SHEROBOD TUMAN 8-SONLI BOLALAR MUSIQA VA SAN'AT MAKTABI

@sherobod_8bmsm


SHerobod tumanidagi 8-sonli Bolalar musiqa va san'at maktabining rasmiy telegram kanali

SHEROBOD TUMAN 8-SONLI BOLALAR MUSIQA VA SAN'AT MAKTABI

21 Jan, 00:25


O‘zbek milliy cholg‘u asboblaridan "Zarbli cholg‘ularning kelib chiqishi" mavzusida Xalq cholg‘ulari bo‘limi boshlig‘i Shermamat Bobomurodovning ma'ruzasi bo‘lib o‘tdi.
Zarbli cholg‘ular tarixi, kelib chiqishi haqidagi ma'lumotlar taqdimot orqali namoyish etildi.

Telegram manzilimiz:
https://t.me/sherobod_8bmsm

SHEROBOD TUMAN 8-SONLI BOLALAR MUSIQA VA SAN'AT MAKTABI

21 Jan, 00:24


Bugun O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilganiga 35 yil to‘ldi. Prezidentimiz tashabbusi bilan ushbu sana O‘zbek tili bayrami kuni sifatida Qonun bilan belgilab qo‘yildi. Ushbu sana munosabati bilan Sherobod tuman 8-sonli bolalar musiqa va san'at maktabida ham konsert dasturi namoyish etildi.

Telegram manzilimiz:
https://t.me/sherobod_8bmsm

SHEROBOD TUMAN 8-SONLI BOLALAR MUSIQA VA SAN'AT MAKTABI

21 Jan, 00:23


⚡️ “Men O‘zbekman” mavzusidagi tanlovning film va videoroliklari saralandi

👉 Batafsil: https://gov.uz/oz/madaniyat/news/view/24772

Telegram | Instagram | Facebook | Veb-sayt

SHEROBOD TUMAN 8-SONLI BOLALAR MUSIQA VA SAN'AT MAKTABI

21 Jan, 00:16


🔸O‘zbekistonda kulolchilik san'ati

Kulolchilik – Oʼzbekiston xalq amaliy sanʼatining eng qadimiy, gʼoyat qiziqarli turlaridan biri. Mamlakatimiz hududida kulolchiliknig koʼplab asosiy maktab va markazlari mavjud. Bunga misol tariqasida Rishton, Buxoro, Gʼurumsaroy, Toshkent, Xorazm, Samarqand va Qashqadaryo kulolchilik maktablarini sanash kifoya. Ushbu kulolchilik maktablari bir biridan yaratilgan mahsulotlarni tayyorlanish uslubi, naqsh-gullari, rangi va pardozi bilan farqlanadi.

🫖 Kulolchilik xalq amaliy sanʼati turlaridan boʼlib, hunarmandchilikning loydan, gildan turli buyumlar, idishlar, qurilish materiallari tayyorlaydigan sohasiga kiradi. Kulolchilikda asosiy xom ashyo tabiiy tuproq boʼlib, loy qancha koʼp pishitilsa, sopolning sifati shuncha yaxshi boʼladi. Kulolchilikning bezak sanʼati boʼlgan koshinkorlik sanʼati Markaziy Osiyoning meʼmorchiligida keng rivojlangan.

🇺🇿 O‘zbekiston kulolchilik san’atining eng boy merosini saqlab qolgan maskan hisoblanadi. Samarqandda kulolchilik neolit davridan buyon mavjud boʼlsa-da, uning eng rivojlangan davrlari eramizning IX–XII asrlarga toʼgʼri keladi. Sanoat rivojlangan davrga kelib bu soha ancha susaydi, soʼnggi oʼn yilliklarda uning ayrim koʼrinishlari hatto yoʼqolib ketish xavfi ostida qolmoqda...

🏛 Kulolchilik san'ati 2023-yilda YUNESKO tomonidan "Insoniyatning nomoddiy madaniy merosi durdonasi" sifatida Reprezentativ ro‘yxatga kiritilgan.

🎩 ICRICHning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalari:
🌐 Telegram | 🌐 Facebook | 🌐 Instagram | 🌐 YouTube

SHEROBOD TUMAN 8-SONLI BOLALAR MUSIQA VA SAN'AT MAKTABI

21 Jan, 00:15


💦Musiqa tarixi va san'atiga oid bir necha qiziqarli ma'lumotlar:

1. Musiqa odamlarni davolashi mumkin: Qadimdan turli xalqlarda musiqa terapiya sifatida ishlatilgan. Masalan, qadimgi yunonlar musiqa orqali ruhiy va jismoniy kasalliklarni davolashga harakat qilishgan.

