ТИББИЁТ ХОДИМИ

@tibbiyot_xodimi


Каналимизда билимингизни оширинг 📊


@Eralizoda

ТИББИЁТ ХОДИМИ

27 Sep, 17:01


GERMANIYA HAYOTI PODCASTI ning navbatdagi sonini tamosha qilishingiz mumkun...

🎥👉 https://youtu.be/CtlL2cj_xAk

ТИББИЁТ ХОДИМИ

05 Jul, 16:55


Kurs vaqtlari:
dushanba, chorshanba, juma kunlari qatiy tartibda 17:00 dan 19:00 gacha oʻtiladi.
Dars yopiq telegram kanalda oʻtiladi.
Narxi 300 ming.
Aytgancha boshqa bunaqasi boʻlmaydi shoshiling faqat ilm emas balki foydali amaliyot(5 yillik) xulosalariga ega boʻling

Murojaat uchun : @NodirbekTura

ТИББИЁТ ХОДИМИ

05 Jul, 16:55


Dars TMA Allergologiya va Klinik immunologiya kafedrasi assistenti,RIA va KIIATM da bolalar va kattalar boʻlim shifokori, Klinik immunologiya fani maruzachisi, allergolog va klinik immunolog, pediatr Turayev Nodirbek Toirjonovich tomonidan olib boriladi.

ТИББИЁТ ХОДИМИ

05 Jul, 16:55


Assalam aleykum aziz talabalar ! Sizlarni labaratoriya tahlillari deb nomlangan kursimizga taklif qilamiz. Kursda gemagramma 3 ta dars
Biokimyoviy tahlillar 3 ta dars
Peshob tahlili 1 ta dars
Koagulogramma 1 dars
Revmaproba 1 dars
Oʻtkir faza oqsillari 1 dars va antibiotikoterapiya, gormonoterapiya haqida kamroq nazariy koʻproq amaliy malumot beriladi.
Dars avvalgi oʻtilgan kurslardan farq qiladi qoʻshimchalar qoʻshilgan.
Barchasi siz talabani shifokor boʻlib oson ishlashingiz va tahlil natijalariga qarab bemor holati haqida fikrlashingiz va kamroq xatolar qilishingiz uchun oʻylab topildi.

Hurmat bilan Turaev Nodirbek Tairjanovich,

Murojaat uchun : @NodirbekTura

ТИББИЁТ ХОДИМИ

01 Jul, 05:43


30 июня 2024 г.
https://youtube.com/watch?v=Cupw7WlTFpQ&si=AApgdul4eOg40lWI

ТИББИЁТ ХОДИМИ

14 Jun, 09:06


❗️ Hukumat a’zolariga, Sog‘liqni saqlash vazirligiga!

🖌 Prezidentining 2018-yili “Aholiga nevrologik yordam ko‘rsatishni takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” qarori e’lon qilingan edi. Qarorda ixtisoslashtirilgan nevrologiya va insult ilmiy-amaliy tibbiyot markazini tashkil etish qayd etilgan edi. Ming afsuski, bu ish oradan 6-yil o‘tgan bo‘lsa-da, paysalga solib kelinmoqda.

‼️ O‘zbekistonda yildan yilga insult ortib bormoqda. Shu bilan birga insult o‘tkazgan bemorlar bilan ishlash oqsamoqda.

Instagram | Facebook | Telegram |YouTube

ТИББИЁТ ХОДИМИ

05 May, 01:18


👉https://youtu.be/O9Wpw61eiFI?si=436addANO91OKEQ5

ТИББИЁТ ХОДИМИ

27 Apr, 04:05


Tashxis: Oʻtkir angioedema (Kvinke shishi)
Dif diagnoz: noallergik angioedema, buyrak shishlari
Diag: trigger, toshmalar, xos shishlar
Yordam : Adrenalin, prednizalon

