Mutolaa Zavqi

@mutolaa_zavqdir


Buyuk ajdodlarning shonli izidan...

Ma'lumotlar olinayotganda manba ko'rsatilishi shart!


Murojaat uchun: @mutolaa_zavqdir_bot

Mutolaa Zavqi

08 Oct, 05:37


Soat 10 yotoqqa qo'n
Soat 3 yotog'dan uch


- Mahmud Afandi Hz q.s

#hikmat

@mutolaa_zavqdir

Mutolaa Zavqi

06 Oct, 15:15


Ilm deganda oliy o'quv yurtini tamomlab qo'lga kiritiladigan bir parcha qog'ozni tushunmaslik kerak. Ilm bu uyqusiz tunlar, soatlab kitob titishlar, ustozlar eshigiga qatnab, g'urur va faxrni sindirishlar, qancha ilm olsa-da, hali hech narsaga erishmagani uchun nadomat chekishlardir. Mavritaniyaning atoqli olimlaridan Muhammad Amin Shinqitiy yolg'on guvohlik haqida leksiya o'qiyotgan edi. «U nimaga o'xshaydi?» deb qoldi o'tirganlardan biri. U kishi hozirjavoblik bilan: «Universitetdan oladigan shahodatnomangizga o'xshaydi», deb javob berdi.

"Ulug'lar Shunday Yashashgan" kitobidan

#iqtibos

@mutolaa_zavqdir

Mutolaa Zavqi

02 Oct, 04:09


Bilimsiz bir odam urush nog'orasiga o'xshaydi. Shovquni ko’p, ammo, ichi bo'sh bo'ladi.

- Mahmud Afandi Hz q.s

#hikmat

@mutolaa_zavqdir

Mutolaa Zavqi

01 Oct, 05:17


Odamlar orasida «loqaydlik» degan og'ir bir dard, tuzalmas bir xastalik juda ildiz otib ketganki, bu ham ana shu illatlarning eng yomonlaridandir. «Qo'shnining uyi yonib ketsa, menga nima, meniki omon qoldi-ku!» degan kayfiyatdagi odamlar ham bor. «Do'stim qamalib qolgan bo'lsa, men qamatganim yo'q-ku, o'zi juda haddidan oshib ketgandi-da, bosar-tusarini bilmay, kerilib ketgan edi», deb o'zimizni ovutamiz. «Qarindoshim turmushda qiynalib qolgan bo'lsa, mening nima aybim bor, hadeb uyida yotavermay mundok yelib-yugursin edi» deb, aql o'rgatadiganlarimiz ham topiladi. Yo'lda mashinasi buzilib qolgan yoki benzini tugab qolgan haydovchining iltijo bilan ko'tarilgan qo'lini ko'rmaganga olib o'tib ketamiz. Bahonamiz ham tayyor: «yumushimga shoshib turuvdim» yoki «mashina tuzatish qo'limdan kelmasa» yoki «o'zimda ham yonilg'i kam edi». Huzuringizga yordam so'rab yoki maslahat olish ilinjida kelgan kishining gapini eshitgingiz ham kelmaydi, chunki sizga ham «loqaydlik kasali» yuqqan. Yurtimizga G'arb o'lkalaridan shiddat bilan bostirib kelayotgan «pop-madaniyat» bilan ham, yoshlarimiz axloqiga zaharli xanjar bo'lib urilayotgan faxsh va buzuqliklarni targ'ib qiluvchi matbuot, kitob va filmlarning ko'paygani bilan ham, farzandlarimiz o'qishda emas, kompyuter o'yinxonalarida vaqt sovurishayotgani bilan ham ishimiz yo'k. Chunki bu narsalar go'yo bizga taalluqli emas, chunki biz loqaydlik kasali bilan og'riganmiz.

"Ulug'lar Shunday Yashashgan" kitobidan

@mutolaa_zavqdir

Mutolaa Zavqi

30 Sep, 16:05


Eng yomon illatlardan sanalgan g'azab insonga hech qachon yaxshilik keltirmaydi, martabasini ko'tarmaydi. Bunga minsol tariqasida ajoyib bir zarbulmasalni keltirish mumkin: bir duradgorning ustaxonasi bor ekan. U har kuni kech-qurun ishni tugatgach, asboblarini dastgohning ustida koldirib, ustaxonani qulflab ketar ekan. Bir kuni u ketgach, ustaxonaga bir ilon yemish qidirib kirib qolibdi. Ilon dastgohning ustida sudralib borayotib, arraning ustidan o'tib ketibdi. Arraning o'tkir tishlari uning tanasini shilib yuboribdi. Qonga belangan ilon jon achchig'ida arrani chaqa ketibdi. Ammo endi uning og'zi ham qonga to'libdi. Ilon arrani bir yirtqich hayvon deb o'ylab, jon-jahdi bilan uni chaqishda davom etibdi. Holdan toyib, o'lishiga ko'zi yetgach, oxirgi kuchlarini to'plab, arrani butun tanasi bilan o'rab olib, bo'g'a boshlabdi... Ertalab duradgor ustaxonasiga kelsa, ahmoqligi tufayli arraga o'ralib o'lib yotgan ilonni ko'ribdi. Qissadan hissa shuki, ba'zan g'azab otiga mingan chog'imizda o'zgalarni jarohatlamoqchi bo'lamiz, ammo bu bilan o'zimiznigina jarohatlayotganimizni bilganimizda esa kech bo'lgan bo'ladi... Shunday ekan, har bir voqea-hodisaga, birovlarning ishi va gap-so'ziga ortik- cha e'tibor beravermang. Jizzakilikdan saqlaning. Mayda-chuyda ishlar e'tibor berganingizga arzimaydi.

"Ulug'lar Shunday Yashashgan" kitobidan

@mutolaa_zavqdir

Mutolaa Zavqi

30 Aug, 03:20


Mutolaa Uchun Vaqt Yo'q(mi?): Qanday Qilib Yumushlarga To'la Hayotimizga Kitoblarni Sig'dirish Mumkin?

