Sevgi She'rlari

@sherlari_sevgi


Ko'ngilga Malham Bo'ladigan Sevgi She'rlari!
📌• #Sevgi - KUYLARI
📌•• #Sevgi - SHERLARI
📌••• #Sevgi - IZHORLARI
📌•••• #Sevgi - STATUSLARI
📌••••• #Sevgi - HIKOYALARI

@Maqsudbek_T

Reklama 👉 @Reklama_Qoidalarr

Sevgi She'rlari

22 Oct, 17:00


🌙🌸XAYRLI TUN YAXSHILAR!🌸🌙

💫Har bir narsaning hikmati bor!
Hayotimizdagi yomon insonlar ham biz uchun neʼmat ekanini bilasizmi?
🌙Chunki ular boʻlmaganida yaxshi insonlarning qadrini bilmagan boʻlar edik.

💫Koʻzlaring umidvor boqar ziyoda,
Barcha kuch aslida ojiz sukutdir.
Qalbingni ovutgin:

💫 Yorugʻ dunyoda Alloh soʻnggi emas, tanho umiddir!
🌙Xayrli tun Azizlarim!

Telegram.me/Sherlari_Sevgi

Sevgi She'rlari

22 Oct, 15:18


Sen olovga o‘xshaysan,
Yaqin borsam kuyaman.
Yuragimda yashaysan,
Alloh uchun sevaman.

Jon oladi ko‘zlaring,
Boqsam cho‘kib ketaman.
Oydan guzal yuzlaring,
O‘zgasini netaman.

Sen olovga o‘xshaysan,
Seni o‘shlab bo‘lmaydi.
Kuydirasan kuymaysan,
Tafting qaynoq sunmaydi.

Eritasan muzlarni,
Dilda g‘ashlik qolmaydi.
Sendan boshqa qizlarni,
Yurak seva olmaydi.

Sen bittasan, guzalsan,
Oshiqlaring parvona.
Balki kuysan, g‘azalsan,
Ishqingda men devona.

Bir chiroyli kulasan,
Boli bordir so‘zingni.
Qachon yorim bo‘lasan,
Sevamanda o‘zingni.

Sobitjon Eshtemirov. 2024.

Telegram.me/Sherlari_Sevgi

Sevgi She'rlari

22 Oct, 12:53


Malika Tavfiq✍️

Men boʻlmasam osmoningda,
Oylar butun turarmi, ayt?
Men boʻlmasam dunyoyingda,
Joning zarra kuyarmi, ayt?!

NurMuhammad✍️

Sen boʻlmasang gar yonimda,
Butun dunyo tor men uchun!
Sen boʻlmasang bu yurakda,
Jonim menga kerak nechun!

Malika Tavfiq✍️

Men boʻlmasam sochlaringni
Barmogʻida taraydi kim?
Oʻzi qolib Xudoyimdan,
Senga umr tilaydi kim?!

NurMuhammad✍️

Sen boʻlmasang hayotimda,
Menga baxtlar tilaydi kim?
Ollohimdan bizlarga deb,
Baxtimizni soʻraydi kim?

Malika Tavfiq✍️

Men boʻlmasam uylaringa,
Sogʻinch koʻchib kelmaydimi?
Men yoʻq boʻm-boʻsh yuraginga
Ega chiqib olmaydimi?

NurMuhammad✍️

Sen yoʻq boʻlsang hayolimda,
Sogʻinch meni hech qoʻymaydi.
Sen siz turgan yuragimga,
Hich bir goʻzal kirolmaydi!

Malika Tavfiq✍️

Men boʻlmasam oq tonglaring
Qarolanib otmaydimi?
Yana oqshom gʻarib Quyosh,
Quchogʻinga botmaydimi?

NurMuhammad✍️

Gar yoʻq boʻlsang yonginamda!
Sensiz tonglar otmaydiku!
Yuragimga botib Quyosh
Oy ham mahzun yigʻlaydiku!

Malika Tavfiq✍️

Kuydirmasmi qoʻllaringni,
Men uzatmas piyola ham.
Topolmayin mendek fido,
Izlab ikki dunyoda ham.

