Telegram Help UZ

@tghelp_uz


Bu yerda Telegram va Plus Messenger bo'yicha eng ko'p uchraydigan savollarga javoblar berilgan.

📌Plus Rasmiy kanal: @plusmsgr_uz

🌟Ovoz berish: t.me/tghelp_uz?boost

Telegram Help UZ

30 Jun, 15:03


Telegram yangi xususiyatlaridan birida O'zbekiston namoyish etilgan

Yangi xususiyatlardan:
- Mini ilovalar paneli;
Telegram hamyoni, botlarda onlayn xaridlar uchun qo'llanilgan mini ilovalarda qulay o'tish.

- Pullik medialar;
Yuborilgan medialarni Telegram Stars orqali ochish, Starslar pullik bo'lib Premium obunalar ham xarid qilinishi talab qilinadi.

- Hikoyalarni ommaviy qidirish;
Hikoyalarni heshteg yordamida qulay qidirish, jonlangan hikoya ommaviy qidiruvda chiqishi uchun hikoya izohida heshteg orqali umumiy so'z qo'yiladi.

Ko'proq malumotlar: http://telegram.org/blog/mini-app-bar-paid-media-and-more/uz

@tghelp_uz

Telegram Help UZ

24 Apr, 17:47


📢Plus Messengerda reklama?

Plus Messengerda endilikda o'zining rasmiy kanaliga hali qo‘shilmagan foydalanuvchilar uchun asosiy ro‘yxatda mahkamlangan holatda ko'rinadi.

📌Nega bunday bo'ldi?
Ilova dasturchisi rasmiy kanallari orqali qo'shilgan obunachilar uchun monetizatsiya orqali ilovani qo'llab-quvvatlash qaroriga keldi. Bu Messengerga moliyaviy barqarorlik, erkin raqobat, o'z obunachilari uchun maqbul strategiyani tanlashda yordam beradi.

📌Bu qanchalik to'g'ri?
Rasmiy kanalni hech qanday xavfli yoki ko'zga juda halaqit beruvchi deb bo'lmaydi. Foydalanuvchi istasa kanalga qo'shilmasligi yoki qo'shilishi mumkin va bu unga Messengerdagi faqat yangiliklar va o'zgarishlar haqidagi malumot olishga yordam beradi.

📌Kanalni qanday yashirish mumkin?
Kanalni siz arxivlashingiz yoki yashirin chatga qo'yishingiz mumkin. Yashirin chat yoqish uchun: P8.2 sozlamasini yoqing, kanal ustiga bosib turib 3 nuqtada "Yashirish" tugmasini bosasiz.

📌Kanalni qanday o'chirish mumkin?
Plus Messengerning faqat 10.10.1.2 versiyadan yuqorida o'chirish mumkin. O'chirish uchun kanalni bosib turing va o'chiring.
Plus beta versiyada esa kanalni o'chirish uchun sozlama mavjud.
O'chirish opsiyasi: https://t.me/plusmods/hidePlusPromoDialog P1.46

@tghelp_uz

Telegram Help UZ

03 Mar, 17:32


❤️Telegram Biznesingiz uchun ham qulay messenger

Telegram keyingi yangilanishida faqat ⭐️Premium obunadagi hisoblar uchun bir qancha o'zgarishlar kiritildi. Bunda biznesda foydalanayotgan profillar uchun juda qulay imkoniyatlarni ko'rish mumkin.

⭐️Qanday imkoniyatlar?

Salomlashuv xabarlari:
Shaxsiy chatda sizga ilk yozganlar uchun avtomatik javob berish
Joyida emas xabarlari:
Profil faol ish vaqtida bo'lmaganida avtomatik yuboriladigan javob.
Tezkor xabarlar:
Shaxsiy chatda tez javob berish uchun botlar kabi malum bir andozalar orqali so'zlarni saqlash
Ish vaqti:
Profil ish faolligini vaqtlari va hafta kuni bilan to'liq ko'rsatish
Joylashuv:
Ish faoliyat qayerda joylashganligi haqida malumot. To'liq karta orqali ko'rsatish imkoniyati ham mavjud.

