𝑄𝑎𝑙𝑏𝑖𝑚قلبي🌿🕊️

@qalbim_m04


💫🤍🕊️
بســــــــــم الله الرحمن الرحيـــــــــــم

( Yurakdagi gaplar yurakka bormasa hisobmas, #Shunchaki kuzating )

𝑄𝑎𝑙𝑏𝑖𝑚قلبي🌿🕊️

22 Oct, 20:36


𝙐𝙭𝙡𝙖𝙢𝙖𝙜𝙖𝙣𝙡𝙖𝙧 𝙗𝙤𝙧𝙢𝙞🙄

𝑄𝑎𝑙𝑏𝑖𝑚قلبي🌿🕊️

22 Oct, 13:56


Oilam Haqliroq Bunga

𝑄𝑎𝑙𝑏𝑖𝑚قلبي🌿🕊️

22 Oct, 13:51


Falokat  -  Allohdan uzoqlikdir..

            Hayotiy hikoya.

                     9-Qism.

Kech tushgach uyga qaytdim. Va bu so‘nggi qaytish edi. Keyingi safar ketish boru qaytish yo‘q edi...

Uyga ham hech narsa bo‘lmagandek keldim. Lekin erim bilan orani ochiq qilishim kerak edi.
Shu sabab kechqurin biroz vaqt ajrating, gaplashib olaylik dedim.
U ham hop dedi. Ko‘chaga ketmadi.
- Akmal aka, men siz bilan ajrashishga qaror qildim. Sizning ham o‘zimning ham hayotimiz bu bilan bo‘lmaydi. Ertaga tug‘ilajak farzandim uchun ham shu qarorga keldim. Nasib qilsa o‘g‘ildir, qizdir chiroyli tarbiya qilaman. Ota-onamga ham chiroyli tushuntirdim....
U tutoqib ketdi.
- Sen nimalar deyapsan? Nima deding? Nega aytasan? Esing joyidami?
- Bir umr yashirayinmi? Qo‘ying, inaof qiling.  Faqat o‘zingizni o‘ylamang! Yetar endi. Ota-onam, yaqinlarim nima desa ham jim turasiz. Janjalga toqatim yo‘q. Shunda ham sizni o‘ylab meni ularda ko‘nglim yo‘q. Yashashni hohlamayman dedim. Siz esa sukut qilib ularni eshitasiz nima deyishsa ham. Chunki, aybdorsiz. Iltimos... Bir marta bo‘lsa ham tan oling. Alhamdulillah, sharmandaliksiz, tinchlik yo‘li bilan ketishga qaror qildim. O‘ziga shukur! Nolimadim?  Sizdan ham demadim. Taqdirimda bor ekan dedim. Siz ham bir martagina meni tushuning va mardlarcha yo‘l tuting. Ota-onam nima desalar ham haq. InshaAlloh, ular ham yaxahilikcha hal qilishadi. Ertaga ham sudma-sud haq talashib yurmaylik. Bunga toqatim yo‘q. Farzandimni ham o‘zim katta qilarman, rizq Allohdan. Aslida otalar sababchi xolos.  Hohlasangiz, qodir bo‘lsangiz ko‘ngil chiqarib farzandingizga moddiy ta'minot ajratarsiz. Agar bu yaxshilikni o‘zingizga ravo ko‘rmasangiz majburlash yo‘q.  Sizga baxt tilayman!
So‘zlarim ohirida dimog‘imni kuydirib chiqdi. Yig‘lab ichkari uyga kirib ketdim. U esa jim eshitdi. Va eshikni ochib kirmoqchi bo‘ldi, lekin men qulflab olgandim. Barno, iltimos, meni kechir. Sen ham baxtli bo‘lishga loyiqsan! Meni qarg‘amadang bas dedi va chiqib ketdi. Bilmadim qayerga ketdi?
Men Uning yoniga ketdi deb o‘yladim. Ammo, yo‘q... Xufton o‘qiyotganimda kirib keldi. Negadir hayajon bosdi. Namozni titrab o‘qidim... Qaltiroq bosardi.

Bee'tiborlik bilan kiyimlarimni yig‘ishni boshladim. Va onam bilan kelishuvimga ko‘ra men tayyor bo‘lib qo‘ng‘iroq qilaman va ular bir yo‘la yuk moshinasi bilan kelishlari kerak edi.