Hozirgi tez surʼatlar bilan rivojlanib borayotgan hayotimizda, mutolaa uchun vaqt topish juda qiyindek go'yo. Biroq, siz o'sishni, o'zgarishni va albatta ma'naviy hordiq chiqarishni istaydigan kishilar qatorida bo'lsangiz, buning uchun astoydil harakat qilishingizga ishonamiz. Quyida sizlar bilan mutolaani kundalik odatiga kiritishga harakat qilgan kitobxonda uchraydigan ba'zi odatiy qiyinchiliklar va ularning amaliy yechimi haqida bahslashgan bo'lamiz.

1. Barchamiz His Etadigan Vaqt Tanqisligi

- Ish va Ta'lim: Mashaqqatli ishlar, maktab yoki oliy taʼlim darsliklari va tirbandliklar aro kundalik qatnovlar orasida mutolaa uchun vaqt yetmay qolishi ajablanarli holat emas albatta. Biroq kitob o'qishga bo'lgan ishtiyoqingiz so'nishiga yo'l qo'ymang.
- Oilaviy Mas'uliyatlar: Agar siz oilaviy majburiyatlaringizni bajarayotgan bo'lsangiz, kitob u yoqda tursin, o'zingizga vaqt topish qiyin bo'lishi mumkin. Ammo bu imkonsiz emas - keling, qanday bo'lishini esa birgalikda birozdan so'ng ko'rib chiqamiz.

2. Raqamli Chalg'ituvchilar: Pismiq Vaqt O'g'rilari

- Ijtimoiy Tarmoqlar: Qancha vaqt o'zimizni yotish oldidan qo'limizga kitob olish o'rniga ijtimoiy tarmoqlarda soatlab bilimsiz "sayr qilib yurgan" holda topishimizni hech his qilganmisiz? Ijtimoiy tarmoqlar qiziqarli bo'lishi mumkin, ammo unutmaylik-ki, u vaqtimiz kushandasi ham bo'la oladi.
- Televideniya: Cheksiz seriallar, kinolar va shou dasturlar qanchadan qancha yoshu-qarilarimizning qimmatli vaqtini o'g'irlayotgani ham sir emas-ku, shundaymi? Kitoblarning ham ular kabi o'ziga rom etish xislati bor, shunchaki ochib uni kashf etsak bo'lgani.

3. Holdan Toyish va Aqliy Charchoq: Kun Yakunidagi Holsizlik.

- Kun oxiridagi kuchsizlik: Kun bo'yi qilingan mehnatdan so'ng, televizor qarshisiga joylashish yoki telefonga chalg'ish va yoki shunchaki uyquga ketish yoqimli albatta, biroq kuningizni yaxshi kitob bilan yakunlash zavqini tasavvur qiling-a!

- Ruhiy Zo'riqish(stress): Hayot tashvishlari ulkan to'lqinlar kabi ko'tarilib xatar tug'dirsa, biling-ki, kitobingiz mustahkam kemadir va siz uning kapitanisiz, bo'rondan o'tib, o'zingizni xotirjamlikning sokin qirg'oqlariga yo'naltiring."

Mutolaa Uchun Vaqt Ajratish: Oddiy, Samarali Usullar

- Reja Tuzing: Oz-ozdan boshlang, bir kunda 5-10 betdan o'qib boring, yoki 5-10 daqiqadan, farqi yo'q. Muhimi bardavom bo'lishingiz. Dono xalqimiz nima deydi: Toma-toma ko'l bo'lur, tommay qolsa cho'l bo'lur.

- Tartib O'rnating: Tongi qahva bilan bir necha daqiqa bo'ladimi yoki uyquga yotishdan oldin bir necha sahifa bo'lsin, mutolaa uchun doimiy bir xil tartib o'rnatish uni odatga aylatirishga yordam bo'ladi.

- Vaqtni To'g'ri Taqsimlang: Ekran vaqtini qisqartiring va o'qish uchun maxsus vaqt belgilab ekranni bloklang. Ba'zan sizga atigi 15 daqiqa kifoya qiladi.

- Doim Kitobni O'zingiz Bilan Olib Yuring: Kutish vaqtini o'qish vaqtiga almashing. Jamoat transportida bo'lasizmi, navbatda turasizmi yoki uchrashuvni kutasizmi, doimo qo'lingizda kitob bo'lsa, har qachon uni mutolaa qilishga imkoningiz bo'ladi, demak.

- Audio Kitoblar: Audio kitoblarni, ulov boshqarayotib ham, jismoniy mashqlar bilan shug'ulanayotib ham yoki kundalik yumushlaringizni bajarayotib ham, tinglashingiz mumkin. Bu, vaqtingiz kam bo'lganda ham, "o'qish" uchun ajoyib usul.

- Kitobsevarlar Klubiga Qo'shiling: Mutolaa sayohatingizni boshqalar bilan ulashish mutolaani odatingizga aylantirishga ajoyib turtki bo'ladi.

- Texnologiyalardan Samarali Foydalaning: Telefoningizda kitob o'qish uchun eslatmalar o'rnating yoki kunlik o'zgarishlaringizni kuzatib borish uchun maxsus ilovalardan foydalaning. Ushbu kichik harakatlar sizni davomli mutolaa qilishingizga yordam bo'ladi.

Bularni albatta sinab ko'ring. Unutmang-ki, kitob o'qish shunchaki bo'sh vaqtda qilinadigan ish emas, balki o'zingizga berishingiz mumkin bo'lgan eng katta sovg'alardandir. Shunday ekan, buni birinchi o'ringa qo'ying va hayotingizni qanday o'zgartirishini tomosha qiling!

