Maqsud Xorazm

@maqsud_xorazm


https://www.youtube.com/@maqsudxorazm

Maqsud Xorazm

21 Oct, 18:02


⭕️ Hayotning ikkita bezagi bor :
matematika bilan shug’ullanish va o’qitish. ( Puasson) 👈

* * * * * * * * * * * * * * * * * * * * *

⭕️ Agar matematika go’zal bo’lmaganda edi, ehtimol
matematikaning o’zi ham mavjud bo’lmasdi.
Aks holda qanday kuch, insoniyatning buyuk daholarini
bu qiyin fanga torta olardi. ( Chaykovskiy) 👈

* * * * * * * * * * * * * * * * * * * * *

⭕️ Insondagi eng asl qobiliyatlardan biri-matematik
fikrlay olishidir. ( Bernard Shou) 👈

* * * * * * * * * * * * * * * * * * * * *

⭕️ Aylana –geometriyaning qalbidir. Aylanani o’rganing,
shunda siz nafaqat geometriyaning qalbini, balki o’z
qalbingizni ham o’rgangan bo’lasiz. (Sharigin) 👈

* * * * * * * * * * * * * * * * * * * * *

⭕️ Matematikda insonning hayratini keltiradigan
nimadir bor. ( Xausdorf) 👈

* * * * * * * * * * * * * * * * * * * * *

⭕️ Matematika-aql gimnastikasidir. ( Suvorov) 👈

* * * * * * * * * * * * * * * * * * * * *

⭕️ Maktabda ikkita asosiy fan bor-ona tili va geometriya.
Biri kishini o’z fikrini tushunarli bayon qilishga ,
ikkinchisi -deduktiv fikrlashga o’rgatadi. (Pogorelov) 👈

* * * * * * * * * * * * * * * * * * * * *

⭕️ Biz matematikani kasb qilib tanlamaymiz, bizni
u tanlaydi. ( Manin) 👈

* * * * * * * * * * * * * * * * * * * * *

⭕️ Matematika shuntay tilki- barcha aniq fanlar
shu tilda gapiradi. ( Lobachevskiy) 👈

* * * * * * * * * * * * * * * * * * * * *

⭕️ Musiqa qalbning sirli arifmetikasidir; u o’zi bexabar
holda hisoblaydi. ( Leybnits) 👈

* * * * * * * * * * * * * * * * * * * * *

⭕️ Raqamlar yordamida har qanday narsani
isbotlash mumkin. (Karleyl) 👈
* * * * * * * * * * * * * * * * * * * * *

⭕️ U shoir bo’lib ketdi-matematik bo’lishga uning
fantaziyasi kamlik qildi.
( David Gilbert , shogirdlaridan biri haqida) 👈

* * * * * * * * * * * * * * * * * * * * *

⭕️ Tabiatning buyuk kitobi matematik belgilar
bilan yozilgan. ( Galiley) 👈

* * * * * * * * * * * * * * * * * * * * *

⭕️ Qiyin matematik masalani yechishni, mustahkam
qal’ani zabt etishga taqqoshlash mumkin. ( Vilenkin) 👈

* * * * * * * * * * * * * * * * * * * * *

⭕️ Matematika- barcha fanlar eshigi va kalitidir. ( Bekon) 👈

* * * * * * * * * * * * * * * * * * * * *

⭕️ Matematika fanlar ichra shoh, uning sirlaridan
bo’lingiz ogoh! (Qori Niyoziy) 👈

* * * * * * * * * * * * * * * * * * * * *

⭕️ Kim matematikani bilmasa, haqiqatni bilmaydi.
Kim uni tushunmasa zulmatta yashaydi. (Rene Dekart) 👈

* * * * * * * * * * * * * * * * * * * * *

⭕️ Musiqa qalb matematikasi bo’lsa matematika miya
musiqasidir. (N.G. Chernishevskiy) 👈

* * * * * * * * * * * * * * * * * * * * *

⭕️ Yulduzlar hukmiga oid ilm-matematik fanlarning
eng yaxshi mahsulidir. (Abu Rayhon Beruniy) 👈

* * * * * * * * * * * * * * * * * * * * *

⭕️ Matematikaning asosiy vazifasi bizni o’rab
turgan tartibsizliklarda yashiringan
tartibni topishdan iborat. (N.Viner) 👈

👉
@math_kitoblar

Maqsud Xorazm

20 Oct, 05:12


🔴Diqqat olimpiada!

