Qarshi irrigatsiya va agrotexnologiyalar instituti Yoshlari

@qiatiyoshlari


"TIQXMMI" Milliy tadqiqot universitetining
Qarshi irrigatsiya va agrotexnologiyalar institutining Yoshlariga oid yangiliklar yoritib boriladigan axborot kanali!!!

Murojaat va eʼlonlar uchun
👉 @Davron942914548

Yoshlar yetakchisi
👉 @Aziz_Fayziyev96

Qarshi irrigatsiya va agrotexnologiyalar instituti Yoshlari

21 Jan, 00:26


#KelajakUchun #SaylovgaBoraman

🙋 Oʻz kelajaging uchun oʻzing ovoz ber! Qashqadaryoda “Yosh saylovchi” targʻibot tadbiri boʻlib oʻtdi.

👤 Tadbir davomida turli xil tanlovlar sport musobaqalari va yakunida kansert dasturi boʻlib oʻtdi.

Bizning sahifalarimiz:
1️⃣ Telegram 2️⃣ Instagram
3️⃣ Facebook 📺 You tube

Qarshi irrigatsiya va agrotexnologiyalar instituti Yoshlari

21 Jan, 00:26


📣 DIQQAT EʼLON

🏢 "TIQXMMI" Milliy tadqiqot universitetining Qarshi irrigatsiya va agrotexnologiyalar instituti “Yilning eng faol yil talabasi” tanlovini eʼlon qiladi.

💙Tanlovda oliy ta’lim muassasasida uzluksiz (akademik ta’tilsiz) kunduzgi ta’lim shaklida o‘qib kelayotgan 2-, 3-, 4-bosqich talabalari ishtirok etishi mumkin. Mazkur tanlovda oldingi yillarda ishtirok etib 1-, 2- va 3-o‘rinni egallagan talabalarning qayta ishtirok etishiga yo‘l qo‘yilmaydi.

➡️ Tanlovda quyidagi 7 ta nominatsiya bo‘yicha g‘oliblar aniqlanadi:
✅️Yilning o‘z mutaxassisligi bo‘yicha eng bilimdon talabasi;
✅️Yilning eng faol targ‘ibotchi talabasi;
✅️Yilning eng faol ixtirochi-innovator talabasi;
✅️Yilning eng faol sportchi talabasi;
✅️Yilning eng faol iqtidorli talabasi (rangtasvir, grafika, dizayn, amaliy san’at, haykaltaroshlik bo‘yicha);
✅️Yilning eng faol ijodkor talabasi;
✅️Yilning eng faol tadbirkor talabasi (xotin-qizlar uchun).

❗️Tanlov nominatsiyalari bo‘yicha birinchi institut bosqichida yuqori o‘rinlarni egallagan g‘oliblar:
🥇1-oʻrin Bazaviy hisoblash miqdorining
8 barobari;
🥈2-oʻrin Bazaviy hisoblash miqdorining
6 barobari;
🥉3-oʻrin Bazaviy hisoblash miqdorining
4 barobari.

🚀 Respublika bosqichi esa joriy yilning noyabr oyida tashkil etiladi. Ushbu bosqich g‘oliblari Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi diplomi, maxsus statuetka hamda  bazaviy hisoblash miqdorining 1-o‘rin 15 barobari, 2-o‘rin 10 barobari va 3-o‘rin 8 barobari miqdorida pul mukofoti bilan taqdirlanadi.

👍“Yil talabasi” tanlovi nizomi

📝Hurmatli talabalar hujjatlarni fakultet dekanatlariga taqdim etishingiz soʻraladi.
Hujjatlarni qabul qilish 25-31-oktabrgacha!!!

Murojaat uchun Yoshlar yetakchisi @Aziz_Fayziyev96
Tel:
+998912249896

Bizni kuzating
👦QIATI YOSHLARI "Yoshlar ittifoqining" rasmiy sahifalariga obuna bo‘ling va do‘stlarga ham ulashing:
🔗 Telegram  Instagram  Facebook