Afiyat_cooking

@manzura_best_cook


"Allohumma innaa as'aluka afiyatin fi'd dunya va ahiro"

Afiyat_cooking

14 Oct, 15:35


“Ponchik”🍩🍩🍩

Kerakli mahsulotlar :
🍩 250 ml iliq sut
🍩 250 ml iliq suv
🍩 40 gr o’simlik yog’i
🍩3 osh qoshiq shakar
🍩 0,5 choy qoshiq tuz
🍩 1,5 choy qoshiq hamirturush
🍩 50 gr saryog’
🍩 1 ta tuhum
🍩550-600 gr un

Ustiga :
🍩 150 gr shkolad ( malochniy , qora)

Afiyat_cooking

13 Oct, 20:01


Hayotingda qanday hodisalar sodir boʻlishiga qaramay, yuzingda tabassum uygʻotuvchi tasodifan kelib qoladigan xotiralarni yaxshi koʻraman.

Afiyat_cooking

07 Oct, 10:26


“ Perojniy baruniy “

2 ta tuhum
140 gr shakar
50 gr saryog’
180 gr shkolad
240 gr un
10 gr razrihitel

Krem :
50 gr saryog’
200 gr tvarojniy sir
3 osh qoshiq shakar upasi

Tuhum bilan shakarni ko’pirtiramiz. Shkolad bilan saryog’ni eritib , ko’pirtirilgan tuhumga qo’shamiz . Un va razrihitelni qo’shib bir hil massa bo’lguncha arlashtiramiz . 15 daqiqa muzlatgichga qo’yamiz . Yong’oqde kottalikda yasab listga terib olamiz . 170 grda 20 daqiqa pishirib olamiz .
Krem uchun tvarojniy sir , shakar upasi va hona haroratidagi saryog’ni aralashtiramiz . Sovugan korjlar orasiga kremdan surib olamiz . Ustini hohishga ko’ra bezatamiz .

Afiyat_cooking

25 Sep, 07:14


https://t.me/tanhoholding_uz

Afiyat_cooking

24 Sep, 03:35


Uying sen uchun sokin maskan bo’lsa , bu dunyodegi eng katta ne’mat shu aslida …

Afiyat_cooking

17 Sep, 13:03


“Olmali o’rama shirinlik”

Kerakli mahsulotlar:
100 gr eritilgan saryog’
3 osh qoshiq qaymoq yoki smetana
2 ta tuhum
0,5 choy qoshiq tuz
120 gr shakar
1 choy qoshiq razrihitel
400-450 gr un

Nachinkasi uchun :
5 dona olma
50 gr saryog’
100 gr shakar

Afiyat_cooking

04 Sep, 04:55


05C8F-AFIYAT (Uzum market uchun pramakod )

Bu mahsulot bilan siz har qanday eski dog’larni ham kuch ishlatmasdan ketkazishingiz mumkin .

Mahsulotni chirk bo’lgan gaz reshotkalariga , granit qozonlarga , idishlarga ham ishlatish mumkin .

Air cleanni kir yuvish mashinasida ham 90 grda ishlatib ko’rdim va natija a’lo 😍

Afiyat_cooking

03 Sep, 13:59


“Yong’oq va jizzali patir “

250 ml iliq sut
100 gr eritilgan saryog’
3 osh qoshiq qaymoq
1 ta tuhum
1 ,5 choy qoshiq tuz
1 choy qoshiq shakar
1 ,5 choy qoshiq hamirturush
Un

Iliq sutga shakar, tuz va hamirturushni solib aralshtiramiz . Eritilgan saryog’, tuhum , qaymoqni ham qo’shamiz . Unni elakdan o’tkazib solib sal qattiqroq yumshoq bo’lmagan hamir qoramiz . Oshirishga olib qomyamiz.
To’g’ralgan yong’oq va jizzani solib aralashtirib , hamirni 4 ta zuvalaga bo’lib tindiramiz . Chiroyli ko’rinishda yasab olamiz .
Ustiga tuhum sarig’iga 1 osh qoshiq sut solib aralashtirib suramiz . Kunjut bilan bezak berib 25-30 daqiqa 180 grda pishirib olamiz .

Afiyat_cooking

20 Aug, 03:57


Nonushta vaqti 🫠

Afiyat_cooking

17 Aug, 13:44


Apelsin va limondan sharbat

Afiyat_cooking

17 Aug, 12:24


https://www.instagram.com/brand__hilal?igsh=MW5obDN3Nmp6cjd2Zg==

Afiyat_cooking

15 Aug, 12:41


“ Tovuqli qalpoqchalar “
5 dona kartoshka
50 gr saryog’
ta’bga ko’ra tuz
1 dona tuhum

Nachinka uchun :
1 ta piyoz
1 ta tovuq filesi
1 ta pamidor
1ta bulg’or qalampiri
tuz, murch, paprika, tovuq ziravori
2 osh qoshiq tomat soki
100 gr sir

Afiyat_cooking

15 Aug, 12:11


“ Mayizli bulochkalar “
Kerakli mahsulotlar :
300 ml iliq sut
1 ,5 choy qoshiq hamirturush
60 ml o’simlik yog’i
100 gr shakar
1 choy qoshiq tuz
1 ta tuhum oqi ( sarig’i ustiga )
600-650 gr un

Nachinkasi uchun:
50 gr saryog’
Mayiz , hohlagan quruq mevangiz .

Iliq sutga shakar, hamirturush, yog’, tuhum oqi va tuzni solib aralashtiramiz . Elangan unni solib yumshoq ,lekin qo’lga yopishmaydigan hamir qilamiz . Oshib chiqqach zuvalachalarga bo’lib yoyib olamiz . Ichiga hona haroratida erigan saryog’ surib , mayiz , ta’bga ko’ra turshek to’g’rab solamiz . O’rab olib videoda ko’rsatilgandek kesib tugib olamiz . Yarim soat ustini yopib tindiramiz . Tuhum sarig’ini surib 170 grda 25-30 daqiqa pishirib olamiz .