ZIYO ACADEMY

@ziyo_academy_ur


ZIYO ACADEMY by Hamid Narimov

ZIYO ACADEMY

21 Oct, 06:20


💥💥💥💥💥💥💥💥💥💥💥

DIQQAT! DIQQAT!
"Ziyo akademiya"da o''qituvchilar uchun darslar 15- noyabrdan boshlanadi!

Ona tili va adabiyot fanidan MART oyida boʻladigan Milliy sertifikat imtihoniga tayyorlanyapsiz-u, lekin esseda balingiz past chiqyaptimi?

➡️ Esse yozayotganingizda gʻoya kelmayaptimi?

Yozgan esselaringiz inshoga oʻxshab qolyaptimi?

‼️Zoʻr fikrlar keladi-yu, biroq esse qolipiga sololmayapsizmi?

🎯 Bizda siz uchun zoʻr yechim bor!

👩‍🏫 Ona tili va adabiyot fanidan milliy sertifikat sohibasi boʻlgan tajribali mutaxassisdan esse boʻyicha darslar olishni tavsiya qilamiz. Darslar ham nazariy, ham amaliy tarzda, oflayn va onlayn shaklda olib boriladi. Onlayn darslar yopiq guruhda videochat orqali tashkil qilinadi. Bir haftada 1 marta siz yozgan esse tekshirilib, baholanadi va tegishli tavsiyalar beriladi. Namunaviy esselar bilan tanishtiriladi. 📝
⚡️ Davomat qattiq talab qilinadi va chatga ikki marta kirmaganlar chetlatiladi.
🤓Kurslarimiz oflayn va onlayn shaklda olib boriladi.
🤓 Mavzular har bir darsda so'rash va test yordamida mustahkamlanadi.
▶️ Endi sizda adabiyot fanidan audio darsliklarni ham qo'lga kiritish imkoniyatlari mavjud.


Biz bilan hali zabt etmagan cho'qqilarni egallashga shoshiling! Agar bizning bilimimizga shubha qilsangiz, biz erishgan yutuqlarga nazar soling! Bu yilgi natijalarimiz bilan https://t.me/ziyo_academy_ur da tanishing.

👀Shoshiling joylar soni chegaralangan!
▶️ O'qituvchilar uchun darslar 15- noyabrdan boshlanadi!

MUROJAAT UCHUN 📞📞📞📞
Narimov Hamid +998919127337
Ruzimatova Gulzoda +998919187337
Admin: Sharipova Matluba +998999679321

ZIYO ACADEMY

21 Oct, 06:20


💥💥💥💥💥💥💥💥💥💥💥

DIQQAT! DIQQAT!
"Ziyo akademiya"da ONA TILI va ADABIYOT fanidan MART oyida boʻladigan MILLIY SERTIFIKAT imtihoni uchun umumiy tarzdagi yangi tayyorlov guruhi.

O'qituvchilar uchun darslar 15- noyabrdan boshlanadi!


1. Ona tili fanidan oddiy, oʻrta va murakkab darajadagi orfografik, leksik va grammatik testlarga tayyorlash.
2 Sheʼriy sanʼatlar o'rgatiladi.
3. Gʼazallar tahlili o'rgatiladi.
4. Tavsiya etilgan barcha badiiy asarlar toʻliq oʻqitiladi va test olinadi.
5. Barcha dolzarb mavzularda esse yoziladi.
6. Ilmiy va badiiy matnlar ustida ishlanadi.

Kurs haftada 4 kun.

Qaroringiz qatʼiy boʻlsa, murojaat qiling.
Bu yilgi natijalarimiz bilan https://t.me/ziyo_academy_ur da tanishing.
USTOZLAR uchun kurs davomiyligi: 4 oy. Mashg'ulotlar 15- noyabrdan boshlanadi!

Toʻlov shakli: click yoki naqd pul
MUROJAAT UCHUN 📞📞📞📞
Narimov Hamid +998919127337
Ruzimatova Gulzoda +998919187337
Admin: Sharipova Matluba +998999679321

ZIYO ACADEMY

19 Oct, 07:24


⚡️ O‘quv dasturlari e'lon qilindi

2025–2026 o‘quv yilida oliy ta'lim muassasalarining bakalavriat ta'lim yo‘nalishlariga qabul qilishda qo‘llanadigan test topshiriqlari shakllantiriladigan o‘quv dasturlari Bilimni baholash agentligining uzbmb.uz rasmiy saytida e'lon qilindi.