@mutolaa_zavqdir

Mutolaa Zavqi

25 Aug, 18:26


...."Ey xizmatkor, bog'ingga bemalol boraver. Allohga qasamki, sher boqqa kirdi, lekin u yerda hech qanday iz qoldirmadi. Bog'dagi birorta bargni hidlamadi ham, birorta mevani yemadi ham, hech narsaga tegmadi. U yerda bir lahza ham turmadi. Hech qanday zarar yetkazmay, chiqib ketdi. Allohga qasamki, sher sening bog'ingdek bog' ko'rmagan edi. Lekin bog'ini bunchalik qattiq qo'riqlaydigan qo'rg'on ham ko'rmagan edi", dedi. Feruz to'g'ri borib, xotinini qaytarib olib keldi. Qozi ham, boshqalar ham nima gap bo'lganini bilishmadi.


"Solihlar Gulshani" kitobidan

👉 @mutolaa_zavqdir

Mutolaa Zavqi

25 Aug, 18:26


Bog'ingning Qo'rg'oni Mustahkam
Ekan


Bir podshoh qasrning boloxonasida o'tirgan edi. Atrofga qarab turib, yonidagi hovlida yurgan go'zal bir ayolni ko'rib qoldi. Qo'shnilardan uni surishtirgan edi, "Xizmatkoring Feruzning xotini", deyishdi. Podshoh unga xushtor bo'lib qoldi. Xizmatkori Feruzni chaqirtirib, "mana bu maktubni olib, falon shaharga borasan-da, kutib turasan, javobini olib qaytasan", dedi. Xizmatkor maktubni olib, uyiga borib, uni yostig'ining tagiga qo'ydi-da, safar tadorigini ko'rdi. Tong otgach, aytilgan shaharga qarab yo'lga tushdi. Podshoh Feruzning ketganini eshitgan zahoti uning uyiga qarab jo'nadi. Borib, eshikni ohista taqillatdi. Ayol eshikni ochib, "Hazrati oliylari? Tushimmi, o'ngimmi?" dedi. Podshoh: "Ziyorat qilib keldim", dedi. Ayol: "Bunday ziyoratdan Alloh saqlasin, men bunda hech qanday yaxshilik ko'rmayapman!" dedi. Podshoh: "Sho'ring kursin, men podshohman, eringning xo'jayiniman. Meni taniysan deb o'ylamagan edim", dedi. Ayol bunday dedi: "Men sizni taniyman, Hazrati oliylari. Lekin avvalgilardan qolgan bunday gap bor:

Suvingizni qoldiraman, unga teginmas kimsa,
Suvga keluvchi ko'pligidan bunga ishonmas kimsa.
Ovqatga pashsha tushgan mahal
Ko'tardim qo'lni, nafs esa xohlar.
Suvni agar bulg'asa itlar,
Bunday suvdan saqlanar sherlar.


Itingiz sherik bo'lgan suvdan ichish uchun keldingizmi, shohim?"
Poxodshox ayolning bu gapidan uyalib, shoshgancha chiqib ketdi, hatto bir poy kavushini u yerda unutib qoldirganini ham sezmadi.
Xizmatkor esa yo'lda ketayotib, birdan podshoh bergan maktubni izlab qoldi. Eslab ko'rsa, uyda, yostig'ining tagida qoldirib kelgan ekan. U shartta ortiga qaytdi. U kelganda podshoh uning uyidan endigina chiqib ketgan edi. Hovlida podshoxning kavushini ko'rib, Feruzning aqli boshidan uchayozdi. Podshoh uni nima maqsadda safarga jo'natganini tushundi, ammo hech kimga indamadi. Maktubni olib, podshohning buyrug'ini bajarib keldi. Qaytib kelgach, podshoh unga yuz dinor pul berdi. Xizmatkor pulni olib, bozorga bordi va ayollarga ma'qul keladigan narsalardan olib, chiroyli sovg'a tayyorladi. Xotinining oldiga kelib, unga salom berdi va: "borib, otangni ziyorat qilib kel!" dedi. Ayoli: "Nimaga?".deb so'radi. U: "Podshoh menga ko'p pul berdi. Borib, bu xushxabarni otangga aytib, suyunchilab kelasan", dedi. Ayol sovg'a-salomlar bilan otasining uyiga kirib bordi. Ota-onasi qizining kelganidan, olib kelgan sovg'a-salomlaridan juda xursand bo'ldi. Ayol ota-onasinikida bir oy qolib ketdi.

Eri undan xabar ham olmadi, eslamadi ham. Bir kuni ayolning akasi kuyovining oldiga keldi. Unga: "Yo xotiningdan g'azablanganingning sababini ayt, yo podshohning oldiga borib, o'rtalaringda hukm chiqartir", dedi. Feruz unga: "Hukm istayotgan bo'lsangiz, chiqaravering. Chunki menda uning hech qanday haqi qolmagan", dedi. Ayolning oilasi hukm chiqartirishni talab qildi. Feruz ham ular bilan birga qozining oldiga bordi. Qozining yonida podshoh ham o'tirgan ekan. Ayolning akasi qoziga: "Ey qozilarning qozisi, men mana bu odamga bir bog'ni ijaraga bergan edim. Bog'ning devorlari butun, qudug'ida suv to'la, mevali daraxtlari ko'p edi. Bu odam bog'ning mevalarini yedi, devorlarini buzdi, qudug'ini xarob qildi", dedi. Qozi xizmatkorga karab, "Bunga nima deysan, Feruz?" dedi. Feruz: "Qozi janoblari, to'g'ri, men undan bog' olgan edim. Lekin qanday olgan bo'lsam, undan ham yaxshiroq holatda egasiga topshirdim", dedi. Qozi ayolning akasiga: "bog' avvalgi holidagidek topshirildimi?" dedi. Ayolning akasi: "Ha, lekin men nega qaytarilganini bilmoqchiman", dedi. Qozi xizmatkorga: "Nima deysan, Feruz?" dedi. Feruz: "Men bog'ni yomon ko'rganimdan topshirmadim. Bir kuni boqqa kelsam, u yerda sherning oyoq izlarini ko'rib koldim. Sher meni o'ldirishidan qo'rqib, unga hurmat yuzasidan boqqa kirishni o'zimga harom qildim", dedi. Bu ajoyib so'zlarni eshitib o'tirgan podshoh o'rnidan turib.....

