🤗 Mumtozbegim she'rlari💝

@mumtozbegim_sherlari


Siz shoira Mumtozbegimning rasmiy kanalida siz☺️ Inshaalloh hammasi hayrli boʻladi!

Reklama va xizmatlar uchun: @reklama_va_hizmatlar Murojaat: @mumtozbegim_admini

🤗 Mumtozbegim she'rlari💝

22 Oct, 13:52


💃💃💃Hayyara 💃💃💃

Ne qilamiz yurak oʻyib,
Dilni abgor qilib qoʻyib,
Oʻyna doʻstim, yayra toʻyib,
Hayyara💃

Yerga, koʻkka sapchib oʻyna,
Alam yutib, yurak oʻyma,
Gazini bos! Qani toʻyma,
Hayyara 💃

Siqilmagin tashvishlarga,
Quloq solma mish-mishlarga,
Ritmga tush olqishlarga,
Hayyara 💃

Koʻrganlarni hayron qilib,
Dillarini vayron qilib,
Dushman koʻnglin tilib-tilib,
Hayyara 💃

Yasha doim oʻzing uchun,
Yaqinlaring, doʻsting uchun,
Sen tiriksan bayram bugun,
Hayyara 💃

Barmoqlaring shaqillatib,
Oshiqlaring laqillatib,
Davralarni paqillatib,
Hayyara 💃

Oʻzbek, Tojik, Qirgʻizchaga,
Qozoq, yo Rus, Inglizchaga,
Oʻyna bugun bir Hindchaga,
Hayyara 💃

Bugun: sening kuning, bugun,
Kuning sening: bugun-bugun,
Sening kuning: bugun-bugun,
Hayyara 💃

Keldi-da bir yayra degim,
Davron surib quvna degim,
Eng zoʻrisan Mumtozbegim!
Hayyara 💃💃💃💃

Mumtozbegim

P/s: She'riyat olami shu yerda tanazzulga yuz tutdi🤣🤣🤣🤣

@mumtozbegim_sherlari

@mumtozbegim_sherlari

🤗 Mumtozbegim she'rlari💝

22 Oct, 03:16


Hammangizni Hudoga soldim!

🎙 MuhammadZohid

Mumtozbegim


P/s: Shunaqa shiringina Hudoga solamiz😊

@mumtozbegim_sherlai

🤗 Mumtozbegim she'rlari💝

22 Oct, 03:06


Jigaringdan yaqin begonalar bor!

Bu dunyo boʻlgusi albat imtihon,
Ne dard deb dunyoda devonalar bor.
Soʻrasang qoʻlingga tutqazguvchi jon,
Jigaringdan yaqin begonalar bor.

Boshinga ish tushsa yelday shosharlar,
Oʻzinga sendan koʻp berar e'tibor.
Yigʻlasang, mavjlanib toʻlib-tosharlar,
Jigaringdan yaqin begonalar bor!

Alloh koʻp sinovlar bergan kunlarda,
Sohtalar kimligin qilarlar oshkor.
Joning sadqa etsang arzir ularga,
Jigaringdan yaqin begonalar bor!

Mol-dunyo talashib, meros talashib,
Yaqinlar aylasa holingni abgor.
Yuradi sen uchun magʻrur kurashib,
Jigaringdan yaqin begonalar bor!

Asli begonamas Odam farzandi,
MomoHavosidek qalblari bahor.
Oʻzingni aylama armonga bandi,
Jigaringdan yaqin begonalar bor!

Sinmagin sinovlar kelgan chogʻlarda,
Qaro tun zulmatin yengadir nahor.
Yoningda boʻlmasa, uzoq bogʻlarda,
Jigaringdan yaqin begonalar bor!

Sevgandan musibat yoʻllarkan hayot,
Qoqilsang shukur qil, sinmagin zinhor.
Ular deb oʻzingni qilgin ehtiyot,
Jigaringdan yaqin begonalar bor!