🇺🇿 Fanlar bo‘yicha o‘quv dasturlari O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi tomonidan taqdim etilgan.

❗️O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ta’lim-tarbiya tizimini yanada takomillashtirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2020-yil 6-noyabrdagi PQ-4884-son qaroriga asosan test sinovi topshiriqlari davlat ta’lim standartlari va o‘quv dasturlari asosida tuziladi, test sinovi materiallarining ma’no-mazmuni umumiy o‘rta ta’lim tizimidagi fanlarning o‘quv dasturlariga moslashtiriladi.

✔️ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

ZIYO ACADEMY

15 Oct, 05:55


🙇‍♂️🙇‍♂️🙇‍♂️🙇‍♂️🙇‍♂️🙇‍♂️🙇‍♂️🙇‍♂️

📱Milliy sertifikat imtihonlariga ro‘yxatga olish boshlandi

🆔 2024-yil 14-oktabrdan ona tili (o‘zbek, qoraqalpoq, rus) va adabiyot fanlaridan milliy sertifikat test sinovi uchun talabgorlarni my.gov.uz sayti orqali ro‘yxatga olish boshlandi.

❗️ Ro‘yxatga olish 20-oktabr 23:59 ga qadar davom etadi.

⚠️ 21-oktabr – to‘lov qilishning so‘nggi muddati.

🗓 Test sinovlari 2–3-noyabr kunlari o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

✍️ @BBAXorazm

ZIYO ACADEMY

14 Oct, 05:33


⚡️Ona tili va adabiyot, rus tili va adabiyoti, Qoraqalpoq tili va adabiyoti fanlari bo‘yicha milliy sertifikat imtihoni uchun talabgorlarni ro‘yxatga olish boshlandi

Ro‘yxatga olish jarayonlari 14-20-oktyabr kunlari bo‘lib o‘tadi.

💴 To‘lovlar esa 21-oktyabrgacha amalga oshirilishi mumkin.

✍️ Ushbu fanlar bo‘yicha test sinovlari 2-3-noyabr kunlari o‘tkaziladi.

📱 Milliy sertifikat imtihonlarida ishtirok etish uchun talabgorlarni ro‘yxatga olish my.gov.uz sayti (Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali) orqali amalga oshiriladi.

📆 Test sinovlari qaysi fanlardan o‘tkazilishi, ro‘yxatga olish muddatlari va test sinovi o‘tkaziladigan sanalar bilan yuqoridagi rasmda tanishish mumkin.

Izoh: Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 10-yanvardagi 17-son qaroriga muvofiq 2024-yil fevraldan boshlab umumta’lim fanlaridan milliy sertifikat imtihonlarining natijalari Rash modeli asosida hisoblanadi.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali

ZIYO ACADEMY

14 Oct, 05:33


⚡️ Talimxabarlari.uz saytida hafta davomida eʼlon qilingan eng muhim xabarlar dayjesti

🔹 Pedagoglar sertifikati uchun 50 foiz ustama olish huquqiga ega

🔹 Pedagoglar malaka test sinovi bo‘yicha noto‘g‘ri ma’lumotlar tarqatilmoqda!

🔹 Talabalarning kontrakt puli davlat tomonidan qoplab beriladi, lekin...

🔹 Xorijda istiqomat qilayotgan yosh vatandoshlar uchun 30 ta davlat granti ajratildi

🔹 O‘qituvchilarning oylik ish haqi qachon tushadi?

