PastDarg'om Live 🔴 Расмий канал

@pastdargom_live


Samarqand Viloyati Pastdarg‘om tumani Xabarlarini Tezkor Yetkazib Beruvchi Kanaldasiz

👀 Voqea va hodisa guvoh bo‘ldingizmi
bizga yuboring ➡️ @jamuratov

💰 Reklama uchun : @PastdargomAdmin

Instagram kanalimiz 👇
Instagram.com/pastdargom_live

PastDarg'om Live 🔴 Расмий канал

22 Oct, 07:22


Группа, обед...😋

Тушлик қилаётганларга ёқимли иштаҳа


👉 @Pastdargom_live — Пастдаргомдаги энг тезкор ва махфий янгиликлар канали!

PastDarg'om Live 🔴 Расмий канал

22 Oct, 06:50


🎞 Pastdarg‘omda "Yashil makon" aksiyasi boshlandi

👉
@Pastdargom_live — Пастдаргомдаги энг тезкор ва махфий янгиликлар канали!

PastDarg'om Live 🔴 Расмий канал

22 Oct, 04:33


#videorolik

❇️ 21- oktabr -O'zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun
munosabati bilan

Pastdarg’om tuman 125- maktab

,,O’qtuvchilari" tamonidan videorolik tayyorlandi


➥Pastdargʻom tumani Yangiliklari
🌐
@Pastdargom_live

PastDarg'om Live 🔴 Расмий канал

21 Oct, 19:51


#Foydali

Kuniga 14 ta bodom isteʼmol nafaqat sochlaringizni balki......!


Tadqiqotlarga ko‘ra, bodom yer yuzidagi eng foydali xususiyatlarga ega bo‘lgan ovqatlardan biridir!

10 dona bodomni 1 stakan sut bilan isteʼmol qilish.

Immunitetni mustahkamlaydi,

Ichaklar faoliyatini yaxshilaydi,

Yuzlarni tiniq qiladi,

Buyrak va jigar faoliyatini yaxshilaydi.

Kuniga 14 dona bodom isteʼmol qilish soch to‘kilishini to‘xtatadi.

👉
@Pastdargom_live — Пастдаргомдаги энг тезкор ва махфий янгиликлар канали!

PastDarg'om Live 🔴 Расмий канал

21 Oct, 15:34


SAYYOR QABULLAR - XALQ BILAN ISHLASHNING SAMARALI USULI

💎Xabaringiz bor, aholi murojaatlarini tinglash va ularni qiynayotgan masalalarga yechim topish maqsadida, barcha mahallalar bo‘ylab birma-bir fuqarolar hamda yoshlar uchun sayyor qabullar o‘tkazib kelinmoqda.

👨‍💼Pastdarg'om tuman hokimi tegishli tashkilotlar rahbarlari hamrohligida o‘tkazgan navbatdagi sayyor qabuli “Paxtakor” mahallasi fuqarolari va yoshlari uchun 3-son kasb-hunar maktabida bo‘lib o‘tdi.

📍Sayyor qabulda kasb-hunar maktabining bir guruh o‘quvchilari ham ishtirok etgani, uchrashuvni yana-da qiziqarli tarzda o‘tishiga sabab bo‘ldi.

✍️Qabul davomida gaz, ichimlik suvi, elektr energiyasi, bandlik, moddiy yordam kabi turli soha va mavzuga doir murojaatlar kelib tushdi. O‘quvchilar ham, o‘zlarini qiziqtirgan savollar va kelgusidagi rejalari xususidagi masalalarni o‘rtaga tashladi.

✍️Qilingan murojaatlar ro‘yxatga olindi va barchasi ijrosini taʼminlash maqsadida mutasaddilarga yo‘naltirildi.

🌐Bundan tashqari, ishlash yoki o‘qish maqsadida xorijiy davlatlarda bo‘lib turgan yoshlar va fuqarolar bilan onlayn suhbat o‘tkazilib, ularni qiynayotgan masala va takliflari tinglandi.

Uchrashuvda soliq va kommunal to‘lovlarni o‘z vaqtida to‘lash, quyosh panellarini o‘rnatish hamda uning afzalliklari, mahalla hududida uyushqoqlik bilan hasharlar tashkil qilib ko‘chalar, qabristonlar, guzarlar, xonadonlar tashqi qismini tartibga keltirish, obod qilish masalalari ham ilgari surildi.

PastDarg'om Live 🔴 Расмий канал

21 Oct, 15:34


#Munosabat

Ijtimoiy tarmoqlar orqali, Pastdarg‘om tumani “Olmazor” MFYda yashovchi fuqaro o‘z yashash uyi atrofidan o‘tgan ko‘cha noqonuniy o‘rab olingani bo‘yicha shikoyat qilgani xususidagi videoxabar tarqaldi.

Holatga aniqlik kiritish maqsadida, tuman qurilish uy-joy kommunal xo‘jaligi bo‘limidan maʼlumot oldik. Unga ko‘ra:

Pastdarg‘om tumanidagi “Olmazor” mahallasi hududida yashovchi bir guruh fuqarolar tomonidan yo‘l masalasida nizo kelib chiqqan. Mazkur holat yuzasidan fuqaro Normo‘minov Ro‘ziboy tomonidan yo‘lni ochish bo‘yicha sudga kiritilgan davo arizasi 04.07.2024-yilda Pastdarg‘om tuman fuqarolik sudi tomonidan qanoatlantirilishi rad etilgan.