- Onamga nima deysan? Deya ortimdan kelib quchdi. O‘sha paytda nafratlanib ketdim, ochig‘i. Ketar chog‘imda bu ortiqcha edi. Ters o‘girildim va
- Iltimos, unday qilmang. Hurmatimizda qolaylik, Ularga siz tushuntiring, men sizga zo‘rg‘a gapirdim, ularga gapirolmayman, ammo ishontiringki, qarorim qat'iy va o‘zgarmaydi, deya ishimda davom etdim.
U ham negadir mayus tortib qolgandi.
Baribir nikoh muqaddas bo‘larkan. Har qancha hotirjam bo‘lmayin, dilim hufton edi. Allohga ishonib qadam tashlayotgan edim. Qolaversa o‘zimni hayotimga o‘zimga qiziq bo‘lib qolgandi...

Oradan bir haftacha o‘tdi. Hamma narsamni tugdim, yig‘dim. Ketishga shay bo‘ldim. Erim hanuz qaynonamga aytmadi. Har kuni uyda qolardi. Bu tabiiyki, menga yoqmadi. Ketishimni bilib ketma deyolmasdi. Lekin U qizni ham sevardi, kecholmasdi... Ikki o‘t otasida sarson bo‘lgandek azobda edi.

- Oyingizga ayting, iltimos. Ertaga bir yo‘la uyimdagilar kelishsa hayron bo‘lmasinlar. Yoki sog‘liklariga ziyon yetmasin. Iloji bo‘lsa bugun ayting.

Erim bosh irg‘ab chiqib ketdi.

Bir qayt qaynonam otilib kirdi, kirdi-yu qotib qoldi... Chunki, men uyni to‘la yig‘ib o‘zimni sarpolarimni ham tugib bo‘lgandim. Oy kunim yaqinlab qolgani sabab yuklarni ko‘tarmagandim va har yerda yoyilgan edi. Qaynonam  ''g‘isht qolipdan ko‘chgan'' ligini bilib meni quchog‘lab yig‘lashga tushdi:
- Jooon qizim ketmang. Bir kun ham qolmaydi u  ''megajin''ni yonida. Men ona bo‘lib so‘z beraman, Barno qizim ketmang. Ketmang, ketmang...
Deya tinmay yig‘lardi. Men ham qo‘shilishib yig‘ladim... Oyijon, sizni ko‘rgani kelib turaman. Akmal akamni ham qiynamang. Guldekkina o‘g‘il nabirangiz bor ekan. Ahir ularni ham o‘ylang!
Qaynonam buni bilmas ekan. Qotib qoldi...


#Davomi_bor

𝑄𝑎𝑙𝑏𝑖𝑚قلبي🌿🕊️

22 Oct, 07:52


Jannatning 8 darvozasi

1.Namoz darvozasi
2.G'azot darvozasi
3.Rayyon darvozasi
4.Sadaqa darvozasi
5.Ayman darvozasi
6.Zikr darvozasi
7.Avf qiluvchilar darvozasi
8.Haj darvozasi 🌸🫠

𝑄𝑎𝑙𝑏𝑖𝑚قلبي🌿🕊️

22 Oct, 05:56


Falokat  -  Allohdan uzoqlikdir..

            Hayotiy hikoya.

                     8-Qism.

Men kutgan kunlar tobora yaqinlashayotgan edi... Qalbimdagi bo‘shliq to‘lishini intizorlik bilan kutayotgandim.
Uyimdagilarga aytish vaqti ham keldi.
Erim meni uyga olib borib, kechroq kelaman deya ketdi. Men ham hush kuzatdim.
Salom-alik, uyog‘-buyog‘dan gaplashgach, onam endi nabira to‘yiga harakat qilishi lozimligini, olinajak seplar haqida so‘z boshladi. Men ham vaqti kelganini bilib, asta so‘z ochdim.
- Dadam bilan qanday turmush qurgansizlar, deb so‘radim. (Buni juda ko‘p eshitganman, ular ham ko‘ngil berib oila qurishgan edi, shu tomondan erimni yomon ko‘rmasliklarini, unga nisbatan janjal chiqmasliklarini hohlagandim)
Oyim ham yana yoshlik yillariga qaytib, zavq-u shavq bilan so‘zlardi.
- Onajonim, men ham shunaqa yashashni istayman. Akmal aka bilan yashashni istamayman dedim.
Onam esa  ''Bu nima deganing, esing joyidami? Qorningda zurriyodi turib unday dema! Bola ham eshitadiya'' deya urishdi.
- Ular ham shuni istaydilar onaa, ko‘ngillarida o‘zgasi bor.
- Sen qayerdan bilasan, seni yoqtirib olgan edi-ku. Bu gap qayerdan chiqdi? Sen qiz nima balo boshlayapsan?
- Ona, unday demang. Yaxshiliklar oldinda. Hop, siz o‘zingizni bosing, gaplarimni chiroyli qabul qiling, maylimi?
- Meni qo‘rqitmagin. Nima deysan?!
- Akmal akam bir qizga oshiq ekanlar. Avvaldan. Unga uylanganlar ham. Farzandlari ham bor.
Onamni tinchlantirish uchun tabassum bilan gapirdim. Aslida ham hotirjam edim. Ko‘nikib bo‘lgan edim. Yana Alloh men bilan ekaniga ishonchim komil edi. Onam bo‘lsa,
- Bunday hazil qilinmaydi, Barno. Qo‘ygin, kulishingni qara dedilar.
- Ularni o‘g‘il farzandlari bor, dedim jiddiy ohangda.
Onam endi hazil emasligiga ishondilar.
- Sen qachon bilding?
- 6 oy bo‘ldi...
- Nima?! 6 oydan beri jim yurib endi aytyapsanmi?  Ustingga xotin olsayu sen jim yuribsanmi?
Onam tushunmagandilar. Yoki o‘sha vaqtda aqllari o‘zlarida emasdi.
- Onaaa, mendan avval uylangan ekanlaaaar, deyapman...
Onam endi yig‘lashni boshladilar.
Men ularni quchog‘ladim. Ularni ovutmoqchi edim quchganimda. Ammo bag‘rilariga bosh qo‘yib o‘zim ham yig‘lab yubordim...

