saylovlarida g‘alaba qozonsa, Bitcoin narxi 92 ming dollarga yetishi mumkinligini ta'kidladi. U siyosiy barqarorlik va iqtisodiy o‘zgarishlarning kripto aktivlarga ijobiy ta’sir ko‘rsatishi mumkinligini aytib o'tgan.

Bizni kuzatib boring !!!
YouTube | Instagram | Website | Donate

Blockchain Texno

24 Oct, 08:55


Ripple bosh direktori Bred Garlingxaus Bloomberg nashriga bergan intervyusida SEC bilan hozirda davom etayotgan huquqiy muammolarga qaramay, XRP ETF tasdiqlanishi mumkinligini istisno qilmadi.

Bred Garlingxaus Bitcoin ETF lariga yanvar oyidan beri 17 milliard dollar pul oqimi kirib kelganidan so‘ng, XRP ETF lari kelajakda-da Bitcoinning ETF yo‘lidan ketishi mumkinligiga ishonch bildirdi.

Bizni kuzatib boring !!!
YouTube | Instagram | Website | Donate

Blockchain Texno

24 Oct, 07:51


Kecha 23-oktyabr, chorshanba kuni:

■ Spot Bitcoin ETF'lariga jami +192,4 million dollar sof tushum ro'y berdi. 🔼

❗️BlackRock kompaniyasi iShares Bitcoin Trust (IBIT) ETF lari sezilarli oshdi.

■ Spot Ethereum ETF'lariga esa jami +1,2 million dollar sof tushum bo'ldi. 🔽

Bizni kuzatib boring !!!
YouTube | Instagram | Website | Donate

Blockchain Texno

24 Oct, 07:41


Bitcoin kitlar soni 1678 taga yetdi. Bu 2021-yil yanvar oyidan beri eng yuqori ko'rsatgich.

Ushbu kitlarning har birining hisobida kamida 1 000 ta BTC saqlanib kelinadi.

Bizni kuzatib boring !!!
YouTube | Instagram | Website | Donate

Blockchain Texno

24 Oct, 07:25


X Empire tokeni bugun O'zbekiston vaqti bilan 17:00 da (UTC+5) quyidagi birjalarda listing bo'ladi:

Gate io
OKX
Bybit
KuCoin
Bitget
MEXC
Bitrue
BitMart

Bizni kuzatib boring !!!
YouTube | Instagram | Website | Donate

Blockchain Texno

24 Oct, 03:18


☀️☀️☀️☀️☀️☀️☀️☀️

Eng katta kripto aktivlar kunni shu shaklda boshladi.

Bizni kuzatib boring !!!
YouTube | Instagram | Website | Donate

Blockchain Texno

23 Oct, 16:00


Xabar qilinishicha X-EMPIRE tokenlari markazlashgan birjalarga tushishni boshlagan.

Bizni kuzatib boring !!!
YouTube | Instagram | Website | Donate

Blockchain Texno

23 Oct, 14:25


💸 Kripto detektivi ZachXBT, o‘tgan yili firibgarlar ijtimoiy muhandislik usulidan foydalanib, Coinbase birjasining foydalanuvchilaridan 100 milliondan 150 million dollargacha bo'lgan mablag‘ o‘g‘irlaganini ma'lum qildi.

Avval bu ma'lumotlar ommaga oshkor qilinmagan edi, biroq mutaxassis yordam so‘rab murojaat qilgan jabrdiydalarning shikoyatlari asosida ushbu ma'lumotlarni to‘plagan.