🔹 Ona tili va adabiyoti fani bo‘yicha milliy sertifikat imtihoniga o‘zgartirishlar kiritildi

🔹 Ilk bor O‘zbekistonning 3 ta oliy ta’lim muassasasi nufuzli reyting tashkiloti - THEning Top universitetlar ro‘yxatidan joy oldi

🔹 2025-yildan maktabgacha va maktab taʼlimi tizimi uchun kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirishning yaxlit tizimi joriy qilinadi

🔹 Milliy sertifikat imtihoni uchun ruxsatnomalar e’lon qilindi

🔹 Maktabgacha taʼlim tashkiloti pedagoglari uchun malaka oshirish kurslari tashkil etilmoqda

🔹 Pedagoglarni attestatsiyadan oʻtkazish imtihonlari sanasi ma’lum qilindi

🔹 Pedagoglarni attestatsiyadan oʻtkazishga oid eng muhim ma'lumotlar

Ta’lim nazorati rasmiy kanali

ZIYO ACADEMY

13 Oct, 22:48


lsa, javob B. lekin keyin d javob ham diqqatimni tortdi.” (ijtimoiy tarmoqdagi maqola matnini barcha imloviy, ishoraviy, uslubiy xatolari bilan aynan keltirdik) tarzidagi e’tiroz diqqatimizni tortdi. Asarda muallif san’atkorning savodsizligini fosh etish uchun uning nutqida “mexanistik” so‘zini  “mexaylistik” tarzida qo‘llagan va bu orqali san’atkorning ashula matnini anglamay, ko‘r-ko‘rona kuylayotganligiga ishora qilgan. Talabgor esa muallifning badiiy maqsadini anglamasdan, “mexaylistik” so‘zini “ashula aytilish uslubi” deb tushungan.

Bilim va malakalarni baholash agentligi tomonidan test sinovlaridan oldin har bir test topshirig‘i mutaxassislar tekshiruvi (ekspertizasi)dan o‘tkaziladi va respublikaning barcha hududlarida test varianti aprobatsiyasi tashkil etiladi, Rash modeli asosida ilmiy tahlil qilinadi, tahlil natijalariga ko‘ra test topshiriqlarini takomillashtirish, Rayt xaritasiga ko‘ra test variantida har bir qobiliyat darajasiga mos test topshiriqlari mavjud bo‘lishi yuzasidan takliflar ishlab chiqiladi. Mazkur takliflar Bilimni baholash agentligining Ilmiy-metodik kengashida muhokama qilinadi. Ilmiy tahlillar asosida test topshiriqlari qayta ishlanadi. O‘tkazilgan har bir milliy sertifikat imtihonidan so‘ng talabgorlarning test natijalari tahlil qilinadi va tahlil natijalari agentlikning rasmiy veb-saytida talabgorlar diqqatiga havola qilinadi.

Test sinovi orqali aynan qanday bilim va ko‘nikmani tekshirish hamda baholash masalalari bo‘yicha test varianti tafsiloti ishlab chiqilgan va Bilimni baholash agentligining rasmiy veb-saytida e’lon qilingan hamda unda test topshiriqlari mazmuni, baholash mezoni hamda vaqt me’yorlari yoritilgan.

Test tuzuvchilar test topshiriqlarini kiritayotganda bu topshiriqlarni bajarish uchun qanday ko‘nikmalar (malakalar, kompetensiyalar) ishga solinishi lozimligini tahlil qilishadi, bu ko‘nikmalar testning maqsadi bilan qay darajada mos ekanligiga baho berishadi.

Milliy sertifikat imtihonlarini tashkil etish va o‘tkazish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 12-oktabrdagi 646-son qarori bilan tartibga solinadi. Unga ko‘ra test sinovidan o‘ta olmagan talabgor test sinovi natijalari eʼlon qilingan kundan boshlab besh ish kuni mobaynida YIDXP orqali Agentlikka apellatsiya shikoyati berish huquqiga ega. Apellatsiya ikki hafta mobaynida ko‘rib chiqiladi. Talabgor Apellatsiya komissiyasi qarori to‘g‘risida yozma yoki elektron shaklda xabardor qilinadi.

Pedagogik o‘lchov natijalari sifatining yana bir tavsifi odatda validlik deyiladi. Eng umumiy holatda u o‘lchovga qo‘yilgan maqsadga empirik natijalarning mosligi bilan izohlanadi. Validlik – testning maqsadidan kelib chiqqan holda test natijalari yordamida chiqariladigan xulosalarning qay darajada ilmiy va empirik jihatdan asosli ekanligi tushuniladi. Validlik – baholashning sifatini belgilaydigan eng asosiy tushuncha. Baholash, agar u sinovdan o‘tkazilishi maqsad qilingan xususiyatni aniqlab bersagina valid hisoblanadi.

