MATH ACADEMY xususiy maktabi

@mathacademy_ps


🎓 Salimov Akademiyasi xususiy maktablar tarmog'i!

• Mehnat
• Intizom
• Natija

👨‍🎓Farzandingiz biz bilan yetuk shaxsiyat bo'ladi!

📞Aloqa: @mirolim_raxmatov
+998909741131

MATH ACADEMY xususiy maktabi

22 Oct, 06:34


👏👏👏👏👏👏🤗🤗🤗🤗👏👏👏👏👏👏

𝗧𝗔𝗦𝗛𝗔𝗞𝗞𝗨𝗥𝗡𝗢𝗠𝗔

Assalom alaykum hurmatli tarbiyachilar!
Maktab ma'muriyati o'tgan o'quv yilida boshlang'ich maktabda yangi o'yin maydonchasi qurilishi uchun Open Budget platformasi orqali ovoz berishda yordamini ayamagan barcha ota-onalarga o'z minnatdorchiligini bildiradi.
Yaqin kunlarda bu kattagina o'yingoh ishga tushadi va bolajonlarimizning sevimli o'yinlar hamda turli sport mashg'ulotlarini o'tkazishlari uchun keng imkoniyatlar yaratiladi.
Yana bir bor samimiy minnatdorlik bildirgan holda, 𝗦𝗜𝗭 𝗔𝗭𝗜𝗭 𝗢𝗧𝗔-𝗢𝗡𝗔𝗟𝗔𝗥𝗡𝗜𝗡𝗚 qoʻllab-quvvatlashingiz biz uchun qadrli ekanligini taʼkidlab oʻtmoqchimiz.
Farzandingiz kelajagi uchun qilgan har bir harakatingiz, albatta, oʻz mevasini beradi.

Hurmat bilan maktab maʼmuriyati!

MATH ACADEMY xususiy maktabi

19 Oct, 16:24


📢📢📣📣📣📣📣📣📣📣📣📢📢

𝗘' 𝗹 𝗼 𝗻❗️❗️❗️

"𝗠𝗮𝘁𝗵𝗮𝗰𝗮𝗱𝗲𝗺𝘆" 𝗱𝗮 9-10-𝘀𝗶𝗻𝗳𝗹𝗮𝗿𝗱𝗮 farzandi 𝗼'𝗾𝗶𝘆𝗼𝘁𝗴𝗮𝗻 𝗼𝘁𝗮-𝗼𝗻𝗮𝗹𝗮𝗿 𝗱𝗶𝗾𝗾𝗮𝘁𝗶𝗴𝗮!

Hurmatli ota-onalar!

Sizlarni 2024-yil 21-oktabr, dushanba kuni, soat 14:00da bo'lib o'tadigan ota-onalar majlisiga taklif qilamiz. Majlisda farzandlaringizning o'qish jarayoni va boshqa muhim masalalar muhokama qilinadi.

Majlis joyi: Maktab majlislar zali.

Sizning ishtirokingiz farzandingizning taʼlim va tarbiyasida muhim ahamiyatga ega.

Hurmat bilan "Mathacademy" xususiy maktabi maʼmuriyati.

MATH ACADEMY xususiy maktabi

14 Oct, 09:15


Bizning chempionlarimiz!

Bizning o'quvchilar nafaqat ilmda, balki sportda ham yetakchi ekanligini ko'rsatishdi!

G'ijduvon tuman birinchiligida faol ishtirok etgan jajji shaxmatchilarimiz va gimnastika yo'nalishida ishtirok etgan qizlarimiz tumanimiz miqyosida e'tirof etildi!

📚 "MATHACADEMY" - sportdagi muvaffaqiyati bilan ham o'zini namoyish etadigan maskan!

MATH ACADEMY xususiy maktabi

14 Oct, 09:15


🌦️

MATH ACADEMY xususiy maktabi

14 Oct, 08:03


𝗬𝗢𝗠𝗚'𝗜𝗥𝗟𝗜 𝗞𝗨𝗡 𝗜𝗤𝗧𝗜𝗕𝗢𝗦𝗜

MATH ACADEMY xususiy maktabi

14 Oct, 04:40


Bir insonga butun umriga yetadigan yaxshilik qilmoqchi bo'lsangiz, uni kitob o'qishga qiziqtiring!