NurMuhammad✍️

Sen boʻlmasang tomogʻimdan,
Hatto suvlar oʻtmaydiku!
Yonib turgan yuragimdan,
Istiroblar ketmaydiku!

Malika Tavfiq✍️

Bogʻlaringdan qumri qushlar,
Mangu koʻchib ketmaydimi?
Biron shoir senga atab,
Bironta sheʼr bitmaydimi?

NurMuhammad✍️

Sen boʻlmasang bahorim ham.
Qorli qishda qolib ketdim!
Sheʼrlar yozib faqat senga,
Oʻzligimni koʻp unutdim!

Malika Tavfiq✍️

Koʻngil yarim oʻzi asli,
Choraktaga boʻlinmasmi?
Men boʻlmasam, yoʻqliklarim,
Senga zarra bilinmasmi?

NurMuhammad✍️

Ayrilmagin mendan sira!
Sen sizlik koʻp xarob etdi!
Oshiq yigit senga qara,
Yana yangi sheʼrlar bitdi!

Malika Tavfiq✍️

Koʻkragingni zirillatib,
Yurak zarblar urmaydimi?
Jon chiqarga joy axtarib,
Tomogʻingda turmaydimi?

NurMuhammad✍️

Sensiz yurak ne ekanin,
Soʻramagin aslo gulim!
Jon halqumda turgan ekan,
Bu ruh tanimni tark etdi!

Malika Tavfiq✍️

Yashay olding ishqsiz bir kun,
Ooo, qanchalar havasdamen.
Hayolimda sen boʻlmasang,
Bil, men soʻnggi nafasdamen!

NurMuhammad✍️

Biz ikkimiz bitta dunyo.
Ayrilmaymiz endi jonim!
Sen men bilan boʻl doimo,
Chiqqinucha tandan jonim

Malika Tavfiq✍️

NurMuhammad✍️

Telegram.me/Sherlari_Sevgi

Sevgi She'rlari

22 Oct, 08:49


✍️ She’riyat_maftuna
🎙️Kumush Sirojiddin qizi

Telegram.me/Sherlari_Sevgi

Sevgi She'rlari

22 Oct, 06:33


Hamon bordir muhabbatim

Men uchun intilgin, topgin-da imkon,
Yurakka hech qachon solmagin gumon,
Oʻrtada ishonchlar yoʻqolsa, yomon,
Shuni bil - men seni sevaman hamon.

Yurakni qalbingga begona bilma,
Men sen oʻzga yor haloli qilma,
Besabab qiynama, bagʻrimni tilma,
Shuni bil  - men seni sevaman hamon.

Sen bilan maroqli oʻtgan har kunim,
Armonni soldirma, chiqmasin unim,
Yoʻq boʻlma, ojizday boʻlaman, jonim,
Shuni bil - men seni sevaman hamon.

Koʻnglimga qaragin, faqat menga boq,
Muhabbat bogʻida olovlaring yoq,
Beijozat tanga bermagin-da dogʻ,
Shuni bil - men seni sevaman hamon.

Men seni sevishim hamisha rostdir,
Balki buni senga aytmoq xatodir,
Sevgi esa, bilmam, nelarga qodir,
Shuni bil - men seni sevaman hamon.

Zardoblar ichirma, ketmagin zinhor,
Pushaymon boʻlmasdan boʻlay umidvor,
Roʻshnolik koʻrsak gar jannatlari bor,
Shuni bil - men seni sevaman hamon

Solihabegim
Dilafuruz Shahrixoniy

Telegram.me/Sherlari_Sevgi

Sevgi She'rlari

22 Oct, 04:12


QIZGʻONAVERAMAN       

Qizgʻonaveraman hatto tushda ham,
Uygʻonsam yostigʻim boʻlib ketar nam.
Tishlar orasida ezilar tilim,
Koshki qizgʻonmasdan yashasam birdam.

Qizgʻonaveraman , qovrilib tanam,
Yorishmay qoladi yuragimda sham.
Shamollar , bulbullar qushlar mayliga,
Hatto qizgʻonaman kapalakdan ham.