“Akademik Qori Niyoziy merosi”
ilmiy-metodik markazi, Matematika instituti hamda Aniq va ijtimoiy fanlar universiteti hamkorligida maktab va akademik litsey matematika fani o'qituvchilari uchun mukofot jamgʻarmasi 20 000 000 (yigirma million) so‘m boʻlgan “Qori Niyoziy izdoshlari” nomli matematika olimpiadasini o‘tkazadi.

Birinchi saralash bosqichi 2024 yil 20-oktabr kuni online test shaklida https://olimpiada.aifu.uz/ platformasida o‘tkaziladi.

Ikkinchi (yakuniy) bosqich 2024 yil 27 oktabr kuni soat 09:30 da Aniq va ijtimoiy fanlar univeristetida offline tarzda o‘tkaziladi.

1-bosqichda maksimal 100 ball to‘plash mumkin. Shundan 56 balldan yuqoriroq natija ko‘rsatgan ishtirokchilargina 2-bosqichda qatnashish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

2-bosqich 4 ta yozma ish (har bir savol 10 balldan) va 10 ta test (har biriga 1 balldan) topshiriqlaridan iborat bo‘lib, unda maksimal 50 ball to‘plash mumkin. Eslatma: 2-bosqich natijalarini hisoblashda 1-bosqichda olingan natijalar qo‘shilmaydi!

Maqsud Xorazm

17 Oct, 15:59


#IGO2024_mukofot

Eng asosysi qolib ketibdiku


🥇 Oltin medal olgan har bir o’quvchiga quyidagi kitoblarning BARCHASINI mukofot tariqasida beramiz:
1. Number Theory: Concepts and Problems (O'ZBEK TILIDA)
2. Introduction to Number Theory in Mathematics Contests Book 1 (O'ZBEK TILIDA)
3. Awesome Angles for Mathematics Competitions – Book 1 (O'ZBEK TILIDA)
4. Graphs: An Introduction (O'ZBEK TILIDA)
5. Lemmas in Olympiad Geometry (O'ZBEK TILIDA)
6. Mathematical Induction: A Powerful and Elegant Method of Proof (O'ZBEK TILIDA)
7. Math Leads for Mathletes, Book 1 (O'ZBEK TILIDA)
8. Math Leads for Mathletes, Book 2 (O'ZBEK TILIDA)
9. Juft toqlik (O'ZBEK TILIDA)
10. Misol qanday keltiriladi (O'ZBEK TILIDA)
11. Kombinatorika (Shapovalov) (O'ZBEK TILIDA)
12. Kombinatorika (Tohirbek To'lanov) (O'ZBEK TILIDA)
13. Arifmetik masalalar (Chulkov) (O'ZBEK TILIDA)
14. Induksiya (Shapovalov) (O'ZBEK TILIDA)

🥈 Kumush medal olgan har bir o’quvchiga quyidagi kitoblarning BARCHASINI mukofot tariqasida beramiz:
1. Introduction to Number Theory in Mathematics Contests Book 1 (O'ZBEK TILIDA)
2. Lemmas in Olympiad Geometry (O'ZBEK TILIDA)
3. Math Leads for Mathletes, Book 1 (O'ZBEK TILIDA)
4. Math Leads for Mathletes, Book 2 (O'ZBEK TILIDA)
5. Juft toqlik (O'ZBEK TILIDA)
6. Misol qanday keltiriladi (O'ZBEK TILIDA)
7. Kombinatorika (Shapovalov) (O'ZBEK TILIDA)
8. Kombinatorika (Tohirbek To'lanov) (O'ZBEK TILIDA)
9. Induksiya (Shapovalov) (O'ZBEK TILIDA)

🥉 Bronza medal olgan har bir o’quvchiga quyidagi kitoblarning BARCHASINI mukofot tariqasida beramiz:
1. Introduction to Number Theory in Mathematics Contests Book 1 (O'ZBEK TILIDA)
2. Juft toqlik (O'ZBEK TILIDA)
3. Misol qanday keltiriladi (O'ZBEK TILIDA)
4. Kombinatorika (Shapovalov) (O'ZBEK TILIDA)
5. Kombinatorika (Tohirbek To'lanov) (O'ZBEK TILIDA)
6. Induksiya (Shapovalov) (O'ZBEK TILIDA)

Maqsud Xorazm

17 Oct, 15:59


⭕️⭕️⭕️Eron Geometriya Olimpiadasi (IGO2024)

Ko'lami:
2023-yil dunyoning 73 ta davlatidan 28,000 dan ortiq ishtirokchilar qatnashgan.

