Dilmurod Nabiyev

@rektor_qarshidu


Qarshi davlat universiteti rektori

Dilmurod Nabiyev

21 Oct, 03:04


#rektor_tabrigi

📔 21-oktyabr — O'zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun!

Avvalombor barchangizni bugungi ayyom - O‘zbek tiliga Davlat tili maqomi berilganligining o‘ttiz besh yilligi bilan samimiy muborakbod etaman!

Til - insoniyatga in’om etilgan buyuk ne’mat! U xalq tarixi, ruhiyati, o‘zligini ifodalaydi. Binobarin, betakror madaniy-ma’rifiy boyliklar, asriy qadriyatlar shu tushunchaga payvandlanadi.

Yer yuzida tillar ko‘p, lekin har bir xalq uchun o‘z tili aziz va muqaddas, davlat tili – milliy mustaqillikning timsoli, jamiyat ko‘zgusi va davlat ramzi sanaladi.

O‘zbek tili xalqimizning shu kungacha qo‘lga kiritgan yutuqlaridan eng zalvorlilari qatorida deya, hech shubhasiz, milliy tilimizni e’tirof etsak bo‘ladi.

Ona tilimizning so‘nmas ziyosi ongu tafakkurimiz, qalblarimizni hamisha yoritib tursin!

Dilmurod Nabiyev
Qarshi davlat universiteti rektori, professor


🌐 Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz

Telegram             🌍 qarshidu.uz
💬 Facebook            📸 Instagram

Dilmurod Nabiyev

11 Oct, 09:13


#vazir_tashrifi

Bugun Qarshi davlat universitetiga Raqamli texnologiyalar vaziri Sh.Shermatov tashrif buyurdi. Vazir dastlab joriy yil mart oyida universitetda tashkil etilgan “Us High Quality International Logistics Service” IT-Park rezidenti faoliyati bilan tanishdi.

Hozirda ushbu Logistika Call markazida 10 ta yangi ish o‘rinlari yaratilgan bo‘lib, mahalliy va masofaviy IT-xizmatlar eksporti amalga oshiriladi.

Tanishuvning navbatdagi manzili universitet Inkubatsiya markazi bo‘ldi. Sh.Shermatov iqtidorli talabalar tomonidan taqdim etilgan innovatsion loyihalar bilan tanishar ekan, ularni amalga oshirish imkoniyatlari, istiqboli bo‘yicha tegishli tavsiyalar berdi.

👉@rektor_qarshidu

Dilmurod Nabiyev

30 Sep, 16:38


#bayram_muborak_bo‘lsin

⚡️1-OKTABR – O‘QITUVCHI VA MURABBIYLAR KUNI MUNOSABATI BILAN REKTOR TABRIGI

Muhtaram professor-o‘qituvchilar, ustoz va murabbiylar!

Dunyo tamadduniga ulkan hissa qo‘shgan allomalar borki, ularning barchasi inson komilligining omilini ilmu ma’rifat deb bildilar va shunday uqtirdilar.

Bu borada ulug‘ ajdodimiz Ahmad Yugnakiy shunday o‘git berganlar:
Bilim bilan saodat yo‘li ochiladi, shunga ko‘ra,
ilmli bo‘l, baxt yo‘lini izla.

Haqiqatan, saodat manziliga ilmdan o‘zga yo‘l yo‘q. Ilm sababidan siyratimiz yuksaladi, ruhimiz quvvat oladi, tafakkurimiz kengayadi.

Tabrik matnining to'liq shakli 👉🏻 bu yerda

Dilmurod Nabiyev
Qarshi davlat universiteti rektori, professor


👉@rektor_qarshidu

Dilmurod Nabiyev

28 Sep, 10:02


🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦

⚡️Turkiya – O'zbekiston ta'lim forumi doirasida rektor Dilmurod Nabiyev muhim kelishuvlar olib bordi

Xabar berilganidek, Turkiyada boʻlib oʻtayotgan Turkiya-Oʻzbekiston uchinchi taʼlim forumi doirasida Qarshi davlat universiteti rektori D.Nabiyev Turkiyaning Ege universiteti rektori Necdet Budak va Marmara universiteti rektori Mustafa Kurt bilan uchrashdi.

Samimiy muloqotlarda tibbiyot va muhandislik-texnika ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha hamkorlik qilish, oʻzaro professor-oʻqituvchilar va talabalar almashinuvini yanada rivojlantirish, birgalikda ilmiy izlanishlar olib borish kabi qator masalalar muhokama qilindi.

