Nursaidov.uz

@nursaidovuz


Nurmuhammad Nursaidov - Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti doktoranti, dasturchi

📹 Youtube.com/c/Nursaidovuz

📸 Instagram.com/Nursaidovuz

📱 Facebook.com/Nursaidovuz

📶 Twitter.com/Nursaidovuz

| Nursaidov.uz | @Nursaidovman | @Nuruz |

Nursaidov.uz

21 Jan, 00:19


TerDU`da respublikada yagona hamda yirik loyiha "O'zbekistondagi hayvonlarning raqamli xaritasi" ishga tushirildi.

Ushbu tizim O'zbekiston hududidagi hayvonlar yashash joylarini xaritada ko'rsatadigan raqamli xarita hisoblanadi. Foydalanuvchilar interaktiv xarita orqali turli hududlardagi hayvonlar haqida ma'lumot olishlari, qidiruv funksiyasi yordamida ma'lum hayvon yoki joyni tezda topishlari mumkin. Har bir joy uchun hayvonlar ro'yxati, ularning qisqa tavsifi va joylashuvi keltirilgan. Tizimning maqsadi O'zbekistonning hayvonot olamini o'rganish va uni kengroq auditoriyaga tanitishdir.

@Nursaidovuz

Nursaidov.uz

21 Jan, 00:10


Termiz davlat universitetining 70 yilligi munosabati bilan tabiiy fanlar fakultetida raqamli "biologik izohli lug‘at" tizimi ishlab chiqildi

Bu sohada hali O‘zbekistonda hech qanday loyiha amalga oshirilmaganligini hisobga olib, ushbu tizimni yaratishga qaror qildik. Ushbu lug‘at biologik atamalarni oson tushunishga yordam beradi va talabalarning dars jarayonidagi samaradorligini oshiradi.

➡️ Biologik lug‘at tizimi

Hozirda tizimga 25 mingdan ortiq biologiyaga oid so'zlar va ularning izohlarini kiritish ishlari davom etmoqda. Tez orada ushbu tizimning mobil ilovasi foydalanishga topshiriladi.

@Nursaidovuz

Nursaidov.uz

20 Jan, 23:59


Termiz davlat universitetida tabiiy fanlarni o‘qitishga mo‘ljallangan yangi o‘quv platformasi – Himmatov.uz ishga tushirildi.

Maqsad – talabalarni 21-asrda yashayotganligini his qildirish va qog'ozbozlikdan to'liq voz kechish. Qisqa muddat davomida fanlardan "innovatsion metodlar", "qiziqarli o‘yinlar" va boshqa foydali tizimlar ishlab chiqilib, foydalanishga topshirildi.

Tanishib chiqing: @Himmatovuz

Shuningdek, fanlardan berilgan vazifalarni telefonlari orqali bajarib, natijalar avtomatlashtirilgan tizimda shaffof tarzda baholanishi uchun har kuni yangiliklar qilishda davom etyapmiz.

@Nursaidovuz

Nursaidov.uz

20 Jan, 23:56


Natijalarni qarang. Bizni yoshlarimiz ilm olishga qiziqadi desam, yo'q deyishadi.

Ularni ta'limdan sovitayotgan asosiy sabab - forma, soqol, ro‘mol va shu kabi keraksiz talablar.

Shunaqa yangiliklar qilib, dars o'ting, talaba to'lagan kontraktiga rozi bo'ladi-da!

@Nursaidovuz

Nursaidov.uz

20 Jan, 23:50


Termiz davlat universitetida zamonaviy o'qituvchi - Muxtorova.uz platformasi ishga tushirildi.

Maqsadimiz – 21-asr talabalari uchun qulay va zamonaviy ta'lim muhitini yaratishdir. Talabalar zamonaviy texnologiyalar asosida o'qituvchi bilan oson aloqada bo‘lib, kerakli ma’lumotlarni tezkor va qulay tarzda olishlari, o‘z bilimlarini mustaqil ravishda sinab ko‘rishlari va rivojlantirishlari mumkin.

To'liq ko'ring: https://youtu.be/rxu5n9AJX4Q?si=OLRht35IE6p0GVBg

Ushbu platformaga yangi imkoniyatlar va funksiyalar qo'shib borilmoqda! Shu orqali biz talabalarning intellektual va kasbiy o‘sishlariga hissa qo‘shadigan innovatsion ta'lim tizimini yaratmoqdamiz.

@Nursaidovuz

Nursaidov.uz

20 Jan, 23:41


Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida o'tiladigan yana bir fanning mobil ilovasi ishlab chiqildi.

