"ZAKOVAT" O'QUV MARKAZI/ ZAKOVAT

@zakovatmarkaz


"ZAKOVAT" O‘QUV MARKAZINING TELEGRAM KANALIGA XUSH KELIBSIZ!
O‘QUV MARKAZIMIZ HAQIDAGI ENG SO‘NGGI YANGILIKLARNI KANALDA KUZATIB BORING.
Quyidagi nomerlarga bog'laning!
👇👇👇👇👇👇👇👇👇👇👇
Murojaat uchun: 941877797

"ZAKOVAT" O'QUV MARKAZI/ ZAKOVAT

22 Oct, 08:34


🌱🌹🌱АССАЛОМУ АЛАЙКУМ

СЕШАНБА МУБОРАК
🌷Тонг отиб меҳрибоним янги кун келса,
🌷Гуллар ифори ила шаббода елса.
🌷Сиз кулиб қаршиланг ниятлар билан.
🌷Ажабмас бирма бир ижобат бўлса🤲

КУНИНГИЗ ХАЙРУ БАРОКАТГА ТЎЛА БЎЛСИН
!

"ZAKOVAT" O'QUV MARKAZI/ ZAKOVAT

21 Oct, 05:26


Til - ko'ngilning oltin kaliti, nutq vositasi bo'libgina qolmay davlatning timsoli va mulkidir. Til - millat ruhi. U xalqning madaniyati, urf-odati, turmush tarzi, tarixidir. Tilni rivojlantirish millat taraqqiyoti demakdir. Shuni aytish kerakki, o'zbek tiliga davlat tili maqomi berilishi ham mustaqilligimiz va yuksalishimiz yo'lida muhim qadam edi. Til – millat yuzining bir bo'lagi. Dunyodagi barcha xalqlar ham o'zining davlat tiliga ega emas. G'urursiz millat o'z qiyofasini yo'qotadi, aksincha, milliy iftixor yuksak yurtda xalq tinch va hamjihat yashaydi. Hali totalitar tuzum hukmron bo'lib turgan murakkab bir sharoitda 1989 yilning 21 oktyabrida o'zbek tiliga davlat tili maqomining berilishi xalqimizning milliy g'ururini, jahondagi mavqeini tikladi.  
Hozirgi kunda dunyo olimlarining hisob-kitoblariga ko'ra dunyoda ikki yarim mingtadan besh mingtagacha, ayrim manbalarga ko'ra esa besh mingtadan etti  mingtagacha tillar borligi ma'lum. Bu tillarning ayrimlarida bir necha o'n, hatto yuz millionlab kishilar gaplashsa, ba'zilaridan bir necha ming kishigina foydalanadi, xolos. Jahonda keng tarqalgan yigirmaga yaqin til oilalari mavjud bo'lib, bizning o'zbek tilimiz oltoy tillar oilasiga kiruvchi qarluq guruhidan mustahkam joy  egallagan. Qolaversa, o'zbek  tili qadimiy hisoblangan turkiy tillardan  biri hisoblanadi. Ushbu dalillar shundan dalolat beradiki, ajdod va avlodlarimiz tomonidan yaratilgan o'zbek tili asrlar osha rivojlanib, turkiy tilli millat va elatlar orasida keng tarqalib, yanada sayqallashib, yuksak madaniy tilga aylanganligi va o'zining tarixiyligi bilan ham ahamiyatlidir.

"ZAKOVAT" O'QUV MARKAZI/ ZAKOVAT

21 Oct, 05:23


Rasul Hamzatov
"ona tilim"she'ri

"ZAKOVAT" O'QUV MARKAZI/ ZAKOVAT

21 Oct, 05:22


21-oktabr "Oʻzbek tiliga davlat tili maqomi berilganiga kun"

"ZAKOVAT" O'QUV MARKAZI/ ZAKOVAT

21 Oct, 05:15


21-oktabr O'zbek tiliga davlat tili maqomi berilganligining 35 yilligi munosabati bilan "Qadring baland bo'lsin - ona tilim " mavzusida tayyorlagan videolavha