👉 @mutolaa_zavqdir

Mutolaa Zavqi

19 Aug, 05:48


Nega Mutolaa Qilayotganimizda Uyqu Kelishni Boshlaydi?

Ko'pchilik kitob mutolaa qilishni boshlashi bilanoq uyqusi kela boshlaydi. Bu holat shunchaki tasodifiy emas, buning ortida ilmiy izoh mavjud. Keling buni birgalikda ko'rib chiqamiz!

Mutolaa qilganingizda miyangiz murakkab jarayon bilan bog'lanadi, bu esa o'z navbatida diqqatni jamlash hamda aqliy mehnat talab qiladi. Aksar insonlar uchun kitob o'qish yoqimli kursiga yoki yotoqqa qulay o'rnashib olgan holda tinch va yolg'iz bajariladigan amaldir.
Sizda ham shundaymi?
Bunday sharoitdagi barqaror mutolaa kayfiyati, miyaga "dam olish vaqti keldi" degan signalni yuboradi. Ongingiz tinchlanib, ko'zlaringiz matn bo'ylab harakatlanar ekan, tanangiz bo'shashishni boshlaydi, bu esa uyquchanlikka olib keladi.

Shuningdek, mutolaa qilish kundalik hayotimizda uchrab turadigan stress holatlardan qochishimizga yordam beradi. Bu holatdagi miyaning tinchlanishi hisobiga, tanangiz tabiiy ravishda orom olishni xohlab qoladi, ayniqsa bu jarayon uyquga yotishdan oldin mutolaa qilganingizda koʻproq kuzatiladi.

Mutolaa Davomida Uxlab Qolmaslik Uchun Qisqa Maslahatlar

1. Muhitni to'g'ri tanlang(yoki yarating). O'ta qulay bo'lish ehtimolini kamaytirish uchun yaxshi yoritilgan joyda mutolaa qiling. Yotoqda yotib o'qishdan ko'ra nisbatan qattiqroq kursida o'tirib mutolaa qilish diqqatni yaxshiroq jamlashga yordam beradi.

2. Qisqa tanaffus qiling. Har 20-30 daqiqalik mutolaadan so'ng chigal yozish yoki piyoda yurish uchun biroz tanaffus qilib turing. Bu tanangizni bo'shashib ketishining oldini olishga yordam beradi.

3. Faol o'qishga odatlaning. Ya'ni eslatmalar qayd eting, kalit so'zlar va jumlalarni belgilab boring yoki biror kishi bilan o'qiganlaringiz haqiga bahs yuriting. Ushbu faol mashg'ulotni bajarish orqali miyangizni uyquga ketishdan saqlaysiz.

4. Jarayonni o'zgartiring. Agar uyqungiz kelsa, boshqa janr yoki mavzuni o'qishga harakat qiling. Ba'zida jarayonni o'zgartirish diqqatni qayta tiklashi mumkin.

5. Kamroq suv iching. Koʻp suyuqlik isteʼmol qilish ogʻizda namlikni orttiradi, bu esa dangasalik chaqirib koʻp uxlashga sabab bo'ladi.

6. Hazmi yengil taom isteʼmol qiling. Ogʻir hazm bo'ladigan taom yeyish va meʼyoridan ortiqcha yeyish, insonni chanqatadi, natijada koʻproq suv ichishga majbur bo'lamiz. Va yuqorida eslab o'tilgan holatga duch kelamiz.

Ushbu maslahatlarga amal qilgan holda mudroq bosmay mazza qilib kitob o'qiysiz, deb umid qilamiz. Biroq, shunda ham uyqu gʻolib kelsa, tanangiz sizga rostdanam dam olish vaqt kelganini aytayotgandir. Tek qo'yavering, axir yaxshi kitob va yaxshi uyqudanda yaxshiroq narsalar kam o'zi. Albatta hazil!!!

Bu maqolamiz sizga foydali bo'ldimi?
Kitoblar va mutolaa haqida ko'proq ma'lumot olish uchun obuna bo'ling!
Fikrlaringizni sharhlarda baham ko'ring va o'sib borayotgan kitobsevarlar jamoamizga qo'shiling! 📚

👉 @mutolaa_zavqdir

Mutolaa Zavqi

02 Aug, 20:51


QON HIDI

O'n to'qqizinchi asrning oxirgi choragida Chimkentda qozi bo'lib xizmat qilgan Sulton Ahmad degan kishi ittifoqo rus podshohi bilan muloqotda bo'lgan, deyishadi. Podshoh qozidan yurtidagi ahvolni so'rab-surishtirganida Sulton Ahmad shunday javob bergan ekan:
"Nimasini so'raysiz, ey hazrati oliylari, Chernyaev va uning askarlari xalqimizni o'ldirib, oqizgan qonining hidi hali dimog'imizdan ketib ulgurganicha yo'q". (Mirahmad Mirxoldor o'g'li, "Chimkent tarixi", Chimkent, 1991 yil).


@mutolaa_zavqdir

Mutolaa Zavqi

30 Jul, 21:27


VAQT

Vaqt deganda ko'z o'ngingga nima kelar?
Vaqt bu o'sha ortda qolgan bolaliging.
Oyoq yalang ko'cha-ko'yda o'ynab kulib,
Tashvishlarsiz o'tgan o'sha beboshliging.


Vaqt degani nima o'zi? Vaqt bu do'stim,
Ota-onang yuzidagi har bir ajin.
Vatq bu sharros oqayotgan umr yo'ling,
Va bo'yningga tushgan ro'zg'or, olaxo'rjin.


