My.uzbmb.uz

@my_uzbmb_uz


Rasmiy sayt my.uzbmb.uz

📑Mandat javoblari boti @uzbmbBot

📩 murojaat uchun @UzBMBA_Bot

My.uzbmb.uz

23 Aug, 12:53


⚡️Abituriyentlarga nechanchi o‘rinda turganini ko‘rish imkoniyati ochildi

Bilimni baholash agentligi tomonidan mandat.uzbmb.uz saytida kengaytirilgan qidiruv funksiyasi ochildi va unda OTM, tegishli yo‘nalish, ta’lim shakli va tilini tanlagan holda yakuniy mandatda abituriyentlarning joylashgan joyini ko‘rish mumkin bo‘ldi.

Bitta rekasiya))

♻️ Barcha abituriyentlarga tarqating
👉 Telegram:
@my_uzbmb_uz

My.uzbmb.uz

17 Aug, 05:14


⚡️Yoʻnalishlar kesimida ham oʻtish ballari eʼlon qilindi

‼️ Mandat.uzbmb.uz sayti orqali ID raqam orqali oʻtish ballarini koʻrish mumkin

Bitta rekasiya))

♻️ Barcha abituriyentlarga tarqating
👉 Telegram:
@my_uzbmb_uz

My.uzbmb.uz

17 Aug, 00:05


⚡️ Yakuniy tanlov natijalari (mandat) e’lon qilindi
#Qabul2024 #Natija

2024–2025-o‘quv yili uchun oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish test sinovlari bo‘yicha tanlov natijalari e’lon qilindi.

📌 Tanlov natijalarini 4 xil usulda bilish mumkin.

1️⃣ my.uzbmb.uz sayti orqali:

my.uzbmb.uz saytiga abituriyentning pasport seriyasi va raqami hamda shaxsiy identifikatsiya raqamini kiritgan holda.

2️⃣ mandat.uzbmb.uz sayti orqali:

mandat.uzbmb.uz saytiga abituriyentning ID raqamini kiritgan holda.

3️⃣ SMS-xabarnoma xizmati orqali:

5100
raqamiga abituriyentning ID raqami yuborilganda, mazkur telefon raqamiga tanlov natijalari bo‘yicha SMS-xabarnoma yuboriladi (xizmat haqi mavjud).

4️⃣ Test natijalari qaydnomasi orqali:

Shuningdek, test natijalari qaydnomasi oliy ta’lim muassasalariga taqdim etiladi.

Bitta rekasiya))

♻️ Barcha abituriyentlarga tarqating
👉 Telegram:
@my_uzbmb_uz

My.uzbmb.uz

16 Aug, 13:02


⚡️Abituriyentlar diqqatiga!

❗️Abituriyentlar 2024–2025-o‘quv yili uchun OTMlarga kirish test sinovlari bo‘yicha tanlov natijalari e'lon qilingandan so‘ng uni shaxsiy kabinetlari orqali bilish bilan birgalikda, 5100 raqamiga ID raqamini jo‘natib ham aniqlashlari mumkin.

❇️ Abituriyentlarda natijalarni kutmasdan ham hozirdan 5100 raqamiga SMS so‘rovini yuborish imkoniyati mavjud. Bunda abituriyentga natijalar e'lon qilingandan so‘ng SMS-xabarnoma (xizmat pulli, bitta SMS narxi 3 000 so‘m) keladi. 

Bitta rekasiya))

♻️ Barcha abituriyentlarga tarqating
👉 Telegram:
@my_uzbmb_uz

My.uzbmb.uz

14 Aug, 11:25


⚡️ Xorijiy va nodavlat OTMlardan o‘qishni ko‘chirish bo‘yicha test sinovlari sanalari e'lon qilindi

📆 Talabalar o‘qishini xorijiy davlatlardagi OTMlardan, shuningdek, O‘zbekistondagi xorijiy va nodavlat OTMlardan davlat OTMlariga ko‘chirish bo‘yicha test sinovlari 19-20-avgust kunlari bo‘lib o‘tadi.

Test sinovlari ikki smenada tashkil etilib:

1️⃣-smenada 08:00 dan 11:00 ga qadar;
2️⃣-smenada 15:00 dan 18:00 ga qadar bo‘lib o‘tadi.

Test sinovlari 2 ta mutaxassislik va 3 ta majburiy fan bo‘yicha o‘tkaziladi hamda talabgorlarga mutaxassislik fanlarida 30 tadan, majburiy fanlarda 10 tadan - jami 90 ta test topshirig‘i va ularni ishlash hamda javoblar varaqasiga ko‘chirish uchun 3 soat vaqt beriladi.

👨🏻‍💻 Talabgorlar test sinovida ishtirok etish uchun ruxsatnomani Bilimni baholash agentligining my.uzbmb.uz saytidan olishlari mumkin.

❗️ Talabgorlar test sinovi o‘tkaziladigan binoga ruxsatnomada belgilangan vaqtdan kechikmasdan, pasport (ID-karta) va ruxsatnoma bilan kelishlari lozim.

