JUMAGA TAYYORGARLIK
Hadisi sharifda marhamat qilinadi: “Juma kuni kelgani uchun quvonadigan mo‘minga qiyomatgacha har kuni shu qadar mo‘l savob beriladiki, adadini faqat Alloh taolo biladi”.
Juma kunining sunnat va odoblari bor:
✅ Juma namozi uchun g‘usl qilish;
✅ Tirnoqlarni olish;
✅ Masjidga ertaroq borish;
❌ Oldingi safdan joy olish uchun jamoat ustidan hatlamaslik;
❌ Namoz o‘qiyotgan odamning oldini kesib o‘tmaslik;
✅ Ertaroq borib, birinchi safdan joy egallash;
✅ Xutba o‘qilayotganda sukut saqlash;
✅ Namozdan keyin Fotiha, Kofirun, Ixlos, Falaq va Nos suralarini 7 marta o‘qish;
✅ Duo qabul bo‘ladigan paytni umidvorlik bilan qidirish;
✅ Ko‘p salavot aytish;
✅ Kahf surasini o‘qish;
✅ Ozmi-ko‘pmi sadaqa berish;
✅ Ota-ona, solihlar, ulug‘lar qabrini ziyorat qilish;
✅ Oila ahliga shirinliklar tarqatish;
✅ Qazosi bo‘lmaganlarning nafl namoz o‘qishi;
https://t.me/vaqtmasjid