Vaqt, seni deb tunlarin bedor o'tkazgan,
Onajoning sochidagi o'sha oqlar.
O'zi yemay, o'zi kiymay bolam degan,
Otajoning qo'lidagi shu qadoqlar.


Vaqt bu nima? Kechagina beshikdagi,
Farzandingning unib-o'sib ulg'ayishi.
Umring o'tib qariganda quchog'ingda,
Shirin-shakar nabiralar ko'payishi.


Vaqt bu nima? Umrning bir hisobchisi,
Rahm-shafqat degan tuyg'u undan yiroq.
Bir kun oldin gulzor uzra uchib yurgan,
Kapalakning ahvoliga bugun bir boq.


Endi uni axtarsang ham topolmaysan,
Kechagi kun ortga aslo qaytib kelmas.
Qir-adirda ma'rab yurgan bir qo'zichoq,
Cho'poniga yem bo'lishin balki bilmas.


Vaqt bu nima? Daladagi bobodehqon,
Mehnat qilib ekkan o'sha oltin bug'doy.
Mana bugun dasturxoning bezab turgan,
Aziz nonni shu bug'doydan yopdi novvoy.


Vaqt degani nima o'zi? Tirikmi u?
Yo'q. U jonsiz, tilsiz hamda shafqatsizdir.
Nega buncha faqat oldin intiladi?
Balki ajalning yerdagi sharpasidir.


Vaqt bu nadur? Kechagina butun dunyo,
Qo'limda deb o'ylagan shu xonlar, biroq.
Bugun vaqt ular ustidan hukmrondir,
Topganlari yengsiz kiyim, qaro tuproq.


Vaqt bu nima? Birov ekkan daraxtlarga,
O'yinqaroq bo'lib chiqqan o'sha daming.
Beldan kuching ketib qolib shu daraxtdan,
Yasalgan bir hassaga sen tayanganing.


Vaqt bu do'stim oyoqlaring ostidagi,
Tuproq bo'lib yotgan o'sha ajdodlaring.
Bir bordingmi o'tganlarning mozoriga?
Shu tuproqda yurar bir kun avlodlaring!


Muxriddin Yaxyoev


👉 @mutolaa_zavqdir

Mutolaa Zavqi

29 Jul, 15:01


#kitob_haqida

“ATOM ODATLAR” KITOBI HAQIDA

Siz o’z hayotini yaxshilashga intilayotganlardanmisiz?

Yoki kasbiy samaradorlikni oshirishga harakat qilayotgan mutaxassismisiz?

Balki siz yaxshiroq o’rganish odatlarini rivojlantirmoqchi bo’lgan talabadirsiz.

Ehtimol siz shaxsiy va professional maqsadlarga erishish uchun amaliy maslahatlar va strategiyalarni xush ko’ruvchi insondirsiz.


Agarda siz yuqorida nomi zikr qilingan kishilardan biri bo’lsangiz quyida tayyorlaganimiz maqola aynan siz uchun.

Odatlar mavzusida butun bir kitobni o’qishni hech tasavvur qilib ko’rganmisiz?

Jeyms Klirning qalamiga mansub “Atom Odatlar” kitobi odatlaringizni o’zgartirish va doimiy o’sib borishga erishish uchun qiziqarli hamda amalda qo’llasa bo’ladigan formulalarni taqdim etadi. Kitob kichik hamda davomli o’zgarishlarning kuchi vaqt o’tishi bilan hayratlanarli natijalarga erishishga vasila bo’lishiga qaratilgan. Kitob New York Times bestselleri hisoblanib, dunyo boʻyicha 15 milliondan ortiq nusxada sotilgan va 50 dan ortiq tilga tarjima qilinga.

Jeyms Klir “Atom Odatlar” asarida muvaffaqiyat kaliti birdan katta o’zgarishlar qilishda emas balki kichik hamda bosqichma-bosqich o’zgarishlarga e’tibor qaratishda ekanligini ta’kidlaydi. Jeyms o’zining odatlarni o’zgartirishning to’rtta qonunini ko’rsatib beradi: odatni ravshanlashtirish, uni jozibador qilish, oson qilish, qoniqarli qilish. Muallif ushbu tamoyillarni tadqiqot natijalari, qiziqarli latifalar va amaliy maslahatlar orqali tasvirlab beradi va bundan o’quvchilarni yaxshi odatlarni shakllantirishga, yomonlarini yo'q qilishga va oxir-oqibat uzoq muddatli rejalariga erishishga yordam berishni maqsad qiladi.

Klirning yondashuvi ilmiy asosga ega hamda albatta amalda qo’llasa bo’ladi. Xulq-atvorni o'zgartirishning to'rtta qonuni esa odatlarni shakllantirish va o'zgartirish uchun aniq yo'l xaritasini beradi. Clearning amaliy tadqiqotlar va empirik dalillardan foydalanishi uning fikrlarini samarali qo'llab-quvvatlaydi va murakkab psixologik tushunchalarni ochib beradi.

Yana ham diqqatga sazovor qismi bu - maqsadlarga emas, balki tizimlarga e'tibor qaratish tushunchasidir. Muallif maqsadni belgilash o’zgarishlarga erishishni noto’g’ri usuli ekanini va uni belgilashda to’rtta muammoni ko’rishini ta’kidlaydi:

1. Maqsadiga erishganlar va erisha olmaganlarning maqsadlari o’xshashligi

2. Maqsadga erishish shunchaki bir lahzalik o’zgarish xolos

3. Maqsadlar sizning baxtiyorligingizni cheklaydi

4. Maqsadlar uzoq muddatli rivojlanishga ziddir

Yana Klirning ta’kidlashicha, maqsadlarimizga erishish uchun foydalanadigan tizimlarni optimallashtirish orqali biz izchil rivojlanishga erishishimiz va to'siqlarni samaraliroq engib o'tishimiz mumkin.

