Nadiya Ramazon

@nadiya_ramazon


Murojaat uchun: @Nadiyablog_admin
Oilaviy munosabatlar, farzand tarbiyasi va halol muhabbat haqidagi ommaviy kanal.
Maʼlumot koʻchirilganda linki bilan olinmasa, rozi emasmiz!

Nadiya Ramazon

22 Oct, 15:50


Hech bir ayol faqir eri bilan ochlikdan o‘lgan emas...
Ammo, fosiq, boy er bilan zulm va xorlikdan vafot etgan ayol bordir...

Shunday ekan, qizingiz uchun dirham va dinorga boy kishidan avval, axloq va diniga boy bo‘lganini tanlang!..

©Abulfaqiyh hanafiy

#hikmat

@Nadiya_Ramazon

Nadiya Ramazon

22 Oct, 09:06


Islomda erkak va ayol tengmi?

Erkak kishi

• Merosdan 2 ulush oladi = +2
• Uylanyotganida mahr beradi = -1
• Oilasining ta’minotini qilib berishga majbur = -1
• Maoshidan ahli ayoliga sarflab, ayolining barcha ehtiyojlarini to‘la-to‘kkis ta’minlashga majbur = -1

Umumiy: -1

Ayol kishi

• Merosdan 1 ulush oladi = +1
• Turmushga chiqayotganida mahr bermaydi = +1
• Oilasining ta’minotini qilib berishga majbur emas = +1
• Biror ishda ishlasa maoshini eriga yoxud uyiga sarflashga majbur emas = +1

Umumiy: +4

Tushunmaydigan va Islomni qoralaydigan johillar, bog‘cha bolasining saviyasidagilar uchun o‘zlariga xos qilib tayyorlandi. Salomat bo‘linglar!

Abdulloh Rahim

#erkaklar #ayollar

@Nadiya_Ramazon

Nadiya Ramazon

21 Oct, 08:24


Avval o‘zini yaxshi ko‘radi, keyin tilini yaxshi ko‘radi va o‘rganadi.

Avval o‘zini yomon ko‘radi, keyin tilini yomon ko‘radi va unutadi.

O‘zini hurmat qilmagan millatlar ham xuddi shunday. Ular ham o‘z tillarini unutishadi va ehtirom ko‘rsatgan millatlarining tilini o‘zlashtirishadi.

Ayyom muborak!

Bugun til bayrami ekan-ku! Ustozni gaplaridan oʻzbek tili va adabiyotidan 5 yarim yil taʼlim olganim esimga tushib ketdi...

Tilchilar bayrami qachon boʻlar ekan-a...🤔☺️

#tabrik

@Nadiya_Ramazon

Nadiya Ramazon

20 Oct, 11:15


Parijda bir masjidga bolakay kirib imomdan soʻradi:
— Meni onam yubordilar, sizlarning madrasangizda oʻqisam boʻladimi?
— Boʻladi. Lekin onang qani? Avval undan baʼzi maʼlumotlar olishimiz kerak, dedi imom.
— Onam tashqarida turibdilar, —dedi bola — Masjidga kira olmas ekanlar, chunki onam musulmon emaslar.

Imom shoshib koʻchaga chiqdi va bolaning onasidan maqsadini soʻradi. Ayol shunday javob berdi:
— Taqsir, mening bir musulmon qoʻshnim bor. U farzandlarini madrasaga kuzatayotganida farzandlari onasining qoʻlini oʻpib, boshiga suradi. U oila doim baxtli, xotirjam koʻrinadi. Yana men bu shaharda birorta musulmon farzand oʻz ota-onasini qariyalar uyiga berib yuborganini koʻrmadim. Iltimos, mening bolamga ham Islomni oʻrgating, shoyad bu ham menga oʻshalardek muomala qilsa.

Allohim, bizlarni musulmon qilib qoʻyganing uchun Oʻzingga cheksiz hamdlar boʻlsin!

Ikrom Sharif sahifasidan

#ibrat

@Nadiya_Ramazon

Nadiya Ramazon

20 Oct, 06:50


Qayerda, kim bilan boʻlmasin suhbat, muhabbat soʻzi eshitilsa, sen yodimga kelaverasan...

#muhabbat

@Nadiya_Ramazon

Nadiya Ramazon

19 Oct, 12:37


“Ayolimda boʻlmagan narsani talab qilmadim”

Shayx Ali Tantoviy rahmatullohi alayhi baxtli oila boʻlishning sabablari haqida shunday deydi:
1. Oʻzim bilgan xonadonga kuyov boʻlganman va meni yaxshi biladigan xonadon menga qizini berdi.
2. Oʻzimning tengimni oldim (har tomonlama).
3. Oddiy taʼlim olgan ayolni nikohimga oldim.
4. Men ayolimni yuzidagi goʻzallikni axtarmadim.
5. Oʻzim hurmat va ehtirom qiladigan xonadonga va meni ham hurmat va ehtirom qiladigan xonadonga kuyov boʻldim.
6. Har qanday holatda ham oilamda boʻladigan hodisalarga birovning aralashishiga yoʻl qoʻymadim.
7. Turmushimizning boshidan ayolim qanday boʻlsa, shundayligicha qabul qildim.
8. Ayolimning ishlariga aralashmadim.
9. Ayolimdan hech bir narsani yashirmadim.
10. Ayolimda boʻlmagan narsani talab qilmadim.