Masalalar qiyinligi:
Haqiqiy olimpiada masalalari, test EMAS. Ro'yxatda o'tishdan oldin o'tgan yilgi masalalarni yechib ko'rishingizni maslahat beraman.

Qachon: 2024-yil 20-Oktabr kuni bo’lib o’tadi.

Qayerda: O'z hududingizda

Kimlar uchun: IGO 4 xil kategoriyada o’tkaziladi.

i) 7-8-sinf o’quvchilari uchun;
ii) 9-10 sinf o’quvchilari uchun;
iii) 11-sinf o'quvchilari uchun;
iv) Ixtiyoriy yoshdagilar uchun;
Ya’ni yoshidan qat’iy nazar, talabalar, o’qituvchilar yoki boshqa sinf o’quvchilari ham qatnashishi mumkin.

⏱️ Ajratilgan vaqt:
4 soat yoki 4 soat 30 minut

📝 Masalalar soni va ballar:
Barcha
kategoriya uchun 5 ta har xil qiyinlikdagi masala. Har bir masala 8 balldan baholanadi. Jami 40 ball.

Qatnashish shakli:
Individual qatnashishingiz kerak. Ya'ni har kim o'zi uchun.

Ishtirok etish pullik: 190,000 so’m

🇺🇿🇺🇸 Masalalar o’zbek va ingliz tillarida beriladi!

Ro'yxatdan o'tish uchun
@umc_admin
📲+998 94 324 10 50

Maqsud Xorazm

13 Oct, 17:32


🔴Diqqat olimpiada!

“Akademik Qori Niyoziy merosi”
ilmiy-metodik markazi, Matematika instituti hamda Aniq va ijtimoiy fanlar universiteti hamkorligida matematika fani o'qituvchilari uchun mukofot jamgʻarmasi 20 000 000 (yigirma million) so‘m boʻlgan “Qori Niyoziy izdoshlari” nomli matematika olimpiadasini o‘tkazadi.

Birinchi saralash bosqichi 2024 yil 20-oktabr kuni online test shaklida https://olimpiada.aifu.uz/ platformasida o‘tkaziladi.

Ikkinchi (yakuniy) bosqich 2024 yil 27 oktabr kuni soat 09:30 da Aniq va ijtimoiy fanlar univeristetida offline tarzda o‘tkaziladi.

1-bosqichda maksimal 100 ball to‘plash mumkin. Shundan 56 balldan yuqoriroq natija ko‘rsatgan ishtirokchilargina 2-bosqichda qatnashish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

2-bosqich 4 ta yozma ish (har bir savol 10 balldan) va 10 ta test (har biriga 1 balldan) topshiriqlaridan iborat bo‘lib, unda maksimal 50 ball to‘plash mumkin. Eslatma: 2-bosqich natijalarini hisoblashda 1-bosqichda olingan natijalar qo‘shilmaydi!

Maqsud Xorazm

01 Oct, 03:17


1-oktabr – O‘qituvchi va murabbiylar kuni!
Aziz ustozlar, ilm yo‘lidagi shijoatingiz, metin irodangiz, tog‘dek sabringiz, bilim ummonidagi sabog‘ingiz doimo sarbaland bo‘lsin! Sihat-salomatlik, oilaviy xotirjamlik, tinchlik va farovon hayot hamisha hamrohingiz bo‘lsin!

💐Kasb bayramingiz muborak bo‘lsin!

Maqsud Xorazm

30 Sep, 17:41


https://youtu.be/vSe-wPxUNCc?si=Wq8Rff9yfWkluWLq

Maqsud Xorazm

19 Sep, 01:58


ChatgGPT maktablarimizda bir sinfda 40tadan bolani o'qitishga qarshi.


Bugun ertalab ChatgGPT bilan O'zbekistonni qanday rivojlantirish mumkinligi haqida dildan gaplashdik. Yuqoridagi rasmda suhbatimiz yozishmasini o'qishingiz mumkin.