"Atom odatlari" o'z hayotida doimiy o'zgarishlar yaratmoqchi bo'lgan har bir kishi uchun bebaho manbadir. Agar siz ushbu kitobni o’qishni o’ylab yurgan bo’lsangiz yoki u haqida hali eshitmagan bo’lsangiz, hech ikkilanmay tez orada o’qib chiqing va undagi maslahatlarga amal qilib boring.

Maroqli mutolaa tilab qolamiz!!!

Agar mumkin bo'lsa, izohlarda fikrlaringizni qoldirsangiz!!!

👉 @mutolaa_zavqdir

Mutolaa Zavqi

27 Jul, 23:46


"Men borliqni bitta katta qurilma deb tasavvur qilishni yaxshi ko'raman.
Bilasizmi, qurilmalarda hech qachon ortiqcha qismlar bo'lmaydi. Ularda kerakli qismlarning aniq soni va turi mavjud bo'ladi. Demak, butun olam ulkan bir qurilma ekan, o'ylaymanki, men qandaydir maqsad bilan bu yerda bo'lishim kerak. Va bu, siz ham qandaydir maqsad bilan bu yerda ekaningizni anglatadi."


"The Invention of Hugo Cabret" kitobidan


👉 @mutolaa_zavqdir

Mutolaa Zavqi

26 Jul, 02:50


DENGIZDA NIMA GAPLAR?

Tasavvur qiling-a, dengizda nima gaplar deya so'rayapsiz va bir baliqniing shunday deganini eshitasiz: "Aytadigan gapim ko'p, ammo og'zim suvga to'la." Bu ta'sirli arman maqolida kishi muloqotidagi qiyinchiliklar haqida ko'p gapiriladi.

Ichimizda qanchalik tez-tez o'y-fikrlar va his-tuyg'ular chashmadan suv bilqillab qaynab chiqishi kabi paydo bo'lsa-yu biroq ularni ifoda etish mushkul bo'ladi? Bu esa ayni ko'plab kitobxonlargina tushunishi mumkin bo'lgan qiyinchilikdir. Kitoblar o'sha sokin mulohazalar ovoziga aylanib aytilmay qolgan so'zlarni kitobxonlar ongida chuqur aks-sado beradigan so'zlarga aylantiradi.

Har bir kitob aytishga ko'p gapi bor baliqqa o'xshaydi. Muallifning so'zlari ifoda to'siqlarini yorib o'tib, suv ostida qolishi mumkin bo'lgan hikoyalarni sirtga chiqaradi. Kitobxon sifatida biz bu hikoyalar dengiziga sho'ng'iymiz-da, sirti-yu ostida yashiringan xabarlarni izlaymiz.

Bilish va anglashga intilishda keling, baliqning holatini bir esga olaylik. Keling, sabr toqatli hamda idrokli bo'lib eng chuqur tushunchalarninig ba'zilari ularni ifoda etishga qiynalayotganlardan kelishini tan olaylik.

Qissadan hissa: Bu maqol achinish hamda chuqurroq anglash muhimligini ko'rsatuvchi kuchli eslatmadir. Bu bizning hamda boshqalarning ichida kechayotgan jim-jit janglarni qadrlashga undovchi bir maqoldir.

Keyingi o'qiydigan kitobingizga yangicha nuqtai nazar bilan qarang. Yashirin ma'nolarini izlang va kashfiyotlaringizni ushbu bilimga chanqoq hamjamiyatimiz bilan bo'lishing. Bu sokin chuqurliklarni birgalikda o'rganish hamda donoligimizni oshirish uchun bizga qo'shiling.


👉 @mutolaa_zavqdir

Mutolaa Zavqi

25 Jul, 17:58


"DENGIZDA NIMA GAPLAR?"
Baliq aytadi: "Aytadigan gapim ko'p, lekin og'zim suvga to'la."

- Arman xalq maqoli

👉 @mutolaa_zavqdir

Mutolaa Zavqi

24 Jul, 14:45


📚 Kitobga oid qiziqarli faktlar 📚

1. Eng Qadimiy Kitob: Bizga maʼlum eng qadimgi bosma kitob Xitoydan topilgan "Olmos Sutra" bo'lib, eramizning 868-yiliga oid hisoblanadi?

2. Eng Uzun Roman: Hozirgacha yozilgan eng uzun roman Marsel Prustning "Yo'qotilgan Vaqtni Izlash" romani bo'lib, taxminan 1,2 million so'zni o'z ichiga oladi. Mutolaa marafonini to'xtatavering! 🏃‍♂️

3. Eng Koʻp Tarjima Qilingan Kitob: Antuan de Sent-Ekzyuperining “Kichik Shahzoda” asari 300 dan ortiq til va lahjalarga tarjima qilingan. Dunyo ahli sevgan asar! 🌍

4. Kongress Kutubxonasi: AQSHdagi Kongress kutubxonasi dunyodagi eng katta kutubxona boʻlib, 170 milliondan ortiq kitobga ega. U yerda yo'qolib qolishni tasavvur qiling-a! 📖🏛

5. Birinchi Roman: 11-asr boshlarida Murasaki Shikibu tomonidan yozilgan "Genjining Ertagi" ko'pincha dunyoning birinchi romani deya ko'riladi. O'rganishga arziydigan klassika!

6. Eng Uzun Jumla: Viktor Gyugoning "Les Misérables" asari 823 so'z bilan adabiyotdagi eng uzun jumlani o'z ichiga oladi. Doston o'qish haqida o'ylab ko'ring-a!

7. Garri Potterning Mashhurligi: J.K. Roulingning "Garri Potter" turkumi butun dunyo bo'ylab 500 million nusxadan ko'proq sotilgan, bu uni tarixdagi eng ko'p sotilgan kitoblardan biriga aylantiradi. Ajib, shunday emasmi?

8. Taqiqlangan Kitoblar: Dunyoning eng mashhur kitoblaridan ba'zilari, jumladan, Jorj Oruellning "1984" va J.D.Selinjerning "The Catcher in the Rye" kitoblari tarixning turli nuqtalarida taqiqlangan yoki ko'plab e'tirozlarga sabab bo'lgan. Bahsli, ammo jozibali!