#tarjima

@Nadiya_Ramazon

Nadiya Ramazon

19 Oct, 10:35


Biror narsa oila ne’matiga teng kelolmaydi. Bundan boshqani afzal bilgan ziyondadir.

Ahmad Duvaydor

@Nadiya_Ramazon

Nadiya Ramazon

18 Oct, 14:32


Qur’on tilovatini endi boshlaganingizda telefoningiz jiringlab qoladi...

– Ikki rakat namoz o‘qishni niyat qilganingizda ijtimoiy tarmoqdagi manzilingizga xabar kelib qoladi...

– Endi kitob mutolaa qilaman deb turganingizda do‘stingiz biror mavzuni ochib qoladi...

– Biror yaxshilikni amalga oshirmoqchi bo‘lsangiz, uni to‘xtatuvchi biror hodisa yuz berib qoladi...

Ibn Qoyyim bu haqda shunday deydi:
“Qachonki banda ibodatni ado etishga yuzlansa, Alloh taolo uning rostgo‘yligini aniqlash maqsadida savorif - chalg‘ituvchini yuboradi. Agar banda unga qarshi kurashib, sabr qilsa va u amalni bajarishda mustahkam tursa, haligi chalg‘ituvchi toatga yordam beruvchiga aylanadi.

Alloh taolo bu haqda: «Bizning (Yo‘limiz)da jihod (jiddu-jahd) qilgan zotlarni albatta O‘z yo‘llarimizga hidoyat qilurmiz», deb aytgan.

(Ankabut surasi, 69-oyat)”.

“Toliblarga nasihat”dan #iqtibos

@Nadiya_Ramazon

Nadiya Ramazon

18 Oct, 07:57


Bir qadam oldinga, ikki qadam orqaga yuradigan odam oldinga harakat qilyapman deb iddao qilishi mutlaqo o'rinsizdir. Bunday holda u shunchaki bir joyda "tebranmoqda" va o'zini aldayotgan bo'ladi, atrofidagilarga ham bu yolg'onni singdiradi.

Oilaviy munosabatlarda ham shunday vaziyatlar ko'p uchraydi. Er yoki xotin o'z kamchiliklarini tan olsa-da, ularni bartaraf etish uchun harakat qilmasa, munosabatlar "jarlikka" qarab ketaveradi. Bunday o'rinsiz iddaolar, o'z navbatida, oilaning parchalanishiga va juftlar bir-biridan bezib qolishiga olib kelishi mumkin. Buning oldini olish uchun avvalo juftingizning emas, balki o'zingizning ayblaringizni ko'rish va ularni bartaraf etishga o'tish zarur.

Sog'lom munosabatlarni mustahkamlash uchun quyidagilarni tavsiya qilaman:

1. Ochiq gaplashing: Bir-biringiz bilan erkin fikr almashish bir-biringizni yanada yaxshiroq tushunishga yordam beradi.

2. Juftingizning fikrlarini inobatga olib harakat qiling: Har bir qaror va harakatda juftingizning nuqtayi nazarini hisobga olish munosabatlaringizni mustahkamlashga xizmat qiladi.

3. Aybdor qilishdan tiyiling: Har bir muammoga yondashishda ayblovchi bo'lishdan ko'ra, yechim izlashga harakat qiling.

4. Oilangizga alohida vaqt ajrating: Birgalikda sifatli vaqt o'tkazish o'zaro aloqalaringizni kuchaytiradi va yaqinlikni oshiradi.

5. Shariatga muvofiq bo'lgan narsalardan juftingizni to'smang: Ba'zan u shariatga muvofiq ish qilaman desa ham o'z nafsingizga yoqmagani uchun qarshilik qilasiz — bu noto'g'ri.

#oila

@Nadiya_Ramazon

Nadiya Ramazon

17 Oct, 11:33


Mashoyixlarimiz oila qurishga doir tavsiyalarida aytibdilarki:
• Ikkita dunyoga berilgan kishilar nikohlanishsa – jamiyat fasod boʻladi.

• Biri oxirat yodi bilan yashovchi va ikkinchisi dunyo hoy-havaslariga berilganlar oila qurishsa – hayotlarini amallab, bazoʻr yashab oʻtishadi.

• Ikki oxiratning tadorigini koʻrib yashaydiganlar turmush qurishsa – oralarida haqiqiy muhabbat hosil boʻladi.