Bizni kuzatib boring !!!
YouTube | Instagram | Website | Donate

Blockchain Texno

23 Oct, 12:36


🎞🎞🎞🎞🎞🎞🎞🎞

Kripto va Blokcheyn bilimlariga oson yo‘l


Kanalimizga obuna bo'ling va videoni tomosha qiling. Fikr va savollaringizni kutamiz! 🙌

🔗 Link:youtu.be/4H5W-uGP12w?si=O9yKkuD15HqfzyUT

#kriptopediya

Bizni kuzatib boring !!!
YouTube | Instagram | Website | Donate

Blockchain Texno

23 Oct, 10:29


Lookonchain mutaxassislari e'lon qilgan ma'lumotga ko'ra, Sun'iy intellekt yordamida ishlaydigan savdo boti besh soat davomida 10 ta meme coin bilan savdo qilib, 780,8 SOL (129.500 dollar) foyda ko'rdi.

Operatsiyalar jami 2843 foiz daromad keltirgan. Ulardan:

◽️ FUN daromadi 42 652 foizga yetdi;
◽️ YODI’da - 2261 foiz;
◽️ ODEN’da - 1645 foiz .

Analitiklarning ta’kidlashicha, ushbu savdo sessiyasi davomida bot barcha operatsiyalardan 100 foiz foyda olgan.

Bizni kuzatib boring !!!
YouTube | Instagram | Website | Donate

Blockchain Texno

20 Oct, 17:08


Bu hafta mukofotli savollar g’olibi👇👇👇

@JZA3101 va @abdusalomov_x7

Javoblar
1. Bitcoin cash
2. Ethereum

Faollik uchun barchaga rahmat!

Blockchain Texno

20 Oct, 07:49


🪙 Akashi Satoh — Bitcoin yaratuvchisi bo‘lishi mumkinmi?

Satoshi Nakamoto shaxsi hali ham sir bo‘lib qolayotgan bo‘lsa-da, yangi taxminlar paydo bo‘lmoqda. Eng qiziqarli farazlardan biri yaponiyalik kriptograf Akashi Satoh bilan bog‘liq. Uning 2009 yilgacha nashr etilgan MD5, RIPEMD-160 va SHA-256 kabi xesh-funksiyalar bo‘yicha ishlari Bitcoin texnologiyalarining asosi bilan bevosita bog‘liqdir.

Yana bir qiziqarli fakt esa SHA-256 — Bitcoin xavfsizlik mexanizmining asosiy elementi bo‘lib, Satoh uni o‘z tadqiqotlarida eng samarali algoritm sifatida ta’kidlagan. Shuningdek, Satoh Bitcoin ishga tushirilgandan so‘ng kriptografiya sohasida nashr etishni to‘xtatdi. Tasodifmi? Balki. Ammo uning ismida ham bir ishora bor: "Sato" "Satoshi" nomining bir qismi bo‘lishi mumkin.

Bizni kuzatib boring !!!
YouTube | Instagram | Website | Donate

Blockchain Texno

19 Oct, 09:07


Yanvar oyida AQSh Qimmatli qog'ozlar va birjalar komissiyasining (SEC) X (sobiq Twitter) hisobini buzib kirib, Bitcoin ETF tasdiqlandi degan soxta xabar joylagan 25 yoshli Erik Council FQB tomonidan hibsga olindi.

Ushbu yolg'on post o'sha kuni Bitcoin narxini 1 000 dollarga ko'targan edi. AQSh Adliya vazirligi xabar qilishicha,  Erik Council 5 yil qamoq jazosiga hukm qilinishi mumkin.

Bizni kuzatib boring !!!
YouTube | Instagram | Website | Donate

Blockchain Texno

19 Oct, 07:56


🪙 BlackRock kompaniyasi bu hafta 1.000.000.000 dollar qiymatidagi Bitcoin sotib oldi.

Bizni kuzatib boring !!!
YouTube | Instagram | Website | Donate

Blockchain Texno

18 Oct, 16:40


🇸🇻 Salvador prezidenti Nayib Bukele Xalqaro valyuta jamg'armasi (XVJ), Jahon banki, Federal zaxira tizimini bizning Bitcoinni qonuniy to'lov vositasi sifatida qabul qilganimizdan nafratlanishadi deb aytdi.

