Qo‘shtepa tumani hokimligi

@qoshtepatumanhokimligi


Қўштепа тумани ҳокимлиги расмий канали
Веб-сайт: http://qoshtepa.uz
Фейсбук:
https://www.facebook.com/Қўштепа-тумани-ҳокимлиги-103390414609693/

Qo‘shtepa tumani hokimligi

22 Oct, 15:22


Президент Шавкат Мирзиёев раислигида "Яшил макон” умуммиллий лойиҳасини амалга ошириш юзасидан ўтган видеоселектор йиғилишида белгиланган асосий вазифалар.

Батафсил — юқоридаги #инфографикада.

Facebook|Instagram|X

Qo‘shtepa tumani hokimligi

22 Oct, 13:48


#Қўштепа_тумани

🔹"Қумтепа" маҳалласида яшовчи Беҳзод Салимов интенсив усулда қўзиқорин етиштиришни
йўлга қўйди

Каналга уланиш:👇
https://t.me/RegionF

Qo‘shtepa tumani hokimligi

22 Oct, 11:45


Yoshlarda vatanparvarlik ruhini shakilantirishga qaratilgan tadbirlar davom etmoqda

Qo‘shtepa tumanidagi ta’lim muassasalarida o‘tkazilayotgan “Ochiq eshiklar” kuniga tuman FVB xizmatchilari ham tashrif buyurib o‘quvchi yoshlarga yong‘in o‘chirish texnikasi va asbob-anjomlari to‘g‘risida ma’lumotlar berishmoqda. Tadbir davomida yoshlarda vatanparvarlik ruhini shakilantirish maqsadida suhbatlar ham tashkil etilmoqda.

Qo‘shtepa tumani hokimligi

22 Oct, 11:29


Paxta yig‘im-terimida faol ishtirok etayotgan xotin-qizlar rag‘batlantirildi

“Halqaro qishloq ayollari kuni” munosabati bilan Qo‘shtepa tumanida “Ayollar daftari”ning 5-bosqichiga kiritilgan va bugungi kunda paxta yig‘im-terimida faol ishtirok etayotgan xotin-qizlari ishtirokida “Osiyo bahor fayzi” fermer xo‘jaligi dala shiyponida madaniy-ma’naviy tadbir o‘tkazildi.

Tadbirda viloyat “Oqila ayollar harakati” rahbari Yu.Kadirova va “Oydin” gazeta muharriri X.Karimovalar ishtirok etdi.

Tushlik chog‘i tashkil etilgan tadbirda opa-singillarimiz uchun konsert dasturi tashkil etildi. Shuningdek, ilg‘or terimchilarga esdalik sovg‘alari topshirildi.

Qo‘shtepa tumani hokimligi

22 Oct, 11:05


5-umumta’lim maktabida o‘quvchilar uchun “Ochiq eshiklar kuni” tashkil etildi

Qo‘shtepa tumanidagi 5-umumta’lim maktabida o‘quvchilar uchun tuman Qo‘riqlash bo‘limining tashabbusi bilan “Ochiq eshiklar kuni” tashkil etildi. Tuman mudofa bo‘limi, FVB va Milliy gvardiya huzuridagi psixolog inspektorlar bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tadbirda viloyat Qo‘riqlash boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari, podpolkovnik Bekzod Mamatov ishtirok etdi.

Tadbir davomida yosh avlodni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash maqsadida o‘quv mashg‘ulotlari o‘tkazildi. Shuningdek, o‘quvchilarga qo‘riqlash xizmatining afzalliklari va tezkor harakatlanuvchi guruh haqida hamda harbiy anjom-aslahalar, yong‘in havfsizligini oldini olish to‘g‘risida tushunchalar berildi. Qolaversa o‘quvchilar kamondan o‘q otish bo‘yicha ham qiziqarli ma’lumotlarga ega bo‘lishdi.

Tadbirda maktab jamoasi viloyat qo‘riqlash boshqarmasi boshlig‘i tomonidan tashakkurnoma va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi va maktab direktori Dilafruz Dadaxonovaga topshirildi.