So‘ngra o‘zimni qo‘lga olib: 
- Men qaror berdim onajon, endi urush-janjal, to‘polondan ma'ni yo‘q. Iltimos, chiroyli tarzda hal qilaylik. Uyga qaytmoqchiman. Dadamga tushuntiring. Qizingiz ko‘ngilsiz bo‘libdi deng. Yana Akmal akamga u-bu qilib, akalarim ham bir musibat orttirishmasin.
O‘zimni onam, aqlli, dono onam.
Men istihora namozini ham o‘qidim. Shunchalar chiroyli tushlar ko‘rdim. InshaAlloh, bu men uchun xayrli bo‘ladi.

Onam qarg‘andi, qaynonamni rosa urushdi xuddi yonida turgandek...
Ahiyri sovidi, bosildi. Yangam ham onamning yig‘laganidan kirgandi. Hayrat bilan menga qarab o‘tirardi. Men esa juda hotirjam edim. O‘zimbi butkul Allohga topshirib qo‘ygandim...

Shu payt akam ham ishdan qaytdi. Yangamga iltimos, akamga sezdirmay turing dedim. U ham hop ishorasini qildiyu, chiqib ketdi...

Onam bilan maslahat qilib dadamni tinchlantirishga, chiroyli hal qilishimizga ko‘ndirdim....


#Davomi_bor

𝑄𝑎𝑙𝑏𝑖𝑚قلبي🌿🕊️

21 Oct, 18:12


Falokat  -  Allohdan uzoqlikdir..

            Hayotiy hikoya.

                     7-Qism.

O‘zimcha ota-onamga  ''jarohat'' yetkazmay bu vaziyatdan chiqishni o‘ylardim.
Istihora namozini ko‘plar biladi, ammo kam insonlar o‘qiydigan bir namoz deb bilaman va onam ham bilsalar-da bu namozni o‘qiganlari menga qorong‘u. Yoki men ularga sezdirmaganimdek... Ular ham menga sezdirmagandirlar.

Xullas, istihora namozini o‘qib bo‘lganimdan so‘ng tamomila o‘zgardim. Yanada yaxshi bo‘ldim, ketish qarorini berganimdan so‘ng, ketsam ko‘ngillarini ham olib ketaman deya dilimga tukkandim. Qaynonam, ovsinim bilan ham ahul inoq edik. Erim esa... Erim o‘z suygani bilan... Men uning hayotida yo‘qdek edim.

Istihoradan so‘ng, ikki bor ota uyimga bordim. Ammo ularga sezdirmadim. Lekin ukam chet elga ishlash uchun ketmoqchiligini,  u yerdagi ''saroy hayoti'' va katta maosh uchun berilgan va'dalarga ishonishgani menga yoqmadi va shu yerda ham ishi yaxshiligini,  ''Uzoqning somonidan,  yaqinning bug‘doyi yaxshi'' ekanini aytdim.  Iltimos qilib, istihora qilishlarini tushuntirdim onamga.
Alhamdulillah, Alloh dillariga solib istihora qilibdilar. Ilk kechadayoq... tushlarida ukam yolg‘iz, yig‘lab o‘tirgan emish.
Onam qattiq qarshilik qildilar. Ukam arazlab ikki, uch kun gapirmabdi ham onamga. Sheriklari jo‘nab ketgan kuni ham onamni xafa qilibdi.