Shuningdek, holat bo‘yicha Google xarita bir necha yillar kesimida orqaga qaytarib ko‘rilganda, murojaatda nazarda tutilgan joyda yo‘l mavjud bo‘lmagani aniqlandi.

Hozirgi kunda “Olmazor” mahallasining bosh rejasi mavjud emas. Fuqaro Normo‘minov Ro‘ziboy yo‘l uchun so‘ragan joyda esa, qo‘shnilari Normo‘minov O‘rol va Normo‘minov Jaxongirlarning hovli uy-joylari mavjud va ularning yeri Davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan.

Bundan tashqari, fuqaro Normo‘minov Ro‘ziboyning yashash xonadonida 0.10 ga yerga qarori mavjud bo‘lib hozirgi kunda 0.29 ga yerdan foydalanib kelayotganini maʼlum qilamiz.

PastDarg'om Live 🔴 Расмий канал

21 Oct, 14:41


Namoz vaqtlari «Pastdarg‘om tumani» vaqti bo'yicha

sana: 2024 yil 22-oktyabr, sеshanba

hijriy: 1446 yil 19-rabi’us soni

tong: 05:29

quyosh: 06:51

peshin: 12:18

asr: 16:02

shom: 17:49

xufton: 19:01

----------------------------------

#namoz_vaqtlari

👉 @Pastdargom_live — Пастдаргомдаги энг тезкор ва махфий янгиликлар канали!

PastDarg'om Live 🔴 Расмий канал

21 Oct, 10:26


📹Pastdarg‘om tuman 1-sektor hududigi Qo‘shquduq mahallasida bo‘sh turgan yer maydoniga tuman hokimi, tumandagi barcha tashkilot va korxonalarning ko‘ngilli vakillari hamda faol fuqarolar tomonidan 1000 tupga yaqin mevali hamda manzarali daraxt ko‘chatlari o‘tqazilishidan videolavha.
___

📹Пастдарғом туман 1-сектор ҳудудиги Қўшқудуқ маҳалласида бўш турган ер майдонига туман ҳокими, тумандаги барча ташкилот ва корхоналарнинг кўнгилли вакиллари ҳамда фаол фуқаролар томонидан 1000 тупга яқин мевали ҳамда манзарали дарахт кўчатлари ўтқазилишидан видеолавҳа.

👉
@Pastdargom_live — Пастдаргомдаги энг тезкор ва махфий янгиликлар канали!

PastDarg'om Live 🔴 Расмий канал

21 Oct, 04:06


Давлат тили...

👉 @Pastdargom_live — Пастдаргомдаги энг тезкор ва махфий янгиликлар канали!

PastDarg'om Live 🔴 Расмий канал

21 Oct, 04:05


#Кун_Тарихи

Бугун 21-Oктябр Душанба :


🌏 Бутунжаҳон йод танқислигининг олдини олиш куни

🇧🇾 Беларус - Оталар куни

🇺🇿 Ўзбекистон - Давлат тили куни

• 1935 - йил Германия расман Миллатлар лигасидан чиқди

• 1989 - йил Ўзбек тили Ўзбекистоннинг давлат тили деб еълон қилинди

• 1833 - йил  Швед кимёгари, динамит ихтирочиси,таниқли мукофотнинг асосчиси Алфред Нобел туғулган

👉 @Pastdargom_live — Пастдаргомдаги энг тезкор ва махфий янгиликлар канали!

PastDarg'om Live 🔴 Расмий канал

20 Oct, 15:35


#Огох_бўлинг

💵100 долларлик пулни "фалшивка" си чиқибди, умуман фарқи йўқ экан, игна тиқиб кўрадиган лентасиям бор экан

Яқинларга улашиб огоҳлантириб қўямиз

👉 @Pastdargom_live — Пастдаргомдаги энг тезкор ва махфий янгиликлар канали!

PastDarg'om Live 🔴 Расмий канал

20 Oct, 10:09


QISHLOQ XO‘JALIGI MASʼULLARI BILAN UCHRASHUV

👨‍💼Kuni kecha, viloyat prokurori M.Eshnazarov tuman hokimi Sh.Rahmonov hamrohligida tumanimizdagi fermer xo‘jaliklari rahbarlari hamda qishloq xo‘jaligi sohasi masʼullari bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Uchrashuv davomida, fermerlarning faoliyatiga doir muammolar va ularning yechimlari xususida so‘z yuritildi.

🌱Shuningdek, paxta yig‘im-terim mavsumini risoladagidek o'tkazish, yetishtirilgan hosilni nes-nobud qilmasdan yig'ib olish masalalari ilgari surildi.

Shu qatorda, g'alla ekish ishlarini jadallashtirish, bu borada zarur agrotexnik tadbirlarni o'z vaqtida o'tkazish bo'yicha tavsiya va takliflar berildi.

👉
@Pastdargom_live — Пастдаргомдаги энг тезкор ва махфий янгиликлар канали!