• va qo'shimcha yangilik sifatida asosiy chatdagi Barcha chatlar jildida har bir chatlar uchun jild nomi kiritilgan

@tghelp_uz

Telegram Help UZ

18 Jan, 19:45


🔒Shaxsiy xabarlarni kim yozishi mumkinligini belgilang

Yangi xususiyat faqat Premium foydalanuvchilari uchun bo'lib ular shaxsiy chatda kimlar yozishini o'zlari belgilaydilar.

Bunda faqat ikki tanlov bor.
1. Hamma
2. Kontaktlar va Premium obunachilari

⭐️Demak har qanday yo'lda ham Premium obunasi bor obunachilar hammaga yoza olishi mumkin.

⭐️ Premium bo'lmasa bunday xususiyatdan foydalana olmaysiz va bu xususiyatdan foydalangan obunachiga yoza olmaysiz.

Boshqa yangiliklar bilish uchun bosing.

@tghelp_uz

Telegram Help UZ

15 Jan, 17:03


🆕 Telegram keyingi yangilanishida

Shaxsiy xabarga yozish cheklash imkoniyati
Premium obunachilari uchun shaxsiy xabarlarni kimlar yuborishi mumkinligini tanlash imkonini beradi: "Hamma" yoki faqat "Kontaktlar va Premium". Yani Premium foydalanuvchisi bu sozlamani yoqsa begonalar va premium obunasizlar unga yoza olmaydi.

👁 Shaxsiy xabarlarni o'qish vaqtini ko'rish
Agar suhbatdoshingiz so'nggi faollik vaqti sizga ko'rinsa siz uni xabar o'qigan vaqtini ko'ra olasiz. Premium obunachilari xabarlarni o'qish vaqtini hamma uchun yashirishi mumkin.

So'nggi faollik yashiringan holatda boshqalarni so'nggi faolligini ko'rish
Oldinlari agar siz so'nggi faollikni yashirgan bo'lsangiz boshqalarni faolligi yashirilmagan bo'lsada ko'rish imkoni yoq edi, endilikda Premium obunachilari uchun bu cheklov olinishi mumkin. Ammo so'nggi faollik yashirilgan bo'lsa ko'rish imkoni yoq.

⭐️Saqlangan xabarlardagi qulaylik
Saqlangan xabarlar yozuvini bosish orqali har biri alohida chatlarda ko'rsatilgan xabarlaringizni topa olasiz

🎞 Aftomatik o'chuvchi ovozli va video xabarlar
Ovozli va video xabar jo'natishda tepaga surish orqali o'chuvchi tugma ko'rinadi. Xabar eshitilgan yoki ko'rilgandan keyingina o'chadi.
Bundan tashqari, ovozli va video xabarlar yuborish vaqtida ularni toxtatish va davom ettirish mumkin.

@tghelp_uz

Telegram Help UZ

02 Jan, 19:11


2️⃣Nega hikoya qo'yib bo'lmaydi?

Ko'pchilikda uchraydigan bu muammo Telegram Premium bilan bog'liq. Telegram deyarli cheklovsiz hikoya joylash imkoniyatini faqat Premium obunachilar uchun berilgan.

Premium esa pullik obuna hisoblanadi. Boshqa hech qanday bepul shakldagi premium ilova yoki versiyalarga aldalmang!

Batafsil malumotlar:
Premium o'zi nima?:
https://t.me/tghelp_uz/245
Qanday obuna bo'lamiz?:
https://t.me/tghelp_uz/251

⭐️PREMIUMSIZ qanday hikoya joylash mumkin?

Premiumsiz yani bepul ham hikoya joylash mumkin, faqatgina CHEKLOV bilan va albatta O'zbekiston davlat raqami bilan hisobga kirgan bo'lsangiz.

Cheklov miqdori bir kunda 3ta, 7 kunda 7ta va 30 kunda 30ta hikoya holos. Bu cheklov hafta kuni yoki oy sanasi bo'yicha emas balki telegramning sanoq sistemasi orqali hisoblanadi.

Agar siz har kuni faqat 1ta hikoya joylasangiz, har kuni hikoya qoya olasiz, agarda bir kunda 2ta yoki 3ta hikoya joylansa buning hisobiga boshqa kunda hikoya joylay olmaysiz.

Malum bir kunlarda hikoya joylamasangiz shuni hisobiga boshqa kunlarda ko'proq hikoya joylashingiz mumkin.

Hikoya joylay olmayotgan do'stlaringizga jo'nating.