9. Ko'rinmas Siyoh: Ikkinchi jahon urushi paytida Britaniya razvedkasi xabarlarni ko'rinmas siyoh bilan uzatish uchun "Uilyam Shekspirning to'liq asarlari"ning maxsus nashridan foydalangan. Adabiyot josuslik bilan uchrashadi! 🕵️‍♂️

Bularninig qaysilari sizga yangilik bo'ldi?

Kitoblar va mutolaa haqida ko'proq ma'lumot olish uchun obuna bo'ling!
Fikrlaringizni sharhlarda baham ko'ring va o'sib borayotgan kitobsevarlar jamoamizga qo'shiling! 📚

👉 @mutolaa_zavqdir

Mutolaa Zavqi

22 Jul, 04:40


Ehtirosi so'ngan inson axloqliman deya kerilmasligi kerak.
Asli dunyosi yo'q inson esa tarki dunyo qildim demasligi kerak.

- Umar Ibn Hattob r.a

👉 @mutolaa_zavqdir

Mutolaa Zavqi

14 Jul, 11:30


Hindistonning Kitobxonlik Ajoyibotlari Bo'ylab Sayohat

Tasavvur qiling, bir joy bor: u yerda kitob varaqlari tovushi qushlarning sayrashi kabi eshitiladi, havoda siyoh va qog‘oz hidi taralib turadi, hamma tarafda hikoyalar sehrli voqelardan so’zlaydi. Kitobxonlar mamlakati Hindistonga xush kelibsiz.

Bu xalq uchun kitob o'qish shunchaki vaqt o’tkazuvchi ermak emas; bu ularning hayot tarzidir. Gavjum ko'chalarda sotuvchilar turli hindcha yeguliklardan tortib eng so'nggi bestseller kitoblargacha hamma narsani sotishini ko'rishingiz mumkin. Bu yerda, rang-barang betartiblik o‘rtasida kitoblar bilan ovora bo‘lgan har xil yoshdagi odamlarni uchratasiz, ularning fikr hayolati olis mo’jizali yurtlar va zamonlarga sayohat qiladi.

Hindiston kitob mutolaasi bo‘yicha kishi boshiga haftasiga o‘rtacha 10 soat kitob o’qishga to’g’ri keladi, bu bo’yicha hindlar dunyoda yetakchilik qilishadi. Lekin bu mamlakatni kitobxonlar uchun jannatmonand qiladigan narsa nimada?

Birinchi sabab: tillarning xilma-xilligi. 22 dan ortiq rasman tan olingan tillar va son-sanoqsiz shevalarga ega Hindiston adabiyot xazinasi hisoblanadi. Tasavvur qiling-a, tanish va ekzotik tillarda yozilgan har qanday janrdagi hikoyalarni o’qish imkoningiz bor. Qadimgi sanskrit matnlarining she'riy misralari yoki zamonaviy hind tilidagi qiziqarli trillerlar bo'ladimi, hamma uchun istalgan kitob topiladi.

Ta'lim ham bunda muhim rol o'ynaydi. Hindistonda ziyolilar hurmat qilinadi va kitoblar bilim hamda muvaffaqiyatga kirish eshigining kaliti sifatida ko'riladi. Ko'zlari qiziqishga to’la, darsliklarni varaqlayotgan bolalarni va katta eski kutubxonalarda tadqiqot olib borayotgan olimlarni tasavvur qiling. Bilimga chanqoqlik shundoq sezilib turadi, barcha avlod vakillaridagi kitobga bo’lgan mehr kitoblarga bo'lgan talabni kuchaytiradi.

Shuningdek, Hindistonda adabiyot uchun alohida madaniy bayram kunlari bor. Mualliflar va kitobxonlar uchrashadigan katta kitob yarmarkalarini yoki hikoyalar o'qish va sahna chiqishlar orqali jonlanadigan adabiy festivallarni tasavvur qiling. Bu voqealar shaharlarni adabiy mo'jizalar va timsollar bilan bezaydi, bu yerda hamma so'z sehrini o'rganishi mumkin.

Ammo Hindiston o'qishni yaxshi ko'rishda yakka emas. Sharqqa Tailand, Xitoy va Filippinga sayohat qiling va kitoblardagidek baxtli yakunga ega voqealarga guvoh bo’lasiz. Yoki Shvetsiya va Fransiya kabi mamlakatlar o'zlarining boy adabiy an'analarini tinim bilmas kitobxonlar jamoalari bilan saqlab qolgan Yevropaga boring.

Hindistonning kitobxonlikka bo‘lgan mehri va hurmati uning boy adabiy merosini asrab-avaylaydi hamda kelajak avlodlarni kitobni qadrlashga o’rgatib kelmoqda. Kitob sevar inson sifatida ushbu dunyo bo’ylab kitob sevarlar haqida o'rganib turli madaniyatlarda yozish san’atiga bag’ishlangan bunday bayramlar bilan tanishish juda qiziq.


Kitoblar olamidan taʼsirlandingizmi? Sevimli mutolaa joylaringiz va hikoyalaringizni quyidagi izohlarda baham ko'ring!
Ushbu postga layk bosishni va kitobsevarlar bilan baham ko'rishni unutmang. Keling, birgalikda mutolaa olamiga sayohat qilaylik! 📚



👉 @mutolaa_zavqdir

Mutolaa Zavqi

26 Jun, 10:43


Bugundan Boshlab Sog'lom Turmush Tarzi Uchun Shakllantirishingiz Mumkin Bo'lgan 6 Oddiy Odatlar 🚀

Ushbu oson, kundalik odatlar bilan hayotingizni o'zgartiring! 🌟 Bugundan boshlang va farqni solishtirib koʻring.