#oila

@Nadiya_Ramazon

Nadiya Ramazon

16 Oct, 10:24


Agar menga biror narsa yoqmasa, demak, menga u shunchaki yoqmaydi. Nima uchun men koʻpchilikka yoqadigan yoki ular buni yoqadi deb oʻylagani uchungina menga shu narsa yoqadiganday koʻrsatishim kerak oʻzimni? Men bu narsa hozir urf boʻlgani uchungina sevishim yoki seva olmasligim mumkin emas...

Jek London "Martin Iden" #iqtibos

Yaxshi gaplar ekan... Qisqa qilib aytganda oʻzligingni angla demoqchi-da...

@Nadiya_Ramazon

Nadiya Ramazon

16 Oct, 05:34


Baʼzan inson shunchaki oddiylikni istab qoladi...

Bir finjon qahva, yomgʻir tomchilarining yoqimli ovozi va samimiy suhbatdosh...

Suhbat nima haqidaligi muhim emas, muhimi, seni javob qaytarish uchun emas tushunish uchun tinglasin, seni sendek his etsin, tamam...

#shunchaki

@Nadiya_Ramazon

Nadiya Ramazon

15 Oct, 07:13


@Qamarbooks tomonidan "Solihalar gulshani" kitobimizga taqriz tanlovi bo'lib o'tdi. Unda yuborilgan eng sara taqrizlar. 😊

#mutolaa

@Nadiya_Ramazon

Nadiya Ramazon

15 Oct, 04:37


Sen sevgan kuz

Vohid Luqmon qalamiga mansub ajoyib she'r Gulruh Pirnazarova ijrosida

Manba

@Nadiya_Ramazon

Nadiya Ramazon

14 Oct, 10:01


"Tortishuv ayollik sifati emas"

Mushriklar farishtalarni Allohning qizlari deb bo‘hton qilganda, bunga javob qilib Alloh taolo aytadi:

"Zeb-u ziynat ichida o'stiriladigan va yana tortishuvda (o'z haqini) bayon qilib bera olmaydigan
(ayol zotini Allohga nisbat berasizlarmi?)

(Zuxruf: 18)

Demak, "Tortishuvda haqini to'liq ajrata bilmaslik" asli ayol sifati!

Shovqin ko'tarib, janjal qilish hammadan haqini undirib olib "O‘TKIRLIK" qilish ayolga maqtovli sifat emas! Balki bu tabiiy ayollik xilqatidan chiqish demakdir!

Lekin bunaqa "O‘TKIRLIK" o'rniga Alloh taolo ayolga boshqa bir qurol berdi!
Oyatga qarang:
"Zeb-u ziynat ichida o'stiriladigan..."

Ayol xususan eridan haqlarini talab qilishda ziynat va chiroyi bilan erishmoqligi unga foydaliroq.
Buning tasdig'i Rasululloh alayhissalomning so'zlarida keladi:

"Sizlarga jannat ahlidan bo'lgan ayollaringni xabar qilaymi?
Ular muhabbatli, serfarzand ayollar, ULARGA (ERLARI TOMONDAN) ZULM QILINSA, yoki ular (erlariga) zulm qilib qo'yishsa aytishadi:
"Mana peshonam qo'lingizda ! Siz rozi bo'lmaguningizcha ko'zimga uyqu tatimaydi..."
(Nasaiy rivoyati)

Hadisdan ko'rinib turibdiki, hatto zulm ko'rsa ham o‘tkirlik qilmasdan, erining ko'ngliga kirishga harakat qiladigan ayollarni jannat ahlidan bo'lgan ayollar deb sifatlandi.

Chunki Rosululloh alayhissalam aytadilar:
"Kim haq bo'lsa-da, talashuvni tark qilsa, men unga jannatning markazidan bir uyga kafilman!"
(Abu Dovud)

"Haqqimni ber" deb talashib-tortishib nimagadir ega bo'lish mumkin, lekin qalb boy berilgan bo'ladi.
Rasululloh alayhissalam aytdilar:
"..Ixtilof qilmanglar, qalblaring ham ixtiloflashib qoladi..."

Imom Muslim

#hadis #oila

@Nadiya_Ramazon

Nadiya Ramazon

14 Oct, 03:14


Juftimiz bugun vafot etsa, bizda oz bo‘lsa-da pushaymonlik hissi bo‘ladimi?

Vafot etgan erimiz yoki ayolimizga o‘z vaqtida kerakli e’tibor qilmaganimizdan, gap qaytarib yoki urishib ranjitganimizdan, yaxshi muomala va munosabatda bo‘lmaganizdan afsuslanamizmi?

Vafot etgan turmush o‘rtog‘imizning kafanlangan jasadi oldida turib rozilik so‘ragan bo‘larmidik?

Siz uchun bitta eslatma, har bir insonni tirikligida qadriga yeting. Afsuslanishingiz mumkin bo‘lgan ishlarni qilmang!

Hammamiz vafot etamiz. Kimdir ertaroq, kimdir kechroq.

#oila

@Nadiya_Ramazon