ТИББИЁТ ХОДИМИ

27 Apr, 04:03


59 yoshli bemor shifokorga quyidagi shikoyatlar bilan murojaat etdi: yuz soxasida koʻz atrofida shishlar, qorinda, qo‘l va oyoqlarida turli kattalikdagi toshmalar toshishi va ularning kuchli qichishiga. Toshma toshishini bemor baliq istemoli bilan bog‘laydi. Ob`ektiv ko‘rilganda bemor yuzida koʻz va lablari atrofida shish, tanasida turli kattalikdagi monomorf toshmalar mavjud bo‘lib teridan bo‘rtib chiqqan, bir biri bilan qo‘shilib ketgan, qichinish kuchli.
Savollar:
Taxminiy tashxisingizni kuying.
Qaysi xastaliklar bilan taqq
oslash mumkin?
Asosiy diagnostik belgilarni kursating.
Umumiy amaliyot shifokori taktikasi nimalardan iborat

ТИББИЁТ ХОДИМИ

27 Apr, 04:01


Tashxis: bronxial astma
Differsial diagnoz: embolizm, obstruktiv bronxit, OʻSOK
Diag: bronxodilyatatorlarga + reaksiya, anamnezida polip, trigger
Taktika: IGK, QTB2A(Salbutamol)

ТИББИЁТ ХОДИМИ

27 Apr, 03:58


Vaziyatli masala
30 yoshli bemor tez tibbiy yordam mashinasida olib kelingan bo‘lib asosan nafas siqib bugilishdan shikoyat qildi. Anamnezdan: Ushbu xolat ilk bor kuzatilib bemor amidopirin tabletkasini iste'mol etgach oradan 40 minut utgandan so‘ng bemorda xavo etishmaslik burun bitishi va nixoyat bo‘g‘ilish belgilari yuzaga kelgan. Tez tibbiy yordam shifokori bemorni tomiriga eufillin yuborgan va kasalxonaga olib kelgan. Bemorni gapi bo‘yicha 2 marta polipektomiya qildirgan.
Savollar:
Taxminiy tashxisingizni qo‘ying.
Qaysi xastaliklar bilan taqqoslash mumkin?
Asosiy diagnostik belgilarni kursating.
4.Umumiy amaliyot shifokori taktikasi nimalardan iborat?

ТИББИЁТ ХОДИМИ

27 Apr, 03:17


Sabab:  propolis
Tashxis: anafilaktik shok
Tek: pulsoksimetriya, tonometriya
Natija: ABC yetishmovchiligi

ТИББИЁТ ХОДИМИ

27 Apr, 03:14


Tashxis: Pollinoz
Dif: OʻRVI
Diag: allergoanamnez, teri, provokatsion sinamalar, spetsifik IgE, qonda eozinofiliya
Davo: eliminatsiya, AG2-dezloratadin, dekongestant (a2- nazivin), intranazal GKS, kramonlar, antileykotrien prep, ASIT

ТИББИЁТ ХОДИМИ

27 Apr, 00:58


Bemor uchastka shifokoriga burun bo‘shligida kuchli qichinishdan, kuchli xurujsimon aksa urishdan, burundan ko‘p miqdorda suyuqlik ajrarilishiga, quloqlarini qichinishiga, ko‘z yoshlanishiga, yorug‘likka qaray olmaslikka, xurujsimon tusda tomoq kichishiga shuningdek bo‘yin va tanada qichinishga shikoyat kildi. Anamnezdan shu narsa ma'lum bo‘ldiki bemorda ushbu xolat bir necha yildan beri kuzatilib, taxminan aprel va may oylarida xastalik zuraygan. Ayrim yillari xudi shu vakqda bemor boshqa joyga ketganida ushbu xolat kuzatilmagan.
Savollar:
Taxminiy tashxisingizni quying.
Qaysi xastaliklar bilan taqqoslash mumkin?
Asosiy diagnostik belgilarni ko‘rsating.
4. Umumiy amaliyot shifokori taktikasi nimalardan iborat?

