"TALIMARJON IES" AJ Official

@tallimarjon_ies


"Talimarjon IES" AJning telegramdagi rasmiy kanali

"TALIMARJON IES" AJ Official

22 Oct, 12:12


"Talimarjon IES" AJda “Issiqlik elektr stansiyalari” AJning Muvofiqlik (komplayens) bo‘limi tomonidan davra suhbati o‘tkazildi.

Unda korxona va tashkilotlarda manfaatlar to‘qnashuvi hamda korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar xususida so‘z yuritildi.

Mazkur jarayonda xodimlar tomonidan mavzu bo‘yicha berilgan savollarga atroflicha javoblar berildi.

"Talimarjon IES" AJ Matbuot xizmati.

Kanalga obuna bo‘ling.
https://t.me/tallimarjon_ies

"TALIMARJON IES" AJ Official

22 Oct, 08:34


23-oktyabr, chorshanba kuni respublikamizning barcha hududlarida navbatdagi “Avtomobilsiz kun” aksiyasi o‘tkaziladi

Ertaga Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlar markazlarida, shuningdek, Toshkent shahrida joylashgan barcha davlat idoralari rahbarlari va xodimlariga, barcha yurtdoshlarimizga shaxsiy transport vositalari o’rniga atrof-muhitga kam zarar yetkazadigan jamoat transporti, velosiped kabi transport turlaridan foydalanish tavsiya qilinadi.

Hurmatli yurtdoshlar! “Avtomobilsiz kun” loyihasiga befarq bo‘lmang! Shaxsiy avtomobillardan voz kechib, ekologik toza transport vositalaridan foydalaning va o‘zimiz nafas olayotgan havo tozaligiga hissa qo‘shing.

Unutmang, atrof-muhitni asrash barchamizning burchimizdir.

—————

В среду, 23 октября, во всех регионах республики пройдет очередная акция «День без автомобиля»

Завтра всем руководителям и сотрудникам государственных организаций, расположенных в Ташкенте, в административных центрах Республики Каракалпакстан и регионов страны, а также всем нашим соотечественникам рекомендуется отказаться от автомобиля в пользу общественного транспорта, велосипеда и других средств передвижения менее вредных для экологии.

Уважаемые соотечественники! Не оставайтесь равнодушными к общественному проекту «День без автомобиля»! Откажитесь от личного автомобиля в пользу экологически чистого транспорта и внесите свой вклад в уменьшение загрязнения воздуха, которым мы дышим.

Помните, защита окружающей среды — наша общая ответственность.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X | Veb-sayt

"TALIMARJON IES" AJ Official

22 Oct, 05:28


“Tolimarjon IES” AJda ishlab chiqarish quvvatlari oshirilmoqda

“Tolimarjon IES” AJda umumiy quvvati 1065 MVtga teng ikkita bug‘-gaz qurilmasini bunyod etish ishlaridagi barcha jarayonlar reja asosida davom ettirilmoqda.

Batafsil

———————————

Наращиваются производственные мощности АО «Талимарджанская ТЭС»

Все процессы по строительству двух парогазовых установок общей мощностью 1065 МВт на АО «Талимарджанская ТЭС» продолжаются на основе плана.

Подробнее

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X | Veb-sayt

"TALIMARJON IES" AJ Official

22 Oct, 05:10


Elektron ovoz berish qanday amalga oshiriladi?

Elektron ovoz berish onlayn ovoz berishdan farq qiladi.

Batafsil videoda tanishing.

Facebook | Telegram | YouTube | Instagram | X | het.uz

"TALIMARJON IES" AJ Official

21 Oct, 12:04


Prezident Shavkat Mirziyoyevning o‘zbek tili bayrami munosabati bilan O‘zbekiston xalqiga tabrigi.

Qadrli vatandoshlar!

Sizlarni, sizlar orqali butun xalqimizni, ona tilimizning barcha ixlosmandlarini bugungi ulug‘ ayyom – O‘zbek tili bayrami hamda o‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilganining 35 yilligi bilan chin qalbimdan muborakbod etaman.

Batafsil / Батафсил

—————

Поздравление Президента Шавката Мирзиёева народу Узбекистана в связи с праздником узбекского языка.

Дорогие соотечественники!

От всей души поздравляю вас и в вашем лице весь наш народ, всех, кто искренне любит наш родной язык, с сегодняшним замечательным днем – Праздником узбекского языка и 35-летием придания ему статуса государственного.

Подробнее

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X | Veb-sayt

"TALIMARJON IES" AJ Official

21 Oct, 10:06


#onatilim35yoshda

O‘zbek tili bayrami kuni munosabati bilan "Talimarjon IES" AJ xodimlari ishtirokida maxsus videorolik tayyorlandi.

"Talimarjon IES" AJ Matbuot xizmati.

Kanalga obuna bo‘ling.
https://t.me/tallimarjon_ies

"TALIMARJON IES" AJ Official

21 Oct, 08:47


21-oktabr - O‘zbek tili bayrami kuni munosabati bilan “Tolimarjon IES” AJda “Dunyo ayvonida nomdor ona tilim” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi

Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Qashqadaryo va Nishon tuman bo‘limlari bilan hamkorlikda tashkil etilgan tadbirda korxona mas’ullari, Respublika “Ma’rifat” targ‘ibotchilari hamda O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zolari, madaniyat xodimlari va stansiya huzuridagi harbiy qism jamoasi ishtirok etdi.

Suhbat davomida boy tarixga ega bo‘lgan ona-tilimizning rivojlanish bosqichlari, uning taraqqiy topishida hissa qo‘shgan ajdodlarimiz haqida so‘z bordi.

Shuningdek, bugun dunyo ayvonida munosib o‘ringa ega bo‘lib borayotgan o‘zbek tilini o‘rganish, uni o‘qitish bo‘yicha boshqa mamlakatlarda ham qilinayotgan ishlar xususida fikrlar bildirildi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X | Veb-sayt

"TALIMARJON IES" AJ Official

21 Oct, 07:34


#onatilim35yoshda

“Issiqlik elektr stansiyalari” AJ jamoasi o‘zbek tili bayrami kuni munosabati bilan barcha yurtdoshlarimizni samimiy muborakbod etadi

Sana munosabati bilan elektr stansiyalarida O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilganligining 35-yilligi hamda 21-oktabr – O‘zbek tili bayrami kuniga bag‘ishlangan turli tadbirlar bo‘lib o‘tmoqda.

Xususan, joylarda madaniy-ma’rifiy tadbirlar, til sohasining mutaxassislari, yozuvchi va shoirlar bilan uchrashuvlar o‘tkazilmoqda.

Ayni paytda barcha elektr stansiyalarida #onatilim35yoshda xeshtegi ostida chellenj o‘tkazildi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X | Veb-sayt