1. Ko'proq suv iching 💧
Suv energiyangizni oshiradi, ovqat hazm qilishga yordam beradi va teringizni porlab turishini taʼminlaydi. Mutaxassislar taʼkidlashicha, kishi kun davomida tana vaznining har bir kilogrammi miqdoriga 30ml dan hisoblab suv ichib borishi maqsadga muvofiq boʻlar ekan.
Masalan deylik, sizning vazningiz 70kg.
70*30=2100ml demak siz har kuni taxminan 2litr suv ichishingiz sog'ligingiz uchun foydalidir.

2. Harakatda bo'ling 🏃‍♀️
Sport zali yo'qmi? Hechqisi yo'q! Qisqa sayr qiling, chigal yozdi mashqlari bilan shug'ullaning yoki sevimli kuylaringizga raqsga tushing. Shunchaki har kuni 30 daqiqalik jismoniy faollik mo'jizalarga sabab bo'lishi mumkin!

3. To'g'ri ovqatlaning 🍽️
Bir muddat toʻxtab nimalar isteʼmol qilayotganingizga ahamiyat bering. Ovqat tanlovingizni sog'lomrog'iga o'zgartirishingiz to'g'ri ovqatlanish uchun qo'ygan ilk hamda jasoratli qadamingiz hisoblanadi.

4. Uyqingizni nazorat qiling 😴
Yaxshi uyqu = yaxshi sogʻliq
Kechki uyqu uchun 7-8 soatni reja qiling. Uxlash vaqti tartibini yarating, xonangizni salqin va qorong'i tuting va yotishdan oldin ekranlardan saqlaning.

5. Shukronalikni mashq qiling 🙏
Shukronalik bilan ruhiy salomatligingizni mustahkamlang.
Nimalarga shukr qilishingiz haqida tafakkur uchun har kuni bir necha daqiqa vaqt ajrating. Osonroq bo'lishi uchun yozib chiqing. Shuning o'zi ham ruhiy hayotingizda katta o'zgarishlarga sabab bo'la oladi.

6. Doimiy mutolaa qiling 📚
Fikringizni o'tkir tutish hamda stressni kamaytirish uchun doimiy mutolaa qilib boring. Kitob yoki foydali maqola uchun har kuni vaqt toping. Hatto kuniga 15 daqiqa muttasil mutolaa qilishlik katta o'zgarishlar olib keladi.


Boshlashga tayyormisiz? Bugun qaysi odat bilan boshlashingiz haqida bizga xabar bering! Quyida izoh qoldiring! 👇

Sog'lom turmush tarzingizga amal qilib borish uchun ushbu postni baham ko'ring va saqlang! 💪


👉 @mutolaa_zavqdir

Mutolaa Zavqi

28 May, 09:20


UYQUDAN OLDIN MUTOLAA QILISHNING 6 FOYDASI

Uyquga yotishdan oldin qilingan mutolaa sizning aqlingiz va taningizga foydali bo'lgan ko'plab g'aroyibotlarga ega. Agar siz charchoqlardan xalos bo'lish va uyqingizni yaxshilash yo'llarini izlayotgan bo'lsangiz, quyidagi maqola orqali kun tartibining yakuniy qismini mutolaa uchun ajratish yordamida 6 foydaga erishish haqida tanishing

1. Stressni Kamaytiradi
Uyqu oldidan yaxshi bir kitob mutolaasiga sho'ng'ish kundalik tashvishlardan qochish imkonini berib stress darajasini kamaytira oladi. Faqatgina 6 daqiqalik mutolaa yurak tezligini pasaytiradi va charchoqni yengillashtiradi.

2. Uyqu Sifatini Yaxshilaydi
Yotishdan oldin kitob o'qish miyangizga dam olish vaqti kelganligi haqida signal beradi. Ushbu tartib sizga tezroq uyquga ketishingiz va tinchroq uyqudan zavqlanishingizga yordam beradi.

3. Diqqatni Oshiradi
Muntazam ravishda kitob o'qish diqqatni jamlash qobiliyatingizni yaxshilaydi. Bu kun davomida yaxshi samaradorlik va aqliy ravshanlikka erishishga vasila bo'ladi

4. Aqliy Faoliyat Darajasini Oshiradi
Miyani faol holatda tutish va mutolaa bilan mashgʻul qilish kognitiv qobiliyatlarni yosh o'tkan sayin pasayishini oldini oladi. Bu esa ongingizni o'tkir va sogʻlom saqlashning ajoyib yo'lidir.

5. Lug'atni Va Bilimni Kengaytiradi
O'qish, sizni yangi so'zlar va g'oyalar bilan tanishtiradi, lug'atingizni va umumiy bilimingizni kengaytiradi. Bu sizning muloqot ko'nikmalaringizni va intellektual qiziqishingizni yaxshilaydi.

6. Ekrandan Qochishga Yordam Beradi
Tunda qog'oz kitob o'qishlik har turli ekranlarning zararidan qochishning eng samarali usuli hisoblanadi.
Bu raqamli dunyodan uzilib,


Qanday Boshlash Kerak?

- O'zingizga Yoqadigan Kitobni Tanlang: O'qishni mashaqqatli emas, zavqli qilish uchun o'zingizni qiziqtirgan kitobni tanlang.
- Qulay Joy Yarating: yaxshi yorug'lik va qulay kursi bilan shinam mutolaa burchagini yarating.
- Kun Tartibini O'rnating: Doimiy odatga aylantirish uchun har kecha kamida 15-30 daqiqa o'qishni reja qiling.


Siz yotishdan oldin mutolaa qilasizmi?
Qanday afzalliklarni sezdingiz?


Ushbu maslahatlar sizga yoqdimi?
Kitoblar va mutolaa haqida ko'proq ma'lumot olish uchun obuna bo'ling!
Fikrlaringizni sharhlarda baham ko'ring va o'sib borayotgan kitobsevarlar jamoamizga qo'shiling! 📚

👉 @mutolaa_zavqdir