Logistika va taminot zanjiri menejmentiga kirish fani talabalarni mahsulot va xizmatlarni ishlab chiqaruvchidan istemolchiga yetkazish jarayonlari bilan tanishtiradi. Bu fandagi asosiy maqsad mahsulotlar harakatini samarali boshqarish, transport va saqlash xarajatlarini kamaytirish, hamda vaqt va resurslarni tejashdir. Talabalar logistika strategiyalari, inventar boshqaruvi, omborxona menejmenti, transport turlari va ularning ozaro tasirini organadilar.

Bu fan orqali talabalar mijozlar ehtiyojlarini tez va sifatli qondirish yo
llarini, zaxiralarni nazorat qilishni, yetkazib beruvchilar bilan hamkorlik qilishni va global tarmoqlarni boshqarishni o`rganadilar, bu esa kompaniyalarning raqobatbardoshligini oshiradi

@Nursaidovuz

Nursaidov.uz

20 Jan, 23:32


🫥Talaba va o'quvchilar uchun darslarni tashkil qilishda innovatsion metodni sinab ko'ring

O‘qituvchilar ma'ruza yoki dars mashg‘ulotlarini tashkil etishda taqdimotga QR kod joylashtiradilar, talabalar esa ushbu QR kodni telefonlari orqali skaner qilib, testni ishlaydilar. Ishlab bo'lgan talabalarning natijalari O'qituvchiga va barcha talabalarga real vaqtda to'liq ko'rinib turadi.

Bunda talabani dars davomida baholash, telefoni orqali darsda faol ishtirok etish imkoniyati yaratiladi, bu esa talabalarning qiziqishini oshirib, ularni dars jarayoniga yanada chuqurroq jalb etadi. Shu bilan birga, real vaqtda natijalar ko‘rsatilishi barcha talabalarga ham shaffof, ishonchli va foydali bo'ladi.

To'liq ko'ring: https://youtu.be/NT4Dvb6_nro

💡Ushbu tizimni bor yo'g'i 999 ming so'mga o'rnatib beramiz. Xohlagancha va bir umr cheksiz ishlatishingiz mumkin. Bonusiga domen va xosting bizning hisobimizdan olib beriladi.

@Nursaidovuz

Nursaidov.uz

20 Jan, 23:23


🫥Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti uchun yana bir fanning mobil ilovasi ishlab chiqildi.

@Nursaidovuz

Nursaidov.uz

20 Jan, 23:14


Ikki oy davomida Amerikaning mashhur kompaniyasida amaliyot o'tayman. 7-sentyabr kuni Toshkent vaqti bilan soat 19:00 da amaliyot uchun muhim masalalar bo'yicha suhbat bo'lib o'tadi.

@Nursaidovuz

Nursaidov.uz

20 Jan, 23:13


👨‍💻1-video qaysidir dizayner tomonidan PowerPointda tayyorlangan va keyin trendga aylangan ekan...

⌨️ 2-videoni 2020-yilda PowerPoint dasturida tayyorlagan edim.

🌀 Buni maqtanish uchun emas, balki PowerPointning keng imkoniyatlarini ko'rsatish uchun aytmoqchiman.

🗣Men ko'plab logotiplarni ham aynan PowerPointda tayyorlaganman. Shunaqa gaplar:)

@Nursaidovuz

Nursaidov.uz

20 Jan, 23:10


Assalomu alaykum!

Nursaidovuz YouTube kanalimizda 3000 dan ortiq foydalanuvchi a’zo bo‘lganini mamnuniyat bilan e’lon qilamiz. Barcha obunachilarimizga chuqur minnatdorchilik bildiramiz!

Foydali va qiziqarli kontentlar tayyorlashda davom etamiz. Kanalimizga obuna bo‘ling, videolarni ulashing va yangi bilimlarni o‘rganing!


📹 Youtube.com/c/Nursaidovuz

@Nursaidovuz

Nursaidov.uz

20 Jan, 22:45


Dasturlashdan +> muhandislikka!

Rele yordamida motor yo‘nalishini oldinga harakatlantirish juda oson lekin orqaga harakatlantirishda bizga 2 ta rele yoki tranzistordan foydalanishni maslahat berishdi. Lekin bitta rele orqali biz buni uddaladik. Bu yondashuv H-ko‘prik sxemasi orqali amalga oshirildi, bu esa teskari oqim bilan motorni orqaga harakatlantirish imkonini berdi.

Bundan tashqari, 0 dan yasalgan dron va telefon orqali boshqariladigan avtomobil loyihalari ustida ishlayapmiz. Tez kunlarda kamera va sun'iy intellekt orqali ko‘p vazifalarni bajaradigan loyihalarimizni taqdim etamiz.

@Nursaidovuz

Nursaidov.uz

20 Jan, 22:21


🖥 Universitetda o'tiladigan fanlardan mobil ilovalar ishlab chiqishda davom etmoqdamiz.

@Nursaidovuz