Lekin Alloh eng Mehribon, Qudratli zot! O‘ziga yuzlanganlarni tashlab qo‘ymaydi.
Ukamni olib ketmoqchi bo‘lganlarning ''cheklovi'' bor ekan,  hammasi qaytibdi. Ukam chetga bormagan, yo‘l-yo‘riqni bilmay uyog‘larda sarson bo‘larmidi ketsa... Yoki yo‘l haqiga  ''kuyardi''.
Allohga hamdlar aytdim.
O‘zi menga yordam berayotgan edi.

Keyingisi undan ham xayrli bo‘ldi.
Ukam chet elga ketmagach, otam
- Chalg‘ib qoladi shekilli, Uylatib qo‘ya qolaylik, - deya onamga maslahat solibdilar. Va onamga bu juda ma'qul tushib qiz qidira boshlashdi.
Lekin ukamning ko‘ngil qo‘ygani bor ekan. Anchadan beri  ''yurisharkan''. 
Onam sovchilikka borgan kunlari meni ham chaqirdilar. Qiz istaralikkina, shirin qiz ekan. Tomonlarga ma'quldek tuyuldi.

Onam va akam meni uyga tashlab ketishar ekan, - Iltimos, onam, istihora  namozini o‘qing, deya xayrlashdim.

Shunchalik osonmi deb o‘ylashingiz mumkindir... U kunlarni bugun eslashni ham hohlamayman.
Bu og‘riqlarga sabr ila chidaganimga ba'zan o‘zimga lol qolaman. Ammo meni hisobim bo‘yicha farzandli bo‘lsam, so‘ngra bolam bilan andarmon bo‘lib uyda siqilmayman, ovunchag‘im bo‘ladi deb reja qilardim...

Allohim bilan aloqam yanada yaxshilangan edi. Unga yaqinlikni tuyardim. Har tushimni eslasam yuzim kulardi.
Ne sinoat edi bu? Bilmadim...

Xullas, bir necha kun o‘tgach onam bilan gaplashdim. Istihoraning 4-kunida qip-qizil olma ko‘rganlarini, lekin uni ololmay turganlarini aytdilar.
- Siqilmang onajon, demak yaxshilikka bo‘lsin deb boshqa qizni qidiring.
- Sardorga nima deyman. Doniyor ham ikkilanib qoldi. Dadangga hali aytmadim.
- Siz chetga ketmoqchi bo‘lganingda falokatingni ayirgan Alloh umr savdosida seni tashlab qo‘yarmidi, sen Allohga tavakkal qil-chi deng. Uyog‘ini o‘zingiz hal qilasiz-da ona, deya ular bilan suhbatni yakunladim.

Ammo ukam osonlikcha ko‘nmadi...
U qiz ham onangizga so‘zingiz o‘tmadi deb achchiq qilib boshqasiga fotiha qilinibdi. Bejiz emasligi belgi bera boshladi.

Ukam esa menga dushmanga qaragandek munosabatda bo‘lardi.

Men esa Allohga suyangan edim. Ahir Mening Ishonganim faqat U edi...



#Davomi_bor...

𝑄𝑎𝑙𝑏𝑖𝑚قلبي🌿🕊️

21 Oct, 16:52


“Сўнги чора эмас,
Ягона чора Аллоҳдир”!

𝑄𝑎𝑙𝑏𝑖𝑚قلبي🌿🕊️

21 Oct, 16:46


7 Qism 22:00

𝑄𝑎𝑙𝑏𝑖𝑚قلبي🌿🕊️

21 Oct, 16:45


Falokat  -  Allohdan uzoqlikdir..

            Hayotiy hikoya.

                     6-Qism.

Birdan hayolimga istihora namozi keldi...

Ey Robbim hayotimni qurishda sendan yordam so‘ramabman, senga maslahat qilmadim...
O‘zing yo‘l ko‘rsat deya kechda istihora namozini o‘qishga niyat qilib qo‘ydim.

Erim qayta qo‘ng‘iroq qilishini kutdim. Ayolmadaaa... Dilim og‘rib, yana g‘am-qayg‘u iskanjasida kunni kech qildim. Kunduzlari ham unga talpinib, uning yonida bo‘larkan demak, chindan uni sevadi.
- Ey Allohim O‘zing adashtirma, O‘zing to‘g‘ri yo‘l ko‘rsat deya duo qildim.

