Nasim Kutub

@nasimkutub


“Bitiklar Boqiydir”

Murojaat uchun: @nasimkitob

Nasim Kutub

22 Oct, 17:50


Тез кунда…

Бу кеча бир туш кўрдим. Менинг тилимга ўхшамаган тилда гапирадиган лаблар қулоғимга бир неча ҳарф шивирлади. Аввалига тушунмадим, бу ҳарфларнинг маъносини тушуна олмадим. Мовий ва қизғиш ранг ўртасидаги ранглар кўзимга ташлана бошлади. Бошқа ранглар бирма-бир кўз ўнгимдан ўчиб бораётган бир пайт қизғиш ранглар аро бир одамни кўриб қолдим. — Сен шоирсан! — дедим. — Нега оғзингдан чиқаётган сўзлар бунчалар камёб? Мана бу ҳарфлар-чи, нима дегани? Тушунмаяпман! У нигоҳини кўзларимга тикди ва:
— Сен ўқимагин, фақат тинглагин! — деди.Тинглаш учун эса сукут сақлаш керак экан. Мен жим қолдим, холос. Қани, ўзим эшитган нарсаларни ёза олганимда эди... Тинглаганларимни тушунтириб бера олсам эди! Хотирамда фақатгина учта товуш қолди. Учта йўқолган ҳарф... Шу тунда шоирлар туш кўриш учун ухладилар. Ҳар бир шоирга биттадан ҳарф насиб бўлди. Бу тушда улардан бирига сукут, бошқасига висол, яна бирига эса куйиб-ёниш насиб этди. Шоирлар “Ишқ” деб айтгилари келди. Бу сўзни айта олмадилар. Ҳар бир шоир кафтимга биттадан ҳарф битди. Қизғиш-мовий товланадиган сиёҳ ила кўз қорачиғимга мана шу учта ҳарфни битдилар... Шу тунда мен учта ҳарф эшитдим. Уч ҳарф — “айн”, “шин” ва “қоф”.…

https://t.me/nasimkutub

Nasim Kutub

21 Oct, 13:47


21-oktabr – O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun!

“Nasim Kutub” nashriyoti sifatida barchangizni O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun bilan tabriklaymiz. Bu yuksak maqom bizga o‘zbek tilining boyligi va go‘zalligini yanada kengroq namoyish etish, uni dunyo minbarlariga olib chiqish imkonini berdi.

O‘zbek tili rivoji yo‘lida barchamiz o‘z hissamizni qo‘shishimiz lozim, jumladan, biz ham shu maqsadda yangi asarlarni tarjima qilishda davom etmoqdamiz. Bizning maqsadimiz – o‘zbek kitobxonlarini jahon adabiyoti durdonalari bilan tanishtirish va ularning bilim doirasini kengaytirishdir.

Kelajakda ham O‘zbek tilining yuksalishi va rivojlanishi yo‘lida birgalikda mehnat qilishdan mamnunmiz. Yashasin O‘zbek tili!

Hurmat bilan
“Nasim Kutub” nashriyoti

Nasim Kutub

24 Jun, 18:23


Ko‘rish uchun ko‘z kerak emas...
@nasimkutub

Nasim Kutub

22 Jun, 15:59


“Nasim Kutub” jamoasi yana bir a’zo uchun ish o‘rni e’lon qiladi

Talablar:

Ingliz tilini B2 darajada bilish;
Tahliliy fikrlash;
Kitobni yaxshi ko‘rish;
Texnologiyadan xabardor bo‘lish;
Kitob haqida ma’lumotlarni o’rganish;
Kirishuvchanlik;
Yosh: 20–35 yoshlar orasi.

Vazifa:

Xorijiy davlatlardagi noshirlar bilan shartnoma tuzish jarayonida ishlash
Soha bo‘yicha xalqaro aloqalar o‘rnatish va shartnoma, fayllar bilan ishlash.

@nasimkitob
Biz bilan bog’laning

Nasim Kutub

17 Jun, 16:53


Vaqtni toʻxtatgan kitoblar…
@nasimkutub

Nasim Kutub

16 Jun, 16:17


Assalomu alaykum. Tanlovimizda jami 904 ta ishtirokchi qatnashdi va ulardan 7 nafari random.org sayti orqali tasodifiy tanlab olindi. Jarayonni video orqali koʻrishingiz mumkin.

Gʻoliblar roʻyxati:

1. 642-raqam
2. 328-raqam
3. 376-raqam
4. 776-raqam
5. 901-raqam
6. 208-raqam
7. 863-raqam

Biz bu gʻoliblarga gʻoliblik mujdasini yetkazdik va kitoblar tez orada yetkazib beriladi. Qolgan ishtirokchilardan bizni kuzatib borishlarini soʻrab, kelgusi tanlovlarimizda qatnashib, gʻolib boʻlishlarini tilab qolamiz. Ishtirok uchun barchangizga tashakkur.

@nasimkutub

Nasim Kutub

15 Jun, 21:39


Nasim Kutub nashriyoti jamoasi barchangizni kirib kelgan qurbon hayiti bayrami bilan muborakbod etadi! Hamisha sogʻ-salomat va yaxshiliklar uzra boʻling!

Bugun kechki soat 21:00 da tanlovimiz gʻolibi eʼlon qilinadi, qatnashishga ulgurmagan boʻlsangiz, soat 20:00 ga qadar roʻyxatdan oʻtishingiz mumkin.

@nasimkutub

Nasim Kutub

11 Jun, 09:44


“Nasim Kutub”dan bayram tanlovi!

Yozuvchimiz Fotih Dumanning kitoblar to’plami 7 kishiga hadya qilinadi.

Tanlovdagi hadyalar telegramdagilar uchun alohida, instagramdagilar uchun ham alohida.

Ishtirok etish shartlari:

Kanalimizga obuna boʻling.
Postni uchta tanishingizga yuboring.
Shartlar bajarilganini skrinshot orqali @nasimkitob ga bildirib, ishtirok raqami oling.

Gʻoliblar 16-iyun kuni soat 21:00 da jonli efir orqali aniqlanadi.

@nasimkutub

Nasim Kutub

01 Jun, 06:07


“Nasim Kutub” nashriyoti jamoasi ilk bor Toshkent “G’ofur G’ulom” bog’ida 30/31/1- kunlari bo’lib o’tayotgan kitob ko’rgazmasida ishtirok etmoqda. Kitoblarni arzon narxlarda xarid qilishingiz mumkin. Sizlarni kutib qolamiz. Bizni yolg’izlatib qo’ymaysiz degan umiddamiz…

Kitoblar 20% chegirmada.
Ulgurji narxlarda…
Ko’rgazma soat 10:00 dan 20:00 gacha.

Bugun oxirgi kunimiz…

https://t.me/nasimkutub

Nasim Kutub

30 May, 10:26


“Nasim Kutub” nashriyoti jamoasi ilk bor Toshkent “G’ofur G’ulom” bog’ida 30/31/1- kunlari bo’lib o’tayotgan kitob ko’rgazmasida ishtirok etmoqda. Kitoblarni arzon narxlarda xarid qilishingiz mumkin. Sizlarni kutib qolamiz. Bizni yolg’izlatib qo’ymaysiz degan umiddamiz…

Kitoblar 20% chegirmada.
Ko’rgazma soat 10:00 dan 20:00 gacha.

https://t.me/nasimkutub

Nasim Kutub

24 May, 07:26


Uzoq kutilgan ushbu kitoblar yurtimizdagi kitob do’konlarida sotuvda!

https://t.me/nasimkutub