Bizni kuzatib boring !!!
YouTube | Instagram | Website | Donate

Blockchain Texno

18 Oct, 16:31


Bitcoin va dollar orqali 2017-yildan beri jinoiy daromadlarni legallashtirish (pul yuvish) statistikasi.

AQSh dollari orqali pul yuvilgan mablag‘lari qiymati 20 trillion dollardan oshadi. Bitcoinda esa bu ko‘rsatgich 33 milliard dollarni tashkil etadi.

Bizni kuzatib boring !!!
YouTube | Instagram | Website | Donate

Blockchain Texno

18 Oct, 14:51


2019-yilda Huobi (hozir HTX) birjasidan donasini o‘rtacha 10 ming dollardan 801 dona BTC sotib olgan bir investor, 2024-yil sentyabr oyida 301 BTC’ni sotib, 19 million dollar foyda olgan edi. Bugun u yana 199 BTC sotib, 13,5 million dollar qo‘lga kiritdi va uning balansida hali 300 BTC qolgan.

Bizni kuzatib boring !!!
YouTube | Instagram | Website | Donate

Blockchain Texno

18 Oct, 13:38


⚠️Diqqat mukofotli savol

NFTlar (Non Fungible Tokens) eng ko‘p qaysi texnologiya tarmog‘ida ishlatiladi?

Eslatma: G'olib to'g'ri javob berganlar orasidan random (tasodifiy) tanlanadi. Barcha ishtirokchilarga faollik evaziga teng imkoniyat beriladi!

Bizni kuzatib boring !!!
YouTube | Instagram | Website | Donate

Blockchain Texno

18 Oct, 12:49


👀 Rossiyadagi kripto birjalari kripto-aktiv egalari haqida barcha ma'lumotlarni kamida besh yil davomida saqlashi va so'ralganda, huquqni muhofaza qilish organlari yoki boshqa davlat idoralariga taqdim etishi talab qilinadi.

Tegishli hujjatlar to‘plami qonun chiqaruvchi organlar tomonidan tayyorlangan va yil oxirigacha qabul qilinishi kutilmoqda.

Bizni kuzatib boring !!!
YouTube | Instagram | Website | Donate

Blockchain Texno

18 Oct, 09:23


O‘tgan yili 12-avgust kuni bir investor 96 dollarlik TRUMP token sotib olgan edi. Bu tokenlar uchun u faqatgina 0.052 ETH sarflagan va natijada 608 mingta token qo‘lga kiritgan. Taxminan 14 oylik kutishdan so‘ng, investor tokenlaridan 32 ming baravar foyda ko‘rdi.

Bugun ilk marta tokenlarini sotishni boshlagan investor, qo‘lidagi tokenlarning atigi 1 foizini sotdi. U 6000 dona tokenni sotib, evaziga 11.4 ETH, ya’ni 30 ming dollar daromad oldi.

Hozirda bu investorning qo‘lida 3.06 million dollar qiymatidagi 594 mingta TRUMP tokeni mavjud.

Bizni kuzatib boring !!!
YouTube | Instagram | Website | Donate

Blockchain Texno

18 Oct, 06:28


📱 Wallet O‘zbekistonda ofis ochish arafasida. Telegramdagi mini ilova Wallet o'zbekistonliklarga vakansiya e'lon qildi.

Bizni kuzatib boring !!!
YouTube | Instagram | Website | Donate

Blockchain Texno

17 Oct, 21:18


AQSh Qimmatli qog'ozlar birja komissiyasi (SEC) Thor Technologies loyihasi (RUNE) asoschilarini sudga berdi.

SEC Thor asoschisi Metyu Moravekni ro'yxatdan o'tmagan qimmatli qog'ozlarni sotishda ayblamoqda.

Thor Technologies 2018-yilda dastlabki tangalar taklifi (ICO) 1 500 dan ortiq investorga 2,6 million dollarlik tokenlarni sotgan edi. Ushbu investorlarning uchdan bir qismi AQSh fuqarolari hisoblanadi.