Erimning uyida borligim ham yo‘qligim ham sezilmasdi. Yo menga shunday tuyulardi. Bilib-bilib isharimni qilardim. Ovsinimning yosh bolasi bor, u bilan andarmon bo‘lardi. Qaynonam juda sovuqqon ayol edi. Kech tushgach:
- Akmaljonni ishi ko‘p ekan, Barnoxon, kutmay damingizni olavering, dedi.
- Xo‘p oyijon dedim.
Lekin bilaman-ku uning qayerdaligini.
O‘zimni shuncha beparvodek tutsam ham baribir yuragim yonardi. Bilmadim uni sevmagan bo‘lsam ham baribir huddi keraksiz insondek his qildim.
- Sabr qil, Barno, sabr qil deyman.
Xayrlashib uyga kirdim. Huvillagan xona. Yolg‘on, soxta baxtlarimga guvoh bo‘lgan xona.

Xufton namozini o‘qidim. Hali vaqtli edi. Kechalar uzun. Qur'on o‘qib o‘tirdim. Keyin isrihora namoziga turdim. Istihora namozini o‘qishga turar ekanman. Avvallari hech tuymagan hisni o‘tkazdim. Huddi Robbim bilan yuzma-yuz turgandek o‘zgacha huzur, o‘zgacha qo‘rquv bilan ado qildim namozni.
Uxlab qolgunimcha sayyidimiz sollallohu alayhi va sallamga salovotlar aytdim...
Lekin tush ko‘rmadim. Yoki eslay olmadim.

Ertasi kuni yana shu hol kechdi. Ammo yana tush ko‘rmadim.
Odatta yetti martagacha istihora qilinar edi. Shunda ham natija bo‘lmasa xayrsiz deb talqin qilinishi lozim.

Bir quvonsam, bir xafa bo‘laman.
Uchinchi kuni esa yolg‘iz emasdim.
Erim keldi. Lekin u ham men ham hissizlik botqog‘iga cho‘kkandik. Salom alikdan uyog‘iga o‘tmadik.

Men odatim bo‘yicha xufton va istihora o‘qidim. Ammo bu safar rosa yig‘ladim, qo‘lim duoga ochilgan ko‘yi tilim aylanmasdi. Faqat yig‘ladim...

Uxlab qolgunimcha yana salovotlar aytdim.
Erta tong. Uyg‘onsam ruhim shu qadar yengil. Shu qadar hotirjam his qildim o‘zimni. Tush ko‘rdim va tushimni eslay boshladim...
''Yam-yashil bog‘. Oppoq kiyinib olgan bir qizaloq meni qo‘limdan yetaklab olgan. Ammo qornimdagi homilamni ham ko‘rdim. Tepalikka chiqib ketyapman. U yerda ko‘o‘o‘p odamlar bizga qo‘l silkib turardi...

Allohga shukur, behisob hamdlar bo‘lsin. Demak menga so‘zladi Allohim. Menga yo‘l ko‘rsatdi...

Yashil va oq ranglar... Demak. Bu uydan nasibam uziladi.

Erimga ham endi o‘zgacha munosabatni tuydim. Demak bo‘lishi kerak ekan. Bo‘ldi. Bu odam ham atayin qilmagandir.

Yuragimdagi ginalar, muzlar erib ketgandek edi..

Ammo bu vaziyatni ota-onamga tushuntirish masalasi turardi oldinda... Mayli, endi ko‘nglim to‘q edi. Alloh men bilan. Yana O‘zi yordam beradi. Yana O‘zi yo‘l ko‘rsatadi.
.


#Davomi_bor

𝑄𝑎𝑙𝑏𝑖𝑚قلبي🌿🕊️

20 Oct, 17:37


• Xotin:
- Dadasi, doktorga uchradim.
U menga Antaliyagami, Malayziyagami yoki Dubaygami borib, suv bo'yida dam olishimni buyurdi.
Qayerga boramiz?
• Er:
- Boshqa doktorga!

𝑄𝑎𝑙𝑏𝑖𝑚قلبي🌿🕊️

20 Oct, 17:36


- Oila bu eng bebaxo ne'mat uni buzish emas asrash kerak..

𝑄𝑎𝑙𝑏𝑖𝑚قلبي🌿🕊️

20 Oct, 17:33


Falokat  -  Allohdan uzoqlikdir..

            Hayotiy hikoya.

                     5-Qism.