“Washback” effekti bevosita taʼlim berish jarayonida samarali bo‘lib, asosan taʼlim muassasasidagi taʼlim ishtirokchilariga taʼsiri kuchli hisoblanadi. Milliy sertifikat imtihonlari uchun tayyorlanayotgan test topshiriqlari umumiy o‘rta taʼlimning 5-11-sinf o‘quv dasturlari doirasida shakllantirilishi, test variantining tafsiloti avvaldan talabgorlar eʼtibori uchun havola qilinishi, imtihonda taʼlim dasturini to‘liq tamomlagan talabgorlar ishtirok etishi bois test topshiruvchilarga salbiy taʼsiri bo‘lmaydi deb hisoblaymiz. Test variantining shakllantirilishi taʼlim dasturini o‘zgarishiga emas, aksincha, taʼlim dasturining o‘zgarishi test variantining dasturga moslashtirilishiga turtki bo‘ladi."

ZIYO ACADEMY

13 Oct, 22:48


O‘zbek tili va adabiyoti fanidan milliy sertifikat imtihonlari bo‘yicha bildirilgan fikrlarga rasmiy munosabat

Bugungi kunda ta’lim tizimimiz mohiyatida ham sezilarli sifat o‘zgarishlari kuzatilmoqda. Jumladan, talabgorlarning o‘lchov vositalari haqidagi bilimlari, test sinovlari haqidagi tasavvurlari ham yildan yilga takomillashib borayotgani ko‘zga tashlanmoqda. Ayniqsa, ma’lum bir test sinoviga tayyorgarlik ko‘ra boshlagan talabgorning mazkur test sinovi haqidagi, xususan, test sinovining maqsadi, vazifalari, test topshiriqlarining formati, test variantining tuzilishi haqidagi ma’lumotlar bilan tanishib chiqish lozim ekanligini anglab yetgani quvonarli holdir. Ta’kidlash joizki, bu kabi ma’lumotlar aks etgan fanga oid tafsilotlar, namunaviy test topshiriqlari Bilim va malakalarni baholash agentligining rasmiy veb-saytida e’lon qilingan. Shuningdek, o‘tkazilgan har bir milliy sertifikat imtihonlari natijalarining ilmiy tahlili keng jamoatchilikka ma’lumot sifatida taqdim etib borilmoqda.

Bilim va malakalarni baholash agentligi umumta’lim fanlarini bilish darajasini baholashning milliy test tizimi doirasida o‘tkazayotgan milliy sertifikat imtihonlaridan so‘ng ijtimoiy tarmoqlarda pedagogik o‘lchov vositalarining formati, mazmun-mohiyati borasidagi e’tirozlar fuqarolar tomonidan keng muhokama qilinmoqda.

Bilim va malakalarni baholash agentligi tomonidan 2024-yil 17-martda o‘tkazilgan o‘zbek tili va adabiyot fanidan bilish darajasini baholashga qaratilgan test sinovi hamda foydalanilgan test topshiriqlari muhokamasiga oid fikrlar ham jamoat e’tiborini tortdi.

Quyida keng jamoatchilik muhokamasidagi ayrim e’tirozlarga munosabat bildirib o‘tamiz.

Shu o‘rinda ta’kidlash joizki, test topshiriqlarining tahlil qilinishi, e’tirozlar bilan bir qatorda e’tiroflar ham mavjudligi quvonarli hol, albatta.

Ayrim talabgorlar test topshiriqlarining validligi, baholash tizimining taʼlim ishtirokchilariga taʼsiri borasida fikr yuritgan bo‘lsa, ayrimlarini yozma ishga qo‘yiladigan talablar va ularni tekshiruvchi fan ekspertlari, test topshiriqlarini aprobatsiyadan o‘tkazilganligi, apellyatsiya jarayonining qanday tartibda kechishi qiziqtirgan.

