OXU Students

@oxunews


🏢Buxoro shahridagi ko'p tarmoqli Universitet.
💡Yangiliklar
🧑🏻‍🎓Ushbu kanal OXU talabalari uchun
📞 55 305 00 09
www.oxu.uz

OXU Students

23 Oct, 04:00


💡 Tibbiyot talabalarining ochiq darsidan qizg'in kadrlarni ko'rishni xohlaysizmi?

🧑‍⚕ Zamonaviy tibbiyot usullarini o'rganayotgan talabalar haqiqiy amaliyotda qanday ishlashini kuzating!

Yaqinroq keling! Birgalikda ochiq dars jarayonidan eksklyuziv lavhalarni tomosha qilamiz 🙂

🌐 www.oxu.uz

Telegram | Instagram |

OXU Students

22 Oct, 13:00


📣📣📣 DIQQAT!

📍 Osiyo Xalqaro Universiteti Tibbiyot fakulteti Yoshlar siyosati va ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo'limi tomonidan "Mening qobiliyatim" tanlovi boshlandi.

💡 Ushbu tanlovda siz o'z qobiliyatingizni namoyish etishingiz mumkin: san'at, aktyorlik, raqs, taqlid yoki rassomchilik kabi sohalarda.

➡️ Ishtirok etishni istagan talabalar @oxu_manaviyat5 telegram sahifasiga murojaat qilishi zarur.

🌐 www.oxu.uz

Telegram | Instagram |

OXU Students

22 Oct, 09:43


💡Stomatologiyaning ilk qadamlaridan bilimga boy sayohat!

📸 Osiyo Xalqaro Universiteti Stomatologiya yo‘nalishi talabalari bilan o'tgan ochiq darsdan qiziqarli lahzalar!

🌐 www.oxu.uz

Telegram | Instagram |

OXU Students

22 Oct, 08:12


🎬 QVZ'ni qaynoq kadrlarini kutayotganlar bormi?

💡 Unda yaqinroq keling! Siz uchun maxsus kadrlarni olib keldik!

Osiyo Xalqaro Universiteti faxri "Omadli jentelmenlar" jamoasi Toshkentda, Turkiston Sa’nat saroyida o’tkazilgan chorak finalda g’alaba qozonib, yarim final yo’llanmasini qo’lga kiritganidan xabaringiz bor-a?

🙂 Marhamat, qizg'in jarayonlarni tomosha qiling!

🌐 www.oxu.uz

Telegram | Instagram |

OXU Students

22 Oct, 07:09


Seminarga tayyormisiz?
OXU tibbiyot talabalaridan masterklass!
23-oktabr 16:00da

OXU Students

21 Oct, 09:59


🇺🇿 ONA TILIM - MANGU BO'L OMON!

⚡️ Osiyo Xalqaro Universiteti "Iqtisodiyot va Pedagogika" fakultetida Yoshlar siyosati, ma'naviy-marifiy ishlar bo'limi tomonidan til bayramining 35 yilligi munosabati bilan tadbir tashkil etildi.

💬Tadbir davomida til haqidagi sahna ko'rinishlar, she'rlar, o'zbekona raqslar jilosi barchaga birdek manzur bo'ldi.

🔥 Tadbir asnosida talabalarga ona tili qanday muhim ekanligi va uni kelajak avlodga sof, o'z holicha yetkazib berish kerakligi uqtirildi.

Osiyo Xalqaro Universiteti doim yoshlar bilan birgalikda!

🌐 www.oxu.uz

Telegram | Instagram |

OXU Students

21 Oct, 06:41


📣 21-oktyabr O'zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun!

🇺🇿 Shu quvonchli kun munosabati bilan, Osiyo Xalqaro Universititeti talabalari va o'qituvchilari o'rtasida o'ziga xos challenj tashkil etdik.

📍 Ular sof o'zbek tilida she'r, ruboiy va g'azallarni ijro etdilar. Keling, birga tomosha qilaymiz va o'zbek tilining boyligidan bahramand bo'lamiz! 🎥

🌐 www.oxu.uz

Telegram | Instagram |

OXU Students

21 Oct, 04:16


🎙Osiyo Xalqaro Universitetining 4-binosida "Zakovat" intellektual o'yinining 3-turi ham muvaffaqiyatli o'tkazildi!

Aqlli va zukko talabalar o‘z bilimlarini sinovdan o‘tkazib, qizg‘in bahslarda kuch sinashdi. O‘yinda qizg‘in savol-javoblar, murosasiz kurashlar talabalar o‘rtasida bilimga bo‘lgan intilishni yanada kuchaytirdi.