O‘zing kuch ber deya yolvordim.
Erim kirdi. Jimgina yonimga o‘tirdi.
- Siz faqat savollarimga javob bering. Gapirmang.
U bosh silkib qo‘ydi.
-  Kim u ayol? Necha yil bo‘ldi uylanganingizga?
- Uning ismi Dilbar. Ikki yil bo‘ldi. Oliygoh talabasi. Boshqa viloyatdan.
- Farzandingiz bormi? Ko‘zimdagi yoshni ortiq ushlab tura olmadim.
Yig‘ladim... U jim edi.
Ortiq gapirolmadim...
- Meni kechir, ota-onamga qarshi turolmadim. Seni ham o‘zingga hos jihatlaring, hush odobing bor. Seni ham, Dilbarni ham tashlab qo‘ymayman. Hohlasang ketma. Shu yerda qol. Bir kun bu yerda, bir kun uyog‘da bo‘laman. Ammo uni ham tashlab qo‘yolmayman. U ham musofir. Mendan bo‘lak bu yerda yaqin odami yo‘q. Unga va'da berganman. Qolaversa....
- Bas, yetar. Jim bo‘ling. Gapirmang. Gapira ko‘rmang. Meni hayotim sizga o‘yinchoqmi?  - O‘zimni tutolmadim. Faqat baqirdim, la'nat bo‘lsin sizni taniganimga. Alloh jazoyingizni bersin! Umrimning zavoli sizsiz. Tushundingizmi? Nafratlanaman sizdan. Hohlasang emish. Hohlamayman. Eshityapsizmi sizdek yolg‘onchi insonni ko‘rishni ham eshitishni ham istamayman. Oyingiz ushlab qoldilar. Aks holda shifoxonadayoq uyimga ketar edim. Dadam bilsalar ne bo‘ladi holingiz bilasizmi? Men-ku yo‘limni tolib ketaman. Alloh O‘ziga suyangan bandasini tashlab qo‘ymaydi. Ammo vujudimdagi shu bola...  Bolangizni uvolidan qo‘rqing.
Faqat yig‘lar edim. U boshini quyi solgancha meni eshitdi. Boshqa chorasi ham yo‘q edi. Ahir aybdor.
Holdan toyguncha yig‘ladim. Xatto  "yig‘lama" demadi...
Yig‘lay-yig‘lay uxlab qolibman.
Uyg‘onsam vaqt saharga yaqinlashib qolibdi. Yana yig‘i kelardi.
- Barno.. Yig‘lama, o‘zingni ovut. O‘zingni qo‘lga ol, deya turib xuftonga harakat qildim. Joynamoz ustida kelgan yig‘imni hech qaytara olmadim. 4 rakat farzni zo‘o‘o‘rg‘a o‘qidim. Sajdadan boshimni olmasdim. Yig‘ladim. Yig‘layverdim. Xatto namozdagi duolarni o‘qiyolmadim.. O‘ziga topshirdim.. Barini.

Ortiq erim bilan gaplashmadim.

Shu zaylda bir necha hafta o‘tdi. Hamma menga parvona edi. Orada bir marta uyimdagilar xabar olgani kelishdi. Men borishni istamasdim. Borsam ko‘zlarim dardimni sezdirib qo‘yishidan qo‘rqardim.
Juda yomon holatda edim. Afsuski bu kunlar hayotimning holvasi ekan..

Xullas.. Oradan ikki oylar o‘tgach erim uyga kelmaslikni odat qildi. Unga nisbatan sovib ketgan bo‘lsam ham uyga kelmagani og‘ir botdi. Demak u bilan qolgan.
O‘zimni juda yomon his qildim.

Qaynonam bir kuni chaqirib, bizni alohida uyga ko‘chirishni va erkin yashashimiz uchun sharoitlar yetarli ekanini aytdi. Ammo qanaqasiga shu o‘g‘li bilan meni alohida ro‘zg‘or qiladi deb o‘yladi bilmadim. Balki, bir hisobda yaxshidir. O‘zimni qanday tutishni bilmadim. Nima qilishni ham. Koshki o‘shanda bir kattalar bilan maslahat qilsam edi...
Bir tomonda oy kunim yaqin. Yana qaynonamdan ranjishni boshladim. O‘g‘li bu ahvol. Onasi u ahvol. Yoki uyga ketsammikan?!

Mendagi o‘zgarishni onam va uyimdagilar sezishgan. Ammo men buni homiladorlik asoratiga yo‘yardim. Erimni yomon ko‘rganimni, shu sabab u bilan munosabatimiz yaxshimasligini aytardim. Onam ham o‘tib ketadi bu holat. Ammo eringni ko‘nglini qoldirma deb nasihat qilardilar.