2. Eng uzoq davom etgan qo‘shiq: AQShda joylashgan Orfield laboratoriyasida eng uzoq davom etgan qo‘shiq “As Slow as Possible” (Julius Eastman) bo‘lib, u 639 yil davom etadigan tarzda ijro etilmoqda. 2001-yilda boshlangan ijro 2640-yilda yakunlanadi!

3. Notalar tizimi: Notalar tizimini ilk bor qadimgi yunon matematik-filosofi Pifagor yaratgan. Uning o‘rganishlariga ko‘ra, musiqadagi tovushlar matematik munosabatlarga asoslanadi.

4. Mozart va bolalar IQ'si: Ayrim tadqiqotlarga ko‘ra, Wolfgang Amadeus Mozartning musiqalarini tinglash bolaning aqliy rivojlanishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Buni “Mozart effekti” deb atashadi.

5. Eng qadimiy musiqa asbobi: Eng qadimiy musiqa asbobi – Neandertal odamlari tomonidan yasalgan suyak fleyta bo‘lib, u taxminan 40 ming yil avval paydo bo‘lgan.

6. Ko‘rlar va musiqaga sezgirlik: Ko‘zi ojiz odamlar odatda musiqa tovushlariga yanada sezgir bo‘ladi va ko‘rganlarga nisbatan kuchliroq eshitish qobiliyatiga ega bo‘lishi mumkin. Shu sababli ko‘r musiqachilar orasida juda ko‘plab yetuk iste'dodlar mavjud.

7. Frekvensiyalar va hissiyotlar: Turli frekvensiyadagi tovushlar odamning ruhiyatiga ta’sir qiladi. Masalan, yuqori notalar ko‘pincha quvonch va energiya hisini uyg‘otsa, past notalar ko‘proq qayg‘u yoki xotirjamlikni aks ettiradi.

📝https://t.me/madaniyat_talim

SHEROBOD TUMAN 8-SONLI BOLALAR MUSIQA VA SAN'AT MAKTABI

21 Jan, 00:15


⚡️ “Oxunjon Madaliyev qo‘shiqlari el qalbida yashaydi" xalqaro festival - tanlovining g‘olib va sovrindorlari aniqlandi

Batafsil: https://gov.uz/oz/madaniyat/news/view/24312

Telegram | Instagram | Facebook | Veb-sayt

SHEROBOD TUMAN 8-SONLI BOLALAR MUSIQA VA SAN'AT MAKTABI

21 Jan, 00:14


#Biz_giyohvandlikka_qarshimiz

Telegram manzilimiz:
https://t.me/sherobod_8bmsm

SHEROBOD TUMAN 8-SONLI BOLALAR MUSIQA VA SAN'AT MAKTABI

21 Jan, 00:14


#giyohvandlik

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirish tizimini tubdan takomillashtirish to‘g‘risida” 2019-yil 9-yanvardagi PF–5618-son Farmoni va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Yuridik xizmat faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017-yil
19-yanvardagi PQ–2733-son qaroriga asosan aholining barcha qatlamlari huquqiy savodxonlikka erishishlari, yuksak darajadagi huquqiy ongga ega bo‘lishlari hamda huquqiy bilimlarini kundalik hayotda qo‘llay olishlari uchun tizimli va keng qamrovli huquqiy targ‘ibot tadbirlarini tashkil qilish davlat organlari va tashkilotlarning ustuvor vazifalaridan biri etib belgilangan.
Sherobod tumanidagi 8-sonli Bolalar musiqa va san'at maktabida "Biz giyohvandlikka qarshimiz" shiori ostida davra suhbati bo‘lib o‘tdi.
Shuningdek, Tasviriy san'at bo‘limi o‘quvchilari o‘rtasida ushbu mavzu bo‘yicha rasmlar tanlovi ham tashkil etildi.

Telegram manzilimiz:
https://t.me/sherobod_8bmsm

SHEROBOD TUMAN 8-SONLI BOLALAR MUSIQA VA SAN'AT MAKTABI

21 Jan, 00:13


#Fotoreportaj

🇺🇿 🇶🇦 “Qatar madaniyati, hunarmandchiligi va milliy taomlari haftaligi”

Telegram | Instagram | Facebook | Veb-sayt