💡 Bu kabi intellektual o‘yinlar yoshlarning tez va chuqur fikrlash qobiliyatlarini rivojlantirishda katta rol o‘ynayotganini yana bir bor tasdiqladi.

Osiyo Xalqaro Universiteti esa yoshlarning intellektual o‘sishini doimo qo‘llab-quvvatlashni davom ettiradi! ➡️

🌐 www.oxu.uz

Telegram | Instagram |

OXU Students

20 Oct, 05:00


🧆 Osiyo Xalqaro Universiteti bosh binosida "Osh festivali" tashkil etildi!

⚡️O‘zbekiston – yoshlar mamlakati” shiori ostida yoshlar sayllarini yuqori saviyada tashkil etish va o‘tkazish bo‘yicha chora tadbirlar rejasiga binoan universitetimizda "Osh festivali" tashkil etildi.

📍 Yuqori atmosfera hamda talabalar uchun yorqin jarayonlarda o'tgan bu festivalda 33 ta guruh yuqori o'rinlar uchun bellashishdi.

💬 Ushbu festival talabalarimiz uchun oltin davrning ajoyib daqiqalari bo'ldi deb aytsak mubolag'a bo'lmaydi.

🌐 www.oxu.uz

Telegram | Instagram |

OXU Students

19 Oct, 10:48


🔔 Bugun Osiyo xalqaro Universitetimizning faxri bo‘lgan "Omadli Jentelmenlar" jamoasi Toshkentda, Turkiston Sa'nat saroyida QVZ Oliy Liga chorak finalida ishtirok etmoqda!

🔥 Yigitlarga omad tilaymiz va ajoyib natijalarga erishishiga ishonamiz!

🌐 www.oxu.uz

Telegram | Instagram |

OXU Students

19 Oct, 10:29


📣 "Omadli Jentelmenlar" jamoasi — QVZ chorak finalida!

Tayyorgarlik jarayoni zo'r ketmoqda! Bu qizg'in atmosferani ham siz bilan bo'lishmoqchimiz! 🔥

OXU Students

19 Oct, 03:59


📣 "Milliy do'ppi" chellenji!

Osiyo Xalqaro Universiteti Tibbiyot fakulteti talabalari uchun 21-oktabr — O'zbek tiliga Davlat tili maqomi berilgan kun munosabati bilan "Milliy do'ppi" chellenji e’lon qilindi!

🖥 Chellenj sharti: o‘zbek tili bilan bog‘liq she'r, g‘azal, ruboiy yoki monolog aytib, videoga olish va bizning telegram sahifamizga yuborish.

➡️ Ishtirok etishni istagan talabalar videoni @oxu_manaviyat5 telegram sahifasiga yuborib, Instagram sahifangizga joylab, bizni @oxu_tibbiyot5 sahifasida belgilang.

Video topshirishning oxirgi muddati:
⚠️20-oktabr, yakshanba kuni, soat 17:00 gacha.

🌐 www.oxu.uz

Telegram | Instagram |

OXU Students

18 Oct, 12:01


🎓 Osiyo Xalqaro Universitetining 4-binosida "Zakovat" o'yinlarining 2-turi o'z nihoyasiga yetdi!

Turli sohalarda bilimdon va zukko talabalardan tashkil topgan jamoalar o'z aql-zakovati va bilimlarini sinovdan o'tkazishdi. Bahslar davomida murosasiz kurashlar, qizg'in savol-javoblar bo'lib o'tdi.

💥 Har bir to'g'ri javob jamoalar uchun yuqori baholar olib kelib, hakamlar hay'ati tomonidan adolatli tarzda baholab borildi. Musobaqa davomida talabalarning bilimga bo'lgan intilishi yanada oshgani sezildi.

✔️ Osiyo Xalqaro Universiteti doim yoshlarning intellektual o'sishini qo'llab-quvvatlashda davom etadi!

🌐 www.oxu.uz

Telegram | Instagram |

OXU Students

18 Oct, 07:00


👩‍⚕ Tibbiyot talabalari o'rtasida “Men Medik” loyihasi bo'lib o'tdi!

📍 Osiyo Xalqaro Universitetining 5-binosida Tibbiyot fakultetining 14-stom-24(rus) va 15-stom-24(rus) guruhlari talabalari o‘rtasida "Men Medik" loyihasi tashkil etildi.

⚡️ Ushbu loyiha Yoshlar siyosati va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘limi tomonidan talabalar bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazish va ularni sog‘lom raqobatga jalb etish maqsadida o‘tkazildi.

📌 Loyiha talabalarda katta qiziqish uyg‘otdi va ko‘pchilik shu kabi faoliyatlarni yana ko‘proq tashkillashtirish taklifini bildirdi.

🌐 www.oxu.uz

Telegram | Instagram |