@tghelp_uz

Telegram Help UZ

02 Jan, 17:53


⭐️ Saqlangan xabarlar yangilanishi

Telegram keyingi yangilanishida Saqlangan xabarlar yanada qulaylashtirildi. Endilikda saqlangan xabarlarni har birini alohida o'z chatida ko'rishingiz mumkin.

⬇️Boshqa Yangilanishlar:
• Chaqiruvlar uchun yangi fon dizayni
• Xabar o'chirishda yangi animatsiya
• Botlardagi bir nechta o'zgarishlar

Batafsil: https://telegram.org/blog/calls-and-bots/uz

@tghelp_uz

Telegram Help UZ

28 Dec, 16:55


☃️ Yil natijalari

2023 yil uchun shaxsiy kanalingiz natijalarini ko'rishingiz mumkin.

Buning uchun @TGStat_Bot'ga "2023 @username" matnini yuboring.

@tghelp_uz

Telegram Help UZ

03 Nov, 14:54


🎁 Telegramda "Giveaway"

Kelgusida telegram kanal adminlari o'z kanallarida obunachilar uchun sovg'ali o'yin tashkillashtirishlari mumkin bo'ladi.

Kanal adminlari ushbu o'yin uchun kanal ma'lum darajaga ko'tariladi va albatta sovg'a uchun to'lov qilishlari kerak bo'ladi.

Sovg'a Telegram Premium obunasi bo'lib ushbu o'yinda g'alaba qozonish uchun belgilangan kanallarga obuna bo'lish orqali amalga oshadi.

@tghelp_uz

Telegram Help UZ

26 Oct, 17:38


Telegram chatdagi Iqtiboslar

Telegram keyingi yangilanishida:
• Har qanday matnda malum bir so'z yoki matnni iqtibos shaklida (faqat belgilangan matn ko'rinadigan) boshqalarga ulashish mumkin bo'ladi.
Bunda siz malum bir xabarni aniq nima haqida gapirilganini ko'rsatish yoki shu xabarga javob berish uchun qo'llash mumkin.

• Premium foydalanuvchilari uchun guruhdagi ism(nik) rangini o'zgartirish.

• Premium foydalanuvchilari uchun guruhdagi xabarlarga javob berish fonini o'zgartirish va bezak berish.
Kanallar uchun premium emas, kanal uchun ovoz (boost) darajasi talab qilinadi

Boshqa yangiliklar: https://telegram.org/blog/reply-revolution/uz

@tghelp_uz

Telegram Help UZ

12 Sep, 12:01


Telegram kanallar uchun ham hikoyalar

Endilikda telegram kanallarida ham hikoyalar qo'yish joriy etiladi. Ma'lum bo'lishicha faqat kanal adminlaridan Premium obunasi mavjudlarigina bu imkoniyatdan foydalanishi mumkin.

Bu yangilik kelgusi yangilanishda joriy etilishi kutilmoqda.

@tghelp_uz

Telegram Help UZ

29 Aug, 10:23


Hikoyalarni qanday berkitish mumkin?

👤 Alohida profil hikoyalarini berkitish uchun:
1. Profil ustiga bir 1-2 soniya bosib turing;
2. "Hikoyalarini berikitish"ni bosing.

❗️Eslatma: Berkitilgan hikoya arxivga tushadi.

👥 Barcha hikoyalarini berkitish uchun:
1. Yon menyu: Sozlamalar
2. Plus sozlamalari > Chat roʻyxati
3. "P2.1 Hikoyalarini berkitish"ni yoqib qoʻying.

📸 Hikoya qoʻshish tugmasi (kamera belgisi)ni yashirish uchun:
👉 "P2.2 Hikoya qoʻshish tugmasini yashirish"ni yoqib qoʻying.

@tghelp_uz

Telegram Help UZ

28 Aug, 16:52


Endi O'zbekistonda bepul hikoyalar joylash mumkin.

2 haftadan uzoqroq muddatda O'zbekiston uchun ruhsat berilmagan bepul hikoyalar hozirda joylash mumkin.

Joylash uchun chat ro'yxati yuqorisidagi profil rasmi ustidagi + belgisi orqali yoki pastdagi qalamcha tugmasi o'rnidagi kamera tugmasi orqali amalga oshadi.

Hikoyalarni berkitish uchun esa plus sozlamarida p1.46 funksiyasini yoqib qoying. https://t.me/plusmods/hideStories

@tghelp_uz