Qizgʻonaveraman , topolmay darmon,
Koʻzdagi yosh emas , yurakdagi qon.
Unutib qoʻyar deb bu jonim halak,
Qalbingda yashagim keladi har on.

Qizgʻonaveraman , toʻxtamay bir pas,
Axir sen sababli olyapman nafas.
Guldan kishan solib oyoqlaringga,
Ishqdan solgim kelar boʻyningga qafas.

Qizgʻonaveraman , nuqul oʻt boʻlib,
Tunlar uxlolmayman hasratga toʻlib,
Xavotir olaman oʻzimdan goho,
Bir kuni rashkingda , qolmayin oʻlib.

Maktuba SHAYDO

Telegram.me/Sherlari_Sevgi

Sevgi She'rlari

22 Oct, 00:10


QADRLI, QADRDONIM BUGUNGI

22 - O K T Y A B R
🎉

TAVALLUD AYYOMINGIZ MUBORAK BO‘LSIN!
UMRINGIZ UZOQ, RIZQINGIZ BUTUN BO‘LSIN 🎊

T.me/+VnWzfGOmBegK77Yj

Sevgi She'rlari

21 Oct, 23:00


🌸ASSALOMU ALAYKUM VA RAXMATULLOXU VA BARAKATUH 🌸

🌤 XAYRLI TONG🌻

🌸 Barchangizga halol rizq, manfaatli ilm va ezgu amallar kun davomida hamroh boʻlsin!
Alloh taolo boshlagan kunimizni xayrli va barakali qilsin!🤲🤲🤲

Yangi kun muborak!☀️

Telegram.me/Sherlari_Sevgi

Sevgi She'rlari

21 Oct, 17:03


🕊🍁XAYRLI TUN
                YAQINLARIM 🍁🕊   
                                            
💫Goʻzal manzillarga oʻzingiz yetib borolmasangiz xam, xayollaringiz yetib borsin.
Hech boʻlmaganda shu xayollardan oʻzingizni mosuvo qilmang.
⭐️Hayotingizni goʻzal qilish oʻz qoʻlingizda ekanligini unutmang.
🌙Tuningiz fayzli oʻtsin Qadrdonlarim!

Telegram.me/Sherlari_Sevgi

Sevgi She'rlari

21 Oct, 15:39


* * *

Joningiz omonmi, joningiz sogʻmi,
Hamon yuribsizmi yelib-yugurib.
Hamon yodingizda bormanmi, yoʻqmi,
Hamon turibmanmi dilga tigʻ urib.

Bilaman, ishqimdan bezidingiz rost,
Ega chiqib oldim men sizga, ajab.
Oʻta rashkchiligim qiynadi bir oz,
Sizni yonib sevdim Zaynabga oʻxshab!

Hamon oʻsha-oʻsha koʻzingiz gulxan,
Shakar guftoringiz jon olguchimi?
Hatto tosh yurakli malikaning ham,
Koʻngliga ishq degan dard solguchimi?

Siz hamon oʻshami, axdida qatʼiy,
Koʻngil olish degan kasbning ustasi.
Ayting necha gʻurur chil-chil sindiyu,
Mendek asirlikka tushdi nechasi?

Yoki tangri sizga insof berdiyu,
Ichmay qoʻyildimi yolgʻon qasamlar.
Yurish qilmayapsiz koʻngil yurtiga,
Qoʻyilmay qoldimi qotil qadamlar?

Dargumon,
Bilmadim,
Oʻrgangan koʻngil,
Axir siz goʻzallik oldida ojiz,
Axir indamasa yorugʻ jaxonda
Qolmagan  boʻlardi siz sevmagan qiz!

Mayli, choramiz yoʻq,
Biz bechora ham,
Oʻzga hech narsaga sigʻmas haddimiz.
Biz ham koʻp qatori aldanib, sevgan,
Baxti qarolarning roʻyxatidamiz!

Joningiz omonmi, joningiz sogʻmi...