Mumtozbegim

@mumtozbegim_sherlari

🤗 Mumtozbegim she'rlari💝

21 Oct, 17:32


Bunisi oshib tushdi-a?

https://t.me/mumtozbegim_sherlari/10659?single

🤗 Mumtozbegim she'rlari💝

21 Oct, 13:00


Sevgan edim 🥀

Yodingdami shoʻx baytlar?
Sen birinchi ayt-aytlar,
Telbamisol bir paytlar,
Sevgan edim!

Kechib gʻurur orimdan ham,
Borligʻimu borimdan ham,
Sezmaganding zorimdan ham,
Sevgan edim!

Jonni mingga boʻlib-boʻlib,
Yashnolmayin quvjib-soʻlib,
Dard alamga toʻlib-toʻlib,
Sevgan edim

Tuhfa aylab yuragimni,
Orzularim, tilagimni,
Menga juda kerakimni,
Sevgan edim!

Ozor berib, qiynasang ham,
Oʻyin qilib oʻynasang ham,
Meni aslo suymasang ham,
Sevgan edim!

Guvoh bunga barcha-barcha,
Koʻnglim bugun parcha-parcha,
Telbalarcha, telbalarcha,
Sevgan edim!

Tiriklayin oʻlgunimcha,
Hiyonating kirgunimcha,
Mumtozbegim boʻlgunimcha,
Sevgan edim!

Hozir emas oʻsha paytlar:
Sevgan edim!!!

Mumtozbegim

@mumtozbegim_sherlari

🤗 Mumtozbegim she'rlari💝

21 Oct, 03:33


Gulzorimdagi rayhon soʻlishidan qoʻrqaman,
Sabrim ila paymonam toʻlishidan qoʻrqaman,
Jon berishdan hayiqmam, lekin doʻstlar bir kuni...
Onamni yonimda yoʻq boʻlishidan qoʻrqaman!

Mumtozbegim

@mumtozbegim_sherlari

🤗 Mumtozbegim she'rlari💝

20 Oct, 17:01


P/s: Bugun men tinglagan eng ta'sirli qoʻshiq 🎧

@mumtozbegim_sherlari

🤗 Mumtozbegim she'rlari💝

20 Oct, 16:40


***

"Sevdim" demang ogʻriqli bu soʻz,
Dilginamga qaygʻu soladi.
Yurakkinam dardlardan bezor,
Sal tashvishga urmay qoladi.

Toʻgʻri qoʻrqoq emasman lekin,
Jon hovuchlab turaman doim.
Qiyomatli doʻstning kelgani,
Chiroyli baxt! Ketgani:Qoyim!

Bitta yuzga ming bir niqobni,
Ilib, shodon yurganni koʻrdim.
Yuragingga qoʻl solib turib,
Soʻng ayovsiz yulganni koʻrdim!

Choʻchib qoldim hatto tushlarni,
Roʻyobini hohlamayman yoʻq.
Oʻzi kimman? Oddiy qalamkash,
Soʻzlari dur, koʻksin ichi choʻgʻ!

Hadikdaman mehribonlardan,
Qancha alam yutishim mumkin?
Ulardan baxt soʻramayman lek,
Dushmanimdan kutishim mumkin!

Koʻrsatmanglar turfa baloni,
Sotar hatto oʻzimdagi koʻz.
"Kechdim" denglar mayli chidayman,
"Sevdim" demang ogʻriqli bu soʻz!

Mumtozbegim

@mumtozbegim_sherlari

🤗 Mumtozbegim she'rlari💝

20 Oct, 15:04


Telba boʻldi Mumtozbegim,
Aytmasam ham bilasiz-a?🙃

@mumtozbegim_sherlari

🤗 Mumtozbegim she'rlari💝

20 Oct, 14:28


Oʻqilayotgan kitoblar - syujetsiz...

Olinayotgan filmlar - ssenariysiz...

Aytilayotgan qoʻshiqlar- she'rsiz....

Boʻlgan davrda ijodkorlarga ehtiyojimiz bormikan? Nima deb oʻylaysiz???🤔

🤗 Mumtozbegim she'rlari💝

20 Oct, 06:37


Pov: nega avvalgidek emassiz?