🌐 Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz

Telegram             🌍 qarshidu.uz
💬 Facebook            📸  Instagram

Dilmurod Nabiyev

27 Sep, 18:17


#O‘zbekiston #Turkiya
#Ta'lim_forumi #Live

Joriy yilning 27-28-sentyabr kunlari Turkiya davlatida "III Turkiya-O‘zbekiston ta'lim forumi" o‘tkazilmoqda. Mazkur forumda O‘zbekiston delegatsiyasi tarkibida Qarshi davlat universiteti rektori, professor D.Nabiyev ham ishtirok etmoqda.

Forum doirasida universitet rahbari D.Nabiyev Istanbulning Marmara va Izmirning Ege universitetlari rektorlari bilan uchrashuv o‘tkazdi. Tafsilotlar biroz keyinroq...

🌐 Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz

Telegram             🌍 qarshidu.uz
💬 Facebook            📸  Instagram

Dilmurod Nabiyev

09 Sep, 04:10


#rektor_tabrigi

Assalomu alaykum, hurmatli ustozlar! Qadrli hamkasblar!
Aziz talabalar!


Avvalo, yangi – 2024/2025-o‘quv yilining boshlanishi va talabalik baxtiga musharraf bo'lgan yoshlarni chin dildan qutlayman.

Bilim barcha eshiklarning kaliti, muvaffaqiyatning asosidir. Bugungi kunda yurtimizda ilmga juda katta e’tibor qaratilmoqda va bularning barchasi barkamol yoshlarni tarbiyalab, yetishtirishga qaratilgan.

Talabalik buyuk imkoniyatlar davri hisoblanadi. Undan unumli foydalaning, yangi bilimlarga intiling, do‘stlar orttiring, kelajak uchun rejalar tuzing va har bir lahzani qadrlang. Sifatli taʼlim sizning tirishqoqliginingiz, ilmga erishish yo‘lidagi sobitligingiz bilan chambarchas bog‘liqligini unutmang!

Yangi o‘quv yilida sizga omad va muvaffaqiyat yor bo‘lishini tilayman.

Nabiyev Dilmurod Xamidullayevich
Qarshi davlat universiteti rektori, iqtisodiyot fanlari doktori, professor


👉@rektor_qarshidu

Dilmurod Nabiyev

31 Aug, 17:40


Яшасин Ўзбекистон Республикаси! Яшасин Ўзбекистон халқи!

Да здравствует Республика Узбекистан! Да здравствует народ Узбекистана!

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X

Dilmurod Nabiyev

31 Aug, 08:45


#bayram_muborak

⚡️Bir bo‘lsak – yagona xalqmiz, birlashsak – Vatanmiz!

Qadrli hamkasblar, aziz talabalar!


“Erk – manzilmas. Erk – yo‘ldir...”, deganida naqadar haq so‘zni aytgan edi O‘zbekiston xalq shoiri Usmon Azim. Darhaqiqat, hurlik bu – doim kurash, mehnat va mashaqqat, intilish bilan bosib o‘tiladigan va uning natijasida yangidan yangi marralar zabt etiladigan nihoyasiz yo‘ldir.

Vatanimiz ham bugungi hurlik shabadasining esishi uchun uzoq kurashlarga to‘la shonli yo‘lni bosib o‘tdi. Ushbu yo‘lning Vatan uchun qanchalar qimmatga tushganini ko‘rgan ota-bobolar mustaqillik haqida gapirilganda ko‘zlariga yosh oladilar, bu ne’matning qadriga yetish haqida uzoq so‘zlaydilar.

Batafsil: https://qarshidu.uz/oz/news/899-bir-bolsak-yagona-xalqmiz-birlashsak-vatanmiz

Dilmurod Nabiyev
Qarshi davlat universiteti rektori, professor


👉@rektor_qarshidu

Dilmurod Nabiyev

30 Jul, 14:17


https://uza.uz/uz/posts/talabalar-uchun-yana-bir-qulaylik_620790

Dilmurod Nabiyev

29 Jul, 14:13


#talabalarga_qulaylik

Bugun Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov Qarshi davlat universitetida bo‘lib, Turizm amaliyot markazisining ochilish marosimida ishtirok etdi.

Ushbu markaz Turizm va mehmondo‘stlik ta’lim yo‘nalishining bakalavr va magistrantlari uchun xizmat ko‘rsatish sohasida nazariy bilimlarini amaliyotda qo‘llash imkoniyatini yaratadi. Ta’kidlash joizki, markaz 4 yulduzli darajadagi mehmonxona andozasida bunyod etilgan bo‘lib, mehmonlarni kutib olish, joylashtirish, umumiy ovqatlantirish xizmatlarini o‘z ichiga oladi. Shuningdek, markazdan anjumanlar zali va o‘quv xonasi ham o‘rin olgan.

👉@rektor_qarshidu