Thor Technologies asoschilaridan biri Devid Chin va Metyu Moravek qimmatli qog‘ozlar to‘g‘risidagi qonunni buzishda ayblanishmoqda.

Ayblov ICO bosqichida THORChain tokenlarini AQSh Qimmatli qog'ozlar birja komissiyasi (SEC) tomonidan ro'yxatdan o'tkazmagan holda, tokenlarni investitsiya sifatida sotishganligi bilan bog'liq.

Bu xabardan so'ng, THORChain tokeni kunlik 7 foizdan oshiq pastladi.

Bizni kuzatib boring !!!
YouTube | Instagram | Website | Donate

Blockchain Texno

17 Oct, 17:10


🐹 Hamster Kombat jamoasi tez orada ikkinchi mavsumni ishga tushirishini e’lon qildi.

Yangi mavsumda foydalanuvchilarga "yangi korxonalarni boshqarish", Web2 ilovalari bilan, xususan, stol o‘yinlari bilan integratsiya qilish hamda Hamster Kombat'ni boshqa ishlab chiquvchilar o‘yinlariga qo‘shish imkoniyatlari taqdim etiladi.

Jamoa shuningdek, YouTube va Telegram'dan oladigan reklama daromadlarini loyiha rivoji uchun yo‘naltirishni rejalashtirayotganini ham ma’lum qildi.

Bizni kuzatib boring !!!
YouTube | Instagram | Website | Donate

Blockchain Texno

17 Oct, 12:33


Kriptovalyuta derivativlari nima va ulardan qanday daromad olish mumkin?

Bunday riski baland amaliyotda nimalarni bilish muhim?

⚠️Saytimizda batafsil o'qing

#Kriptopediya

Bizni kuzatib boring !!!
YouTube | Instagram | Website | Donate

Blockchain Texno

17 Oct, 10:37


🇰🇿Olmaota Innovatsiya Sammiti 2024: Fintex, Blockchain va Venchur Kapital bir joyda

Sammitning asosiy sessiyalaridan biri blockchain startaplariga investitsiyalar kiritishga bag'ishlanadi.

Saytda batafsil o'qish

Bizni kuzatib boring !!!
YouTube | Instagram | Website | Donate

Blockchain Texno

17 Oct, 10:23


a16z Crypto tadqiqotiga ko‘ra, bugungi kunda dunyoda 617 million kriptofoydalanuvchi mavjud. Hisobotda kripto aktivligi va foydalanish rekord darajaga yetgani aytilgan, bunga asosiy sabab Solanadagi 100 millionga yaqin faol manzil va mem tokenlarga bo‘lgan katta qiziqishdir. Shu sababli sentyabr oyida 220 million hamyon kamida bir marta blockchain bilan muloqotda bo‘lgan.

Biroq, o‘rtacha ko‘rsatkichlar ancha past. Tahlilchilarga ko‘ra, haqiqiy kripto foydalanuvchilari soni atigi 5-10 foizni tashkil etadi (30 million - 60 million). Mutaxassislar bu tafovutni qiziqarli ilovalar va yangi iste'molchi tajribalarini yaratish orqali foydalanuvchilarni sektorga jalb qilish uchun katta imkoniyat deb baholashgan.

Bizni kuzatib boring !!!
YouTube | Instagram | Website | Donate

Blockchain Texno

17 Oct, 09:03


Tether emitenti Ethereum tarmog'ida yana 100 million dollar USDT tokenlarini chop etdi.

Ushbu tokenlar hozirda Bitfinex birjasiga yuborilgan.

Bizni kuzatib boring !!!
YouTube | Instagram | Website | Donate

Blockchain Texno

17 Oct, 08:37


Bitcoin narxi bayroq patterni buzishga harakat qilmoqda.

Bizni kuzatib boring !!!
YouTube | Instagram | Website | Donate