Esse yozish jarayonida buyuk shaxsdan iqtibos keltirilishi kerakligi borasida, shuningdek, so‘zlar soni xususida qatʼiy talab mavjud emas. Lekin talabgor mavzu doirasida o‘z fikrlarini dalillar asosida yoritishi lozim. Tajribaga ko‘ra, so‘zlar hajmi belgilansa, talabgor o‘z fikrlarini to‘liq bayon etgan bo‘lsa-da, so‘zlar sonini belgilangan talabga yetkazish maqsadida sunʼiy tarzda esseni davom ettirishga majbur bo‘ladi. Esseni tekshirish jarayoni avtomatlashtirilgan bo‘lib, platforma tekshiruvchilarga ixtiyoriy esse (tanlama usulda) talabgorning ism va familiyasi ko‘rsatilmagan holda yuboriladi.

Ayrim e’tirozlarda badiiy asarlar bo‘yicha berilgan test topshiriqlari talabgorlarning xotirasini sinashga yo‘naltirilganligi, shuningdek, test topshiriqlarini shakllantirishda Blum taksonomiyasi inobatga olinmaganligi iddao qilingan.

O‘zbek tili va adabiyot faniga oid test topshiriqlari tafsilotida test variantida quyi (bilish, tushunish, qo‘llash) va yuqori (analiz, sintez) darajadagi kognitiv ko‘nikmalarni baholashga qaratilgan test topshiriqlari mavjud bo‘lishi belgilangan. Blum taksonomiyasiga ko‘ra kognitiv sohaning har bir darajasi uchun BILISH darajasi asos vazifasini bajaradi. Badiiy asarlar bo‘yicha berilgan test topshiriqlari tanlangan asarning asosiy voqealari bilan bog‘liq, asar syujetini, qahramonlar xarakter-xususiyatini bilish, voqealar bayoni va mazmunini tahlil qila olishga oid, mayda detallarga yo‘naltirilmagan savollar hisoblanadi.

“San’atkor” hikoyasining badiiy tahliliga tegishli test topshiriqlari ham keng jamoatchilik muhokamasida. Ijtimoiy tarmoqlarda asardagi traktorchi obrazi haqida berilgan test topshirig‘iga oid g‘aliz tahlillarga duch kelmoqdamiz. Xususan, “sohasi bo‘lmasa-da, san’atni tushunmaydigan odam – “Ashulani mexaylistik aytar emishman!” deganiga qarab, ana, san’atni tushunarkan, ashula aytilish uslubiga-da aqli yetyapti, deb o‘ylavo

ZIYO ACADEMY

13 Oct, 22:46


Ona tili va adabiyoti fani bo‘yicha milliy sertifikat imtihoniga o‘zgartirishlar kiritildi
Bilim va malakalarni baholash agentligi tomonidan 2024-yil 17-martda o‘tkazilgan o‘zbek tili va adabiyot fanidan bilish darajasini baholashga qaratilgan test sinovi hamda foydalanilgan test topshiriqlari muhokamasiga oid fikrlar ham jamoat e’tiborini tortdi. Xususan, o‘zbek tili va adabiyot fanidan milliy sertifikat imtihonlari bo‘yicha bildirilgan fikrlarga agentlik rasmiy munosabat bildirdi.
“Esse yozish jarayonida buyuk shaxsdan iqtibos keltirilishi kerakligi borasida, shuningdek, so‘zlar soni xususida qatʼiy talab mavjud emas. Lekin talabgor mavzu doirasida o‘z fikrlarini dalillar asosida yoritishi lozim.
Tajribaga ko‘ra, so‘zlar hajmi belgilansa, talabgor o‘z fikrlarini to‘liq bayon etgan bo‘lsa-da, so‘zlar sonini belgilangan talabga yetkazish maqsadida sunʼiy tarzda esseni davom ettirishga majbur bo‘ladi. Esseni tekshirish jarayoni avtomatlashtirilgan bo‘lib, platforma tekshiruvchilarga ixtiyoriy esse (tanlama usulda) talabgorning ism va familiyasi ko‘rsatilmagan holda yuboriladi”, – deyiladi agentlik xabarida.