Me: chunki, bugun menda u yoʻq

🤗 Mumtozbegim she'rlari💝

19 Oct, 16:54


💦Yomgʻirimga:

Oʻzing bilan qop-qora,
Bulutlarni olib kel.
Visolga topib chora,
Sen yomgʻirim boʻlib kel!

Sekin-asta shitirlab,
Qulogʻimga shivirlab,
Mayli dupur-dupurlab,
Sen yomgʻirim boʻlib kel!

Hislarimning negizi,
Koʻzyoshining egizi,
Yurakka yetar soʻzi,
Sen yomgʻirim boʻlib kel!

Yorishib chaqmoq bilan,
Yuz jilva, ming oh bilan,
Osmonimda moh bilan,
Sen yomgʻirim boʻlib kel!

Dilga soflik taratib,
Goʻzal kuylar yaratib,
Koʻzni sergak qaratib,
Sen yomgʻirim boʻlib kel!

Panohgohga qochsinlar,
Hordiq olib yotsinlar,
Bizga imkon ochsinlar,
Sen yomgʻirim boʻlib kel!

Afsonadir sevgimiz,
Chunki... Ahir... Oʻshal biz,
Ajralmaymiz ikkimiz,
Sen yomgʻirim boʻlib kel!

Aylanib keragimga,
Musaffo tilagimga,
Sharros quy yuragimga,
Sen yomgʻirim boʻlib kel!

Mumtozbegim


@mumtozbegim_sherlari

🤗 Mumtozbegim she'rlari💝

19 Oct, 12:40


#atalgan

Baribir hammadan yaxshisiz opa!

Sizda pok tuygʻular bari boʻlgan jam,
Hayotim charogʻon naqshisiz opa.
Toleyimni oʻylab urishsangiz ham,
Baribir hammadan yaxshisiz opa!

Har aytgan soʻzingiz ibrat men uchun,
Nodon kimsalarga qarshisiz opa.
Boʻldida sinamang sabrimni kuchin,
Baribir hammadan yaxshisiz opa!

Oʻrningiz bosolmas millionta inson,
Ezgu qoʻshiq kuylar baxshisiz opa.
Qadringiz bilmagan men oʻsha nodon,
Baribir hammadan yaxshisiz opa!

Qidirdim, sizdayin topmadim aslo,
Yuragim oromi, taftisiz opa.
"Oʻzgardim", "yomonman" deysiz-u ammo:
Men uchun hammadan yaxshisiz opa!

Mumtozbegim

@mumtozbegim_sherlari

🤗 Mumtozbegim she'rlari💝

19 Oct, 09:14


Arosatda qoldirma!

Ketsang ket! Mayliga butkul ketaqol,
Yuragim armonga toʻldirma meni.
Kelsang kel! Bemalol qolar boʻlsang qol,
Faqat arosatda qoldirma meni!

Sevsang sev! Izhoring aytib sev menga
Iltimos tiriklay oʻldirma meni!
Sevmagan aylama devonaxolga,
Faqat arosatda qoldirma meni!

Aytsang ayt! Ichingda saqlama sukut,
Hayotdan charchatib toldirma meni.
Aytmasang boʻlaqol butunlay unut,
Faqat arosatda qoldirma meni!

Yozsang yoz! Bilayin qalbingda ne bor?
Oʻylatib, ne koʻyga soldirma meni.
Yozmasang butunlay qalbimdan yoʻqol,
Faqat arosatda qoldirma meni!

Kutsang kut!  boraman albat yoninga,
Jahannam oʻtida yondirma meni.
Kutmasang ozorlarlar berma jonimga,
Faqat arosatda qoldirma meni!

Mumtozbegim


@mumtozbegim_sherlari

🤗 Mumtozbegim she'rlari💝

19 Oct, 04:15


Soʻngi qaror...

Kunda ming bor urishmaganday,
Arazlashib yurishmaganday,
Birga hayol surishmaganday,
Hammasini unutmoqchiman!

Quloq solmay yurakchamga ham,
Qoʻlim siltab tilakchamga ham,
Unut deya kerakchamga ham,
Hammasini unutmoqchiman!