Malika Tavfiq

Telegram.me/Sherlari_Sevgi

Sevgi She'rlari

21 Oct, 15:03


https://t.me/QALBIM_GURURI

Sevgi She'rlari

21 Oct, 14:11


💞“SEVAMAN” DEB BIR AYTIB
QOʻYGIN

Soʻzlarimni eshitgin obdon,
Senga doim bir gap aytaman.
Qulogʻimda jaranglar har on,
“Sevaman” deb bir aytib qoʻygin.

Har bir soʻzing yoqadi biram,
Seni oʻylab, bosaman qadam,
Koʻzlarimda koʻrsatmagin nam,
“Sevaman” deb bir aytib qoʻygin.

Erkalasang, ketaman erib,
Sen uchun men borimni berib,
Tezroq kelgin, joningni berib,
“Sevaman” deb bir aytib qoʻygin.

Qiynamagin mushtdek jonimni,
Qadriga yet har bir onimni,
Qaynatmasdan kelgin qonimni,
“Sevaman” deb bir aytib qoʻygin.

Soʻzlarimni qilma bir tiyin,
Sensiz yashash, bilmaysan qiyin,
Ne boʻlsa ham, kelib sen degin,
“Sevaman” deb bir aytib qoʻygin.

Rahim aylab, qilginda fido,
Qoʻllar ochib, qilaman duo,
Nolalarim eshitdi Xudo,
“Sevaman” deb bir aytib qoʻygin.

Solihabegim
Dilafroʻz Shaxrihoniy
🎙Parizod

Telegram.me/Sherlari_Sevgi

Sevgi She'rlari

21 Oct, 13:03


ONAM)

Yo'qolib bormoqda sabr va chidam,
Sog'inch azoblari o'rtaydi tez-tez.
Toshkent...va ijara uyim oldidan
Har kun Navoiyga qatnaydi poyezd.

O'qish,ish va tashvish teskari taqdir,
Hech kim hamdam bo'lmas qalbim dodiga..
Qaysidir vagonda mayli tik turib,
Keta olsam deyman onam oldiga..

Qanaqa baxt topdim,Toshkentga kelib?
Quyoshni samoga chiqarar tandir,
Qattiq og'rir edi onamning beli.
Hozir og'riq yana qattiqlashgandir..

O'ylasam ko'zlarim to'lar yoshlarga,
Taqdir og'ir bosiq taqdir vazminmi?
Har kun maqtar ekan qarindoshlarga,
Mening gazetada chiqqan rasmimni.

Sog'inchdan tirildim,sog'inchdan o'ldim.
Ko'zyosh to'kayapti qalam va qog'oz.
"Dadang vafotiga o'n besh yil bo'ldi
Indinga maraka" qaltirar ovoz.

Boraman deyman-u og'riydi nafas.
Qanaqa koinot qanday olam bor?
Hech biri men uchun aslo muhimmas,
Men uchun yashagan mening onam bor.

Toshkent va ijara uyim oldidan,
Men-la Navoiyga qatnaydi poyezd.

Bugun..)

Faxriyor Baxtiyorov

Telegram.me/Sherlari_Sevgi

Sevgi She'rlari

21 Oct, 08:35


May emas, Hayyomni mast qilgan sevgi,
Tohirni oqizgan suvda muhabbat,
Ishq asli Majnunni qilgan devona,
Oshiqlik azobga mahkummi abat?

Dili shod boʻlibdi qaysi oshiqni,
Bir umr kuksida asragay tigʻni,
Bagʻriga dengizning suvi quyilsa,
Oʻchira olmagay qalbdagi choʻqni.

Bizlar havas qilgan Farhod sevgisi,
Shirin koʻzyoshida oqdi juvarmak,
Asirga aylanib ishqning qoʻlida,
Nahot yuragimiz boʻlmoqda ermak.

Hayyom sharobini quyinglar menga,
Farxod ketmonini boshimga ursin,
Azob-u, ayriliq shu boʻlsa sevgi.
Tohirning sandigʻi tobutim boʻlsin.

Telegram.me/Sherlari_Sevgi

Sevgi She'rlari

21 Oct, 07:18


SIZ BOR KÕCHA BEGONADUR ENDI MENGA.


Muhabbatning yõllarini berkitdingiz.
Orzu emas armonlarga qilib ega.
Yolg'onchigim vafosi yõq ey gõzal qiz.
Siz bor kõcha begonadur endi menga.