Bir kuni judayam sutli shokolad yegim keldi. Kimga aytishni bilmadim. Qaynilarimga hijolat. Akamni ovora qilish juda noqulay.
Bu hol menda birinchi bor sodir bo‘lishi edi. Erimga qo‘ng‘iroq qildim. Ahir eng ko‘p uning mas'ulligi deb o‘yladim. Ammo telefonni U oldi.
Biroz jim qoldim.
- Allo... Allo.
- Assalomu alaykum, yaxshimisiz?
- Endi u jim edi.
- Akmal akam bormilar?
- Sen qanaqa qizsan? Shuncha gapni bilib ham yana yashayapsan. Nega telefon qilding?
- Siz ham farzandingiz uchun yashamayapsizmi?
- Yo‘q, biz bir-birimizni yaxshi ko‘rganimiz uchun yashayapmiz. Agar Akmal akam mendan kechganlarida bolamni olib ketgan bo‘lardim. O‘zimni ularga o‘yinchoq qilmasdim. Sen ham baxtli yashashing mumkin-ku..
Men ortiq gapirmadim. Nega ham telefon qildim deya o‘zimni koyirdim..

Ammo u haq edi.

Birdan hayolimga istihora namozi keldi..


#Davomi_bor

𝑄𝑎𝑙𝑏𝑖𝑚قلبي🌿🕊️

20 Oct, 17:32


Nеga bolajonlar urushib qolib, ko'p o'tmay darrov yarashib birga o'ynashda davom etadilar, bilasizmi?

Chunki ular uchun QUVONCh g'ururdan ustun turadi...

𝑄𝑎𝑙𝑏𝑖𝑚قلبي🌿🕊️

19 Oct, 14:54


Nemat Shukurga
Shukur Esa Ziyodallika Boglangandir
Shukur Qilishni Ham Biling

𝑄𝑎𝑙𝑏𝑖𝑚قلبي🌿🕊️

19 Oct, 13:38


Hammadan ketmoqchi bo’ldim, qarasam hech kimim yo’q ekan..

𝑄𝑎𝑙𝑏𝑖𝑚قلبي🌿🕊️

19 Oct, 07:25


Қўлимиздаги 5000 сўм пул масжидга эҳсон қилиш учун жуда кўплик қилади, лекин телефон ҳисобимизга тушуриш учун жуда камлик қилади.
Дуо қилиш учун сўз топилмайди, аммо севги изҳорлари ёки дил оғритувчи сўзларга гап қуйилиб келади.
30 дақиқа ибодат қилиш учун жуда кўп туйилади, бироқ телефонда гаплашиш, ёки ижтимоий тармоқларда вақт ўтказиш учун кам.
Умр ўтмоқда деймиз, аммо охират ғамини емаймиз...
Шудир бизнинг аҳволимиз...

𝑄𝑎𝑙𝑏𝑖𝑚قلبي🌿🕊️

18 Oct, 16:24


Hech qachon berkinma! Yechim doim yuzlanmoqlik bilandir.

𝑄𝑎𝑙𝑏𝑖𝑚قلبي🌿🕊️

18 Oct, 16:20


Dengiz Tinch Bolganda
Hammangiz Kapitansiz

𝑄𝑎𝑙𝑏𝑖𝑚قلبي🌿🕊️

18 Oct, 15:21


Falokat  -  Allohdan uzoqlikdir..

            Hayotiy hikoya.

                     4-Qism.

Hushimdan ketib yiqildim..

O‘zimga kelganimda shifoxonada edim.
Boshimda onam.. Ularni ko‘rib ko‘nglim buzilib ketdi. Yig‘ladim.
Qaynonam gap boshladi,
- Barnoxon, oyingizni dilini g‘ashlamang. O‘zi havotir ola o‘tiribdilar. Biz aytsak ham baribir onada, qon bosimingiz meyorlashsa ham ketmadilar. Endi o‘zingiz ularni hotirjam qiling.

Tushundimki, yana sirlarni yashirishmoqchi. Indamadim. Nima deyishni, qanday yo‘l tutishni bilmasdim. Armonga aylangan orzularim birma-bir ko‘z oldimdan o‘ta boshladi.
Onam! Mendan ham ortiqroq baxtimni istovchi onam! Ularga qanday aytaman baxtiqaro qizingiz kundoshlikka saylangan ekan deb.. Bo‘g‘zim achishib turardi. Ammo o‘zimni qo‘lga olishim kerak. Qaror qabul qilishga shoshilmasligim kerak. Ahir endi bitta o‘zim uchun emas, vujudimdagi yana bir odamcha uchun ham shoshilmasligim kerak  edi.

Indamaganimdan bezovta bo‘lib onam so‘roqlay boshladi:
- Nima bo‘ldi ona qizim, yaxshimisan? O‘zingni yaxshi his qilyapsanmi?
- Yaxshiman oyijonim. Havotir olmang. O‘zi shunaqa bo‘lib turarkan-ku.
Xonaga shifokor kirib keldi, hayriyat meni qutqardi dedim...