Sabr kosam toʻlgunigacha,
Alloh qodir qilgunigacha,
To qiyomat boʻlgunigacha,
Hammasini unutmoqchiman!

Kelganingni, ketganingni ham,
Butunlay hor etganingni ham,
Oʻzgalarga yetganingni ham,
Hammasini unutmoqchiman!

Tunlarimda boʻlsin halovat,
Tinchlik berar endi tarovat,
Allohimga aytib salovat,
Hammasini unutmoqchiman!

Yomgʻirlarga toʻlgan koʻzimni,
Zargʻaldoqrang boʻlgan yuzimni,
Senga aytgan borki soʻzimni,
Hammasini unutmoqchiman!

Vafoli yor boʻlganimni ham,
Moychechakday soʻlganimni ham,
Ketgan kuning oʻlganimni ham,
Hammasini unutmoqchiman!

Olam-olam vadalaringni,
Yonib qilgan zardalaringni,
Bergan qancha zarbalaringni,
Hammasini unutmoqchiman!

Javobim shu, savolim ham shu,
Qarorim shu, zavolim ham shu,
Borligim shu, uvolim ham shu,
Hammasini unutmoqchiman!

Bir tiyinga qimmat sevgini,
Baxtdan emas, ustdan kulgini,
Kutib Robbim berar belgini,
Hammasini unutmoqchiman!

Oʻyin boʻlgan muhabbatni ham,
Yonib tuygan mashaqatni ham,
Azobni ham, rutubatni ham,
Hammasini unutmoqchiman!

Mumtozbegim

@mumtozbegim_sherlari

🤗 Mumtozbegim she'rlari💝

19 Oct, 03:52


❗️ Eslatma:❗️

Menga tekkizib stories qoʻyish shart emas!

Men baribir hech qaysi tarmoqda hech kimni storiesini chuqulab oʻtirmiman😂🙈🤭

🤗 Mumtozbegim she'rlari💝

19 Oct, 03:29


Oʻzgacha ijro boʻlibdi👏

🎙 Oybek_Burxonovich

@mumtozbegim_sherlari

🤗 Mumtozbegim she'rlari💝

19 Oct, 03:27


***

Bir ism bor yuragimga oʻyib yozilgan,
Har nafasda uni deya uraverar bong.
Uni oʻylab bedorlikka oshno boʻlar tun,
Uni eslab shoshib otar koʻksimdagi tong!

Bir ism bor hayolimga mutlaq qadalgan,
Goʻyo meni boshqa oʻyim yoʻq undan boʻlak.
Zindonida asiraman maxsharga qadar,
Koʻyida men devonaman halakman-halak.

Bir ism bor tilginamga oʻrnashib olgan,
Oʻzgalarni nomi mutlaq erishdir -erish
Qanchasidan iltijo-la soʻratib koʻrdim,
Aytdilarki: meni ul yor sevmaydi emish!

Bir ism bor hayotimga chambarchas bogʻliq,
Kelsa yashab, ketsa oʻlib qolaman Yo Rab.
Yuragiga iligʻlik sol, yoʻllariga yoʻl,
Uzoq kutdim, qachon kelar koʻnglimga qarab?

Bir ism bor taqdirimga oʻyib yozilgan,
Unutmoqqa sabrim yetmas, yetmoqqa umr!
Ne ham derdik, jim koʻnamiz mavjudmas oʻzi,
Mayli shu bir ismini ham boriga shukur!

Mumtozbegim

@mumtozbegim_sherlari

🤗 Mumtozbegim she'rlari💝

18 Oct, 17:17


Rahmat 🎆😍

@YOMGIRQIZI ga

Yomgʻirim tugʻildi😍🥳🫶

Duo qildim, bugun chin dildan,
Ming-ming yillar ayrilmaylik biz.
Bol ham chiqsin, zaharbaxsh tildan,
Ey yomgʻirni sevadigan qiz,

Mumtozbegim💌✍️

@mumtozbegim_sherlari

1,107

subscribers

906

photos

1,154

videos