Yor yorlarning sadolari baģrim ôyar.
Menga ravo ko'rganingiz shumi nega.
Endi qaytib yõlamayman jonim kuyar.
Siz bor kõcha begonadur endi menga.


Õzga yorning tutdingiza qo'llaridan.
Kõrishmadi gõyo sizni meni tengga
Ishim tushsa ham õtmayman yõllaridan.
Siz bor kõcha begonadur endi menga.


Baht tilayman ostonasi tillodan yor.
Qancha bõlsa barcha bahtga bõling ega.
Adashib ham kirmam endi biror kun bor.
Siz bor kõcha begonadur endi menga.


HULKAROY HOJAMOVNA

Telegram.me/Sherlari_Sevgi

Sevgi She'rlari

21 Oct, 04:48


KEL, BUGUN YARASHAYLIK

Necha  oʻlib  tirildim,
Xatolarim kech bildim,
Ollohni guvoh qildim, 
Kel, bugun yarashaylik.

Sinama  bardoshimni,
Qancha toʻkdim yoshimni,
Egib keldim boshimni,
Kel, bugun yarashaylik.

Yomgʻirlar yogʻib tindi,
Sabrni kosasi sindi,
Yurmaylik shutib endi,
Kel, bugun yarashaylik.

Qancha- qancha tong otdi,
Dehqonlar nimalar sotdi,
Qarang, quyosh ham botdi,
Kel, bugun yarashaylik.

Ey lablari gul gʻuncha,
Qiynama meni buncha,
Xozir  yesan  tayoqcha,
Kel, bugun yarashaylik.

Panalarda yurmagin,
Yuzlaringni burmagin,
Atang qilib qolmagin,
Kel, bugun yarashaylik.

Topmayapti qalbim huzur,
Seni xafa qilgan ondan,
Soʻrayman men sendan uzr,
Kel, bugun yarashaylik.

Sinama bardoshimni,
Qancha toʻkdim yoshimni,
Egib keldim boshimni,
Kel, bugun yarashaylik.

✍🏻-Karimbek ASATULLAYEV

Telegram.me/Sherlari_Sevgi

Sevgi She'rlari

21 Oct, 01:00


Telegram.me/Sherlari_Sevgi

Sevgi She'rlari

21 Oct, 00:30


🎉Bugun, 21 - oktyabr O'zbek tili bayrami kuni

Aziz yurtdoshlar!
Sizlarni millatimiz aslini aks ettiruvchi, Ona tilimiz bayrami bilan tabriklaymiz, sizlarga baxt-saodat, sihat-salomatlik, oilangizga qut-baraka tilaymiz.
Bayramingiz muborak bo‘lsin!

T.me/Sherlari_Sevgi

Sevgi She'rlari

21 Oct, 00:10


🎉QADRLI, QADRDONIM BUGUNGI

21 - O K T Y A B R
🎉

TAVALLUD AYYOMINGIZ MUBORAK BO‘LSIN! 🎊

T.me/+VnWzfGOmBegK77Yj

Sevgi She'rlari

20 Oct, 23:00


🪷ASSALOMU ALAYKUM!🪷

🌞🍂XAYRLI TONG
                AZIZLARIM!!!🍂😊

   🌸 Tabassum muzni eritadi, barchaga xursandchilik ulashadi, KOʻNGIL jarohatlariga, ozorlariga malham boʻladi..
      Tabassum sof insoniy aloqalar kalitidir..

      Kayfiyatingiz aʼlomi?
      Bir tabassum qiling, atrofga samimiy boqing!
      Ishonaman-ki, koʻnglingiz yanada yorishdi!

      Tabassum qalbingizni nurga, mehrga toʻldirish barobarida, biling-ki, oʻzgalarga ham mislsiz zavq beradi.

      Tabassum, xush kayfiyat kun davomida sizni aslo tark etmasin!
😊🌹🌹🌹🌹

Kuningiz xayrli oʻtsin 💐💐

Telegram.me/Sherlari_Sevgi

15,464

subscribers

11,077

photos

5,447

videos