- Qon bosimi yaxshilandi. Ammo qoni kam. Holsiz. Yaxshilab davolatasizlar. Ona sog‘lom bo‘lsagina sizlarga sog‘lom nabira beradi.
- Voy albatta yaxshi qaraymiz, davolatamiz. Ehtiyotlab, avaylab turamiz. Endi bizga qiz bo‘ladilaraa ahir, o‘zim uyda ham parvarishlab xabardor bo‘lib turaman - deya qaynonam qapni ilib ketdi.
Onam tabassum qilib qo‘ydilar qaynonamga. Aslida buning sababini bilsalar edi, balki sochidan yularmidilar.. Bilmadim.
O‘sha paytda qaynonamni yomon ko‘rib ketdim.
Qaysi ona qiziga bu hayotni ravo ko‘radi? Qiz emish.
Shifokor ularni olib chiqib ketdi.

Eshik ochilib erim kirib keldi. Uni ko‘rib teskari qaradim..
Ko‘rishni ham, eshitishni ham hohlamayotgandin.
- Barnoshim, kechir meni. Iltimos... Hammasini tushuntiraman senga.
- Iltimos, hozir emas. Uyda gaplashamiz.
Erim jim bo‘ldi. Men onamni o‘ylardim. Hozir janjal chiqishidan, uning gaplaridan yig‘lamasligim mahol edi. Shu sabab suxbatdan qochdim. Yana nadomat qalbimni chulg‘ab oldim. Men Allohga maslahat qilmagan edim.

Uyga ruxsat berishdi. Onam va akam uyga ketishdi. Qaniydi men ham ular bilan ketsam deya ko‘zim to‘la yosh bilan kelinlik uyimga qaytdik. Hammalari jim edi...
Ohiri qaynonam gap boshladi:
- Qizim, bilaman siz juda aqllisiz. Ilmingiz bor. Akmaljon bir xato qildi, biz uni hazm qilolmadik. Unda ayb yo‘q. Iltimos, avvalo bizlarni kechiring. Bilaman, bu oson emas. O‘zimizni o‘yladik. Ammo sizni ko‘rgandayoq isib qoldim. Bir  ''ko‘chadagi qiz'' kelin o‘rnida ko‘rolmasdim.
- U ko‘chaning qizi emas,  erim uning gapini bo‘ldi. Nafrat bilan unga qaradim.
-  Unda olib kelib yashang. Meni javobimni bering.
- Unday demang, Barnoxon. Qadam bosmaydi bu hovliga.
- Iltimos, men o‘ylab olishim kerak. Ruxsat bersangiz uyga kirsam.
- Mayli, kirib biroz dam oling. Gaplasharmiz.
Hovlida ovsinim turardi. Yig‘labdi. Ko‘zi qizargan. Allanechuk, uni bag‘riga otildim. To‘yib-to‘yib yig‘ladim... Haqiqatdan dardingni ko‘tarishadigan bir yelka kerakkigini his qildim o‘sha onda. U ham meni ovutgan bo‘ldi. Ammo meni tushunganidan, men uchun qayg‘urganidan unga bir chandon mehrim oshdi.
- Men judayam aytishni hohladim. Ammo tilim bormadi. Kechiring meni.
- Dilopa, taqdirim shu ekan. Nima ham kelardi qo‘limdan. Ammo qiyin ekan. Juda qiyin ekan.
Mayli, kirib dam oling. O‘zingizni urintirmang endi. Ikki jonsiz. O‘zingizga qarang.
Rahmat degancha uyimga kirib ketdim.

O‘zimni divanga otdim. Hissiz inson kabi muzlab qolgandek edim.
Menjng baxtimga guvoh bo‘lgan bu peshtoqlar, devorlar.. endi g‘amlarimni qarshi olajak edi.

O‘zimni qo‘lga olishim kerak. Erim bilan gaplashish uchuj o‘zimni tayyorladim. Unga beradigan savollarim ko‘p edi.

Lekin uning:
- U ham ko‘cha qizi emas degan gapidan tushundimki, uni yaxshi ko‘radi. Ahir mening yonimda ham tarafini oldi, himoya qildi.
Yana bo‘g‘zim achisha boshladi. Allohim O‘zing kechir. O‘zing madad ber. O‘zing kuch ber deya yolvordim
.

#Davomi_bor

𝑄𝑎𝑙𝑏𝑖𝑚قلبي🌿🕊️

18 Oct, 15:18


Alloh ko'rib turib, insonning aybini berkitadi..
Inson ko'rmagan narsasini olamga doston qiladi...

3,035

subscribers

3,979

photos

2,929

videos