ТИББИЁТ ХОДИМИ

26 Apr, 17:58


32 yoshli bemor terapevtik reanimasiya bo‘limiga kelib tushgan. Umumiy axvoli og‘ir, xolati passiv, es xushida chalg‘ishlik mavjud. Teri qoplami oqarib ketgan, nam, bel soxasida qizarish bor.
Shillik qavatlar oqargan biroz shishgan. O‘pkada zo‘riqqan nafas, tarqoq quruq xriplar bor. Yurak tonlari sustlashgan ritmik, YuUT- minutiga 124 marotaba, AKB 60/40 simob ustuniga teng. Korin yumshok, og‘riqsiz. Diurez yo‘q. Bemorni erini gapi buyicha 2 kun oldin utkir ildizli og‘rik bel soxasida kuzatilgan. Bunda bemorga paravertebral blokada qilingan, tarkibida: novokain, vitamin V12, baralgin, lidaza, gidrokardizon bo‘lgan. Bundan tashqari bemorga reopirin mushak orasiga qilingan. Ertalab bemorni bel soxasiga propolis qo‘yilgan. Bemor anamnezida xashoratlar chaqqanida teriga toshmalar toshishi kuzatilgan.
Savollar:
1. Ushbu xolatni kelib chikishiga nima sababchi bo‘lgan?
2. Tashxis qo‘ying.
3. Qaysi kasalliklar bilan taqqoslash kerak?
4. Tezkor yordam nimalardan iborat?

ТИББИЁТ ХОДИМИ

26 Apr, 17:55


Bemor terisi qurib qichishadi, ayniqsa bu xolat bo‘g‘inlarning ichki yuzasi va ko‘z pastki qovoq atrofida kuchli namoyon bo‘ladi. Qo‘lni kaft surati kuchaygan, oq dermografizm belgilari, qonda eozinofiliya xamda IgE miqdori oshgan.
Savollar:
Tashxis qo‘ying.
Asosiy diagnostik belgilarni ko‘rsating.
Qanday belgilar xastalikka tashxis qo‘yishda qo‘shimcha ko‘rsatma bo‘la oladi?
UASh shifokorini vazifalari nimalardan iborat.

ТИББИЁТ ХОДИМИ

26 Apr, 17:49


Vaziyatli masala
O‘rta yoshli ayol bir xafta davomida biseptol tabletkasidan ichish jarayonida to‘satdan tana xarorati 39 darajaga ko‘tarilib ketgan, et uvushishi, terida achishishlik ayniqsa tananing yuqori qismida shuningdek bir necha soatdan so‘ng tana qizarib ko‘p shakilli eritemalar yuzaga kelgan. Obektiv ko‘rilganda butun tana bo‘ylab ko‘p shakilli eritemalar majud bo‘lib ayrimlari yorilgan, Nikolski simptomi musbat. Ogiz bo‘shligi shilliq qavatlarida xam yallig‘lanish mavjud.
Savollar:
Taxminiy tashxisingizni kuying.
Qaysi xastaliklar bilan takkoslash mumkin?
Asosiy diagnostik belgilarni kursating.
Umumiy amaliyot shifokori taktikasi nimalardan iborat?

ТИББИЁТ ХОДИМИ

26 Apr, 17:46


Vaziyatli masala
20 yoshli o‘smir yigit ko‘p aksirishga, yo‘tal, jismoniy zo‘riqishdan keyin xansirashga, ayniqsa chang xoldagi sport zalda shugullanganda shu xolatni zurayishiga shikoyat kildi.
Savollar:
O‘z taxminiy tashxisingizni qo‘ying.
Tekshirish uslublarini ayting.
Qaysi xastaliklar bilan taqqoslash mumkin?
Umumiy amaliyot shifokori taktikasi nimalardan iborat?

ТИББИЁТ ХОДИМИ

10 Mar, 04:27


https://youtu.be/CV7Cyx2ThRc?si=U6-jqOd21hYaFoc7

ТИББИЁТ ХОДИМИ

10 Mar, 04:23


https://youtu.be/nHmAfwjchWE?si=-5ec8QIushCVbCj4