O'ylab qoldim shu narsalarni tushunmaydigan ayrimlarni o'rniga shu ChatgGPTni ishga qo'ysakmikin. Oylik ham to'lamasdik!

@karimraximov

Maqsud Xorazm

14 Sep, 02:56


Assalomu alaykum!

ONLINE KURS

Matematika Milliy sertifikat!

Kurs haqida

Haftada 3 kun;
Barchasi jonli darslar;
Vaqti kelishgan holda;

Kursga qoʻshilish uchun: @maqsudmrm ga yozing

Maqsud Xorazm

13 Sep, 16:28


Hech nima davlatni ilmchalik rivojlantirmaydi va dunyoga tanitmaydi.

Qochirimni yaxshi ko`radigan rivojlangan davlatdagi bir odamdan so`rashdi, sizlar bu rivojlanishga qanday erishdingiz? U javob berdi:
-biz bu holatga kelish uchun sportga katta mablag` ajratdik, shunga parallel ravishda ilmga sportchalik e'tibor qaratmadik, jamiyatga sport ortidan boyib ketilishini propoganda qildik, hatto utyukni tokka tiqqanda ham sportchilar chiqib aqllilik qilib ilm bilan sportni solishtirib ilm qilish sportdan oson ekanligini aytaverdi. Shunda xalq ichida kuchli sportchilar ko`paydi. Bu ishlarni va sportni kuchini qarangki bu sportchilar bir joyga yig`ilib har xil ixtirolar qilib boshlashdi, ular atom bombasi yaratdi, robortlar yaratishdi, uchuvchisiz uchuvchi uchoqlar yaratishdi va hokazo. Shular ortidan davlatimiz juda boyib ketdi, mana o`zim ham millionerman. Gapirsam gap ko`p lekin hozir universitetda matematikadan darsim bor shunga bormasam bo`lmaydi, sizlar esa men aytgan yo`ldan boravinglar hammasi zo`r bo`lib ketadi.


Bu gaplarim bilan hech nima demoqchi emasman!

Mayli aytmoqchiman: sportga e'tibor beraverish kerak lekin hamma narsa ilmga bo`lgan katta e'tibordan keyin bo`lishi kerak.

@karimraximov

Maqsud Xorazm

05 Sep, 07:23


Bugun yangiliklarga boy kun bo’ldi

Davlatimiz rahbari maktabgacha ta’limni rivojlantirish, iqtidorli yoshlar bilan ishlash tizimini takomillashtirish bo‘yicha takliflar taqdimoti bilan tanishdi.

Taqdimotda aytilgan eng muhim yangiliklar:

Maktablarning bo‘sh yerlarida davlat-xususiy sheriklik asosida bog‘cha qurishga ruxsat berish rejalashtirilmoqda.

Endi barcha dasturlar Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining veb-saytida joylashtiriladi hamda undan bepul foydalanish mumkin.

Maktabgacha ta’lim yo‘nalishidagi oliy ta’limda dual ta’lim shaklini ochish, sirtqi va kechki o‘quvlarda maqsadli kvotalarni oshirish taklif etilmoqda.

Davlat bog‘chalarida biometrik identifikatsiya qilish texnologiyasini qo‘llagan holda hisobotlarni raqamlashtirish talabi qo‘yilmoqda.

Taqdimotda iqtidorli yoshlar bilan ishlashni takomillashtirish chora-tadbirlari ham muhokama qilindi.

Xalqaro fan olimpiadalari ishtirokchilarini 5-8-sinflardan boshlab saralab olish yo‘lga qo‘yiladi. Har bir fan bo‘yicha o‘quv dasturlari, adabiyotlar, metodik tavsiyalarva qo‘llanmalar takomillashtirilib, o‘quvchi va murabbiylarga yetkaziladi. Terma jamoalarga chet ellik mutaxassislar jalb qilinadi, xorijiy jamoalar bilan qo‘shma yig‘inlar o‘tkaziladi.

Bugungi kunda 22 ta xalqaro va mintaqaviy fan olimpiadalarida g‘olib bo‘lgan o‘quvchilar pul mukofoti bilan taqdirlanmoqda. Endi mukofotlanadigan olimpiadalar soni 28 taga oshiriladi. Respublika va xalqaro olimpiadalarda g‘olib bo‘lgan o‘quvchilar, ularning o‘qituvchilari va terma jamoa rahbarlariga to‘lanadigan pul mukofotlari hamda sovg‘alar daromad solig‘idan ozod etiladi.