Bitta rekasiya))

♻️ Barcha abituriyentlarga tarqating
👉 Telegram:
@my_uzbmb_uz

My.uzbmb.uz

12 Aug, 10:30


⚡️ O‘qishni ko‘chirish bo‘yicha

❇️ 2024/2025-o‘quv yili uchun xorijiy va nodavlat oliy ta’lim muassasalaridan respublika davlat oliy ta’lim muassasalariga o‘qishni ko‘chirish bo‘yicha jami 43 882 nafar talabgorga test sinovlarida ishtirok etishga ruxsat etildi.

Shundan:

👉 respublikadagi nodavlat oliy ta'lim tashkilotlaridan - 33 255 nafar;
👉 xorijiy OTMlarning respublikadagi filiallaridan -- 657 nafar;
👉 xorijiy davlatlarning OTMlaridan - 9 970 nafar.

❗️O‘qishni ko‘chirish bo‘yicha test sinovlarining o‘tkazilish sanasi va talabgorlar uchun ruxsatnomalarni berish muddatlari haqida qo‘shimcha ma'lumot beriladi.

Bitta rekasiya))

♻️ Barcha abituriyentlarga tarqating
👉 Telegram:
@my_uzbmb_uz

My.uzbmb.uz

10 Aug, 19:00


‼️Oliy ta’lim muassasalari va ta’lim yo‘nalishlarini tanlash muddati tugadi!

Yakuniy test natijalari (mandat) 1 haftada eʼlon qilish rejalashtirilgan. Bu esa 17-18-avgustga toʻgʻri keladi!


Bitta rekasiya))

♻️ Barcha abituriyentlarga tarqating
👉 Telegram:
@my_uzbmb_uz

My.uzbmb.uz

10 Aug, 18:45


⚡️Diqqat!

‼️Oliy ta’lim muassasalari va ta’lim yo‘nalishlarini tanlash tugashiga 15 minut qoldi!

My.uzbmb.uz

10 Aug, 07:42


#tanlov2024 #Abituriyent2024
⚡️Abituriyentlar va ularning ota-onalari diqqatiga!

❗️Bugun oliy ta’lim muassasalari va ta’lim yo‘nalishlarini tanlashning so‘nggi kuni

Oliy va professional ta’lim muassasalariga kirish test sinovlarida ishtirok etgan abituriyentlar bugun 10-avgust soat 23:59 ga qadar oliy ta’lim muassasalari va ta’lim yo‘nalishlarini tanlashlari lozim.

⚡️Belgilangan muddat yakunlangandan so‘ng abituriyentlarga ta’lim yo‘nalishlarini tanlash va ma'lumotlarga o‘zgartirish kiritish imkoniyati berilmaydi.

❇️ Hurmatli abituriyentlar! Sizdan bugun soat 23:59 ga qadar oliy ta’lim muassasalari va ta’lim yo‘nalishlarini tanlashingizni so‘raymiz!

Bitta rekasiya))

♻️ Barcha abituriyentlarga tarqating
👉 Telegram:
@my_uzbmb_uz

My.uzbmb.uz

06 Aug, 09:23


O‘tgan yilgi o‘tish ballarini qayerdan bilish mumkin?
#abituriyent #qabul2024

Javob: my.uzbmb.uz saytining “Davlat OTMlari” bo‘limida davlat oliy ta’lim muassasalari to‘g‘risida ma’lumotlar mavjud bo‘lib, mazkur bo‘lim orqali so‘nggi 3 yildagi o‘tish ballari bilan tanishish mumkin.

Bunda oliy ta’lim muassasasining tegishli ta’lim yo‘nalishi tanlanganda quyidagi ma’lumotlar chiqadi:

2023-2024-o‘quv yilidagi qabul kvotalari soni (davlat granti va to‘lov-kontrakt alohida);

2023-2024-o‘quv yilidagi fanlar majmuasi (birinchi va ikkinchi mutaxassislik fanlari);

so‘nggi 3 yillik o‘tish ballari (davlat granti va to‘lov-kontrakt alohida).

Shuningdek, saytda ta’lim yo‘nalishlarini ta’lim tili va ta’lim shakli bo‘yicha saralash imkoniyati ham mavjud.

Bitta rekasiya))


♻️ Barcha abituriyentlarga tarqating
👉 Telegram:
@my_uzbmb_uz

My.uzbmb.uz

02 Aug, 10:08


⚡️ Besh yil ish stajiga ega bo‘lgan xotin-qizlar uchun qabul kvotalari (to‘lov-kontrakt asosida) TAQSIMOTI

Kamida besh yil ish stajiga ega bo‘lgan xotin-qizlar
uchun ajratilgan to‘lov-kontrakt asosidagi qabul parametrlarining oliy ta’lim muassasalari kesimidagi taqsimoti

Jami: 500 ta qo‘shimcha kvota (to‘lov-kontrakt asosida).

❗️ Diqqat! Ushbu kvota tegishli tavsiyanomaga ega bo‘lgan, biroq kirish imtihonlari yakunlariga ko‘ra umumiy tanlovda talabalikka tavsiya etilmagan xotin-qizlarga birinchi oliy ta’lim muassasasi uchun amal qiladi.