"Kitobxonlik" darslarida o'quvchilarda badiiy matn tahlili, asar g'oyasi, so'z qo'llash mahorati, og'zaki va yozma nutqni shakllantirish bo'yicha mahorat shakllantiriladi

Sinfda o‘quvchilar bilimi bir xil bo‘lishi qiyin. Lekin darsdagi dinamik va motivatsion muhit, samarali interaktiv metodlar, qiziqarli enerjayzer o'yinlar o‘quvchilarni yanada yaxshi o‘zlashtirishiga, ilm olishiga qiziqish uyg‘otadi.

📚 "Mathacademy" - o'quvchilarning zamon bilan hamnafas bilim olishlari tarafdori!

MATH ACADEMY xususiy maktabi

12 Oct, 15:43


"Mathacademy" xususiy maktabi o'quvchilari yangi o'quv yilining 1-Blok testini topshirishdi. An'anaviy har oyda olinadigan Blok-testdan maqsad:
Olingan bilimlarni sarhisob qilish;
O'quvchiga qaysi mavzuda bilimi qay darajada ekanligini test orqali ko'rsatish;

O'quv yili davomida sinov testlarida yuqori ball olganlar taqdirlanib boriladi!

📚 "MATHACADEMY” - bilimlar sarhisob qilib boriladigan maskan!

MATH ACADEMY xususiy maktabi

10 Oct, 06:14


💥 Matematika- eng sevimli fan!

"Aql gimnastikasi" deya ta'riflangan bu fandan ochiq dars lavhasini e'tiboringizga havola etamiz! O'quvchilarning shijoati, darsda ishtirokini ko'rib ko'z quvnaydi!

🎓 "Mathacademy" bo'lajak Xorazmiylarni yetishtiradi!

MATH ACADEMY xususiy maktabi

08 Oct, 17:43


"Mathacademy" barcha o'quvchilar ko'nglidan joy olgan. Ularga maktabimizning qaysi jihatlari yoqadi? O'quvchilarimiz bu haqida o'z fikrlarini bildirishdi!

MATH ACADEMY xususiy maktabi

08 Oct, 08:47


Tozalik - sog'lik va baraka garovi. Sog'lom tanada ilm olish ishtiyoqi yanada yuqori bo'ladi!

"Mathacademy"- sog'lom muhit tarafdori!

MATH ACADEMY xususiy maktabi

05 Oct, 11:36


DIQQAT!
HURMATLI TARBIYACHILAR USTOZ SALIMOVNI NOMLARIDAN SOXTA TELEGRAM AKKAUNTI OCHIB OTA-ONALARDAN PUL SOʼRASHYAPTI. ISHONMANGLAR VA HECH KIMGA PUL KOʼCHIRIB BERMANGLAR! PROFILGA USTOZNI RASMLARINI HAM QOʼYISHGAN, ILTIMOS ALDANIB QOLMANG!

MATH ACADEMY xususiy maktabi

04 Oct, 20:26


Haqiqiy qatʼiyat—bir necha marta yiqilib, yana oʻrnidan turishdir (Viktor Gyugo).

Navbatdagi akademik soatda maktabimiz direktori M.T.Raxmatov oʻquvchilar bilan qatʼiyat va himmat mavzusida vizyoner suhbat oʻtkazdi.
Hayotda erishmoqchi bo'lgan har qanday yutuqqa yetish uchun bu ikki sifat zarurligi, qatʼiyatli inson qiyinchiliklarga qaramay, o‘z maqsadiga intilishi haqida oʻquvchilarga motivatsion fikrlar berildi.
Har bir oʻquvchimiz bu fazilatlarni oʻz hayotlarida rivojlantirib, kelajakda ulkan zafarlar sari qadam tashlashi mumkinligi uqtirildi.
Bu borada oʻquvchilarning ham fikrlari tinglandi.

MATH ACADEMY xususiy maktabi

01 Oct, 05:48


"Mathacademy" xususiy maktabi ustozlar jamoasining hurmatli tarbiyachilarga bayram tabrigi!

Siz bilan hamkorlik qilishdan mamnunmiz!