@hilola_umarova

Maqsud Xorazm

04 Sep, 15:30


Barchaga yangi o`quv yili muborak bo`lsin!

Yozda deyarli post qo'yolmadim, chunki ilmiy ishga juda sho`ngìb ketdim. Allohga shukurki ushbu yozda har xil hammualliflar bilan birgalikda 4 ta maqolani tugatdik:

https://arxiv.org/abs/2409.02039
https://arxiv.org/abs/2407.01984
https://arxiv.org/abs/2406.13353
https://arxiv.org/abs/2405.12033

Nasib bo'lsa endi ilmiy ishlar bilan birgalikda yoshlarga ilm berish bilan shug'ullanishni boshlaymiz. Umid qilamanki talaba yoshlarimiz o`qishga kirgandan keyingi o`qish ham juda muhimligini anglab qattiq ishlab bizga ko`makchi bo`ladi va biz ham ularga to`g`ri ilm berib ularga ko`makchi bo`lamiz.

@karimraximov

Maqsud Xorazm

31 Aug, 06:19


⭕️⭕️⭕️Bugun 19:00 Sadulloyev Anvarbek (IMO2023 - bronza 🥉) tomonidan "Xalqaro olimpiadalariga tayyorgarlik" bo'yicha BEPUL online vebinar tashkil qilinadi

🔥 Xalqaro va mintaqaviy olimpiadalar bo'yicha ma'lumot beriladi

🔥 Olimpiada bo’yicha o’zbek tilidagi adabiyotlar haqida ma’lumot

🔥Juft-toqlik mavzusi yoritib beriladi va unga doir ayrim masalalar tahlil qilib ko'rsatiladi

Olimpiadani boshlashga jur'ati yetmayotgan o'quvchilarga dux berish

Ishtirok etish mutlaqo BEPUL

Vebinar telegram kanalimizda videochat ko’rishinadi bo’ladi

🔜Vaqti: 19:00 da

🔥🔥 Bugungi vebinarimizda ham konkurs o’tkazamiz va g’olib o’quvchiga Balkan Mathematical Olympiads ($44.95) sovg’a qilamiz.

🔥🔥🔥Agar vebinarimizda 300+ ishtirokchi qatnashsa, qo’shimcha konkurs uyushtirib XYZ dan yana bir kitobni sovg’a qilamiz. Olimpiadaga qiziqqan tanishlaringizga tarqating.

👉 https://t.me/uzmathcommunity

Maqsud Xorazm

28 Aug, 13:38


⭕️⭕️⭕️29-30-31 avgust kunlari jamoamiz tomonidan "Xalqaro olimpiadalariga tayyorgarlik" bo'yicha BEPUL online vebinar tashkil qilinmoqda

⁉️ Kimlar qatnasha oladi?
Matematikani yomon ko'radigan barcha o'quvchilar hamda o'qituvchilar

⁉️ Qanday masalalar bo'yicha ma'lumotlar beriladi?

✔️ Xalqaro va mintaqaviy olimpiadalar bo'yicha ma'lumot
✔️Kombinatorikadan biron zerikarli mavzu yoritib beriladi va unga doir ayrim masalalar tahlil qilib ko'rsatiladi

⁉️ Maqsad nima?

Olimpiadani boshlashga jur'ati yetmayotgan o'quvchilarga to'g'ri yo'nalish va kerakli maslahatlar berish (olimpiadani o'qimanglar deyish)

⁉️ Ishtirok etish pullikmi?
Yo'q; Mutlaqo bepul
Pullik bo'lganida qatnashardim deganlar, bemalol pul to'lab ishtirok etishlaringiz mumkin


🔜Vaqti: 19:00 da

👉 https://t.me/uzmathcommunity

Maqsud Xorazm

23 Aug, 10:52


Assalomu alaykum. Yusuf akam Turdialiyev yaxshi ish boshlabdi. Telegramda kanal ochib bilimlarini ulashmoqchi ekanlar. Qo'llab yuboraylik.


Kanal: https://t.me/aopscommunity