Bitta rekasiya))

♻️ Barcha abituriyentlarga tarqating
👉 Telegram:
@my_uzbmb_uz

My.uzbmb.uz

31 Jul, 04:33


Sirtqi ta’lim shaklidagi 5 ta ta’lim yo‘nalishi uchun pedagogik staj talab etiladi
#abituriyent   #qabul2024

2022-yil 22-iyundagi PQ-289-son qarorda pedagogika sohasidagi ta’lim yo‘nalishlariga sirtqi ta’lim shakli bo‘yicha o‘qishga ta’lim tizimida pedagogik faoliyatga oid kamida besh yillik ish stajiga ega bo‘lgan shaxslar qabul qilinishi belgilangan.

Davlat komissiyasining tegishli bayoni bilan sirtqi ta’lim shakliga maktab ta’limi tizimida pedagogik faoliyatga oid kamida 5 yillik ish stajiga ega bo‘lgan abituriyentlar qabul qilinadigan bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari ro‘yxati tasdiqlandi. Bular:

🔹 boshlang‘ich ta’lim;
🔹 tasviriy san’at va muhandislik grafikasi;
🔹 musiqa ta’limi;
🔹 jismoniy madaniyat;
🔹 texnologik ta’lim.

Ushbu ta’lim yo‘nalishlarining sirtqi ta’lim shakliga xalq ta’limi tizimida kamida 5 yil ish stajiga ega bo‘lib, hozirda ushbu tizimda faoliyat ko‘rsatib kelayotgan pedagog xodimlar abituriyent sifatida ro‘yxatdan o‘tishi mumkin.

Bunda kamida besh yil ish stajiga ega boʻlgan va hozirda faoliyat koʻrsatib kelayotgan pedagog xodimlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligidan olinadi.

Boshqa ta’lim yo‘nalishlari uchun esa pedagogik faoliyatga oid staj talab etilmaydi va ularga istalgan abituriyent onlayn ro‘yxatdan o‘tishi mumkin.

Bitta rekasiya))

♻️ Barcha abituriyentlarga tarqating
👉 Telegram:
@my_uzbmb_uz

My.uzbmb.uz

30 Jul, 18:40


Tanlov ustuvorligi
#abituriyent #test2024

Abituriyentlar oliy ta’lim muassasalari va ta’lim yo‘nalishlarini tanlash bilan birga tanlov ustuvorligini ham belgilaydi.

Bunda 2 ta tanlov ustuvorligi mavjud bo‘lib, abituriyent ustuvorlik sifatida:

“Davlat granti”ni tanlasa — tanlagan barcha ta’lim yo‘nalishlarida dastlab davlat granti, so‘ngra to‘lov-kontrakt asosida;

“Ta’lim yo‘nalishi”ni tanlasa — har bir ta’lim yo‘nalishida davlat granti va to‘lov-kontrakt asosida ketma-ket tanlovda ishtirok etadi.


Abituriyentga:

tanlagan ta’lim yo‘nalishlarining istalgan biriga davlat granti asosida o‘qishga kirish muhim bo‘lsa, “Davlat granti” ustuvorligini;

davlat granti yoki to‘lov-kontrakt bo‘lishidan qat’iy nazar birinchi tanlagan yo‘nalishlariga o‘qishga kirish muhim bo‘lsa, “Ta’lim yo‘nalishi” ustuvorligini tanlash maqsadga muvofiq.

❗️ Tanlov ustuvorligini belgilashda e’tiborli bo‘ling.

Bitta rekasiya))

♻️ Barcha abituriyentlarga tarqating
👉 Telegram:
@my_uzbmb_uz

My.uzbmb.uz

30 Jul, 18:37


❗️Ertaga 9:00dan 18:00gacha @uzbmbbot aktiv holatda boʻladi va hamma savollarga javob beramiz

👉 Telegram: @my_uzbmb_uz

My.uzbmb.uz

28 Jul, 14:15


❗️Minimal o’tish bali o’zgarmadi

Davlat qabul komissiyasi tegishli bayoni bilan 2024-2025-oʻquv yili uchun davlat oliy taʼlim muassasalariga minimal o‘tish ballari tasdiqlandi.

Unda ko‘ra:

🔹 davlat granti boʻyicha minimal oʻtish bali – 68,0 ball (maksimal 189,0 ballning 36%);

🔸 toʻlov-kontrakt boʻyicha minimal oʻtish bali – 56,7 ball (maksimal 189,0 ballning 30%) etib belgilandi.

PS. Mazkur talabni bajarmagan abituriyentlar oliy ta’lim muassasalari uchun tanlovda ishtirok etmaydi.

Bitta rekasiya))

♻️ Barcha abituriyentlarga tarqating
👉 Telegram:
@my_uzbmb_uz

My.uzbmb.uz

28 Jul, 11:59


Oliy ta’lim muassasalari va ta’lim yo‘nalishlarini tanlash

Bitta rekasiya))

♻️ Barcha abituriyentlarga tarqating
👉 Telegram:
@my_uzbmb_uz

My.uzbmb.uz

28 Jul, 08:15


Yana qaysi yoʻnalishlar kerak?